O‘zbekiston va Qozog‘iston aviaqatnovlar sonini ko‘paytirib, aviatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi. Bu bo‘yicha Markaziy Osiyo—Xitoy (C5+1) fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi anjumanida kelishib olindi.
-SRlu_T8-.avif)
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur kelishuv havo transporti qulayligini rivojlantirish, ishbilarmonlik va sayyohlik darajasini oshirishga qaratilgan.
“Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, ikki davlatning tayinlangan tashuvchilariga Olmaota—Toshkent va Nur-Sulton—Toshkent yo‘nalishlarining har biri bo‘yicha haftasiga 42 tagacha reysni amalga oshirishga ruxsat berildi. Qolgan barcha yo‘nalishlarda haftasiga 7 tagacha reys bajarishga ruxsat etildi”, deyiladi manbada
Tomonlarning tayinlangan aviakompaniyalari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi barcha kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirgan taqdirda, parvozlarning ruxsat etilgan chastotasi haftasiga 238 ta reysni tashkil etadi.
Muzokara chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun belgilangan manzillar sonini ko‘paytirishga ham kelishib olingan.
Maʼlumot berilishicha, 2025-yil 3-iyuldan boshlab O‘zbekistonning My Freighter (Centrum Air aviakompaniyasi haftasiga ikkita reys bilan Aqtau—Nukus yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni boshlagan. O‘z navbatida Qozog‘istonning Fly Arystan aviakompaniyasi 2025-yil 15-iyuldan haftasiga uchta reys bilan Atirau—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygan.
Izoh (0)