• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    “Turing, janob, sizni buyuk ishlar kutmoqda!”: jahonga mashhur iboralar aslida kimga tegishli?

    Dunyoga mashhur, dovrug‘i yetti iqlimga ketgan, juda ko‘p xalq va elatlar qo‘llaydigan iboralar bor. Xo‘sh, ular qanday paydo bo‘lgan, uni dastlab kim, nima maqsadda ishlatgan? “Daryo” kolumnisti Orif Tolib ana shunday iboralar tarixi haqida hikoya qiladi.

    Nonlari bo‘lmasa, shirinkulcha yeyishsin!

    Foto: Pixabay

    Hukmdoru amaldorlarning oddiy xalq hayotiga eʼtiborsizligi, bepisandligini ifodalaydigan bu ibora ancha mashhur. Uni fransuz malikasi Mariya Antuanettaga nisbat berishadi. Ammo bu fikrni ilk bor u aytmaganini tasdiqlaydigan dalillar bor.

    Bu ibora ilk bor fransuz mutafakkiri Jan-Jak Russoning “Iqrornoma” asarida qayd etilgan. Unga ko‘ra, bir malikaga dehqonlarning yegani noni yo‘qligi haqida aytishadi, malika esa: “Unda brioshi yeya qolishsin” deb javob beradi.

    O‘zbekchaga shirinkulcha yoki pirojniy deb tarjima qilinadigan brioshi tuxum va sariyog‘ qo‘shib pishiriladigan do‘mboq shirinlikdir. U o‘ziga to‘qlarning dasturxonidagina topiladigan yegulik edi.

    Russo “Iqrornoma”sida malikaning nomini keltirmaydi. Asarning ayni shu bobi 1760-yillarda yozilgan. Bu paytda Mariya Antuanetta 10 yoshlarda edi va hali malika emasdi. U 1774-yili eri Lyudovik XVI taxtga o‘tirgach, malika maqomiga erishadi. Mantiqan olganda, shirinkulcha haqidagi ibora Mariya Antuanettaga tegishli emas.

    Ayrim mualliflar bu voqeani malikaning dushmanlari o‘ylab topgani va uni obro‘sizlantirish uchun tarqatganini aytadi. Iborani fransuz saroyining boshqa xonimlariga nisbat beradiganlar ham bor. Yana bir variantga ko‘ra, brioshi haqidagi gap – Jan-Jak Russoning badiiy to‘qimasi.

    O‘xshash voqea qadimgi Xitoyda ham bo‘lgan. Szin sulolasi hukmdori Xuey-diga mamlakatdagi boshboshdoqliklar tufayli odamlar guruch topa olmay och qolgani haqida xabar berishadi. U esa: “Axir qiyma yeyishsa bo‘ladi-ku!” deb javob beradi.

    Qirol o‘ldi. Yashasin qirol!

    Foto: Pixabay

    Bu iboraning ildizlari ham fransuzchaga borib taqaladi. Fransuzcha tartib-taomilga ko‘ra, monarx o‘lgan zahoti oliy hokimiyat uning vorisiga o‘tadi va bu “Qirol o‘ldi. Yashasin qirol!” jumlasi orqali eʼlon qilinadi. Odatda mulozim saroy derazalaridan shu so‘zlarni aytib jar solgan. Oddiy xalq bundan qirol o‘lgani va yangi qirol taxtga o‘tirayotganini anglagan.

    Ushbu ibora juda ko‘p mamlakatlarda yangi hukmdorni eʼlon qilish uchun ishlatiladi. Bunda birinchi jumla sobiq monarxga, ikkinchi jumla yangi qirolga ishora qiladi.

    O‘rta asrlar Angliyasida kibor va zodagonlar fransuz tilida so‘zlashar edi. Shu sabab qirol o‘limi va yangi hukmdorni eʼlon qilish bilan bog‘liq ibora ingliz tiliga oson o‘zlashadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, 1272-yili qirol Henri III vafot etganda “Qirol o‘ldi. Yashasin qirol!” iborasi ishlatilgan.

    Bu ibora hozir nutq shtampiga aylangan, ko‘chma maʼnolarda ham qo‘llanadi. Maqolalar, reklamalar, videoroliklarning sarlavhalariga olib chiqiladi. Bunda mavzu vorislik, kimgadir nimadir o‘tayotgani haqida bo‘ladi.

    Millatlar Ligasi mafkurachilaridan biri, britaniyalik siyosatchi Robert Sesil 1946-yili Millatlar Ligasining so‘nggi majlisida so‘zlagan nutqini “Liga o‘ldi. Yashasin Birlashgan Millatlar Tashkiloti!” jumlalari bilan yakunlagan. Bunda Millatlar Ligasi tugatilib, o‘rniga BMT tashkil qilinayotgani ifoda etilgan.

    Turing, janob, sizni buyuk ishlar kutmoqda!

    Foto: Pixabay

    Bu iborani birovni uyqudan turg‘izish yoki kishini biror ishga ruhlantirish uchun hazilomuz tarzda ishlatamiz. Juda ko‘p badiiy asarlarda, maqolalarda, kino va roliklarda qo‘llangan bu ibora fransuz nazariyachi olimi va islohotchisi Anri de San-Simonga tegishli. Uning biograflari yozishicha, katta maqsadlarga va kuchli irodaga ega Anri o‘smir yoshida xizmatkorlariga o‘zini har tong “Turing, graf, sizni buyuk ishlar kutmoqda!” deb uyg‘otishni topshirgan. San-Simon haqiqatan ham katta maqsadlarga ega edi. Masalan, u yoshlik paytlari Atlantika va Tinch okeanlarini bog‘lashni, Madriddan dengizgacha kanal qurishni reja qilgandi.

    Baʼzi tadqiqotchilar bunday uyg‘otishni yosh Anri emas, unda yuksak salohiyatni ko‘rgan xizmatkorlari o‘ylab topgani va Anriga har tong shunday so‘zlar bilan uyg‘onishni uqtirganini aytadi. Boshqa bir qarashga ko‘ra, bu ibora haqidagi gaplar aslida bo‘lmagan, keyinroq ulug‘ mutafakkir tarjimai holiga qo‘shib qo‘yilgan.

    Lekin bu ruhlantiruvchi ibora to‘qima emas. Uning ildizi antik davrlarga borib taqaladi. Qadimgi yunon adibi Plutarx “O‘qimishli bo‘lmagan hukmdorga” asarida fors shohini xizmatkori har tong ulug‘ va xayrli ishlar kutayotganini aytib uyg‘otganini yozadi. So‘ng maʼrifatli va oqil hukmdorning o‘zida shunday ichki ovoz bo‘lishini, u hukmdorni yuksak amallarga muntazam undab turishini aytadi.

    Hokimiyat buzadi, mutlaq hokimiyat mutlaq buzadi

    Foto: Pixabay

    Bu fikrni juda ko‘p siyosatchilar, jurnalistlar, blogerlar, notiqlar takror-takror ishlatadi. U ingliz tarixchisi va siyosatchisi Jon Dalberg-Aktonga tegishli.

    Asliyatdagi mazmun tarjimadan biroz farqlanadi, power tends to corrupt jumlasi hokimiyat buzishga moyil, hokimiyat buzish tendensiyasiga ega deb tarjima qilinishi mumkin.

    Aforizm o‘zbek tiliga “Hokimiyat buzadi, cheklanmagan hokimiyat cheksiz buzadi” shaklida ham tarjima qilingan.

    Yuksak kuch va hokimiyatga egalik shaxsga salbiy taʼsir qilishini juda ko‘p mutafakkirlar taʼkidlagan. Masalan, qadimgi dunyo faylasuflaridan Plutarx oliy hokimiyatga egalik kishining feʼl-atvorini buzishi, unda o‘zgaruvchanlik, kibr va rahmsizlik kabi xislatlarni paydo qilishini yozgan.

    Muhimi g‘alaba emas, ishtirok

    Foto: Wikipedia

    Muvaffaqiyatsizlikka uchragan kishini ovutish yoki istehzo maʼnosida qo‘llanadigan bu ibora Olimpiada o‘yinlari bilan bog‘liq. 1908-yili italiyalik chopag‘on Dorando Piyetri Londonda o‘tayotgan Olimpiada marafonida qatnashadi. Marraga bir necha yuz metr qolganda mo‘ljalni yo‘qotib, boshqa tomonga yugura boshlaydi. Hakamlar unga to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatadi. Biroq so‘nggi metrlarda chopag‘onni yangi muammolar kutib turardi. U to‘rt marta qoqilib yiqiladi, bunda ham uni hakamlar turg‘izib qo‘yadi. Shunday qilib, chopag‘on nihoyat marra chizig‘ini kesib o‘tadi.

    Lekin amerikaliklarning shikoyatidan so‘ng Dorando Piyetri Olimpiya o‘yinlaridan chetlatiladi. Chunki u boshqalarning yordamidan foydalangan edi.

    Olimpiya o‘yinlarida reportyor bo‘lib ishlagan mashhur yozuvchi Artur Konan Doyl “Hakamlarning qaroridan qatʼi nazar, italiyalik chopag‘onning buyuk qatʼiyati sport tarixidan hech qachon o‘chirilmaydi”, deya yozadi.

    Bu voqeadan bir necha kun o‘tib amerikalik rohib Etelbert Talbot Londondagi bir soborda maʼruza qiladi va Dorando Piyetrini esga olib, Olimpiada o‘yinlari yugurish yoki mukofot olishdan ustunligi, bir kishi g‘alaba tojini kiysa-da, qolganlar bellashuvda qatnashish baxtiga muyassar bo‘laverishini aytadi. Bu gap ko‘pchilikka, ayniqsa, Olimpiya o‘yinlari tashkilotchisi Piyer de Kubertenga maʼqul tushadi. Bir necha kundan so‘ng olimpiadachilar sharafiga tashkil etilgan ziyofatda u Olimpiada o‘yinlarida qatnashish g‘olib bo‘lishdan ko‘ra afzalligini aytadi. Shu bilan “Muhimi g‘alaba emas, ishtirok” iborasi qanot chiqaradi va dunyoning juda ko‘p tillariga ko‘chib o‘tadi, hatto Olimpiada o‘yinlarining norasmiy shioriga aylanadi.

    Ishtaha ovqat paytida keladi

    Illyustratsiya: Pixabay

    Kimdir nimagadir ega bo‘lsa, yanada ko‘prog‘iga intiladi. Biror muvaffaqiyatga erishgan kishi bundan-da ko‘prog‘ini istaydi. Biror mashg‘ulot bilan shug‘ullangan kishida unga nisbatan mehr paydo bo‘ladi. Sarlavhadagi ibora shu kabi maʼnolarda ishlatiladi.

    Bu iboraning kelib chiqishi haqida turli qarashlar bor. Eng keng tarqalgan fikrga ko‘ra, u fransuz adibi Fransua Rablening romanidan olingan. “Gargantyua va Pantagryul” asarida shunday jumlalar bor:

    Manlik Anje “Ishtaha ovqat paytida keladi” deganidek chanqoq suv ichganda ketadi.

    Shu jumlaga tayanib baʼzi mualliflar ibora fransuz ruhoniysi Jerom de Anjega tegishli deb hisoblaydi. Biroq tadqiqotchilar fikricha, Anje bu yerda kinoya bilan tilga olingan. Yuzaki fikrlar va takrorlarga to‘la “Sabablar haqida” asarida Anje intilish harakati bilan intilmoq (appetit actu appetendi) degan iborani ishlatadi. Rable esa lotincha appetitus – intilish, mayl so‘zi bilan fransuzcha appetit – ishtaha so‘zining uyqashligidan foydalanib iborani parodiya qiladi.

    “Ishtaha ovqat paytida keladi” iborasini ilk bor boshqalar aytgani yoki shunga mazmunan yaqin jumlalar ishlatilgani haqida turli maʼlumotlar bor. Masalan, qadimgi Rim shoiri Publiy Ovidiy: “Har qanday taom yangi taomga mayl uyg‘otadi” deb yozgan.

    Mijoz hamisha haq

    Foto: Pixabay

    Bu iboraning paydo bo‘lishi va ommalashishi XX asr boshlariga borib taqaladi. Uning savdo shioriga aylanishiga Harri Gordon Selfrij, Jon Uanameyker va Marshal Fayld kabi yirik tijoratchilar sabab bo‘lgan. Harri Gordon 1879–1901-yillarda Marshal Fayldning qo‘lida ishlagan. Jon Uanameyker esa Marshal Fayldning marketingchisi bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, ulardan biri bu shiorni o‘ylab topgan.

    “Mijoz hamisha haq” shiori mijozning shikoyati eʼtiborsiz qolmasligi va darhol hal etilishi kerakligini anglatgan. O‘sha paytlarda “O‘z pulingni o‘zing asra!” qabilidagi ogohlantirishlar huquqiy hujjatlarda ham aks etar va masʼuliyat ko‘pincha mijozning o‘ziga yuklatilardi. Xaridorni himoya qilgan bu chaqiriq davr uchun yangicha qarash edi, shu bois taʼsiri ham kuchli bo‘ldi.

    1905-yili Boston Globe gazetasi Marshal Fayld haqida maqola eʼlon qiladi va uni “Mijoz hamisha haq” yondashuviga og‘ishmay amal qilayotgan ishbilarmon sifatida tavsiflaydi. Harri Gordon  1909-yili Londonda Selfridge do‘koniga asos soladi. Bu do‘konning shiori ham “Mijoz hamisha haq” edi. Matbuot bu loyiha va uning tutumi ustidan kuladi. Biroq bu behuda bo‘lgandi. Selfridge bugungacha faoliyat yurityapti, u 2010- va 2012-yillarda dunyoning eng yaxshi supermarketi deb topilgan.

    Maʼnosi yaqin shu kabi iboralarni turli ishbilarmonlar qo‘llagan. Masalan, mehmonxona biznesining taniqli vakili, London va Parijdagi “Rits” mehmonxonalari asoschisi Sezar Rits “Mijoz hech qachon adashmaydi” shiorini muomalaga kiritgan.

    28.10.2024, 20:30   Izoh (0)   11653
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Soʻz#Maʼno#Etimologiya#Til#Oʻzbek tili#Lugʻat boyligi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tilimizni bilamizmi: Tinch okeanning “Tinch okeani”dan farqi bor! Quloq o‘rgangan, lekin aslida xato iboralar

    09.05.2021, 14:29

    Dilovar, pisanda, ismi sharif: xato ma’noda qo‘llanadigan 7 ta so‘z

    26.09.2022, 19:30

    Tilimizni bilamizmi: do‘ppi kiygan so‘zlar – g‘irt o‘zbekcha bo‘lib ketgan 15 ta o‘zlashma

    01.11.2022, 10:05

    Tilimizni bilamizmi: sumalak, halim, sayil, somsa – bu so‘zlarning asl maʼnosi nima?

    22.03.2023, 00:08

    Tilimizni bilamizmi: unutilgan o‘zbekcha so‘zlar – “namoz”, “behi”, “kaptar”, “million” kabi so‘zlarning turkiychasi nima?

    15.05.2023, 16:33

    “Bir kallaqand, uch so‘m pul” — filmlardagi nodir so‘zlar, ularning maʼnosi nima?

    24.05.2023, 21:55

    Tilimizni bilamizmi: “ammamning buzog‘i”, “alifni tayoq deydi”, “yelkamning chuquri ko‘rsin” – antiqa iboralarning maʼnosi nima?

    28.06.2023, 17:51

    Bular aslida ruscha emas: rus tiliga o‘zlashgan turkiycha so‘zlar

    19.07.2023, 10:45

    Tilimizni bilamizmi: qarich, quloch, chaqirim – qadimgi o‘lchov birliklari bugungi o‘lchovda nimaga teng?

    15.08.2023, 13:13

    Tilimizni bilamizmi: abituriyent, shpargalka, imtihon – trenddagi so‘zlar dastlab qanday maʼnoga ega bo‘lgan?

    10.08.2023, 19:45

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida arabcha so‘zlar

    26.08.2023, 21:57

    O‘qituvchiga ham, o‘quvchiga ham birday muhim: esse qanday yoziladi?

    05.10.2023, 20:10

    Kimning xayoliga kelibdi deysiz: Gibraltar, Sidney, Antaliya — asli odamlarning ismi bo‘lgan joy nomlari

    16.10.2023, 20:15

    Kazo-kazolar va hokazolar: maʼnosi keskin o‘zgarib ketgan 10 ta so‘z

    23.10.2023, 20:35

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida forscha so‘zlar

    04.11.2023, 14:18

    Ko‘pchilikning muammosi: savodxonlikni qanday oshirish mumkin?

    17.11.2023, 11:41

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida yunoncha so‘zlar

    24.11.2023, 15:08

    G‘azalkent, Chiroqchi, Buyrak – kutilganidan boshqa maʼnoga ega joy nomlari

    15.12.2023, 15:05

    So‘zga aylangan savdo belgilari – g‘aroyib kechmishga ega 10 ta so‘z

    03.01.2024, 09:55

    O‘zbek tilidagi afrikalik so‘zlar: ularning rang-ro‘yi qanday? 

    12.01.2024, 11:22

    Chelyabinsk, Saratov, Tyumen – bu nomlar turkiycha ekanini bilarmidingiz?

    12.02.2024, 14:10

    Bizni qiynaydigan so‘zlar: biror harf qo‘shib yo tushirib yozadigan so‘zlarimiz

    06.03.2024, 10:10

    Imlo bo‘yicha ko‘rsatma berayotganlar diqqatiga: o‘zbekchaga tayaning 

    31.07.2024, 20:44

    Nega olimlar fan doktori deyiladi, axir ular shifokor emas-ku – “doktor” so‘zining qiziq kechmishi

    05.08.2024, 08:15

    Navkardan mergangacha: tomirida mo‘g‘ul qoni oqqan so‘zlar  

    24.10.2024, 21:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivud yulduzlari mashhurlikning haqiqiy bahosi haqida ochiq-oydin so‘zlab berdi

    Kino | 30 may, 11:51

    BAA aholisi uchun ChatGPT Plus obunasi bepul bo‘ldi

    Dunyo | 30 may, 11:45

    Xakerlar Oq uy apparati rahbarining telefoniga buzib kirdi — WSJ

    Dunyo | 30 may, 11:15

    Havaskorlar o‘rtasidagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuzaga keldi (video)

    Sport | 30 may, 11:05

    Razvedka Putin harbiy yordam uchun Kim Chen Inga nima berganini aniqladi

    Dunyo | 30 may, 10:58

    Milliardlar sarflangan “Qizaloq va maymoq” multfilmi qanday qilib butun dunyoga mashhur bo‘ldi?

    Kino | 30 may, 10:50

    Xitoylik paraplanchi 8 ming metrdan ortiq balandlikdan sakrab omon qoldi (video)

    Dunyo | 30 may, 10:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.