So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Ilm-fan

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida arabcha so‘zlar

    26 avgust, 21:57 32666

    O‘zbekchaga arab tilidan kirgan so‘zlar talaygina. Kundalik turmushda ishlatadigan so‘zlarimizning ko‘pi aslan arabcha ekanini sezmaymiz ham. Ha, ular tilimizga singib ketgan. Til sandig‘imizdan Yevropa tillari orqali kelgan, qiyofasi ovro‘palashgan baʼzi arab so‘zlari ham joy olgan. Ularni tashqi ko‘rinishiga qarab roman-german yoki slavyan tillariga oid deb o‘ylaymiz. Maʼlumotlarga ko‘ra, Yevropa tillariga so‘z berish bo‘yicha arab tili yetakchilardan. Ayniqsa, ispan tilida arabcha ildizli so‘zlar juda ko‘p. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday so‘zlar haqida hikoya qiladi.

     

    Yubka, shuba va jemper

    Foto: Pixabay, Flickr. Kollaj: Daryo

    Uchala so‘z ham bitta o‘zakka – arabcha jubbaga borib taqaladi desam, ishonasizmi? Jemperning shakli juda o‘zgarib ketgan-a? Bunga hayron qolmaslik kerak. Chunki kuchli tillar chetdan so‘z olganda uni o‘ziga moslaydi, kulol loyni pishitgandek pishitib, o‘ziga yoqqan ko‘rinishda so‘z yasab oladi.

    Ip gazlamadan qilingan keng yengli kiyimni anglatgan jubba eski fransuz tiliga, undan shotland, undan esa ingliz tiliga o‘tgan. Shotland tilida jupe keng pidjakni, inglizcha jump kalta paltoni bildirgan. XIX asr o‘rtalaridan jumper yengli keng kurtkani ifodalay boshlagan. Izohli lug‘atga ko‘ra, jemper o‘zbekchada tugmasiz va yoqasiz koftani anglatadi. Lekin savdoda tugmali va yoqali jemperlar ham uchraydi.

    Yubka so‘zi bizga ruschadan kirgan. Ruschaga esa polyak tilidan o‘zlashgan. Polyakcha jupka nemischa juppe – kurtka so‘zining o‘zgargan shakli. Olmonlar fransuz va italyan tillari orqali kelgan jubba so‘zini o‘z tiliga shunday moslaganlar.

    O‘zbek tiliga ruschadan kirgan shuba so‘zi qadimgi nemis va italyan tillari oralab o‘tgan. O‘ta issiq mamlakatlar tilidagi jubba sovuq o‘lkalarga borgach, qalin qishki kiyimni ifodalay boshlagan. Shuba o‘zbekchada avrasi mo‘ynali ustkiyimni anglatadi.

    Har uchala so‘zga xamirturush bo‘lgan jubba so‘zining o‘zi ham o‘zbekchada bor. Jonli tilda faqat shevalarda qo‘llanadi, adabiy asarlarda ham uchrab turadi. U ko‘ylak bichimida tikilgan paxtali issiq kiyimni bildiradi:

    Kishilar qishning og‘ir yuklari: po‘stin, paxtalik, chopon, jubbalarni tashlab, o‘zlarini erkin his eta boshladilar. (J. Sharipov, “Xorazm”.)

     

    Sirop, sharob va sharbat

    Foto: Pixabay

    Sirop meva sharbatini va shakarni qaynatib tayyorlangan qiyomni anglatadi. Dorixonalarda sotiladigan shirin suyuq dorilar ham odatda sirop ataladi. Bu bejiz emas. Manbalarda yozilishicha, sirop dastlab faqat yoz va bahor oylarida tayyorlangan. Gullardan olingan sharbatlar ko‘proq mashhur bo‘lgan. Ular asosan oziq-ovqat va dori tayyorlash uchun ishlatilgan.

    Arabcha sharob italyanchaga siroppo, undan fransuzchaga sirop shaklida o‘tgan. Shunday qilib, sirop fransuzchadan ruschaga, undan o‘zbekchaga qadam ranjida qilgan.

    Sharob so‘zi asliyatda ichimlik; sharbat; may kabi maʼnolarga ega. Uni o‘zbekchada ham ishlatamiz. Lekin tilimizga faqat uchinchi maʼnosi bilan o‘zlashgan. Sharob bilan o‘zakdosh sharbat esa o‘zbekchada mevalardan tayyorlangan shirin ichimlik maʼnosini anglatadi.

     

    Avariya – shikast degani

    Foto: Pixabay

    Kimdir “Avariya ham asli arabcha”, desa, tomdan tarasha tushgandek bo‘lsa kerak-a? Lekin shunday. Tadqiqotchilar fikricha, fransuz, italyan, ispan, nemis, polyak, ukrain, belorus, chex, rus kabi tillarda baʼzi tovush o‘zgarishlari bilan ishlatiluvchi bu so‘z arabcha avor – shikast, ziyon so‘zidan hosil bo‘lgan.

    Avariya rus tiliga XVIII asr boshlarida italyanchadan o‘zlashgan. Dastlab u asliyatdagi kabi shikastlanish, zarar ko‘rish maʼnosini bildirgan. Hammamizga maʼlum halokat maʼnosini o‘tgan asrda kasb etgan.

    Bu so‘z o‘zbekchada transportlar va texnik vositalarning buzilishi, ishdan chiqishini yoki baxtsiz hodisa, falokat maʼnosini anglatadi.

     

    Magazin xazinalar makonimi?

    Foto: Pixabay

    Magazin Yevropa tillarini kezib, oxiri nemis yoki fransuz tilidan rus tiliga o‘tgan, ruschadan esa o‘zbekchaga. U arabcha maxzan so‘zining ko‘plik shakli maxozindan, asliyatda xazina, qimmatli mollar saqlanadigan ombor, katta savdo joyi maʼnolarini anglatadi.

    Maxzan so‘zi tilimizga oldinroq kirib kelgan. Jumladan, Navoiy asarlarida bu so‘z xazina maʼnosida qo‘llanadi. Xazina va maxzan so‘zlarining o‘zagi bir.

    Inglizchada jurnallar magazine deb ham ataladi. Bu so‘z ham arabcha maxozinga borib taqaladi. Dastlab harbiy mulklarning bosma ro‘yxati shu so‘z bilan ifodalangani yoki bosma nashr ko‘chma maʼnoda “axborotlar ombori” bo‘lgani uchun jurnal magazin deb atala boshlagan.

    Magazin so‘zi o‘zbekchada qurol, apparat va asboblarning biror narsa joylashtirib qo‘yiladigan qismi maʼnosida ham ishlatiladi.

     

    Arsenal va admiral

    Foto: Pixabay. Kollaj: Daryo

    Har ikki so‘z ham harbiy sohaga oid. Arsenal o‘zbekchada qurol-aslaha yasaydigan, tuzatadigan, saqlaydigan joyni, qurol-yarog‘ omborini yoki ko‘p sonli biron narsa, katta zaxirani anglatadi. Bizga rus tilidan o‘tgan, rus tiliga esa fransuz tilidan o‘zlashgan. Fransuzcha arsenalning manbasi italyancha arsenale bo‘lgan. U arabcha dorus sinoye – sanoat uyi, ustaxona so‘ziga borib taqaladi.

    Arsenal juda ko‘p Yevropa tillariga kirib borgan. Inglizlarning mashhur “Arsenal” klubini bilsangiz kerak. London futbol jamoasiga bejiz bunday nom berilmagan – unga 1886-yili “Royal Arsenal” artilleriya zavodi ishchilari asos solgan. Demak, jamoa tarixi qurol-yarog‘ zavodiga bog‘lanadi.

    Admiral harbiy-dengiz flotidagi yuksak harbiy unvonni va shu unvonga ega bo‘lgan shaxsni bildiradi. Bu so‘zning ildizi arabcha amirul bahr – dengiz amiri, dengiz hokimi iborasidir. Admiral atamasi deyarli barcha Yevropa tillariga kirib borgan. O‘zbek tiliga rus tilidan, ruschaga esa holland tilidan o‘tgan.

    Bu so‘z dastlab arablar boshqaruvidagi Sitsiliyada ishlatilgan. Keyinchalik bu hududni normanlar bosib olgach, atama o‘rta asr fransuz tili va genuya tillariga ko‘chib o‘tgan.

     

    Maska, maskarad va masxara

    Foto: Pixabay

    Uchala so‘z ham o‘zbek tilida ishlatiladi. Aslida uchalasining ildizi bir.

    Maska fransuzchada masque, italyanchada maschera, ispanchada esa máscara shakliga ega. Bu so‘z arabcha masxarat(un) – ustidan kulish, ermaklash; niqob so‘ziga borib taqaladi. U Yevropa tillariga ko‘chgach, teatr aktyorlari va komiklar kiyadigan niqobni anglatgan.

    Maskarad maska, niqob va maxsus kiyimlar kiyib o‘tkaziladigan sayilni anglatadi. Talaffuzi arabcha masxaratga juda yaqinligini sezgan bo‘lsangiz kerak. Maskarad o‘zbekchaga italyan, fransuz, rus tillarini kezib yetib kelgan.

    Masxara o‘zbekchaga bevosita arab tilidan o‘tgan. O‘zlashtirish jarayonida masxarat so‘zi oxiridagi t tovushidan voz kechilgan.

     

    Tarif va taʼrif qarindoshmi?

    Foto: Pixabay

    Taʼrif so‘zini tarif shaklida xato yozish ko‘p uchraydi. Ammo alohida holatda tarif ham xato emas. Chunki o‘zbekchada tarif degan so‘z ham bor. Birinchi so‘z arabchadan o‘tgan bo‘lsa, ikkinchisi ruschadan kirgan. Tarixan ikkisining ildizi bir. Asliyatda taʼrif(un) so‘zi aniq­­­­­lash, izohlash, tanishtirish kabi maʼnolarni anglatadi. U boj to‘lovlari haqidagi eʼlon, to‘lovlar haqida eslatma maʼnosiga ham ega.

    Taʼrif so‘zi o‘zbekchada asliyatga mos maʼnoni, tarif esa to‘lov stavkasi maʼnosini bildiradi. Masalan, uyali aloqa kompaniyalari turli narx-navo va shartlarga ega tariflarni taklif etadi.

    Taʼrif va tarif o‘zbek tilidagi arafa, urf, maʼrifat kabi so‘zlar bilan o‘zakdosh.

     

    Xalat podshohlar kiyimimi?

    Foto: Pixabay

    Xalat nimaligini juda yaxshi bilasiz: o‘zi ham, yengi ham uzun ustkiyim. U arabcha xilʼat so‘zidan. Xilʼat asliyatda tuhfa qi­lin­­­gan libosni anglatadi. Bu so‘z xuddi shu shaklda tilimizda mavjud. U tuhfa qilingan to‘n, toza kiyim maʼnolarini anglatadi. Biroq hozir xilʼat so‘zi eskirib ulgurgan, uni jonli tilda ishlatmay qo‘yganmiz.

    Xalat so‘zi bizga ruschadan kirgan. Ruschaga esa turk tilidan o‘zlashgan. Turkchada hilat  podshohlar inʼom qiladigan to‘nni ifodalagan. Bizning xonliklar kabi Usmonli sultonligida ham to‘n kiydirish anʼanasi bo‘lgan. Odatda qoradan boshqa rangdagi choponlar taqdirlash uchun berilgan. Uni olganlar tez orada mansab pillapoyalaridan ham yuqorilagan.

    Bilasiz, to‘n kiydirish anʼanasi yurtimizda bugunga qadar saqlangan. U endi podshohlarning emas, oddiy odamlarning amaliga aylangan. Eʼzoz va hurmat izhori sifatida kishining yelkasiga chopon tashlanadi.

    Xalat rus tilida XVII asrda keng isteʼmolga kirgan. O‘zbekchada bu so‘z XX asrdan ishlatila boshlagan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Mavzuga doir

    Tilimizni bilamizmi: Tinch okeanning “Tinch okeani”dan farqi bor! Quloq o‘rgangan, lekin aslida xato iboralar

    09.05.2021, 14:29

    Tilimizni bilamizmi: unutilgan o‘zbekcha so‘zlar – “namoz”, “behi”, “kaptar”, “million” kabi so‘zlarning turkiychasi nima?

    15 may, 16:33

    Tilimizni bilamizmi: “ammamning buzog‘i”, “alifni tayoq deydi”, “yelkamning chuquri ko‘rsin” – antiqa iboralarning maʼnosi nima?

    28 iyun, 17:51

    Bular aslida ruscha emas: rus tiliga o‘zlashgan turkiycha so‘zlar

    19 iyul, 10:45

    Tilimizni bilamizmi: qarich, quloch, chaqirim – qadimgi o‘lchov birliklari bugungi o‘lchovda nimaga teng?

    15 avgust, 13:13

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Venetsiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchrab, yonib ketdi (video)

    Bugun, 10:36

    Toshkentda Alfraganus universiteti tashabbusi bilan xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda

    Bugun, 10:30
    Reklama

    O‘zbekistonda 5-oktyabr kuni havo harorati 34 darajagacha ko‘tariladi

    Bugun, 10:25

    Qashqadaryoda “Yor-yor” ko‘rsatuvi orqali ayol bilan tanishgan erkak uni o‘ldirib qo‘ydi

    Bugun, 10:04

    “Garri Potter” franshizasida eng ko‘p ekran vaqtiga ega bo‘lgan qahramonlar (foto)

    Bugun, 09:55

    Toshkent metrosida poyezd tormoz tizimidagi nosozlik sabab harakatlana olmadi

    Bugun, 09:54

    AQSH tarixida birinchi marta: Vakillar palatasi a’zolari spiker Kevin Makkartini iste’foga yubordi

    Bugun, 09:15

    Toshkentda avtobus haydovchisi uch oydan beri oylik olmayotganiga munosabat bildirildi

    Bugun, 09:09

    O‘zbekiston aholisi har yili zilzila vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha o‘qitiladi

    Bugun, 08:38

    Tavsiya etamiz

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    18:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.