• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida yunoncha so‘zlar

    Garchi o‘zbek va yunon tillari bir-biridan ancha uzoq bo‘lsa-da, ularni bog‘lab turadigan rishtalar bor. Ko‘pchilikka maʼlum: fan va texnikaga oid juda ko‘p so‘zlar yunonchadan olingan. Biroq turmushimizda ishlatiladigan, biz g‘irt o‘zbekcha deb biladigan baʼzi so‘zlarning ildizi ham qadim Ellada zaminiga borib taqaladi. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday so‘zlarning baʼzilarini sharhlaydi.

     

    Afinadan kelgan afandi

    Foto: Wikipedia

    Afandi so‘zi asli yunoncha desa, odamning ishongisi kelmaydi. Arabcha bo‘lishi mumkin, forscha bo‘lishi mumkin, lekin yunoncha emas, degan o‘y o‘tadi xayoldan. Biroq tasavvurlarimiz baʼzan bizni aldaydi.

    Bugun afandi deganda ko‘proq kulgili voqealar qahramoni Nasriddin afandini yoki latifani tushunamiz. Lekin bu so‘z o‘zbekchada janob, hurmatli, o‘qituvchi kabi maʼnolarni ham anglatgan. Bugun esa uni bu maʼnolarda qo‘llash eskirib ulgurdi.

    Yangi yunon tilida aféntis – hokim, boshliq, o‘rta yunonchada avféndis – hurmatli kishi, ustoz, eski yunon tilida esa auféntēs – sudda o‘zini o‘zi himoya qila oluvchi kishi maʼnolarini anglatgan. U turkchaga afandi shaklida o‘zlashgan. Afandi Usmonli sultonligida martaba belgisi va harbiy unvonni bildirgan. Bu unvon yevropacha leytenantga to‘g‘ri kelgan. XIX asrdan boshlab afandi so‘zi sulton oilasi aʼzolari, ulamolar, amaldorlarga nisbatan hurmat maʼnosida qo‘llana boshlagan. Usmonli sultonligida barcha savodxon kishilar afandi sanalgan.

    Zamonaviy turk tilida bu so‘z o‘zbekchadagi muhtaram, inglizchadagi ser, slavyan tillaridagi pan kabi ehtiromli murojaat uchun ishlatiladi.

    Xo‘ja Nasriddin obrazi va afandi unvonining bog‘lanishiga kelsak. Bu qahramon O‘rta Osiyo, Yaqin Sharq, Kavkaz, Bolqon mintaqalari va hatto xitoy adabiyotida bor. U baʼzan faylasuf, baʼzan esa baxillik, ochko‘zlik, ikkiyuzlamachilik, sudxo‘rlik kabi illatlardan kuluvchi so‘fiy qiyofasida tasvirlangan. Ana shu sabab ham uning nomiga hurmat-ehtirom rutbasi – afandi qo‘shib aytilgan.

    Baʼzi tadqiqotlarga ko‘ra, Xo‘ja Nasriddin haqidagi latifalar XIII asrda paydo bo‘lgan. Uning o‘zi ham shu davrda yashagan. U 1208-yili Turkiyaning Eskishehir shahri yaqinidagi qishloqda tug‘ilgan, Ko‘niyada o‘qigan, Kastomonuda ishlagan va 1284-yili Akshehir shahrida vafot etgan. Nasriddinning maqbarasi va qabri shu kungacha saqlangan. Baʼzi tadqiqotchilar Xo‘ja Nasriddin obrazi VIII – XI asrlarda paydo bo‘lgan deb hisoblaydi. Bundan boshqacha talqin va taxminlar ham bor.

    2022-yili o‘tkazilgan YUNESKO majlisida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston taklifi bilan Xo‘ja Nasriddin haqida latifalar aytish anʼanasi insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.

    Latifalar qahramoni Xo‘ja Nasriddin, Nasriddin xo‘ja, Mulla Nasriddin, Nasriddin, Nasriddin afandi, Afandi kabi nomlar bilan mashhur. Uni afandi deb atash O‘rta Osiyoda, xususan, qirg‘iz, tojik, turkman, uyg‘ur va o‘zbeklar orasida keng tarqalgan.

     

    Falsafa va faylasuf

     
    Foto: Pixabay

    Falsafa va faylasuf so‘zlari ovro‘pocha qiyofada emasligi, ko‘zimizga issiq ko‘rinayotgani arab tili taʼsiriga tushgani sabablidir. Falsafa yunoncha philosophia – donishmandlikni sevaman so‘zidan hosil bo‘lgan. Faylasuf esa philosophos – donolikni sevuvchidir. Tilimizda shu o‘zakdan yasalgan, lekin asl qiyofasini saqlagan boshqa so‘z ham bor – filolog, filologiya.

    Falsafa tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. U olam va unda insonning tutgan o‘rni haqidagi g‘oyalar, dunyoqarashlar tizimini ham anglatadi. So‘zlashuv tilida mavhum fikr, quruq safsata maʼnosida ham qo‘llanadi. Darvoqe, safsata so‘zi ham yunonchaga borib taqaladi. U yunoncha sophisma – ayyorlik qilish, aldash so‘zlaridan hosil bo‘lgan.

     

    Qoyadan tushgan marmar

     
     
    Foto: Pixabay

    Bizga arab tili orqali kirgan marmar so‘zi yunonchada marmaros shakliga ega. U tosh, cho‘qqi, qoya parchasi, yaltiroq tosh kabi maʼnolarni anglatadi. Yunoncha bu so‘z juda ko‘p dunyo tillariga kirib borgan.

    Marmar – asosan qurilishda, baʼzi ziynat buyumlarini tayyorlashda ishlatiladigan, har xil rangda uchraydigan kristalli tog‘ jinsi. Marmardan o‘lkamizda qadimdan foydalanilgan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon va boshqa shaharlardagi meʼmoriy obidalarda yirik va mayda marmartoshlar ishlatilgan. O‘zbekistonda G‘ozg‘on, Nurota, Zarband, Tomchiota, Ko‘chat kabi marmar konlari bor.

    Turkiyaning Yevropa va Osiyo qismlarini ajratib turuvchi dengiz Marmar nomi bilan ataladi. Yaqin oradagi orolda marmar ko‘pligi uchun orol va dengizga shunday nom berilgan.

     

    Quti – sandiqning bolasi

     
     
    Foto: Pixabay

    Sandiq so‘zi asli yunonchaligi haqida oldinroq yozgan edim. Sandiqning kichik shaklini ifodalovchi quti so‘zi ham yunonchaga borib taqaladi. U yunon tilidagi kutí(on) – kichik sandiq so‘zidan hosil bo‘lgan. Qadimgi yunon tilidagi kibōtion so‘zi keyinchalik tovush o‘zgarishiga uchragan. Baʼzi olimlar bu so‘zni oromiy tilidagi ḳubbtā – qubba, hujra so‘zi bilan bog‘laydi.

    Quti arab tili orqali o‘zlashgan, o‘zbekchada sandiqcha, yashik, korobka, pilla qurti korobkasi va undan chiqqan ipak qurti kabi maʼnolarni anglatadi.

    Qo‘qon xonligida oliq-soliqlardan to‘plangan pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi va xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori qutidor deb nomlangan. Bu so‘z quti-quti pul-dunyosi bo‘lgan yirik boy va sarmoyadorni ham bildirgan.

     

    Hovli – to‘siqli maydon

     
     
    Foto: Pixabay

    Hovli so‘zining asli yunonchaga borib taqalishi o‘zimni ham hayron qoldirdi. Bu so‘zni sof turkiycha, juda bo‘lmasa, arabcha yoki forscha deb o‘ylardim. Chunki unli bilan boshlanuvchi so‘zlar oldidan h tovushini orttirish – eski o‘zbek so‘zlarida kuzatiladigan holat. Masalan, ovuch hovuchga, yid hidga, o‘kuz ho‘kizga, o‘l ho‘lga aylangan. Biroq hovli so‘zining kechmishi tamom boshqa manzillarga eltadi.

    Yunoncha avlí so‘zi atrofi o‘ralgan yer, og‘il, hovli kabi maʼnolarni anglatadi. O‘zbekchada so‘z boshida bir h tovushi ortgan. Bu so‘zni o‘zlashtirgan turkman, uyg‘ur tillarida ham shu holat, qozoq va turk tillari esa tovush orttirmagan.

    Hovli o‘zbekchada biror binoning imoratsiz, ko‘pincha atrofi o‘ralgan qismi, oila yashaydigan joy, xonadon kabi maʼnolarni anglatadi.

     

    Karavot – yotoq

     
     
    Foto: Pixabay

    Ruscha krovat o‘zbekcha talaffuzga moslashib, shu shaklga kirgan deb o‘ylashingiz mumkin. Taxminingizda jon bor. Biroq bu so‘z ruscha emas, ruslar ham yunonlardan olgan. Qadimgi yunon tilida krávvatos, o‘rta yunon tilida kravvati(o)n shaklida bo‘lgan so‘z zamonaviy yunon tiliga kreváti shaklida yetib kelgan.

    Asliyatda yotoq, to‘shak maʼnosiga ega, o‘zbekchada to‘rt oyoqli, ustiga ko‘rpa-to‘shak solib yotiladigan uy-ro‘zg‘or anjomini anglatadi. Yoz kunlari hovli, choyxona va shu kabi joylarga qo‘yiladigan, ko‘pchilik o‘tirishiga mo‘ljallangan qurilmani, yaʼni so‘rini ham shu so‘z bilan atash mumkin.

     

    Piyola – yassi kosa

     
     
    Foto: Pixabay

    O‘zbekchaga forschadan kirgan bu so‘zning ildizlari qadimgi yunon tiliga borib taqaladi. Eski yunonchada phiale suv ichiladigan yassi kosachani anglatgan. O‘zbekchada tubidan yuqoriga tomon kengayib boradigan taglikli idishni bildiradi.

    Tadqiqotlarga ko‘ra, piyolalar miloddan oldingi I mingyillikning ikkinchi yarmidan beri maʼlum. Qadimgi piyolalar oddiy loydan yasalgan. Zamonaviylari fayans, chinni, keramika, metall, yog‘och, plastika va boshqa materiallardan yasaladi.

    Piyolalar Osiyoda ommalashgan. Bu idishdan Markaziy Osiyo mamlakatlari, Tatariston va Boshqirdistonda hozir ham keng foydalaniladi.

     

    Uksus va kislota

     
     
    Foto: Pixabay

    Uksus mevalarni konservalashda va ovqatga qo‘shiladigan ziravor sifatida ishlatiladigan o‘tkir hidli, achchiq-nordon mazali suyuqlikdir. Bu so‘z bizga rus tili orqali kirib kelgan. Asli yunoncha oxys – achchiq, nordon so‘ziga borib taqaladi.

    Ilmiy adabiyotlar va qo‘llanmalarda ishlatiladigan kislota va oksid so‘zlari ham uksus bilan qarindosh. Kislota so‘zini rus olimi Mixail Lomonosov o‘ylab topgan. U yunoncha oxytatos – juda nordon so‘zini ruschaga shunday tarjima qilgan. Dastlab bu so‘z uning o‘ziga ham g‘alati tuyulgan, lekin tilga singib ketishidan umid qilgan. Olimning niyati amalga oshgan va u yasagan bir nechta yangi atamalar qatori kislota ham rus tilining lug‘at boyligiga aylangan.

     

    Dirham va drahma

     
     
    Foto: Pixabay

    Dirham – o‘tmishda va hozir baʼzi musulmon o‘lkalarda pul birligini, ayrim joylarda og‘irlik o‘lchovini bildiruvchi so‘z. U tilimizga arab va fors tillarini oralab yetib kelgan. Asli yunoncha drachme so‘zidir. U kumush pulni va og‘irlik o‘lchov birligini ifodalagan.

    Drahma esa qadimgi va zamonaviy Gretsiyaning pul birligidir. U og‘irlik o‘lchov birligi sifatida ham ishlatilgan. Eski yunonchada drachme so‘zi tutam, hovuch, Qadimgi Afina pul birligi kabi maʼnolarda qo‘llangan. 2002-yili yevroga o‘tilishi munosabati bilan drahma muomaladan olingan, lekin uni yevroga almashtirishga 10 yil davomida ruxsat berilgan. Gretsiyada drahmani yevro bilan barobar muomalaga kiritish harakatlari ham bor.

     

    Go‘niya va Pentagon

     
     
    Foto: Pixabay

    Ustalar burchakning to‘g‘riligini tekshirish uchun ishlatadigan uskuna bor – go‘niya. Bu so‘zning ko‘rinishi o‘zbekcha bo‘lsa ham, o‘zi chet ellik ekani oz-moz sezilib turadi. U yunoncha gōniá – burchak so‘zidan hosil bo‘lgan. Qadimgi yunon tilida ham bor bo‘lgan bu so‘z hind-yevropa tillaridagi ǵónu – tizza, jag‘ o‘zagidan hosil bo‘lgan.

    Usta va duradgorlar go‘niya so‘zi bilan birga burchak, to‘qsonburchak kabi so‘zlarni ham qo‘llaydi.

    Pentagon so‘zi beshburchak maʼnosiga ega. Shu sabab AQSH Mudofaa vazirligining beshburchak shaklidagi binosi Pentagon deb ataladi. Bu so‘z ko‘pincha vazirlik nomi o‘rnida ham ishlatiladi. Uning o‘zagida gōniá so‘zi qatnashgan. Tilimizda qo‘llanadigan diagonal, poligon, trigonometriya kabi o‘zlashmalar ham go‘niya bilan o‘zakdosh.

    24.11.2023, 15:08   Izoh (0)   23363
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tilimizni bilamizmi: do‘ppi kiygan so‘zlar – g‘irt o‘zbekcha bo‘lib ketgan 15 ta o‘zlashma

    01.11.2022, 10:05

    Tilimizni bilamizmi: “ammamning buzog‘i”, “alifni tayoq deydi”, “yelkamning chuquri ko‘rsin” – antiqa iboralarning maʼnosi nima?

    28.06.2023, 17:51

    Bular aslida ruscha emas: rus tiliga o‘zlashgan turkiycha so‘zlar

    19.07.2023, 10:45

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida arabcha so‘zlar

    26.08.2023, 21:57

    Kimning xayoliga kelibdi deysiz: Gibraltar, Sidney, Antaliya — asli odamlarning ismi bo‘lgan joy nomlari

    16.10.2023, 20:15

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida forscha so‘zlar

    04.11.2023, 14:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.