• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Ko‘pchilikning muammosi: savodxonlikni qanday oshirish mumkin?

    Savodxonlikning birlamchi ma’nosi o‘qish-yozishni bilishdir. Kengroq ma’noda esa mustaqil fikrga egalik va bu fikrni emin-erkin, ravon ifodalash tushuniladi. Savodlilikning muhim shartlaridan biri bo‘lgan to‘g‘ri yozish masalasida qiynaladiganlar birmuncha ko‘p. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shu ko‘nikmani qanday yaxshilash mumkinligi haqida so‘z yuritadi.

     

    Nega savodxonlik darajasi past?

    Foto: Pixabay

    Ba’zan hozirgi yoshlar savodsiz bo‘lib ketgani haqidagi gap-so‘zlarni eshitamiz. Bunga kimdir maktab ta’limini, kimdir kam o‘qishni sabab qilib ko‘rsatadi. Albatta, bu fikrlarda jon bor. Biroq ana shu shikoyatlarni aytayotganlarning o‘zi ham ko‘pincha savod masalasida maqtanarli holatda bo‘lmaydi.

    Menimcha, savod darajasining umumiy pastligi unga jiddiy ehtiyoj yo‘qligi tufayli. Chunki to‘g‘ri va xatolarsiz yozishga ehtiyoj sezgan kishi bu ko‘nikmani yaxshilash harakatida bo‘ladi. Ish yoki o‘qishga kirishda bu xislat hal qiluvchi ahamiyatga egami? Agar jurnalist, kopirayter, nashriyot xodimi kabi tor mutaxassisliklar egasi bo‘lmasangiz, savodli yozmasdan ham ishlay, o‘qiy olasiz.

    Biroq sezsak-sezmasak, tan olsak-olmasak-da, savod kasbiy obro‘-e’tibor va maoshga ta’sir qiladi. Hatto savodxonlik muhim emasdek ko‘rinadigan hozirgi holatimizda ham. O‘zim kuzatgan bir jihatni aytay: sohasining ustasi bo‘lgan, chuqur bilimli mutaxassislar odatda savodli ham bo‘ladi. Bunday kishilar boshqalarga nisbatan yaxshiroq reytingga, demakki, yaxshiroq daromadga ham ega.

    AQSH Savodxonlik milliy instituti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi ishsizlarning 75 foizi o‘qish-yozishga qiynaladi, savod darajasi past bo‘lganlarning 43 foizi esa kambag‘allikda kun kechiradi. Bizda bunday tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Mabodo o‘tkazilsa, ishsizlik va savodxonlik darajasi o‘zaro bog‘liqligi yana bir bor tasdiqlansa kerak.

    Ikki yilcha oldin vazirlik maqomidagi bir tashkilot faqat chet tilini emas, o‘zbek tilini ham puxta biladigan, savodli mutaxassis topishda yordam so‘radi. Maoshi 15 million so‘m atrofida. Qo‘shimcha rag‘batlantirishlar ham bor. Mutaxassis uzoq vaqt topilmadi. Bu savodxonlik o‘ta qiyin, egallash mushkul bo‘lgan malaka ekanidan emas, savodxon kadrlar joyini tez topishidan darak.

     

    Xatolarsiz yozish tug‘ma qobiliyat emas

    Foto: Pixabay

    Hech kim o‘z-o‘zidan to‘g‘ri yozadigan bo‘lib qolmaydi. Bunga faqat o‘rganish va mashq orqali erishish mumkin. To‘g‘ri, ba’zilar tug‘ma iste’dodi sabab buni osonroq uddalay olar. Lekin o‘qish-o‘rganishsiz savodli bo‘lish imkonsiz.

    Yon-atrofga bir boqing. Odamlar yetti yot begona tillarni o‘rganib, unda to‘g‘ri va ravon gapiradigan, yozadigan bo‘lyapti. O‘zbekcha esa o‘z ona tilimiz, uni o‘rganish aslida oson. Imlomiz va punktuatsiyamizda ba’zi bo‘shliqlar, murakkabliklar bor. Ammo bu o‘rganish eshigi tambalandi degani emas.

    Savodxonlik darajasini yaxshilashni jiddiy niyat qilgan, shunga yarasha harakati va toqati bor kishi uch oy ichida to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini sezilarli darajada yaxshilay oladi. Xo‘sh, shunday shijoat paydo bo‘ldi, deylik. Nima qilish kerak?

     

    Eng birinchi va eng to‘g‘ri yo‘l – o‘qish

    Foto: Pixabay

    Ha, shunday. So‘zlarning to‘g‘ri yozilishini o‘rganish uchun ularni birma-bir yodlab chiqmaysiz. Agar bunday qiladigan bo‘lsangiz, o‘zingizni qiynaysiz xolos.

    Har qanday kitobni o‘qish savodxonlikni oshiravermaydi. Faqat sifatli kitoblarni mutolaa qilish zarur. Ko‘z so‘zlarning qanday yozilishini xotirada saqlab qoladi. Yozayotganingizda ana shu xotira sizga qo‘l keladi. Qancha ko‘p o‘qisangiz, ko‘z lug‘ati ortib boraveradi. Bu so‘z boyligingiz oshishi, nutqingiz ravonlashishiga ham hissa qo‘shadi. Badiiy adabiyotlar so‘z tovlanishlari, noyob iboralar, chiroyli o‘xshatishlarga boy bo‘ladi. Masalan, G‘afur G‘ulom asarlarini o‘qib, o‘zingiz bilmagan-eshitmagan juda ko‘p nodir so‘zlarni o‘rganishingiz mumkin.

    O‘z sohangizga oid kitoblarni o‘qish ham foyda beradi. Atamalar va sohaga oid tushunchalarning ma’nosi, imlosini o‘rganasiz.

    Mutolaaga har kuni kamida yarim soat, o‘rtacha bir soat vaqt ajrating.

     

    Yozing va mashq qiling

    Foto: Pixabay

    Har kuni biror kitobning kamida bir betini ko‘chirib yozing. Endi ko‘z xotirasidan tashqari harakat xotirasi ham ishga tushadi. Qo‘l yozish jarayonida imloni eslab qoladi. Miya esa yozilgan narsani yaxshiroq uqadi. Tinish belgilari qay o‘rinda va nimaga qo‘llanayotganini tushuna borasiz.

    Yozishning bundan-da foydaliroq usuli bor. Sifatli audiokitobdan parcha eshiting va uni qog‘ozga tushiring. Keyin uni kitob bilan solishtiring. Qayerlarda, qaysi so‘zlarda xato qilganingizga e’tibor bering.

    Mabodo audiokitob yo‘q bo‘lsa, kitobdan parchani o‘zingiz ifodali o‘qing va telefoningiz diktofoniga yozib oling. Keyin uni eshitib, yozishingiz mumkin.

    Tayyor diktantlardan ham foydalansangiz bo‘ladi.

    Kundalik tuting, kuningiz qanday o‘tgani, qayerlarga borganingiz, nimalar qilganingizni qog‘ozga tushirib boring. Yoki o‘zingizga ma’qul istagan mavzuda yozishingiz mumkin. So‘ng matnda imlosiga ikkilangan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshirib, to‘g‘rilab chiqing. Bu to‘g‘ri yozishdan tashqari yozma fikrlash malakangizni ham oshiradi. Miyada fikrlar tartibga tushadi, miyada tartib bor degani yozuvda ham tartib bor deganidir.

    Yozish mashqi savod darajangiz sezilarli yaxshilangunga qadar davom etishi kerak. Iloji boricha qo‘lda yozing. Biroz muddatdan so‘ng mashg‘ulotni kompyuterda davom ettirishingiz mumkin.

     

    Qoidalarni o‘rganing

    Foto: Pixabay

    Ha, bundan qochib qutulib bo‘lmaydi. Kitoblar, gazeta-jurnallarni o‘qib, ba’zi qoidalarni mantiq, savqi tabiiy bilan o‘zlashtirib olish mumkin. Lekin imlo va punktuatsiyani to‘laqonli bilish uchun baribir qoidalarni o‘rganish zarur.

    Shu yo‘nalishdagi blog va sahifalar, videodarslar ham yaxshi foyda beradi.

    Vaqt, xohish va imkon bo‘lsa, repetitorga borish yoki onlayn kurslarga qatnashish ham mumkin. Tabiatimiz shunaqa: tekin narsaning qadri kam bo‘ladi, pul to‘lasak, xarajatimizni oqlashga harakat qilamiz.

     

    Lug‘atlar bilan ishlang

    Foto: Pixabay

    Imlo lug‘ati va izohli lug‘at doimiy ish qurolingizga aylansin. Ma’nosini tushunmagan yoki yozilishida ikkilangan so‘zlaringizni albatta lug‘atdan tekshiring. Buning uchun alohida lug‘at daftar tutganingiz afzal. Yoddan ko‘tarilgan so‘zlarga qarab olish ham osonlashadi.

    Shaxsiy yozishmalarda, ijtimoiy tarmoqlarda savodli bo‘lishga intiling. To‘g‘ri yozish odatga asoslanadi. Xatoga e’tiborsiz bo‘laverish boshqa o‘rinlarda ham nuqsonli yozishingizga yo‘l ochadi.

    Word dasturida o‘zbek lotin imlosini tekshirish xizmati ishga tushgan. Biroq u hali juda zaif. Juda ko‘p so‘zlarni tanimaydi. Word’da yoki brauzerlarda ishlaganda o‘zbek imlosini tekshirib beradigan maxsus kengaytmalardan foydalanishingiz mumkin. Bunda ham qayerda xato qilayotganingizni o‘rganasiz, ham uni bartaraf etasiz.

     

    Asosiysi – qat’iyatli bo‘ling

    Foto: Pixabay

    Mutolaa, matn ko‘chirish, yozish, tekshirish – vaqt va kuch oladigan jarayon. Zerikib yoki hafsalasizlik qilib shug‘ullanishni to‘xtatsangiz, savodli bo‘lish niyatingiz niyatligicha qoladi. Istak va shijoatsiz shug‘ullanish esa kutilgan natijani bermaydi.

    O‘zingizni rivojlantirish yo‘lida kuch-quvvat tilayman. Omadingizni bersin.

    17.11.2023, 11:41   Izoh (0)   11232
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tilimizni bilamizmi: do‘ppi kiygan so‘zlar – g‘irt o‘zbekcha bo‘lib ketgan 15 ta o‘zlashma

    01.11.2022, 10:05

    Tilimizni bilamizmi: “ammamning buzog‘i”, “alifni tayoq deydi”, “yelkamning chuquri ko‘rsin” – antiqa iboralarning maʼnosi nima?

    28.06.2023, 17:51

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida arabcha so‘zlar

    26.08.2023, 21:57

    O‘qituvchiga ham, o‘quvchiga ham birday muhim: esse qanday yoziladi?

    05.10.2023, 20:10

    Kazo-kazolar va hokazolar: maʼnosi keskin o‘zgarib ketgan 10 ta so‘z

    23.10.2023, 20:35

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida forscha so‘zlar

    04.11.2023, 14:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40

    “Bog‘ga tushgan o‘g‘rini qorovul ushlab olib qulog‘idan tortadi-yu, xuddi shunday qochgan-da” — Ulug‘bek Qosimov Denov hokimi o‘rinbosari haqida

    O‘zbekiston | 22 avgust, 20:30

    Hakerlar Eronning o‘nlab neft tankerlari tizimlarini ishdan chiqardi

    Dunyo | 22 avgust, 20:20

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    Dunyo | 22 avgust, 20:08

    Turk seriallarida yoshidagi katta farqqa qaramay tomoshabinlar mehrini qozongan 7 juftlik

    Kino | 22 avgust, 19:55

    Mirziyoyev, Berdimuhamedov va Aliyev uchrashuvi: transport, energetika va savdo sohasida kelishuvga erishildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:46

    Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarga darz ketishi mumkin

    Dunyo | 22 avgust, 19:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.