So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Ilm-fan

    Tilimizni bilamizmi: “ammamning buzog‘i”, “alifni tayoq deydi”, “yelkamning chuquri ko‘rsin” – antiqa iboralarning maʼnosi nima?

    28 iyun, 17:51 15685

    Iboralar – tilning go‘zalligi, kuch-quvvatini oshiradigan vosita. Ular obrazlari, mubolag‘a, kinoya va tagmaʼnolari bilan jumlaga betakrorlik, taʼsirchanlik, zavq, joziba bag‘ishlaydi. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib xalq tilidan munosib joy egallagan ana shunday iboralarning baʼzilarini sharhlaydi.

    Ilyustratsiya: Asila Umarova

    Ammamning buzog‘i

    Bu ibora xalq tilida juda faol. Haqoratli maʼnoda, bepisandlik bilan qo‘llanadi va hech bir ishni eplolmaydigan; lavang, shudsiz maʼnolarini anglatadi:

    Indamay qo‘ya qolay dedim-u, Marziya oldida ammamning buzog‘i bo‘lib o‘tirgim kelmadi. (A. Muxtor, “Davr mening taqdirimda”).

    Ko‘pincha iboralar tarkibidagi so‘zlarning maʼnolari unutiladi va ibora yaxlit holda tamom boshqa bir maʼnoni anglatadi. Ushbu frazeologizmda ham amma va buzoq so‘zlarining maʼnosi unutilgan. Taxminimcha, bu ibora o‘xshatish sabab paydo bo‘lgan. Nima bo‘layotganini tushunmay, kalovlanib turish holati buzoqning javdirashi, onasini izlab dovdirashiga o‘xshatilgan.

    O‘zbek tilida buzoq obrazi qatnashgan maqollar ko‘p. Ularning aksariyatida salbiy maʼno ifodalangan: “Buzoqni bo‘sh qo‘ysang, xurmachani ag‘daradi”, “Buzoq ko‘p emsa bo‘kadi, Bo‘sh qo‘ysang to‘kadi”, “Buzoqni tilga olsang, ipini uzib keladi”, “Buzoqning yugurgani somonxonagacha”, “Tirraqi buzoq butun podani bulg‘aydi”.

    Ko‘z ochib ko‘rganim

    Xalq tilida ko‘z ochib ko‘rgan iborasi ko‘p ishlatiladi. U ilk bor nikoh qurgan kishini, yaʼni birinchi er yoki birinchi xotinni anglatadi. Masalan, yigit ilk bor nikoh qurgan bo‘lsa, kelin unga ko‘z ochib ko‘rgan bo‘ladi. Qiz ilk bor turmushga chiqayotgan bo‘lsa, kuyov u uchun ko‘z ochib ko‘rgan sanaladi:

    Norjon ona Boydoda muallimning ko‘z ochib ko‘rgani. (J. Abdullaxonov, “Xonadon”.)

    Bu iboraning paydo bo‘lishi chimildiqdagi oyna tutish udumi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Oldinlari to‘ydan so‘ng kelin-kuyovga oyna tutilgan, ular bir-birini ilk bor oynada ko‘rgan.

    Boshqa bir taxminga ko‘ra, ko‘z ochib ko‘rish kengroq maʼnoni – tug‘ilganda ilk bor ko‘zi tushishni anglatgan. Keyinroq iboraning maʼnosi torayib, ko‘proq nikoh bilan bog‘liq mazmunda ishlatila boshlagan.

    Sichqonning ini ming tanga

    Bu ibora kishi qochishga joy topa olmay qolgan paytni ifodalaydi. Yashirinishga joy-imkon topolmayotgan odam noilojlikdan hatto sichqonning inini ming tangaga olishga tayyor. Ming tangani ming dollar deb o‘qisangiz, vaziyat ko‘z oldingizda yanayam yorqinroq namoyon bo‘ladi. Sichqonning ini odam uchun o‘ta kichik, unga sig‘ish, kirib yashirinib olish mutlaqo imkonsiz. Aqli joyida kishiga buni uqtirish o‘zi aqlsizlik. Lekin yuragi taka-puka bo‘lib turgan kishining qo‘rquvi shu darajadaki, sichqonning inidan ham umid qiladi:

    Shu vaqt deng otam birdan hayhaylab kelib qoldilar-ku, Rahimvoyga sichqonning ini ming tanga bo‘ldi. (H. Nazir, “So‘nmas chaqmoqlar”.)

    Bu iboraning sichqon ini ming tanga bo‘ldi, sichqon ini ming tanga bo‘lib ketdi, sichqonning inini ming tanga qilib yubormoq kabi variantlari bor.

    Ibora maqol tarkibida ham uchraydi:

    Qo‘rqoqqa sichqonning ini – ming tanga.

    Pixini yorgan

    Ko‘p ish ko‘rgan, ko‘p ishlarni boshdan kechirib, ayyor, quv bo‘lib ketgan odam haqida gapirganda pixi qayrilgan, pixini yorgan, pix yorgan kabi iboralar ishlatiladi.

    Pixini yorgan iborasiga baʼzan tullak so‘zi ham qo‘shiladi. Tullak so‘zi bulturgi, ikki yoki uch yillik parrandaga nisbatan ishlatiladi. Bunday parranda allaqachon tullagan, tullab chiqqan bo‘ladi. Demak, u qari, maʼlum bir “hayotiy yo‘l”ni bosib o‘tgan. Tullak so‘zi iboraning maʼnosini yanada kuchaytiradi va o‘taketgan firibgar, ayyor, makkor kishini anglatadi:

    Jinoyatchining kattasi – uning akasi Ziyodilla. Pixini yorgan tullak. (H. G‘ulom, “Mashʼal”.)

    Pixini yorgan iborasining burganing ko‘zini ko‘rgan shaklidagi sinonimi ham bor. Bu iborada kinoya yanada kuchaygan. Burga – juda mayda hasharot. Uning ko‘zini ko‘rish uchun maxsus mikroskop kerak. Iboradagi mubolag‘a kishining makkorligini bo‘rttirib ifodalashga xizmat qilyapti.

    Ilyustratsiya: Asila Umarova

    Alifni kaltak deyolmaydi

    Alifni kaltak deyolmaydi yoki alifni tayoq deyolmaydi iboralari xat-savodi, maʼlumoti yo‘q, hech narsa bilmaydigan maʼnolarida ishlatiladi. Ko‘pincha salbiy maʼno tashiydi.

    Alif arab alifbosining birinchi harfi va uning nomi. Savod chiqarishga kirishganlar birinchi bo‘lib shu harf bilan tanishgan. Iborada tasvirlangan odam shakli tayoqchaga o‘xshash bu harfni ko‘rib, kaltak yoki tayoqqa ham mengzolmaydigan darajada.

    Iboraning alifni tayoq deydi shakli ham bor. Aslida bu o‘rinda istehzo yanada oshib tushgan. Jumlada tilga olingan kishi savodsizlarning ham savodsizi. U harf bilan tayoqni ajratolmaydi va shu sababli alifni ko‘rib, bu tayoq bo‘lsa kerak deb o‘ylaydi.

    So‘xtasi sovuq

    Bu iboraga ora-sira duch kelamiz-u, lekin lug‘aviy maʼnosini deyarli o‘ylab ko‘rmaymiz. Nega so‘xta, so‘xta nima o‘zi? So‘xta – pilikning kuygan qismi. U sham yoki moychiroqda bo‘ladi:

    Moyi tugab, piligi so‘xta bo‘lgan chiroq bir lip etib, so‘ndi. (S. Ahmad, “Hukm”.)

    Kuygan pilik yoqimsiz ko‘rinishga ega bo‘ladi, burishib, bujmayib qoladi. Kishining yuzi unga o‘xshatilishidan o‘ta yoqimsiz, turqi sovuq kimsani tasvirlash maqsad qilinadi:

    E, meni endi ko‘ryapsizmi, Muyassarxon, eski bilganingiz sassiq chol – so‘xtasi sovuq Nazar Yaxshiboyman-da. (M. M. Do‘st, “Lolazor”.)

    Dili xufton

    Ko‘ngli g‘ashlik, xafalikni ifodalash uchun dili xufton, ko‘ngli xufton, taʼbi xufton kabi iboralar ishlatiladi. Xufton so‘zi forschadan, aslida uxlamoq, uxlash maʼnolariga ega. Biroq maʼnosi kengayib, o‘zgargan. U quyosh botganidan bir yarim-ikki soat keyingi vaqtni va shu vaqtda o‘qiladigan namozni anglatadi.

    Xufton vaqti rosmana tun kirganini anglatadi. Chunki bu paytda ufqda qizillik ham, oqish nur ham qolmaydi. Hamma yoqqa zim-ziyo tun cho‘kadi. Kishining dilida ana shunday qorong‘ilik borligini obrazli tasvirlash orqali uning ruhiy holati, tushkunligi yorqinroq ifodalanadi:

    Bo‘rining dili xufton bo‘ldi. (T. Murod, “Qo‘shiq”.)

    Ilyustratsiya: Asila Umarova

    Do‘ppisi yarimta

    Bu ibora hozir nisbatan kam ishlatiladi. Shu sababli ham maʼnosini birdaniga tushunishga qiynalish mumkin. Nega do‘ppisi yarimta? Bu haqoratmi, achinishmi yo shunchaki tasvirmi?

    Izohli lug‘atga ko‘ra, do‘ppisi yarimta iborasi ishi joyida, g‘am-tashvishi yo‘q, parvoyi falak, beg‘am kabi maʼnolarni anglatadi. Bunda do‘ppisini qiyshaytirib yoki buklab kiyib yuradigan, shu orqali kayfiyati zo‘rligi, dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmasligini ko‘rsatadigan odam ifodalangan. Lekin do‘ppisi yarimtalik har doim ham fazilat emas, u o‘zidan bexabarlikka, turli mashaqqat va qiyinchiliklarga ham sabab bo‘lishi mumkin:

    ...odamlar oyog‘idan qarzga ilinadi. Hech nima bo‘lmaganday, do‘ppisi yarimta! Halqumigacha qarzga botganini o‘zi sezmay qoladi. (Oybek, “Qutlug‘ qon”.)

    Iboraning do‘ppi yarimta, do‘ppini yarimta qilib, do‘ppisini yarimta qilib kabi shakllari ham bor:

    “Sessiya-sessiya deb qo‘rqitishadi, sessiyasi hech gap emas ekan-ku”, deb do‘ppini yarimta qilib yurishuvdi. (P. Qodirov, “Uch ildiz”.)

    Yelkamning chuquri ko‘rsin

    Bu ibora bundan keyin umrbod ko‘rmay degan maʼnoda ishlatiladi. Mahmud Sattor “O‘zbekning gapi qiziq” kitobida yozishicha, jumla o‘ta norozilik, ozurda bo‘lish, jonga tegib ketish, bezorijonlik xulosasini ifodalaydi. Birov biror maʼmuriy idoraga, turqi sovuq mulozim huzuriga qatnayverib, ishi bitmay, axir joniga ham tegib, “Bor-e, shu nokasga yolvorib shu narsaga erishganimdan ko‘ra bir umr erishmay ketay. Bu joylarni yelkamning chuquri ko‘rsin”, deydi. Bu bilan minbaʼd bu joylarga kelmaganim bo‘lsin, deya qasam ichadi. Yelkaning chuqurida, yaʼni o‘mrov suyagida suv turmaydi. Unda suv saqlash amrimahol. Mening bu yerga kelishim, qasamimni buzishim ham xuddi shunday gap degan qiyos qilinadi.

    Yozuvchi yelka chuqurida suv turishi haqidagi qiyosni qayerdan olgani maʼlum emas. Chunki iborada suv haqida gap yoki unga ishora yo‘q.

    Boshqa bir talqinga ko‘ra, qanday joylashganimizdan qatʼi nazar, yelkamiz chuquri biror yerga tegmaydi, faqat o‘lganda, aniqrog‘i, dafn etilgandagina o‘sha joyning tuprog‘i yelka chuquriga tegadi. Yelka chuquri ko‘rmasligi “To tirik ekanman, bu joyga qadam bosmayman” degan maʼnoga ishora bo‘lishi mumkin.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Mavzuga doir

    Tilimizni bilamizmi: Tinch okeanning “Tinch okeani”dan farqi bor! Quloq o‘rgangan, lekin aslida xato iboralar

    09.05.2021, 14:29

    “Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?

    01.10.2022, 21:10

    Tilimizni bilamizmi: do‘ppi kiygan so‘zlar – g‘irt o‘zbekcha bo‘lib ketgan 15 ta o‘zlashma

    01.11.2022, 10:05

    Tilimizni bilamizmi: unutilgan o‘zbekcha so‘zlar – “namoz”, “behi”, “kaptar”, “million” kabi so‘zlarning turkiychasi nima?

    15 may, 16:33

    “Bir kallaqand, uch so‘m pul” — filmlardagi nodir so‘zlar, ularning maʼnosi nima?

    24 may, 21:55

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Teatrda suflyorlikdan aktyorlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan va 40 yoshdan keyin omadi kulgan Farhod Abdullayev 66 yoshda (foto)

    Bugun, 10:54

    Toshkentda Alfraganus universiteti tashabbusi bilan xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda

    Bugun, 10:30
    Reklama

    O‘zbekistonda mayning faoliyatini quyosh energiyasi bilan amalga oshirish belgilandi

    Bugun, 10:52

    Venetsiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchrab, yonib ketdi (video)

    Bugun, 10:44

    “Bavariya” YCHL guruh bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 36 taga yetkazdi

    Bugun, 10:25

    O‘zbekistonda 5-oktyabr kuni havo harorati 34 darajagacha ko‘tariladi

    Bugun, 10:25

    Qashqadaryoda “Yor-yor” ko‘rsatuvi orqali ayol bilan tanishgan erkak uni o‘ldirib qo‘ydi

    Bugun, 10:04

    “Garri Potter” franshizasida eng ko‘p ekran vaqtiga ega bo‘lgan qahramonlar (foto)

    Bugun, 09:55

    Toshkent metrosida poyezd tormoz tizimidagi nosozlik sabab harakatlana olmadi

    Bugun, 09:54

    AQSH tarixida birinchi marta: Vakillar palatasi a’zolari spiker Kevin Makkartini iste’foga yubordi

    Bugun, 09:15

    Tavsiya etamiz

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistondagi banklardan biriga bank operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi

    11:00 / 04.10.2023

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    18:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.