• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Kazo-kazolar va hokazolar: maʼnosi keskin o‘zgarib ketgan 10 ta so‘z

    Ma’noning tubdan o‘zgarishi o‘zlashma so‘zlarda ko‘p uchraydi. Boshqa tilga o‘tgan so‘z ko‘pincha o‘sha tilning tabiatiga, issiq-sovug‘iga moslashadi, ba’zan qiyofasi va ma’nosini o‘zgartiradi. Bu holat tilning o‘z so‘zlari orasida ham kuzatiladi. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday so‘zlardan ba’zilarini sharhlaydi.

    Kazo-kazolar va hokazolar

    Foto: Pixabay

    Bu ikki so‘z tilimizda tez-tez qo‘llanib turadi. Lekin ularning asl ma’nosi nimaligi haqida ko‘pchilik bilavermasa kerak.

    Kazo so‘zi arabchada shunday, shu kabi ma’nolarini anglatadi. O‘zbekchada juft holda ishlatiladi. Kazo-kazolar iborasi ilm, amal, boylik, donolik kabi xislatlari bilan tanilgan yuqori martabali kishilarni anglatadi:

    G‘iyosiddin tilmochlik qilib yurgan kezlarda shaharning kazo-kazolari bilan og‘iz-burun o‘pishib qoldi. (S. Ahmad, “Hukm”.)

    Bu so‘z asosan og‘zaki tilda va badiiy matnlarda uchraydi.

    Hokazo so‘zi ham arab tilidan kirgan, asliyatda shunaqa, xuddi shunday; shunday qilib, shu tarzda ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tilida odatda va bog‘lovchisi bilan birga qo‘llanib, shu singari, shunga o‘xshagan(lar), boshqalar ma’nolarini anglatadi:

    Ayol urushga ketgan eri, o‘zining ishi, turmushi va hokazolar haqida gapirdi. (Oybek, “Quyosh qoraymas”).

    Taqsir: maqtovmi yoki yerga urish?

    Taqsir so‘zi ham boshida kamina so‘zi kabi kamtarlik ma’nosini bildirgan. Keyinchalik ma’nosi va qo‘llanish yo‘sini o‘zgarib ketgan.

    Taqsir arabchadan olingan, asliyatda qisqartirish, kamaytirish; kamchilik; sustkashlik, beparvolik ma’nolarini anglatadi. Taqsir va qusur so‘zlarining o‘zagi bir.

    Eski tilimizda odamlar o‘zi haqida faqir, qulingiz, taqsiringiz kabi so‘zlarni ishlatgan. Taqsiringiz degani qusurli, aybli, gunohli suhbatdoshingiz, ya’ni men deganidir.

    Keyinchalik bu so‘zning ma’nosi teskarisiga o‘zgarib ketgan va u endi so‘zlovchiga emas, tinglovchiga nisbatan qo‘llana boshlagan. Kuzatishlarimga ko‘ra, XIX asr oxirlaridan boshlab taqsir murojaatda hurmatni bildiruvchi so‘zga aylangan:

    – Gapingiz nuqul haqiqat, taqsir, – dedi Olchinbek. (K. Yashin, “Hamza”.)

    Chavandozlar chapaqay bo‘ladimi?

    Foto: Pixabay

    Chavandoz so‘zi forschadan o‘zlashgan. Asliyatda chapandoz shaklida bo‘lgan va chap qo‘l bilan o‘q otuvchi; chapdast; mohir ma’nolarini ifodalagan. U o‘zbek tilida ot choptirish, uloq chopish, otda o‘ynash san’atini egallagan odam, ko‘chma ma’noda esa ilg‘or, peshqadam mazmuniga ega:

    Ikki chavandoz yonma-yon ot yo‘rttirib kelardi. (H. G‘ulom, “Mash’al”.)

    Chavandozning sof o‘zbekcha varianti – chopag‘on. So‘zlashuvda chovag‘on, chavag‘on shaklida ishlatiladi.

    Nega chavandoz so‘zi bunday ma’no o‘zgarishiga uchragan? Menimcha, uning mohirlik, epchillik ma’nosi shunday evrilishga sabab bo‘lgan. Asli forscha chapdast so‘zida ham chap qo‘lga ishora bor. Demak, chapaqaylar o‘naqaylarga nisbatan uddaburon, chaqqon ko‘ringan.

    O‘zbek tilida chapandozdagi kamon otish mazmuni ham yo‘qolgan. Lekin qadimda bu kasb egalari uchun kamon otish muhim edi. Chunki ot choptirish san’atini egallagan kishilar ko‘pincha usta jangchi ham bo‘lgan.

    Qoyil va qoyilmaqom

    Qoyil so‘zi o‘zbekchada zavqlanib yoki tan berib ofarin o‘qishga, tasanno aytishga arzirli; ofarin, tasanno ma’nolarini bildiradi:

    Belim qisib, qovurg‘amni shishirding,

    Do‘stim, sening zo‘rligingga qoyilman. (“Alpomish”)

    Lekin u asliyatda zavq va tahsin ma’nosiga ega emas. Arabchada qoyil aytuvchi, so‘zlovchi, gapiruvchini yoki hikoya, naql qiluvchini bildiradi. Gapirayotgan yoki biror hikoyani so‘zlab berayotgan bo‘lsangiz, demak, qoyilsiz.

    Ammo o‘zbekchada so‘zdagi ma’no gapiruvchiga emas, tinglovchiga ko‘chgan. Agar qiziqarli, zavq beradigan gaplarni aytsangiz yoki biror ishingiz sabab hayratlantira olsangiz, siz emas, boshqalar qoyil bo‘ladi, qoyil qoladi.

    O‘zbekchada bu so‘z qatnashgan qoyil qilmoq, qoyil qoldirmoq, qoyil qolmoq, qoyil bo‘lmoq, qoyillatmoq, qoyilmaqom kabi so‘z va iboralar ham bor.

    Mirishkorning ovi

    Foto: Pixabay

    Mirishkor so‘zi o‘z ishining tajribali, mohir ustasi; tajribakor, omilkor kabi ma’nolarga ega va asosan dehqonchilik bilan bog‘liq mazmunda ishlatiladi: mirishkor dehqon, mirishkor bog‘bon. Ba’zan boshqa kasb-hunar egalariga nisbatan ham qo‘llanadi:

    Sulton bo‘zchi... o‘z hunarining mirishkori hisoblanar edi. (A. Muxtor, “Opa-singillar”.)

    Biroq dastlab bu so‘z dehqonchilik, bog‘bonchilik yoki bo‘zchilikka umuman aloqador bo‘lmagan. Arabcha mir – amir, boshliq va forscha shikor – ov so‘zlaridan yasalgan mirshikor ov boshlig‘i, ovni boshqaruvchi, ovga mutasaddi kishi degan ma’noni anglatgan. Xonlarning ov tashkil qiluvchi mulozimi – mirshikori bo‘lgan. U xonning qo‘rig‘i, ya’ni ov xo‘jaligini boshqargan.

    Vaqt o‘tib, mirshikor tovush o‘zgarishiga uchragan va mirishkorga aylangan. Bu o‘zgarish shaklgagina emas, ma’noga ham ta’sir ko‘rsatgan. Endi u ovga bog‘liq ma’noda qo‘llanmaydigan bo‘lgan.

    Kim sipo ko‘rinadi?

    Foto: Pixabay

    Sipoh so‘zi forschada qo‘shin, askar ma’nolariga ega. O‘zbekchada esa saroy amaldori, jangchi, askar, shaxmat donasi kabi ma’nolarda qo‘llanadi. Masalan, Amir Temur va Bobur qo‘shinida otliq askar – sipohiylar xizmat qilgan.

    Kamtar, kamsuqum, oddiy, og‘ir-vazmin kabi ma’nolarda qo‘llanadigan sipo so‘zi ana shu sipoh bilan bir so‘z, oxiridagi h tovushi talaffuzda yo‘qolgan xolos.

    Xo‘sh, askar, jangchi ma’nosi nega kamtar-kamsuqum yoki og‘ir-vazminga aylanib qoldi? Sipohiylar, ya’ni oddiy askarlar odatda kichik lavozim va unvon egasi bo‘ladi, birovga rahbarlik qilmaydi. Aksincha, ularga rahbarlik qiladigan, nazoratda tutadiganlar ko‘p bo‘ladi. Sipoh boshliq yoki qo‘mondonning izni, buyrug‘isiz ortiqcha harakat qilmaydi, qilolmaydi. Safda ham qimir etmay, tartib bilan turadi. Yo‘qsa, jazolanishi hech gap emas. Ana shu holat sipoh so‘ziga ko‘chma ma’no yuklanishiga olib kelgan. Kamtar, og‘ir vazmin ma’nosini olgan sipoh sipo shaklida qo‘llana boshlagan va askarlik ma’nosini butkul yo‘qotgan.

    Mug‘ombirning ta’biri

    Mug‘ombir arabchada muabbar shaklida ishlatiladi. Ta’bir so‘zi bilan o‘zakdosh. Asliyatda tushni ta’bir qiluvchi ma’nosini anglatadi. O‘zbek tiliga yetib kelguncha tovush o‘zgarishlariga uchragan va mug‘ombir shakliga kirgan.

    Tushni ta’birlash – qiyin ish. Tush ta’birining bittasi to‘g‘ri chiqsa, kamida o‘ntasi xato chiqadi. Ta’birchilarning so‘zi haqiqatga mos kelavermaganidan ularga ishonch yo‘qolib, nomlariga salbiy ma’no yuqqan bo‘lsa ne ajab.

    Mug‘ombir so‘zi o‘zbekchada aldoqchilik bilan ish ko‘ruvchi; ayyor, quv ma’nosida qo‘llanadi:

    Mirzakarimboy ilonning yog‘ini yalagan odam edi... mug‘ombir, puxta-pishiq... har ishda ehtiyotkorlikni ma’qul ko‘rar edi. (Oybek, “Tanlangan asarlar”.)

    G‘urraning evrilishi

    Agar g‘urra so‘zi o‘zbekchada ham arabchadagi kabi ma’no ifodalaganda, “G‘urrangiz yarashib turibdi” degan gapdan birov kulmagan yo ensasini qotirmagan bo‘lardi. Chunki u asliyatda otning oq qashqasi; gajak, kokil degan ma’noni anglatadi. Biroq o‘zbekchada butkul boshqa mazmunda qo‘llanadi. Ma’nosi o‘zgarib ketgan bo‘lsa-da, joyi asliyatdagidan ko‘p ham o‘zgarmagan – u peshona yoki boshda hosil bo‘lgan qattiq shishni anglatadi:

    Peshonamni ham g‘urra qildi-ya, ertagacha g‘urra yozilib ketsa go‘rga edi, shu turq-u tarovat bilan odamlarga qanday ko‘rinaman? (S. Ahmad, “Hukm”.)

    Sahrodan kelgan yovvoyi

    Foto: Pixabay

    Yovvoyi so‘zi ko‘p ma’noli so‘z, u xonakilashmagan, madaniylashtirilmagan, zararli, o‘zlashtirilmagan, qo‘rqinchli, qoloq, odamovi kabi ma’nolarni anglatadi. U qadimgi turkiy tilda sahro ma’nosini ifodalagan yaba otidan hosil bo‘lgan. Dastlab o‘z-o‘zicha yashaydigan, o‘z-o‘zicha o‘sadigan ma’nosini anglatgan yabayi vaqtlar o‘tib yovvoyiga aylangan, ma’nolari ham kengaygan.

    Eski turkiydagi yaba so‘zidan hosil bo‘lgan yobon so‘zi o‘zakdagi ma’noni saqlab qolgan. U dala, dasht ma’nosini bildiradi.

    Terisini tashlagan tiyin

    Foto: Pixabay

    Tiyin so‘zi bir so‘mning yuzdan biriga teng pulni va shunday qiymatga ega bo‘lgan mayda chaqani bildiradi. Izohli lug‘at tiyin so‘zining olmaxon degan ma’nosini ham bergan, lekin bu so‘z qatnashgan misol keltirmagan. Tiyin so‘zi hozirgi tilimizda olmaxon ma’nosida qo‘llanganini uchratmaganman.

    Lekin tarixda tiyin jonivor nomini bildirgan. “Devonu lug‘atit turk”da bu so‘z teging shaklida keladi va suvsarlar oilasiga mansub yirtqich hayvon deb izohlanadi. Teging juni qalin, mayin, qora-qo‘ng‘ir rangli sutemizuvchi hayvon bo‘lib, qimmatbaho mo‘ynasi uchun ko‘p ovlanishi natijasida kamayib ketgan. Teging vaqtlar o‘tib teyingga, so‘ng teyinga, undan keyin esa tiyinga o‘zgargan.

    O‘zbek tilining etimologik lug‘atiga ko‘ra, natura bilan savdo qilingan vaqtlarda ayirboshlanadigan narsaning qiymati necha dona olmaxon terisi evaziga almashtirilishi bilan belgilangan, shu asosda teying so‘zining pul ma’nosi yuzaga kelgan. Shunday qilib, tiyin teri ma’nosini tamoman tashlagan.

    23.10.2023, 20:35   Izoh (0)   24711
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tilimizni bilamizmi: Tinch okeanning “Tinch okeani”dan farqi bor! Quloq o‘rgangan, lekin aslida xato iboralar

    09.05.2021, 14:29

    Dilovar, pisanda, ismi sharif: xato ma’noda qo‘llanadigan 7 ta so‘z

    26.09.2022, 19:30

    Tilimizni bilamizmi: do‘ppi kiygan so‘zlar – g‘irt o‘zbekcha bo‘lib ketgan 15 ta o‘zlashma

    01.11.2022, 10:05

    Tilimizni bilamizmi: unutilgan o‘zbekcha so‘zlar – “namoz”, “behi”, “kaptar”, “million” kabi so‘zlarning turkiychasi nima?

    15.05.2023, 16:33

    “Bir kallaqand, uch so‘m pul” — filmlardagi nodir so‘zlar, ularning maʼnosi nima?

    24.05.2023, 21:55

    Kimning xayoliga kelibdi deysiz: Gibraltar, Sidney, Antaliya — asli odamlarning ismi bo‘lgan joy nomlari

    16.10.2023, 20:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shvetsiya fuqarosi ISHID safida iordaniyalik uchuvchini o‘ldirgani uchun umrbod qamoqqa hukm qilindi

    Dunyo | 31 iyul, 21:10

    Hikmatilla Ubaydullayev Prezident administratsiyasiga qaytdi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 20:56

    Tramp Kanada Falastinni tan olsa, savdo bitimi tuzilmasligini bildirdi

    Dunyo | 31 iyul, 20:50

    Apple IT mutaxassislari qancha maosh olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 31 iyul, 20:15

    Markazda OpenAI va DeepSeek: maxsus xizmatlar sun’iy idrokdan qanday foydalanyapti?

    Dunyo | 31 iyul, 19:55

    Xiaomi suv ta’minoti tizimiga ulanadigan “aqlli” robot-changyutgichni taqdim etdi

    Gadjetlar | 31 iyul, 19:38

    E’zozxon Karimova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 19:25

    Myanma 4,5 yil davom etgan favqulodda holatni bekor qildi

    Dunyo | 31 iyul, 19:18

    Esports World Cup Chess. Nodirbek Abdusattorov chorak finalda musobaqa bilan xayrlashdi

    Sport | 31 iyul, 19:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.