• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tilimizni bilamizmi: Tinch okeanning “Tinch okeani”dan farqi bor! Quloq o‘rgangan, lekin aslida xato iboralar

    O‘z tilini puxta bilish, fikrini aniq, ravon va xatolarsiz ifodalay olish haqiqiy o‘qimishli kishining muhim sifatidir. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib ba’zi so‘z va birikmalarning o‘ziga xosliklari, ma’no qirralari, bilib-bilmay yo‘l qo‘yadigan xatolarimiz haqida so‘z yuritadi.

    Tinch okean

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Bu okean nomini yozishda ko‘p xato qilamiz. O‘zim ham Tinch okeani deb yozish xatoligini bilgunimga qadar shunday yozardim. Nega Tinch okean degan so‘z to‘g‘ri?

    Tinch so‘zi sifat sanaladi va sifatlovchidan keyingi ot egalik qo‘shimchasini olmaydi. Masalan, yashil daftar, katta kitob kabi birikmalarni yashil daftari, katta kitobi demaymiz. Bu shaklda ishlatadigan bo‘lsak, oldinroqda egalik qo‘shimchasi talab etadigan ot yoki otlashgan so‘z kerak:

    O‘quvchining yashil daftari bor.

    Agar ot tushib qoladigan bo‘lsa ham, uning borligini mazmundan bilib turamiz:

    Yashil daftari bor.

    Demak, kimningdir yashil daftari bor.

    Yuqoridagi jumlalarda daftar so‘zidagi egalik qo‘shimchasini o‘quvchi so‘zi yoki gapda aks etmagan yashirin ega talab qilyapti. Agar ega bo‘lmasa, egalik qo‘shimchasi ham kerak emas.

    Tinch okean so‘zi ingliz tilida Pacific Ocean, ruschada Тихий океан bo‘ladi. Har ikki tilda ham tinch so‘zi sifat bo‘lib kelyapti. Demak, Tinch nomli okean degan mazmun anglashilmayapti.

    Tinch okean birikmasi qanday okean? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. E’tibor bersangiz, Shimoliy Muz okeani nomida shimoliy so‘zi sifat bo‘lsa-da, undan keyin muz so‘zi kelyapti. Muz ot so‘z turkumiga mansub va undan keyingi so‘z egalik qo‘shimchasini olishi – to‘g‘ri.

    Nimagadir Janubiy okean nomida Tinch okeandagi kabi xatoga yo‘l qo‘ymaymiz. Uni Janubiy okeani deb atamaymiz.

    Agar Tinch okeani deyishni to‘g‘ri deb qabul qiladigan bo‘lsak, Janubiy okeanni Janubiy okeani, Qora dengizni Qora dengizi deyishimiz kerak. Bu esa o‘zbek tili nuqtayi nazaridan xatodir.

    Joy nomida sifat kelsa, keyingi so‘zga egalik qo‘shimchasi qo‘shiladi, masalan, Yorqin qishlog‘i, “Quyoshli” mahallasi kabi, deganga o‘xshash e’tirozlar ham bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri. Lekin bitta nozik jihat bor: bu so‘zlarni alohida ishlata olamiz. Yorqinga bordim, “Quyoshli”dan kelyapman, deyishimiz mumkin. Lekin okean nomini alohida ishlatmaymiz. Uning to‘liq va to‘g‘ri nomi birikma holatida yuzaga keladi: Tinch okean. Bu xuddi Yangiqishloq toponimiga o‘xshaydi. “Yangi” sifat bo‘lsa-da, undan keyingi so‘z egalik qo‘shimchasini olmagan va qo‘shma so‘zga aylangan. Ummon nomi bitta so‘zga aylanmagan bo‘lsa-da, tinch so‘zi sifatlovchi vazifasida. Qishloq va mahallalar nomida esa bunday emas.

    Tinch okeani deyish juda urf bo‘lgan. Hatto o‘zbekcha Wikipedia ham, Google ham bu iborada xatoga yo‘l qo‘yadi. Biroq milliy ensiklopediyada ummon nomi to‘g‘ri yozilgan: Tinch okean. Ensiklopedik lug‘at (1988)da ham bu birikma xuddi shu shaklda berilgan.

    Aytgancha, bu ummonning yana bir nomi bor: Buyuk okean. Xuddi shunday. Buyuk okeani emas.

    Ichimlik suv

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Biror xatoni to‘g‘ri deb bilgan va muttasil qilib yurgan kishi uning yanglishligini juda qiyin qabul qiladi. Agar qabul qilsa. Hatto so‘z va iboralar bilan bog‘liq holatda ham shunday.

    Ichimlik suvi degan birikmani ko‘p eshitamiz, ishlatamiz. Shu ibora – xato. Tag-tomiri bilan. Nega? Ichimlik so‘zi o‘zbek tilida ichiladigan narsalarni, masalan, sharbat, suv kabilarni bildiradi. Ichimlik suvi deyilsa, ichimlikning suvi – suvning suvi deganga o‘xshash ma’no hosil bo‘ladi.

    Aslida nima bo‘lishi kerak? Ichiladigan yoki ichgulik (bunisi endi ancha oliftaroq) suv. Xo‘p, ichimlik so‘zi bu o‘rinda g‘alati mashhurga aylangan, ichiladigan ma’nosida qo‘llanyapti, deylik. Unda birikmaning to‘g‘ri varianti ichimlik suv bo‘ladi. Chunki u sifatdosh o‘rnida kelyapti, u ifodalaydigan ma’noni beryapti. O‘rniga ma’nodoshini qo‘yib ko‘rganda ham, suv so‘ziga egalik qo‘shimchasi qo‘shilmaydi: ichiladigan suv.

    Ekin-tikin uchun va boshqa xo‘jalik maqsadlarida ishlatidagan suv oqova suv bo‘ladi. Biror o‘zanda doim oqib turadigan suv oqar suv deyiladi. Yer ostidan sizib chiqadigan, zax suvi esa sizot suvdir. Ichimlik suv iborasi xuddi shunga o‘xshash.

    Ichimlik ot so‘z turkumiga mansub-ku, ikki ot keladigan so‘z birikmalarida ikkinchi qismga egalik qo‘shimchasi qo‘shiladi, degan e’tiroz bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda ichimlik so‘zi otlik xususiyatini yo‘qotyapti. Xuddi kamon qosh, a’lochi bola, o‘lchagich asbob, o‘tloq joy kabi birikmalardagi birinchi so‘z kabi. Ayni birikmaga o‘xshash toshkentlik muxlis, farg‘onalik kishi birikmalarini olib ko‘raylik. Toshkentlik muxlisi, farg‘onalik kishisi demaymiz-ku!

    Ichimlik suvi turaversa-chi, shunga tegib nima qilamiz, deganga o‘xshash mulohaza ham bo‘lishi mumkin. Unda suvning suvi iborasini ham to‘g‘ri deyishimiz kerak. Bunchalikka bormay turamiz.

    Ichimlik suv birikmasini ruscha yoki inglizchaga o‘girib ko‘ring, suvdan oldingi so‘z sifat yoki sifatdosh bo‘ladi: питьевая вода, drinking water. To‘g‘ri, har bir til o‘ziga xos. Chog‘ishtirish har doim ham o‘rinli bo‘lavermaydi. Ammo bu holatdagi qiyoslovimiz fikrni dalillay oladi, menimcha.

    Milliy ensiklopediyada ko‘p o‘rinlarda ichimlik suv varianti ishlatilgan, lekin ichimlik suvi tarzida qo‘llangan holatlar ham kam emas. Ensiklopedik lug‘atda esa ichimlik suv shakli ishlatilgan.

    Internetni kuzatsangiz, ba’zi o‘rinlarda bu birikma to‘g‘ri ishlatilganiga ham guvoh bo‘lasiz.

    Pulli va pullik: qay biri to‘g‘ri?

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    -li va -lik qo‘shimchalarini xato qo‘llash ko‘p uchraydi. Ayniqsa, og‘zaki nutqda -li o‘rnida -lik ishlatilishiga tez-tez guvoh bo‘lish mumkin. Bu holat yozma nutqqa ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

    Hatto nufuzli nashrlarda ham -lik qo‘shimchasi bilan bog‘liq yanglishliklar ko‘zga tashlanadi. Masalan, pulli so‘zi o‘rniga pullik so‘zini ishlatish. Internetga qidiruv bersangiz, so‘z to‘g‘ri yozilgan holatlarga ham, xato yozilgan holatlarga ham duch kelasiz.

    Nega pullik yo‘l deyish xato?

    -lik mavhum ot yasovchi qo‘shimchadir: bolalik, kelinlik, tilshunoslik, temirchilik, tinchlik, tashkilotchilik, darslik.

    -li esa sifat yasovchi qo‘shimchadir: bolali, mevali, aqlli, suvli, unumli, bilimli, yetarli, tushunarli, sezilarli, yeyishli.

    Pulli yo‘l birikmasida pulli so‘zi yo‘lning qandayligini sifatlab kelyapti. Pullik so‘zi esa ot. Shu sababli uni qo‘llash xato.

    Pulli so‘zi quyidagi ma’nolarga ega:

    – puli bo‘lgan, puli bor;

    – pul to‘lanadigan, pul evaziga oli­nadigan, beriladigan yoki qilinadigan;

    – pul, tiyin qiymatidagi. Bu ma’noni ifodalaganda faqat miqdor ifodalovchi sonlar bilan keladi.

    Pullik degan so‘z ham bormi? Bor. Lekin u izohli lug‘atga kirmabdi. Imlo lug‘atidan esa joy olgan. Bu so‘zning ma’nosi nima? U pul xususiyati, belgisini bildiruvchi otdir. Masalan:

    G‘ijimlab tashlabsan-ku, pulligi qolmabdi buni!

    Qog‘oz pul g‘ijimlab tashlanganidan pullik xususiyatini yo‘qotgan.

    Ora yoki oro?

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Badiiy matnlarda ko‘zga tez-tez tashlanadigan xatolardan biri jon(i)ga ora kirmoq iborasini qo‘llash bilan bog‘liq.

    Ora – ikki narsa yoki nuqta o‘rtasidagi masofa.

    Oro – zeb, ziynat, pardoz, oroyish; chiroy.

    O‘zaro munozara qilayotgan, tortishayotgan yoki urishayotgan kishilar orasidagi ixtilofni bartaraf qilishga urinish oraga tushish yoki oraga kirish deyiladi.

    Joniga ora kirmoq degani so‘zma-so‘z tushuntirilsa, muammo va jon orasiga tushmoq, jonni muammodan xalos etmoqdir.

    Izohli lug‘atga ko‘ra ibora ikki xil ma’noda qo‘llanadi:

    • halokatdan yoki biror ko‘ngilsiz voqeadan, tang holatdan saqlab qolmoq;
    • qiyin, mushkul ahvoldan qutqarmoq, og‘ir paytda yordamga kelmoq, yordam qilmoq.
    Joniga oro kirmoq joniga bezak kirmoq, joniga chiroy kirmoq, joniga pardoz kirmoq kabi mantiqsiz ma’nolarni hosil qiladi. Demak, iborani bu shaklda qo‘llash xato.

    09.05.2021, 14:29   Izoh (0)   66480
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yunusobod tumanining ayrim hududlarida 10-may kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    09.05.2021, 14:08

    Navoiyda o‘quvchi qizning onasi farzandidan maktabga formada kelishini so‘ragan o‘qituvchini kaltakladi

    09.05.2021, 13:28

    Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi

    09.05.2021, 13:10

    Buxoroda marhum O‘ktam Barnoyevning soxta jiyani 5 yil 6 oy muddatga qamaldi

    09.05.2021, 13:07

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 10-may kuni yomg‘ir yog‘adi

    09.05.2021, 12:27

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 37 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

    09.05.2021, 12:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokistonda sobiq bosh vazirning 200 ga yaqin tarafdori qamoq jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 1 avgust, 19:00

    Rossiya har yili mingdan ortiq “Iskander” va “Kinjal” raketalarini ishlab chiqarmoqda — Ukraina razvedkasi

    Dunyo | 1 avgust, 18:50

    Prezident temiryo‘lchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 18:40

    “Chelsi”da katta “tozalash”: klub 15 nafar futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

    Sport | 1 avgust, 18:40

    Yangi obraz uchun qiyofasini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirgan aktyorlar (foto)

    Kino | 1 avgust, 18:30

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    Dunyo | 1 avgust, 18:20

    O‘zbekistonning qaysi hududida narxlar yuqori darajada o‘sayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 18:10

    “Rahbarlar tekshiruvni kutmasdan, korrupsiyaga qarshi kurashishda faol bo‘lishi kerak” — Tanzila Norboyeva

    O‘zbekiston | 1 avgust, 17:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.