• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12886.9
    • RUB160.87
    • EUR14625.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Navkardan mergangacha: tomirida mo‘g‘ul qoni oqqan so‘zlar

    O‘tmishda turkiylar va mo‘g‘ullar qo‘shnichilikda yashagan, o‘zaro yaqin aloqada bo‘lgan. Bu esa tillarning o‘zaro taʼsirlashishiga, bir-biridan so‘z olib, so‘z berishiga zamin yaratgan. O‘zbekchada ham asli mo‘g‘ulcha bo‘lgan so‘zlar anchagina. Ular tilimizga singib, o‘z so‘zimizga aylanib ketgan. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday so‘zlarning baʼzilarini sharhlaydi.

    Chiroy – yuz, chehra

    Illyustratsiya: Pixabay

    Bu so‘z XIV asr boshida yaratilgan “Qipchoqlar kitobi” (Codex Cumanicus) lug‘atiga kiritilgan. Chiroy so‘zi mo‘g‘ulcha saray – yuz, chehra, ko‘rinish so‘zidan.

    Navoiy asarlarida go‘zallik, jamol maʼnolarida qo‘llangan bu so‘z hozir ham ayni shu mazmunni ifodalaydi.

    Chiroy mo‘g‘ulchadan o‘zlashgan bo‘lsa, turkiy tilda uning muqobili bo‘lmaganmi? Bo‘lgan. Mahmud Koshg‘ariy chiroyli maʼnosida ko‘rklug, taylang, ezgu kabi so‘zlarni keltiradi. Bugun ulardan ikkitasi tilimizda bor. Ko‘rk chiroy, ko‘rkli, ko‘rkam chiroyli maʼnosida bo‘lsa, ezgu so‘zi yaxshilik baxsh etuvchi, xayrli degan mazmunga ega.

    Manglay – peshona

    Foto: Pixabay

    XII–XIII asrlarda tilimizga o‘rinlashgan manglay so‘zi mo‘g‘ulchada peshona, oldingi, ilg‘or kabi maʼnolarni anglatgan. Bu so‘zni Navoiy asarlarida uchratish mumkin. U XIV asrga oid “At-tuhfa” lug‘atiga ham kiritilgan.

    Xo‘sh, manglayning asl turkiy varianti bo‘lganmi? Bo‘lgan: alin.

    Manglay bugun tilimizda nisbatan kam qo‘llanadi, alin esa mutlaqo isteʼmoldan chiqib ketgan. Ularning o‘rnini forscha peshona egallagan. Baʼzan shunaqa – asl so‘zlarimiz, asrlar bo‘yi yashab kelgan nodir iboralarimiz tilimizning peshonasiga sig‘may qoladi.

    Silovsin – yirtqich mushuk

    Foto: Pixabay

    Silovsin – mushuksimonlar oilasiga mansub, oyoqlari uzun, tumshug‘i cho‘ziq, ko‘zi juda o‘tkir yirtqich hayvon. Uning terisi ham shu so‘z bilan ataladi. O‘rta asrlarda mo‘g‘ul tilidan o‘zlashgan silovsin so‘zi asliyatda ham shu hayvonni bildirgan. U mo‘g‘ul shevalarida silius, shuluus, silegusun, shuluuxen kabi shakllarga ega bo‘lgan.

    Turkiy tillarda silovsinga juda o‘xshash hayvon qoraquloq deb atalgan. Uning dasht silovsini, Misr silovsini kabi nomlari ham bor.

    Do‘non otmi, echkimi?

    Foto: Pixabay

    Mo‘g‘ul tilidan o‘zlashgan do‘non so‘zi o‘zbekchada uch yoshga to‘lib, to‘rt yoshga o‘tgan ot yoki tuyani ham, ikki yoshga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘ygan qo‘y yoki echkini ham anglataveradi. Masalan:

    Do‘nonning toyligi bo‘lmas,
    Nokasning – boyligi.

    Bu maqolda gap ot haqida emas, chunki to‘rt yoshli ot toydan afzal. Maqolda esa afzallik emas, kamchilik nazarda tutilyapti. Chunki nokas boy bo‘lolmagani kabi do‘non ham toy bo‘lolmaydi degan maʼno anglashilyapti. Bu o‘rinda do‘non qo‘y yoki echki maʼnosida.

    Bu so‘z ko‘chma maʼnoda bo‘yi yetgan mazmunida ham qo‘llanadi. Lekin bu ko‘proq xalq og‘zaki ijodi, sheva yoki so‘zlashuvda kuzatiladi.

    Mo‘g‘ulcha do‘no‘ yoki do‘no‘n so‘zining o‘zagi to‘rt – do‘ro‘ (do‘rvo‘n) so‘ziga borib taqaladi. U to‘rt yoshdagi erkak hayvonni bildirgan. Hozirgi mo‘g‘ul tilida esa to‘rt yoshli buqani anglatadi.

    Mo‘g‘ulchadan gurav yoki gurvan – uch o‘zagidan yasalgan so‘zlar ham o‘zlashgan. G‘o‘non – ikki yashar ayg‘ir yoki qo‘chqor. G‘unajin – ikki yoshdan oshgan urg‘ochi qoramol. Qiziq tomoni, o‘zbekchada uch maʼnosi ikkiga o‘zgarib qolgan.

    Salqin, sarin va shudring

    Foto: Pixabay

    Salqin so‘zi o‘zbekchada iliqdan pastroq orombaxsh havo haroratini va quyosh nuri tushmaydigan, sersoya joyni anglatadi. Uning ildizi mo‘g‘ulcha salxin so‘ziga borib taqaladi. Hozirgi mo‘g‘ul tilida bu so‘z shamol, shamolli, shamol bilan ishlaydigan kabi maʼnolarni anglatadi.

    Sarin o‘zbekchada toza va yangi, salqin va yoqimli, nafis kabi maʼnolarda qo‘llanadi. Ildizi mo‘g‘ulcha seruun – salqin, sovuq, tetiklashtiruvchi so‘ziga borib taqaladi. O‘zbekchada shu so‘zga o‘zakdosh boshqa bir so‘z ham bor – sergak. Bu so‘zni sezgir, fahmi o‘tkir, uyg‘oq kabi maʼnolarda qo‘llaymiz. Sergak aslida turkiycha, u mo‘g‘ulchaga turkiy tillardan o‘zlashgan degan qarash ham bor.

    Shudring esa mo‘g‘ulcha shuuder so‘zidan. U Navoiy asarlarida shudrun shaklida uchraydi.

    “O‘lja tushgan” harbiy atamalar

    Foto: Pixabay

    O‘zbekchaga mo‘g‘ulchadan bir qancha harbiy atamalar “o‘lja tushgan” – dorug‘a, yasovul, qorovul, bakovul, dubulg‘a, navkar.

    Navkar so‘zi o‘zbekchada harbiy xizmatkor, askar maʼnolarida qo‘llanadi. Asliyatda harbiy sohaga aloqasiz maʼnoga ega. Mo‘g‘ulchada no‘xo‘r do‘st, o‘rtoq, yo‘ldosh; turmush o‘rtoq, er mazmunida ishlatiladi.

    O‘lja so‘zining o‘zi ham mo‘g‘ulchadan. Navoiy asarlarida o‘lja bilan birga shu maʼnoda tolon so‘zi ham qo‘llanadi.

    Olimlar mo‘g‘ulcha deb qaraladigan barcha harbiy atamalar ham mo‘g‘ulcha emasligi, ularning ko‘pi qadimgi turkiy ildizlarga egaligini taʼkidlaydi. Masalan, tilshunos Abduvohid Hayit keshikten, tumanbegi, tarxon, o‘ron, to‘lg‘ama, hatto javong‘or, barong‘or, g‘ul kabi atamalar turkiy so‘z ekanini aytadi.

    “Dono”ligini yo‘qotgan mergan

    Foto: Pixabay

    Mergen mo‘g‘ulchada o‘q otish bo‘yicha g‘olib, o‘qni aniq otuvchi, dono, salohiyatli kabi maʼnolarga ega. O‘zbekchada esa nishonni bexato uradigan, o‘qchi askar maʼnolarida ishlatiladi. Asliyatdagi dono, bilimdon maʼnosi o‘zbekchaga ko‘chib o‘tmagan.

    Bu anglamga ega turkiycha so‘z bo‘lganmi? Bo‘lgan. “Devonu lug‘atit turk”da atim, yaʼni otuvchi so‘zi mergan maʼnosida keladi. Atim er – o‘q otishga usta odam.

    Bugun tilimizdan o‘z so‘zimiz atim bosh olib ketgan, mergan so‘zini ham kam ishlatyapmiz. O‘rniga asli inglizcha snayperni maʼqul ko‘ryapmiz. Uning o‘zagida snipe – loyxo‘rak so‘zi yotadi. Loyxo‘rak – kichkina jussali, yashirinishga usta, tez uchadigan va harakatini tuyqus o‘zgartiradigan qush. Uni otish uchun o‘ta mahoratli mergan bo‘lish zarur. 1770-yillari Hindistonda britaniyalik askarlar loyxo‘rak ovlash maʼnosida to snipe, sniping so‘zlarini ishlata boshlaydi. 1820-yili bu feʼllardan yangi so‘z – sniper yasaladi va u 1824-yili ilk bor harbiy atama maʼnosida qo‘llanadi. Birinchi jahon urushi tufayli snayper omma tushunadigan so‘zga aylanadi.

    Yomg‘irdan to‘zonga, to‘zondan shamolga

    Foto: Pixabay

    Bo‘ron so‘zi o‘zbekchada to‘zon yoki qor-yomg‘ir aralash esadigan shiddatli shamolni anglatadi. Bu mazmundan bir necha ko‘chma maʼnolari ham o‘sib chiqqan. Bo‘ron deganda qor-yomg‘irsiz holat ham tushunilishi mumkin. Masalan, qum bo‘roni iborasi shamoldagi qum to‘zonini bildiradi, bunda biror yog‘in bo‘lmaydi. Bo‘ron turdi, bo‘ron quturdi kabi birikmalar ham guvullab esayotgan, hamma yoqni ag‘dar-to‘ntar qilayotgan shamolni tasavvurimizda jonlantiradi.

    Bu so‘z – mo‘g‘ulcha bo‘ro‘o‘n so‘zining o‘zlashma shakli. Asliyatda u oddiy yomg‘irni bildiradi, shamol yoki to‘zon mazmuniga ega emas.

    Qadimgi turkiy tilda kishini o‘ldiradigan qattiq shamol, bo‘ron maʼnosida qad so‘zi ishlatilgan: qad bo‘ldi – bo‘ron qo‘zg‘aldi. Er qadti degani kishi qor bo‘ronidan o‘ldi degan maʼnoni bergan. Bugun sovuqdan muzlasak, qotib qoldim deymiz. Balki, bu iboraning ildizi o‘sha qadimiy qad, qadmoq so‘zlariga borib taqalar.

    Qor bo‘roni eski turkiyda tupi so‘zi bilan ifodalangan. Har yoqdan esuvchi qattiq izg‘irin shamol esa talg‘ag‘ deyilgan.

    Afsuski, bu turkiy so‘zlarning bari tilimiz sandig‘idan tushib qolgan.

    24.10.2024, 21:10   Izoh (0)   9475
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Soʻz#Maʼno#Etimologiya#Til#Oʻzbek tili#Lugʻat boyligi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tilimizni bilamizmi: Tinch okeanning “Tinch okeani”dan farqi bor! Quloq o‘rgangan, lekin aslida xato iboralar

    09.05.2021, 14:29

    Dilovar, pisanda, ismi sharif: xato ma’noda qo‘llanadigan 7 ta so‘z

    26.09.2022, 19:30

    “Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?

    01.10.2022, 21:10

    Tilimizni bilamizmi: do‘ppi kiygan so‘zlar – g‘irt o‘zbekcha bo‘lib ketgan 15 ta o‘zlashma

    01.11.2022, 10:05

    Tilimizni bilamizmi: sumalak, halim, sayil, somsa – bu so‘zlarning asl maʼnosi nima?

    22.03.2023, 00:08

    “Bir kallaqand, uch so‘m pul” — filmlardagi nodir so‘zlar, ularning maʼnosi nima?

    24.05.2023, 21:55

    Tilimizni bilamizmi: “ammamning buzog‘i”, “alifni tayoq deydi”, “yelkamning chuquri ko‘rsin” – antiqa iboralarning maʼnosi nima?

    28.06.2023, 17:51

    Bular aslida ruscha emas: rus tiliga o‘zlashgan turkiycha so‘zlar

    19.07.2023, 10:45

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida arabcha so‘zlar

    26.08.2023, 21:57

    O‘qituvchiga ham, o‘quvchiga ham birday muhim: esse qanday yoziladi?

    05.10.2023, 20:10

    Kimning xayoliga kelibdi deysiz: Gibraltar, Sidney, Antaliya — asli odamlarning ismi bo‘lgan joy nomlari

    16.10.2023, 20:15

    Kazo-kazolar va hokazolar: maʼnosi keskin o‘zgarib ketgan 10 ta so‘z

    23.10.2023, 20:35

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida forscha so‘zlar

    04.11.2023, 14:18

    Ko‘pchilikning muammosi: savodxonlikni qanday oshirish mumkin?

    17.11.2023, 11:41

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida yunoncha so‘zlar

    24.11.2023, 15:08

    G‘azalkent, Chiroqchi, Buyrak – kutilganidan boshqa maʼnoga ega joy nomlari

    15.12.2023, 15:05

    So‘zga aylangan savdo belgilari – g‘aroyib kechmishga ega 10 ta so‘z

    03.01.2024, 09:55

    O‘zbek tilidagi afrikalik so‘zlar: ularning rang-ro‘yi qanday? 

    12.01.2024, 11:22

    Chelyabinsk, Saratov, Tyumen – bu nomlar turkiycha ekanini bilarmidingiz?

    12.02.2024, 14:10

    Bizni qiynaydigan so‘zlar: biror harf qo‘shib yo tushirib yozadigan so‘zlarimiz

    06.03.2024, 10:10

    Nega olimlar fan doktori deyiladi, axir ular shifokor emas-ku – “doktor” so‘zining qiziq kechmishi

    05.08.2024, 08:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov va Rossiya prezidenti matbuot kotibi uchrashuvida qo‘shma loyihalarni ishga tushirish masalalari ko‘rib chiqildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.