• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Kimning xayoliga kelibdi deysiz: Gibraltar, Sidney, Antaliya — asli odamlarning ismi bo‘lgan joy nomlari

    Kishilarning ismlari gohida narsa-buyumlarning, joylarning nomlariga aylanadi. Bu ba’zan buyruq yoki maxsus farmon bilan amalga oshsa, ba’zan tabiiy tarzda kechadi. Dunyoda asli kishilarning oti bo‘lgan, keyinchalik toponimga aylangan so‘zlar talaygina. Ular orasida biz yaxshi biladigan, o‘qigan-eshitgan mamlakatlar, shaharlar, daryo-yu ko‘llar bor. Joy nomlari tarixi bilan maxsus qiziqmagan kishi ular bir zamonlar odamlarning ismi bo‘lganini xayoliga ham keltirmaydi.

    “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday so‘zlarning ba’zilarini sharhlaydi.

    Gibraltar – Toriq tog‘i

    Illyustratsiya: Daryo / Dilzoda Hamidjonova

    Gibraltar – Buyuk Britaniyaning Pireney yarimorolidagi hududi. Shu nomdagi bo‘g‘oz va qoya ham bor. Bu nomning kelib chiqishi arab lashkarboshisi Toriq ibn Ziyod nomi bilan bog‘liq. U 711-yili qo‘shin bilan bo‘g‘ozdan o‘tib, sohildagi qoyaga istehkom qurgan. Bu istehkom sarkarda nomi bilan Jabal ut-Toriq, ya’ni Toriq tog‘i nomini olgan. Vaqt o‘tishi bilan bu nom istehkom joylashgan qoyaga, so‘ng butun hududga nisbatan ishlatila boshlagan. U Yevropa tillariga, jumladan, ispan va ingliz tillariga Gibraltar shaklida o‘zlashgan. Uni inglizlar Jibraltar, ispanlar esa Hibraltar deb o‘qiydi. O‘zbek tiliga rus tili orqali Gibraltar ko‘rinishida kirib kelgan.

    Gibraltar O‘rta dengizni Atlantika okeani bilan bog‘lovchi muhim strategik nuqtada joylashgan. Unga egalik masalasida Ispaniya ham da’vogarlik qilib turadi. Hududda rasmiy til – ingliz tili. So‘zlashuvda yanito tili ishlatiladi. U ispan tilining andalus lahjasiga yaqin, ingliz tilidan kuchli ta’sirlangan, lug‘atida italyan, malta, arab, ibroniy va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar ko‘p bo‘lgan qurama tildir.

    “Ismli” shaharlarga boy o‘lka

    Foto: Pixabay

    Avstraliya qit’asida odamlarning nomi bo‘lgan toponimlar tez-tez ko‘zga tashlanadi. O‘lkani yevropaliklar egallagach, yangi shaharlar, qishloqlar, aholi punktlari qurildi. Ularning aksariga mustamlakachilarning taniqli kishilari nomi berildi. Bugun bu joylarning ko‘pi yirik shaharlarga aylangan. Jumladan, Avstraliyadagi Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Hobart, Basselton, Banberi, Albani, Taunsvil kabi joy nomlari aslida kishilarning ismi bo‘lgan.

    Sidney – Avstraliyaning eng katta va eng qadimiy shahri. Unga 1788 yili Angliya Qirollik floti admirali Artur Fillip asos solgan. Bu yevropalik istilochilarning qit’adagi ilk makoni, qo‘nimgohi edi. Shahar lord Sidney nomi bilan ataldi. U Buyuk Britaniyaning mustamlakalar vaziri bo‘lgan.

    Melburn – kattaligi bo‘yicha Avstraliyaning ikkinchi shahri, Viktoriya shtati poytaxti. Mamlakatning tijorat, sanoat va madaniyat markazlaridan biri. Jahonning eng janubiy nuqtada joylashgan millioner shahri. Shahar hududi 1835 yildan egallana boshlagan. U Yarra daryosi bo‘yida joylashgan, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan aholi yashash joyi edi. 1837 yili shtat gubernatori shaharning bosh rejasini tasdiqladi. Shu yil oxirida unga Buyuk Britaniya bosh vaziri, Melburn 2-vikonti Uilyam Lamb sharafiga Melburn deb nom berildi.

    Adelaida – Avstraliyaning yirik shaharlaridan biri. Shaharga 1836 yili asos solingan va unga Buyuk Britaniyani 1830–1836 yillari boshqargan Uilyam IV ning xotini qirolicha Adelaida nomi berilgan.

    Barselona – qo‘mondon shahri

    Foto: Pixabay

    Barselona nomining paydo bo‘lishi haqida turli qarashlar bor. Bir taxminga ko‘ra, u qadimgi iber tilidagi Baŕkeno so‘ziga borib taqaladi va qal’a, qo‘rg‘on ma’nosiga ega.

    Qadimiyroq manbalarga ko‘ra esa, shahar karfagenlik qo‘mondon Hamilqor Barqo (miloddan oldingi 270–229 yillar) sharafiga nomlangan. Taxminlarga qaraganda, sarkarda miloddan oldingi III asrda ushbu shaharga asos solgan. Barqo laqabi finikiy tilidagi baraq, ya’ni chaqmoq so‘ziga borib taqaladi. Bu so‘z bilan o‘zagi bir bo‘lgan arabcha barq o‘zbek tiliga ham o‘zlashgan. U tilimizda yashin, chaqmoq, yolqin, alanga ma’nolarida qo‘llanadi.

    Biroq shahar karfagenliklarga qarashli bo‘lgani yoki shaharning qadimda ishlatilgan Barsino nomi Barqalar sulolasiga aloqadorligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Shahar o‘rta asrlarda Barchinona, Barsalona, Barchelona va Barchenona kabi nomlar bilan atalgan.

    Barselona shahri nomini Barsa shaklida yanglish qisqartirish urf bo‘lgan. Aslida bunday qisqartirish shaharning dunyoga mashhur futbol klubi – “Barselona”ga tegishli xolos. Mahalliy aholi shahar nomini qisqartirganda Barna deb ataydi.

    Izmir va amazonkalar

    Foto: Pixabay

    Izmir Turkiyaning eng yirik shaharlaridan biri. U aholi soni bo‘yicha mamlakatda uchinchi o‘rinda. Antik davrlarda Izmir hududida yunonlarning Smirna shahri joylashgan. Shaharning nomi ana shu Smirnaning o‘zgargan shaklidir. Shahar nomi o‘rta asrlarda Smira, Zmirra, Esmira, Ismira, Samorna, Smurna kabi shakllarda talaffuz qilingan.

    Shahar nomining paydo bo‘lishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q, lekin turli afsona va rivoyatlar bor. Tadqiqotlarga ko‘ra, smirna so‘zi yunoncha emas, Egey hududidagi boshqa joy nomlari kabi onado‘li tillariga oid. Miloddan oldingi 2000 yillarga oid matnlarda shahar Tismirna deb tilga olingan. Vaqtlar o‘tishi bilan “Ti” qismi qisqarishga uchragan.

    Bir rivoyatga ko‘ra, hozirgi Izmir hududida yashagan erektidlar amazonkalar bilan jang qiladi va yengadi. Ularning boshlig‘i Tes amazon ayol Smirnaga uylanadi va hududga uning nomini beradi. Boshqa bir taxminga ko‘ra, shaharga Kipr qiroli Kinirasning qizi Smirna nomi berilgan.

    Tarixiy Smirna qoldiqlari hozir shaharning Ko‘nak tumani hududida joylashgan va arxeologik yodgorlik sanaladi.

    Antaliya – nomi ham, o‘zi ham ko‘hna shahar

    Foto: Pixabay

    Turkiyadagi bu kurort shahar dunyoga mashhur. Uning tarixi miloddan oldingi davrlarga borib taqaladi. Tadqiqotlar hozirgi Antaliya viloyati hududida juda qadim zamonlarda, jumladan, tosh va bronza davrlarida ham odamlar yashaganini ko‘rsatadi.

    Mintaqa Pergamon qirolligi qo‘liga o‘tgach, uni faol o‘zlashtirish boshlanadi. Miloddan oldingi 159-yili Pergamon qiroli Attala II buyrug‘i bilan Attaliya shahriga asos solinadi. Shahar nomi arab manbalarida Antaliya, turk manbalarida Adaliya nomi bilan tilga olingan. XX asrning birinchi choragidan boshlab shahar Antaliya deb atala boshlagan.

    Pensilvaniya – o‘rmonlar o‘lkasi

    Foto: Pixabay

    Amerikada ham xuddi Avstraliyada bo‘lgani kabi juda ko‘p joylarga kishilarning ismi berilgan. 1681-yili Angliya qiroli Charlz II yosh ruhoniy Uilyam Penga Delaver daryosining g‘arbidagi juda katta hududni beradi. Pen 1682-yili bu hududda Pensilvaniya koloniyasi va uning poytaxti Filadelfiyaga asos soladi.

    Uilyam dastlab bu hududga Yangi Uels nomini berishni taklif etadi, lekin bu nom e’tirozlarga sabab bo‘ladi. So‘ng u Silvaniya nomini taklif qiladi. Bu so‘z lotincha silva – bog‘ so‘zidan yasalgan edi. Oxir-oqibat qirol bu hududni Pensilvaniya deb atashga qaror qiladi. Lotincha Penn Sylvania so‘zma-so‘z Penning bog‘i degan ma’noni beradi. Hududning nomi Qirollik floti admirali, Uilyam Penning otasi katta Pen sharafiga nomlanadi.

    Dastlab kichik Pen bu nomdan xijolat tortadi. Chunki odamlar u haqda yanglish xayolga borishi, hududni o‘z nomi bilan atab oldi deb o‘ylashi mumkin edi. Biroq qirol joy nomini o‘zgartirmaydi va Pensilvaniya keyinchalik AQSH tarkibida alohida shtat nomiga aylanadi.

    Sietl – hindular sardori

    Foto: Pixabay

    Hozirgi Sietl o‘rnida yevropaliklarning ilk qo‘nimgohi 1851-yili barpo etiladi. Bu maskanni taniqli davlat arbobi Artur Dennining safdoshlari quradi va unga “Nyu York Alki” deb nom beradilar. Alki chunuk qabilasi tilida tez orada, qachondir degan ma’noni anglatgan.

    1852-yili qo‘nimgoh Elliot ko‘rfazining sharqiy qirg‘og‘iga ko‘chiriladi. Doktor Devid Meynard qo‘nimgohni sukvomish va duvomish hindu qabilalari sardori Sietl sharafiga atashni taklif qiladi. Sietl oqtanlilar bilan murosa qilish tarafdori bo‘lib, qabiladoshlari orasida ham, oqtanlilar orasida ham obro‘-e’tibor qozongan edi.

    Amerikada boshqa bir qancha joylar va muassasalar ham Sietl sharafiga nomlangan.

    Buxarest – Bukurning shahri

    Foto: Pixabay

    Buxarest – Ruminiya poytaxti. Unda ikki millionga yaqin aholi yashaydi. Shahar o‘rta asrlar lotin manbalarida Cetatia Dambovitci, ya’ni Dambovitsa shahri sifatida tilga olinadi. Dambovitsa – daryoning nomi. Demak, shaharni ham daryo nomi bilan atashgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar nomi 1459-yildan rumincha București shaklida tilga olina boshlagan. Bunda Bukur kishi nomini, -eshti qo‘shimchasi esa tegishlilikni bildirgan. Bukureshti – Bukurga tegishli joy, Bukurning shahri degani. Bukur ismi Ruminiyadagi boshqa joy nomlarida ham uchraydi. Bu so‘z alban tilida yoqimli, chiroyli ma’nolarini bildiradi.

    Bir afsonaga ko‘ra, shaharga XV asrda Bukur ismli cho‘pon asos solgan. Biroq bu haqiqatga mos emas. Chunki Buxarest shahri undan oldin ham bor bo‘lgan.

    Saragosa va imperator Avgust

    Foto: Pixabay

    Bir qaraganda, Ispaniyadagi Saragosa shahri va Rim imperiyasi asoschisi Oktavian Avgust o‘rtasida bog‘liqlik topish mushkul. Biroq shahar tarixi bilan qiziqqan kishi ular bir-biriga chambarchas bog‘liq ekaniga amin bo‘ladi.

    Saragosa shahriga miloddan oldingi 24-yilda rimliklar asos soladi va unga Colonia Caesaraugusta – Imperator Avgust koloniyasi deb nom beradi. Shahar arab xalifaligi tarkibida bo‘lgan paytlarda Caesaraugusta nomi Sarakustaga aylanadi.

    E’tibor bergan bo‘lsangiz, Caesaraugusta iborasi caesar va augusta so‘zlaridan hosil bo‘lgan. Birinchi qismdagi caesardan sezar so‘zi hosil bo‘lgan. O‘zbek tilida faol ishlatiladigan qaysar so‘zining ildizi ham shu so‘zga borib taqalishi haqida oldinroq yozgan edim.

    Mavrikiy – ko‘p ism ko‘rgan orol

    Foto: Pixabay

    Mavrikiy – Janubi-sharqiy Afrikadagi orol-davlat. Hind okeanining janubi-g‘arbiy qismida, Madagaskardan taxminan 900 kilometr sharqda joylashgan. Boyligi bo‘yicha Afrikada ikkinchi, inson rivoji indeksi bo‘yicha esa eng yuqori o‘rinda.

    Mamlakat nomini o‘zining eng katta oroli nomidan olgan. Orol X asr arab sayyohlarining esdaliklarida Dina arobi – Kumush orol nomi bilan tilga olinadi.

    Kimsasiz bu orolga XVI asrda portugal dengizchilari qadam qo‘yadi va uni kemalaridan birining nomi bilan Sishna, ya’ni oqqush deb ataydi. 1598-yili orolni hollandlar egallaydi va Niderlandiya shahzodasi Mauris Oranj sharafiga Mauritius deb nomlaydi.

    1715-yili orol Fransiya qo‘l ostiga o‘tadi va fransuzlar unga Il de Frans – Fransiya oroli deb ot qo‘yadi. 1810-yili orolni buyuk britaniyaliklar bosib olgach, unga Mauritius nomini qaytaradi.

    Ha, orol tarixda ko‘p nomlarni ko‘rgan. Bir qaraganda arabchaga o‘xshab ko‘rinadigan Mavrikiy nomi esa holland qiroli ismining lotincha ifodasidan hosil bo‘lgan.

    16.10.2023, 20:15   Izoh (0)   18080
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dilovar, pisanda, ismi sharif: xato ma’noda qo‘llanadigan 7 ta so‘z

    26.09.2022, 19:30

    Tilimizni bilamizmi: do‘ppi kiygan so‘zlar – g‘irt o‘zbekcha bo‘lib ketgan 15 ta o‘zlashma

    01.11.2022, 10:05

    Tilimizni bilamizmi: “ammamning buzog‘i”, “alifni tayoq deydi”, “yelkamning chuquri ko‘rsin” – antiqa iboralarning maʼnosi nima?

    28.06.2023, 17:51

    Bular aslida ruscha emas: rus tiliga o‘zlashgan turkiycha so‘zlar

    19.07.2023, 10:45

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida arabcha so‘zlar

    26.08.2023, 21:57

    Ishonish qiyin: namoz va namaste, musicha va mo‘ri, ko‘prik va ko‘ppak – kutilmagan qarindosh so‘zlar

    11.09.2023, 15:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kuchli shamol oqibatida Toshkent shahri va viloyatida qariyb 19 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

    O‘zbekiston | 17 may, 21:53

    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi

    Reklama | 17 may, 21:45

    Miyani zaharlaydi: xotirani susaytiradigan va fikrlash tiniqligini yo‘qotadigan mahsulotlar haqida ogohlantirish berildi

    Salomatlik | 17 may, 21:25

    Davlat organlari xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 21:00

    LG ikki qismga ajraladigan ramkasiz televizorni taqdim etdi

    Texnologiyalar | 17 may, 20:40

    Bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi

    O‘zbekiston | 17 may, 20:20

    Superliga. Toshkentdagi jangovar bahsda “Buxoro” “Dinamo” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 17 may, 20:17

    Bolangizga vitaminli marmeladlar berasizmi? Ota-onalar bilishi kerak bo‘lgan haqiqatlar

    Farzand | 17 may, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.