Xabarga ko‘ra, zilzilaning episentrda sezilish kuchi 5 ballni tashkil etgan. Yer qimirlashi Farg‘ona va Andijon viloyatlarining har birida 2 balldan sezilgan. Zilzila episentri Toshkentdan 343 kilometr janubiy-sharqda joylashgan.
Joriy yil 5-avgust kuni ham Qirg‘izistonda 6 ballik yer qimirlashi sodir bo‘lgandi. O‘shanda zilzila kuchi O‘zbekistonning beshta hududida sezilgan. Jumladan, qo‘shni davlatdagi yer silkirishi Andijon viloyatida 4 ball, Namangan viloyatida 3 ball, Farg‘ona viloyatida 3 ball sezilgan. Qo‘shni davlatdagi zilzila taʼsirida Toshkent shahri va viloyatida ham 2 ballik yer qimirlashi kuzatilgan.
Izoh (0)