• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dilovar, pisanda, ismi sharif: xato ma’noda qo‘llanadigan 7 ta so‘z

    Baʼzi so‘zlarning asl maʼnosi boshqa, lekin biz yanglish maʼnoda qo‘llashga o‘rganib qolganmiz. To‘g‘ri maʼnosi ishlatilsa, hayron qolamiz. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday so‘zlarning baʼzilarini izohlaydi.

    Baʼzi so‘zlarning asl maʼnosi boshqa, lekin biz yanglish maʼnoda qo‘llashga o‘rganib qolganmiz. To‘g‘ri maʼnosi ishlatilsa, hayron qolamiz. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday so‘zlarning baʼzilarini izohlaydi.

     

    “Dilgir”likdan yiroq maʼno

    Dilgir so‘zini harakatchan, epchil va hatto xursand degan maʼnoda tushunadiganlar bor. Baʼzi joylarda uni tiyrak, harakatchan, g‘ayrati ichiga sig‘maydigan degan maʼnoda yosh bolalarga nisbatan ishlatishadi. Aslida bu so‘zning maʼnosi boshqa.

    Dilgir fors tilidan olingan, o‘zbek tilida ko‘ngli g‘ash, ko‘ngli olingan, yuragi siqilgan yoki yuragini oldirib qo‘ygan, qo‘rqib qolgan maʼnolarini bildiradi.

    Lekin mezbonning dilgir kayfiyati ularning ochilib-sochilib o‘tirishiga monelik qilardi.

    N. Aminov, “Qahqaha”.

    O‘sha dahshatli voqeadan keyin u juda dilgir bo‘lib qolgan.

     

    “Pisanda qildi”: pisanda nima?

    Pisanda so‘zini ko‘pincha kinoya maʼnosida tushunamiz. Aslida-chi? Bu so‘zning asl maʼnosi nima?

    Izohli lug‘atga ko‘ra, pisanda fors tilidan kirgan. O‘zbek tilida oldindan qo‘yilgan talab, shart; talab yoki shart tarzida aytiladigan bahona maʼnolarida ishlatiladi.

    Pisanda qilmoq iborasi esa ikki xil maʼnoga ega:

    1. Oldindan biror talab yoki shart qo‘ymoq.

    Shu asnoda Davronga pasportni uzatarkan, pisanda qildi:

    – Endi sizga gap shu, aka: bundan keyin ichgan paytingizda ko‘cha-ko‘yda sanqib yurmang.

    N. Qilichev, “Chig‘iriq”.

    1. Taʼkidlamoq; luqma tashlamoq.

    – Kori xayr ishi davlatga qaramaydi, og‘ayni, – pisanda qildi mulla Berdiyor, – himmatga qaraydi, himmatga.

    “Mushtum”.

     

    “Ismi sharif”ning “sharif”i

    Ismi sharif – izofali birikma. Dardi bedavo, nuqtai nazar, tarjimai hol, adoyi tamom, shahri azim kabilar izofali birikmalardir. Forsiy izofalarda oldin ot, keyin sifat keladi, o‘zbekchada buning teskarisi. Solishtiring: shahri azim – azim shahar, dardi bedavo – davosiz dard.

    Ismi sharif birikmasi tarkibidigi ism shaxsiy nomni bildiradi. Sharif so‘zi arab tilidan kirgan, o‘zbekchada muqaddas, aziz; tabarruk maʼnolarida qo‘llanadi. Ismi sharif – aziz ism, tabarruk ism degani:

    Menkim, Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegi, o‘z hukmimni xoqon ibn xoqon janobi oliy Xudoyorxon ismi shariflaridan eshittiraman.

    A. Qodiriy, “O‘tkan kunlar”.

    Bu birikma ko‘pincha ism-familiya, ismi va familiyasi yoki ismi va otaismi maʼnosida qo‘llanadi. Lekin bu – xato. Chunki sharif so‘zining familiya yoki otaism degan maʼnosi yo‘q. Bu xato shunchalik ommalashib ketganidan hatto qonunlar tiliga ham ko‘chib o‘tgan. Ruscha otchestvo so‘zini o‘zbek tilida otaism so‘zi ifodalaydi. Ayni shakldagi so‘z lug‘atlarimizga endi kirdi. Oldin ota ismi, otasining ismi, ota oti, otasining oti kabi birikmalardan foydalanilgan.

    Yuqoridagilardan kelib chiqsak, FIO qisqartmasi o‘rnida FISH qisqartmasini ishlatish ham xato.

     

    “Baholi qudrat”ning qudrati kam

    Baholi qudrat birikmasini bor kuchi bilan, azmu shijoat bilan, g‘ayrat qilib kabi maʼnolarda tushunish va qo‘llash uchraydi. Lekin iborada bu maʼnolar yo‘q. Qaytaga kamtarlik mazmuni yashirin. Bu ibora qudrati, qurbi yetgancha, qo‘ldan kelgancha, imkoniyat darajasida maʼnolarini anglatadi.

    Baholi qudrat dasturxon yozilgan.

    A. Suyun, “Olis tonglar”.

    U adolat va haqiqat uchun baholi qudrat kurashadi.

    “Yoshlik”.

     

    Tang qolmoq: “tang” nima degani?

    Baʼzi so‘zlar iboralar tarkibida o‘z maʼnosidan uzoqlashadi yoki umuman lug‘aviy maʼnosini ifodalamasligi mumkin. Tang ana shunday so‘zlardan. U fors tilidan o‘tgan. O‘zbekchada oralig‘i, eni, hajmi yetarlicha katta bo‘lmagan; tor, chog‘; qutulish, hal qilish yoki iloji, davosini topish juda qiyin bo‘lgan, g‘oyat og‘ir, mushkul, nochor maʼnolarida qo‘llanadi.

    Tang qolmoq (yoki qotmoq) iborasida tang so‘zi yuqorida sanalgan maʼnolarni anglatmaydi. Ibora butun holatda hayratda qolmoq degan maʼnoga ega:

    Zulayxoning osoyishta yuziga qarab tang qoldim.

    P. Qodirov, “Qadrim”.

    “Har qalay, uyg‘otay”, dedi yana ona va o‘g‘lining boshiga egildi, egildi-yu, tang qotdi.

    I. Rahim, “Chin muhabbat”.

     

    “Xilqat”ning haqiqiy maʼnosi

    Xilqat so‘zini go‘zal, chiroyli; fazilat, yaxshi xislat kabi mazmunda tushunish uchrab turadi. Lekin bu – xato. So‘zning maʼnosini to‘liq bilmay yoki taxminiy maʼnoda qo‘llash kulgili va qo‘pol maʼnolar chiqib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    Xilqat arab tilidan kirgan. O‘zbek tilida yaratilgan, bunyodga kelgan narsa yoki kimsani anglatadi. Bu so‘z asosan kitobiy tilda qo‘llanadi:

    Bemor menga uzoq tikilib turdi. Xuddi meni birinchi ko‘rayotganday, ajib xilqatga tikilayotganday tomosha qildi.

    A. Nurmurodov, “Urush bevalari”.

    Etimologik lug‘atda yozilishicha, bu arabcha so‘z xilqat(un) shakliga ega, xaluqa feʼlidan yasalgan va asliyatda ko‘rinish, shakl-shamoyil maʼnosini anglatadi.

     

    Dilovarlik go‘zallik emas

    Dilovar so‘zini go‘zal, chiroyli, dilbar maʼnosida tushunish uchrab turadi. Bir paytlar dilovar oqshomlar degan ibora juda mashhur bo‘lgan edi.

    Fors tilidan olingan dilovar so‘zi yurakli, qo‘rqmas, jasur, botir degan maʼnoni anglatadi:

    Zaminu zamonda o‘zingsan g‘olib,

    Ey mening dilovar, olovqalb ukam.

    A. Ori­pov, “Yillar armoni”.

    Dilovar so‘zi erkak va ayollarga ism sifatida ham qo‘yiladi. Lekin bu ismdagi erkaklar hozir kam uchraydi. Katta ehtimol bilan, bunga so‘zning maʼnosini yanglish tushunish sabab bo‘lgan.

     

    Mavzuga doir:

    • Tilimizni bilamizmi: “Ramazon” nima degani, “ro‘za”-chi? Ramazonga oid so‘zlarning lug‘aviy maʼnosi
    • Tilimizni bilamizmi: biz tez-tez ishlatadigan, lekin asl maʼnosiga eʼtibor qaratmaydigan 10 ta so‘z
    • Tilimizni bilamizmi: so‘zga aylangan odamlar — aslida kishilarning ismi bo‘lgan 15 ta so‘z
    • Tilimizni bilamizmi: bular bir xil maʼnoli so‘z emas — nozik maʼno farqiga ega 12 ta so‘z
    26.09.2022, 19:30   Izoh (0)   53053
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Putinga ta’ziya yo‘lladi

    26.09.2022, 19:20

    O‘zbekistonlik yoshlarning 40 foizi OTMlarda tahsil olayotgani ma’lum qilindi

    26.09.2022, 19:19

    “Faqat ish faoliyati bilan chegaralanmay, shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni ham ulashishi juda yoqadi”. Meta vakili Shavkat Mirziyoyevning Facebook va Instagram s...

    26.09.2022, 19:01

    O‘zbekistondagi eng yuqori va eng past natija ko‘rsatgan akademik litseylar reytingi e’lon qilindi

    26.09.2022, 18:58

    O‘zbekiston va Niderlandiya to‘qimachilik kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi

    26.09.2022, 18:51

    Samarqandda yuk mashinasi velosipeddagi 10 yoshli bolani urib yubordi

    26.09.2022, 18:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tarvuz yeyish ortidan: Toshkentda 4 yoshli bola shifoxonada vafot etdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 15:55

    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

    Reklama | 22 avgust, 15:00

    Paxtakor tumani hokimi Sharof Rashidov tumaniga hokim bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 15:41

    Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov yana reklama roligida suratga tushdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 15:35

    “Real” futbolchilari klub rahbariyatidan Rodrigoni sotmaslikni talab qilmoqda

    Sport | 22 avgust, 15:25

    Suriya milliy valyutasidan ikkita nolni olib tashlaydi

    Dunyo | 22 avgust, 15:25

    Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 15:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.