• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bir kallaqand, uch so‘m pul” — filmlardagi nodir so‘zlar, ularning maʼnosi nima?

    Baʼzi kamyob so‘z va iboralar kinofilm va multfilmlar sabab xotiramizga muhrlangan. Ularni eshitgan zahotimiz qadrdon kadrlar ko‘z oldimizda jonlanadi. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday so‘zlarning baʼzilarini izohlaydi.

    Foto: Filmdan lavha

    Dandon sopli pichog‘ingiz...

    Shum bola boy otani boplab laqillatgan sahna yodingizdadir-a? Qoravoy boyni yig‘latgan dahshatli hikoyasini shunday boshlaydi: “Eee, haligi, anuvi... Dandon sopli pichog‘iz bor-u, o‘sha sinib qoldi, o‘shani aytgani keluvdim...”

    Xo‘sh, Shum bola qanaqa pichoqni aytyapti? Nima uchun bu pichoq ahamiyatli? Nega bu gapni eshitgan boy ota: “Ro‘zg‘orda mening pichog‘imdan boshqa pichoq qurib ketgan ekanmi?” deya asabiylashish tomon qadam tashlaydi?

    Dandon so‘zi asli forscha, tish maʼnosiga ega. Biroq bu o‘rinda fil suyagidan yasalgan degan maʼnoni anglatadi. Gap sopi fil suyagidan yasalgan, yaʼni qimmatbaho pichoq haqida ketyapti. Shum bola ana shu qimmatbaho pichoq bilan boyning suyukli tozi iti so‘yilib, terisi shilinganini aytadi va boyning ham asablarini shilishga kirishadi...

    Foto: Filmdan lavha

    Uyida chaksa uni yo‘g‘-u...

    “Mahallada duv-duv gap” filmi qahramoni Oyposhsha syurpriz haqida eshitgandan keyin biroz alam, biroz maqtanchoqlik bilan aytgan gap yodingizdadir-a? “Uyida chaksa uni yo‘g‘-u, tom boshida qo‘sh tandir”.

    Bu filmning ssenariysini Abdulla Qahhor tarjima qilib, baʼzi o‘rinlarini deyarli boshqatdan yozib bergan. Shu sababli ham unda xalqona iboralar, tesha tegmagan topildiqlarga ko‘p duch kelasiz.

    Xo‘sh, chaksa so‘zi nimani anglatadi? Chaksa – qadimgi o‘lchov birligi, u pudning uchdan bir qismiga teng bo‘lgan. Bugungi o‘lchovga o‘girsak, besh yarim kilogrammga to‘g‘ri keladi. Demak, Oyposhsha aytgan maqol uyida besh-besh yarim kilo ham uni yo‘q, lekin hovlisiga ikkitadan tandir qurib olgan odamni tasvirlaydi. Gap imkonidan ortiq narsaga urinadigan, holiga yarasha ish qilmaydigan, yaʼni ko‘rpasiga qarab oyoq uzatmaydigan kishilar haqida.

    Foto: Filmdan lavha

    Murabbo-chi, qo‘lbola murabbo!...

    “Uchrashuv” teleminiatyuralarini ko‘rmagan o‘zbek tomoshabini topilmasa kerak. Ushbu asardagi ayrim so‘z va iboralar hayotimizga singib ulgurgan.

    Filmning bir qismi sarlavhadagi so‘zlar bilan yakuniga yetadi. Unda tomog‘i taqillab, ichkilik dardida yuradigan kishilar va maqtanchoq mezbon kulgiga olingan.

    Jumlada qo‘llangan qo‘lbola so‘zi qulog‘imizga tez-tez eshitilib turadi. U bu o‘rinda hafsala qilib, kishining o‘z qo‘li bilan tayyorlangan, pishirilgan degan maʼnolarni anglatadi. Demak, gap konserva zavodida tayyorlangan emas, qo‘lda pishirilgan, asil murabbo haqida.

    Qo‘lbola iborasi so‘zlashuvda ham, badiiy adabiyotda ham faol ishlatiladi:

    Bugun stipendiya olishgani uchun ikki o‘rtoq qo‘lbola osh qilishmoqchi bo‘ldi. (O‘. Hoshimov, “Qalbingga quloq sol”)

    Foto: Filmdan lavha

    Kiroyi kuyaving shundog‘ bo‘lsa!

    “O‘tkan kunlar” romani qahramoni Mirzakarim qutidor toshkentlik savdogar yigit Otabek haqida ayni shu maqtovni aytadi: “Kiroyi kuyaving shundog‘ bo‘lsa!”

    Xo‘sh, kiroyi nima degani?

    Bu so‘z arabcha kiro so‘zi va forsiy -yi qo‘shimchasidan hosil bo‘lgan, forschada arzirli, loyiq, sazovor bo‘ladigan degan maʼnolarni anglatadi. O‘zbekchada ikki xil maʼnoda qo‘llanadi. Yuqoridagi jumlada aytishga arziydigan, gapirsa, maqtasa bo‘ladigan degan maʼnoga ega. Bu so‘z badiiy adabiyotda ko‘p uchraydi:

    Qishloqda duv-duv gap. Kiroyi kuyoving bo‘lsa, Komiljondaqa bo‘lsin. (Uyg‘un, “Hayot qo‘shig‘i”)

    Demak, Mirzakarim qutidor birovga aytsa arziydigan, maqtovli kuyov degan maʼnoda gapirgan.

    Foto: Filmdan lavha

    Bir kallaqand, uch so‘m pul

    “Arshin mololon” filmidagi bu ibora xalq orasida juda mashhur, yosh-u qariga birday tanish bo‘lib ketgan. Iborani ishlatamiz-u, lekin undagi kallaqand so‘zining maʼnosiga u qadar eʼtibor beravermaymiz. Xo‘sh, u nimani anglatadi?

    Oldin qand asosan konus shaklida ishlab chiqarilgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, bu usul haqida ilk bor IX asr arab olimi Zubayr ibn Bakkor qayd etgan. Bu turdagi qandlar Italiyada 1470-yildan, Belgiyada 1508-yildan, Angliyada 1544-yildan, Niderlandiyada 1566-yildan ishlab chiqarila boshlagan. Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, hozirgi O‘zbekiston hududida XX asr boshlariga qadar chetdan keltirilgan xomashyodan hunarmad-qandolatchilar aynan shunga o‘xshash qand ishlab chiqargan va u kallaqand deb atalgan. Kallaqandlar turli kattalikda bo‘lgan va 5 kilodan 15 kilogacha tosh bosgan. Chakana savdoga bo‘laklarga bo‘lingan holatda chiqarilgan.

    Foto: PIKABU

    Qumsimon shakar paydo bo‘lgach, kallaqandlar savdo rastalarini asta-sekin tark etgan. Biroq baʼzi Yevropa mamlakatlari uni hozir ham ishlab chiqaradi. O‘znetda kallaqand sotilishi haqidagi bir eʼlonga ko‘zim tushdi. Demak, bizda ham u haligacha ishlab chiqariladi, xaridorlari bor.

    Foto: Filmdan lavha

    Hey, bola, obakidandondan yeb...

    Leonid Gaydayning “Ishbilarmon kishilar” filmidagi jumla yodingizda bo‘lsa kerak-a: “Hey, bola, obakidandondan yeb, bizning aravada aylanib kelishni xohlamaysanmi?”

    Xo‘sh, bu jumladagi obakidandon nimani anglatadi? Izohli lug‘atga ko‘ra, forscha obaki – suyuq, suvli va dandon – tish so‘zlaridan yasalgan bu so‘z o‘zbekchada shakar qiyomidan tayyorlangan shirinlik turini anglatadi:

    Pensiyaga borsa, bir qarich keladigan qizil obakidandon, bir do‘ppi olib keladi. (A. Muxtor, “Opa-singillar”)

    Masalan, shakarni qaynatib, qiyom qilasiz, keyin unga limon kislotasi aralashtirasiz, keyin cho‘p terib, ularning uch qismiga qiyomdan quyasiz. 10–15 daqiqadan so‘ng, qiyom sovib, obakidandon hosil bo‘ladi. Hammamiz yaxshi biladigan xo‘rozqand ham obakidandonning bir turi.

    Foto: skrinshot

    Haftafahm, paytavaquloq, qarol!

    “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmini eslang. Haqiqiy shohdan bu gapni eshitgan Anton Shpak: “Kechirasiz, nima uchun nuqul qarol, qarol, deysiz. Nima deganingiz bu?!” deydi norozilik va hayrat aralash. Haqiqatan, badiiy adabiyot yoki tarixdan yaxshi xabardor bo‘lmagan kishiga anchayin notanish so‘z bu. 

    Qarol so‘zi qul, xizmatkor, batrak kabi maʼnolarga ega. Shoh Anton Shpakni birovning quli, xizmatkori deb o‘ylaydi. Shu sababli ham Shpak: “Haqoratli rol ekan bu. Iltimos, menga tatbiq etmasin!” deydi norozi ohangda.

    Shoh obrazi ishlatgan haftafahm va paytavaquloq so‘zlari ham bugungi tomoshabin uchun bir qadar begona. Haftafahm so‘zi biror narsani darrov uqib, tushunib ololmaydigan, anqov, befarosat kabi maʼnolarga ega. Paytavaquloq ham xuddi shunday haqoratli maʼno tashiydi.

    24.05.2023, 21:55   Izoh (1)   23238
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 235793720@telegram.org / 24.05.2023, 22:47

      Хафтафахммас калтафахм булса керак

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Damas tiklab bo‘lmas darajaga keldi

    24.05.2023, 21:27

    Toshkentda 8 nafar o‘smir yigit o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

    24.05.2023, 21:17

    Buxorodagi do‘konlarning birida ayol eri tomonidan ayovsiz kaltaklandi

    24.05.2023, 20:49

    O‘zbekistonda joriy o‘quv yilida akademik litseylarning 3 mingdan ortiq bitiruvchisi chet tilidan sertifikat oldi

    24.05.2023, 20:33

    Shavkat Mirziyoyev umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrik yo‘lladi

    24.05.2023, 20:21

    Nashida tarqatganlikda ayblangan talaba yigitning advokati murojaat bilan chiqdi 

    24.05.2023, 19:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya har yili mingdan ortiq “Iskander” va “Kinjal” raketalarini ishlab chiqarmoqda — Ukraina razvedkasi

    Dunyo | 1 avgust, 18:50

    Prezident temiryo‘lchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 18:40

    “Chelsi”da katta “tozalash”: klub 15 nafar futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

    Sport | 1 avgust, 18:40

    Yangi obraz uchun qiyofasini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirgan aktyorlar (foto)

    Kino | 1 avgust, 18:30

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    Dunyo | 1 avgust, 18:20

    O‘zbekistonning qaysi hududida narxlar yuqori darajada o‘sayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 18:10

    “Rahbarlar tekshiruvni kutmasdan, korrupsiyaga qarshi kurashishda faol bo‘lishi kerak” — Tanzila Norboyeva

    O‘zbekiston | 1 avgust, 17:59

    Insonlar har kuni 68 ming mikroplastik zarrachalarni nafas yo‘llari orqali yutadi — olimlarning dahshatli xulosalari

    Ilm-fan | 1 avgust, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.