• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Tilimizni bilamizmi: abituriyent, shpargalka, imtihon – trenddagi so‘zlar dastlab qanday maʼnoga ega bo‘lgan?

    Shu kunlarda yuz minglab yoshlar oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun imtihon topshiryapti. Sinov kunini kutayotganlar esa haliyam zo‘r berib tayyorgarlik ko‘ryapti. Ba’zilar kechani kecha, kunduzni kunduz demay o‘qish-o‘rganish bilan band. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib barcha bilimli abituriyentlarga omad tilagan holda, bugun eng ko‘p tilga olinayotgan so‘zlarning kelib chiqishi, kechmishi haqida hikoya qiladi.

    Abituriyent – ketadigan odam

    Foto: Pixabay

    Abituriyent so‘zining ildizi lotincha abituriens yoki abiturientis so‘ziga borib taqaladi. Ma’nosi – ketishga chog‘langan kishi. Abiturus so‘zi esa ketishi kerak bo‘lgan kishi ma’nosiga ega. Izohli lug‘atga ko‘ra, abituriyent o‘zbek tilida o‘rta mak­tabni bitirayotgan o‘quvchini, oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtiga kirish uchun da’vogarni anglatadi. Biroq hozir so‘z birinchi ma’nosida deyarli qo‘llanmay qo‘ygan. Abituriyent deganda o‘qishga topshirgan yoki topshirmoqchi bo‘lganlar tushuniladi.

    Bu so‘z bizga rus tilidan kirgan. Rus tiliga esa nemis tilidan o‘tgan. Biz bilgan ma’nodagi abituriyent atamasi sobiq sovet davlatlari hududidagina qo‘llanadi xolos. XIX asr oxirlarida abituriyent deb o‘rta ma’lumot haqidagi attestatni olgan o‘quvchi tushunilgan. Nemis gimnaziyalarida o‘rta ta’lim guvohnomasini olish uchun abiturienten yoki absolutorialexamen deb nomlangan imtihonlar o‘tkazilgan.

    So‘zdagi ma’no evrilishini qarang. Bir paytlar ketmoqchi bo‘lgan kishi ma’nosidagi so‘z hozir o‘quv yurtiga kirmoqchi bo‘lgan kishi ma’nosini tashiyapti.

    Shpargalka yo‘rgaklanadimi?

    Foto: Wikipedia

    Abituriyent va talabalar tilida shpora shaklida qo‘llanadigan shpargalka so‘zining ildizi yunoncha sparganon – yo‘rgak so‘ziga borib taqaladi. Bunda ham ramziy ma’no borga o‘xshaydi. Muhim ma’lumotlar yozilgan qog‘ozlarni imtihon topshiruvchilar xuddi ona bolasini yo‘rgaklaganday avaylab-asraydi, birov topolmaydigan darajada yashirishga urinadi.

    Imtihon paytida yashirincha foydalaniladigan qaydqog‘ozni anglatuvchi shpargalka so‘zi o‘zbekchaga ruschadan o‘zlashgan. Ruschaga esa polyak tilidan. Polyakcha szpargal, szpargalka so‘zi yozib tashlangan, eski qog‘ozni bildirgan.

    Karnaychidan bir puf: imtihonda shpargalkadan foydalanish taqiqlangan, u bilan qo‘lga tushsangiz, test sinovlaridan chetlatilishingiz mumkin.

    Imtihon va test – egizak

    Foto: “Ы operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” filmidan lavha

    Imtihon va test so‘zlarining asl ma’nosi bir xil. Ikki so‘z ham sinov, tajriba, o‘rganish ma’nolariga ega. Imtihon arab tilidan, test esa ingliz tilidan kirib kelgan.

    Imtihon so‘zi tilimizdan o‘rin olganiga bir necha yuz yillar bo‘lgan. U Alisher Navoiy davrida sinash, tekshirish, tajribadan o‘tkazish ma’nolarida qo‘llangan:

    Imtihon uchun buyurdikim, bir tabaqda o‘t va birida yoquti ahmar kelturdilar. (Alisher Navoiy, “Tarixi anbiyo va hukamo”)

    Test so‘zi yangi o‘zlashmalardan. U o‘tgan asrning 90-yillari oxirida, yurtimizda test imtihon tizimi joriy qilingach, iste’molga kirdi. 1981-yili nashr qilingan izohli lug‘atda test so‘zi yo‘q.

    Bugun o‘zbek tilida test qisqa standart topshiriqlarni va so‘rovnomani ifodalaydi. Uni sinash, tajriba qilib ko‘rish ma’nosida ishlatish ham uchrab turadi.

    Talaba – talab qiluvchi, student – qattiq ishlovchi

    Foto: Pixabay

    Oliy yoki o‘rta maxsus bilim yurti o‘quvchisi talaba deyiladi. Arab tilidan o‘zlashgan bu so‘z tilimizda ko‘pdan beri bor. U asliyatda so‘rovchilar, talab qi­luvchilar; o‘quvchilar kabi ma’nolarni anglatadi. Alisher Navoiy bu so‘zni shogirdlar, o‘quvchilar ma’nosida qo‘llaydi:

    Ilm talabasi uchun madrasa ham ihdos qildi. (Alisher Navoiy, “Nasoyimul muhabbat”)

    Eski o‘zbek tilida talaba ma’nosida uning biroz o‘zgargan shakli – tolib va tolibi ilm so‘zlaridan keng foydalanilgan. Tolibi ilm atamasi bugungi tilimizda ham bot-bot ishlatib turiladi. Tolib so‘zi arab tilida izlovchi; talab qiluv­chi, xohlovchi; o‘quvchi; tinglovchi kabi ma’nolarni anglatadi. Tolibi ilm ilm talab qiluvchi, ilm izlovchi demakdir.

    Mustaqillik yillarida o‘z o‘rnini talabaga bo‘shatib bergan student so‘zi dastlab hozirgidan boshqa ma’noda qo‘llangan. Lotin tilida studens so‘zi qattiq mehnat qiluvchi, berilib ishlovchi kishiga nisbatan ishlatilgan. Qadimgi Rimda va o‘rta asrlarda ilm bilan shug‘ullanuvchi har qanday kishi student atalgan. XII asrda universitetlar paydo bo‘lgach, student atamasi unda o‘qiydigan va dars beradiganlarni anglata boshlagan. Magistr, professor kabi ilmiy darajalar ta’sis qilingach esa, bu ibora faqat talabalarga nisbatan qo‘llana boshlagan.

    Institut qizlar o‘qiydigan joy bo‘lganmi?

    Foto: Pixabay

    Institut oliy o‘quv yurtini yoki ilmiy tadqiqot muassasasini bildiradi. U mustaqil tashkilot bo‘lishi ham, universitet tarkibida faoliyat yuritishi ham mumkin. Lotincha institutum – tashkilot, tuzilma, odat so‘zidan hosil bo‘lgan. So‘z tarkibidagi in – ichida, doirasida, statuo – quraman, o‘rnataman ma’nosiga ega. So‘zdagi st o‘zagi qadimgi hind-yevropa tillariga borib taqaladi. Uning ma’nosi bo‘lmoq, turmoqdir. Konstitutsiya so‘zi ham ana shu o‘zakka borib taqaladi.

    Institut so‘zi bizga ruschadan o‘zlashgan. Rus tiliga esa fransuzchadan kirgan. Rus tilida XIX asr boshidan ilm maskani ma’nosida qo‘llana boshlagan. Rossiya imperiyasida institut oqsuyaklarning qizlari o‘qiydigan yopiq shakldagi o‘rta ta’lim dargohini ham bildirgan.

    O‘rta Osiyoda, jumladan, hozirgi O‘zbekiston hududida institut va universitetlar vazifasini madrasalar o‘tagan.

    Universitet – fanlar jamlangan joy

    Foto: Pixabay

    Universitet so‘zining ildizi lotincha universitas litterarum atamasiga borib taqaladi. U barcha fanlar jamlanmasi degan ma’noni bildiradi. Chunki universitetlar yuzaga kelgan paytda ularda o‘sha zamonda ma’lum bo‘lgan barcha fanlar o‘qitilgan. Hozir ham universitetlar keng tarmoqli ekani bilan ajralib turadi. Institutlar odatda bitta yo‘nalishda faoliyat olib borsa, universitetlarda xilma-xil yo‘nalishdagi fakultetlar bo‘ladi.

    Dastlabki universitetlar Italiyaning Bolonya (XI asr), Salerno (XII asr oxirlari), Fransiyaning Parij (1215), Monpele (1289), Buyuk Britaniyaning Kembrij (1209), Oksford (XII asrning ikkinchi yarmi), Ispaniyaning Salamanka (1218), Portugaliyaning Lissabon (1290) shaharlarida paydo bo‘ldi. Bular iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan, shaharlari ko‘p, savdo va hunarmandchiligi yuqori darajada bo‘lgan, madaniyat, falsafa va ilm-fan taraqqiy etgan mamlakatlar edi.

    Sharqdagi oliy ta’lim dargohlari Yevropadan oldinroq paydo bo‘lgan. Tunisdagi az-Zaytun universitetiga 732-yili asos solingan. Mashhur tarixchi Ibn Xaldun ana shu ilm dargohi bitiruvchisidir. Marokashdagi Qaraviyyin universiteti 859-yili tashkil topgan. Misrdagi dunyoga mashhur al-Azhar universiteti esa 970-yildan faoliyatini boshlagan. Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, Buxorodagi “Forjak” madrasasi O‘rta Osiyodagi dastlabki oliy ilm dargohlaridandir. U Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida aytib o‘tilgan 937-yilgi yong‘inda zarar ko‘rgan. Ushbu madrasaga Islom olamida mashhur faqih Abu Hafs Kabiyr Buxoriy (767–832) asos solgan. Shu bois u ko‘plab manbalarda Abu Hafs madrasasi deb ham atalgan. Abu Hafs Kabir madrasasida mashhur muhaddis Imom Buxoriy ham taʼlim olgan.

    Mandat aslida “topshiriq” degani

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Odatda imtihon javoblari belgilangan, kutilgan sanadan kech chiqadi. Bu so‘z har yili avgust oyida abituriyentlar va ota-onalar eng ko‘p qaytargan ibora bo‘ladi.

    Mandat so‘zi lotincha mandatum so‘zidan olingan, topshiriq, buyruq degan ma’noni anglatadi. Mandatum so‘zi mandāre – qo‘liga bermoq, topshirmoq so‘ziga, u esa manus – qo‘l, dare – bermoq o‘zagiga borib taqaladi.

    Atama sifatida biror shaxsning vakolatini, muayyan faoliyat yoki narsaga huquqini tasdiqlovchi rasmiy hujjatni anglatadi:

    Deputatlik mandati. Qo‘lga mandat bermoq.

    Talabaning mandati esa oliy o‘quv yurtida o‘qish huquqini beruvchi hujjatdir. Imtihonda yig‘ilgan ball o‘qishga kirishga yetishini tasdiqlash mandatdir.

    10.08.2023, 19:45   Izoh (0)   18978
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tilimizni bilamizmi: Tinch okeanning “Tinch okeani”dan farqi bor! Quloq o‘rgangan, lekin aslida xato iboralar

    09.05.2021, 14:29

    Tilimizni bilamizmi: do‘ppi kiygan so‘zlar – g‘irt o‘zbekcha bo‘lib ketgan 15 ta o‘zlashma

    01.11.2022, 10:05

    Tilimizni bilamizmi: unutilgan o‘zbekcha so‘zlar – “namoz”, “behi”, “kaptar”, “million” kabi so‘zlarning turkiychasi nima?

    15.05.2023, 16:33

    Tilimizni bilamizmi: “ammamning buzog‘i”, “alifni tayoq deydi”, “yelkamning chuquri ko‘rsin” – antiqa iboralarning maʼnosi nima?

    28.06.2023, 17:51

    Bular aslida ruscha emas: rus tiliga o‘zlashgan turkiycha so‘zlar

    19.07.2023, 10:45

    Tilimizni bilamizmi: sumalak, halim, sayil, somsa – bu so‘zlarning asl maʼnosi nima?

    22.03.2023, 00:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.