• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Markaziy Osiyo

    “Amudaryo suvini to‘g‘ri taqsimlash muhim” — Ismatilla Ergashev Qo‘shtepa kanali qurilishi yuzasidan “Tolibon” bilan muzokara borayotganini aytdi

    Afg‘onistonda Amudaryodan katta hajmda suv olib, qishloq xo‘jaligi yerlariga yo‘naltiruvchi Qo‘shtepa kanali qurilmoqda. Tahlilchilar loyiha yakunlansa, Markaziy Osiyoda suv uchun kurash boshlanishi mumkinligini taxmin qilgan. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev jurnalistlar bilan suhbatda masalaning ayrim jihatlarini tushuntirdi.

    Ismatilla Ergashev
    Foto: AOKA

    Bugun, 25-oktyabr kuni Toshkent shahrida “Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi” yakuniga doir muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida Ismatilla Ergashev jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Xususan, diplomat “Daryo” muxbirining “Qo‘shtepa kanali qurilishi hisobiga Amudaryo suvi taqsimoti bo‘yicha kelishuvga erishildimi”, degan savoliga javob qaytardi.

    Biz Afg‘oniston bilan Qo‘shtepa kanalini qurish bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzganmiz. Unga har ikki davlat suv xo‘jaligi vazirlari hamraislik qilyapti. Hozirgacha masala yuzasidan ikkita majlis bo‘lib o‘tdi. Birinchisi, Qobulda, ikkinchisi Mozori Sharifda tashkil etildi. Uchinchisini yaqin kelajakda Toshkent shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan. Amudaryo suvidan foydalanishga boshqa iz va qo‘shni mamlakatlar kabi Afg‘oniston ham haqli. Faqat Amudaryodan olinadigan suv hajmi va mamlakatlar manfaatlarini nazarda tutish muhim. Shuni inobatga olish kerakki, Amudaryoda suv sathi har yili turli hajmda shakllanadi. Daryo bir yili to‘lib oqsa, boshqa yili kamroq suv beradi. Shunga qarab undan foydalanadigan mamlakatlar kvotani, yaʼni suv miqdoriga qarab o‘z ulushini yo kamaytirishi, yoki barobarlashtirishi kerak bo‘ladi. Masala shunda, dedi diplomat.

    Ismatilla Ergashev suhbat davomida o‘zaro muzokaralar chog‘ida Afg‘oniston muvaqqat hukumati bosh vazirining muovini Mulla Abdulg‘ani Barodar vaʼdalarini esga oldi.

    Mulla Abdulg‘ani Barodar “Biz hech qachon O‘zbekiston xalqining suv bo‘yicha manfaatlariga putur yetkazmaymiz. Qurilayotgan Qo‘shtepa kanali ikki mamlakat o‘rtasida adovatga aylanmaydi. Balki buni do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ramziga aylantiramiz. Qo‘shtepa kanalini qurish va Amudaryo manbalaridan foydalanishda O‘zbekistonni o‘zimizga eng yaqin hamkorimiz deb bilamiz va bunga sodiq qolamiz”, dedi. Bu masalani ko‘pchilik bo‘rttirib ko‘rsatishga, kelajakda og‘ir munozaralar va vaziyatning keskinlashuviga olib keladi, degan fikrlarni tarqatmoqda. Ishonchim komilki, biz yaqin qo‘shnimiz, birodarlarimiz bilan masalaning yechimini topamiz”, dedi prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili.

    “Tolibon”ning yirik loyihasi va xavflar

    Qo‘shtepa uzunligi 285 kilometr, eni 100 metr, chuqurligi 8,5 metrli yirik kanal bo‘ladi. Undagi suv Amudaryo o‘zanidagi Balx viloyatidan Juzjon orqali oqib, Faryobgacha boradi. Kanal uch bosqichda qurib bitkazilishi aytilgan. So‘ngi xabarlarga ko‘ra, ayni paytgacha loyihaning 177 kilometrni tashkil etuvchi ikkinchi bosqichi 58 foizga bajarilgan. Kanal qurilishi besh yil ichida yakuniga yetkazilishi kutilmoqda. Qurilish ishlariga 5 500 kishi va 3300 ta texnika jalb etilgan.

    Amudaryo oqimining asosiy qismi Tojikiston va Afg‘oniston hududlarida hosil bo‘ladi. Daryo quyi oqimdagi O‘zbekiston va Turkmanistonni ham suv bilan taʼminlaydi.

    2023-yilda Amudaryodan Turkmaniston (20 kub km), O‘zbekiston (18,3 kub km) va Tojikiston (9,4 kub km) jami 47,6 kub km suv olgan. Afg‘oniston esa har yili daryoning 6 foiz suvidan foydalanayotganini maʼlum qilgan.

    Amudaryo suvi yog‘inlar va muzliklar erishi natijasida shakllanadi. Kam yog‘inli yillarda suv hajmi 34 kub kmgacha qisqaradi.

    “Tolibon” qurilayotgan Qo‘shtepa kanali orqali Amudaryodan yiliga 10 kub km suv olmoqchi. Bu hajm daryo suvining qariyb 20 foiziga teng.

    Agar Amudaryo o‘zanida Qo‘shtepa kanali ishga tushsa, O‘zbekistonga keladigan suv hajmi 15 foiz atrofida kamayishi mumkin. Oqibatda mamlakat suv taʼminotida uzilishlar vujudga keladi. Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda qurg‘oqchilik xavfi ortadi. Shu bilan birga, kanal Turkmaniston uchun ham jiddiy muammolar yaratadi.

    The Economist prognoziga ko‘ra, agar kanal qurib bitkazilsa, mintaqaviy mojaroning kuchayishiga olib kelishi mumkin. 

    “Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonni 15 foiz suv yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda, agar kanal qurilishi ortidan yana 10 foiz yo‘qotsa, O‘zbekiston 25 foiz suv yo‘qotishi mumkin”, deyiladi yana bir prognozda.

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Tolibon” tomonidan Qo‘shtepa kanali qurilishi Markaziy Osiyodagi suv rejimi va muvozanatini o‘zgartirishini aytgandi. “Tolibon” esa O‘zbekiston Qo‘shtepa kanalidan zarar ko‘rmasligiga va’da bergan.

    25.10.2024, 19:05   Izoh (0)   5772
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Qo‘shtepa

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda ikki kishi bedarak yo‘qoldi. Ularni topganga 10 mln so‘mdan va’da qilinmoqda

    15.04.2024, 09:17

    Farg‘onada tuman prokurori o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    01.05.2024, 13:20

    Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi (video)

    07.05.2024, 10:28

    “Bu yil Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yaxshi bo‘lishi bashorat qilinyapti” — suv xo‘jaligi vaziri

    08.05.2024, 09:58

    Shavkat Mirziyoyev 14 ta hududda charmsanoat sohasidagi ishlar lozim darajada tashkil etilmaganini tanqid qildi

    10.05.2024, 11:45

    Farg‘onada 716 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxs aniqlandi

    13.05.2024, 11:28

    Farg‘onada maktab o‘quvchilariga tarsaki tushirgan Milliy gvardiya xodimi lavozimdan olindi (video)

    14.05.2024, 11:25

    Farg‘onada qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

    03.06.2024, 12:30

    Qo‘shtepa kanalining ikki muhandisi o‘ldirildi — OAV 

    04.06.2024, 11:50

    Jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan farg‘onalik erkak qidirilmoqda 

    04.06.2024, 17:35

    Qo‘shtepa kanali yiliga o‘rtacha 500 mln dollar foyda keltirishi mumkin

    06.06.2024, 13:47

    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysi bo‘ylab tarmog‘ini kengaytirmoqda

    11.06.2024, 10:30

    Toshkent shahri, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida haj ziyoratiga noqonuniy yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi (video)

    13.06.2024, 10:35

    “Amudaryoni og‘ir qismat kutyapti” — iqlimshunos O‘zbekistonda suv bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani haqida

    15.06.2024, 22:15

    Farg‘onada kriminal avtoritet bo‘lishga uringan shaxs qamoqqa olindi

    23.06.2024, 12:31

    Farg‘onada qarzdorning Tracker’i xatlanib, auksionda sotib yuborildi 

    24.06.2024, 18:10

    YTB Qo‘shtepa kanalining qo‘shni davlatlarga ta’sirini baholadi

    28.06.2024, 18:18

    DXX Surxondaryo va Farg‘onada Tojikistondan olib kelingan 26 kg gashishni musodara qildi (video)

    29.06.2024, 13:00

    Farg‘onada sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

    26.07.2024, 23:25

    Qo‘shtepa kanali besh yilda qurib bitkaziladi 

    30.07.2024, 11:33

    Farg‘ona va Toshkentda “valyutchik”lar ushlandi 

    02.08.2024, 16:10

    IIB xodimlari Oqqo‘rg‘ondan Bo‘kaga, undan Bekobodga olib ketgan fuqaro vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Marhumning yaqinlari u urib o‘ldirilgan demoqda

    07.08.2024, 10:50

    “Tolibon” Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarni qayta belgilamoqchi 

    07.08.2024, 17:45

    Farg‘onada o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 6,6 ming dollar olgan o‘qituvchi ushlandi

    08.08.2024, 13:46

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi 

    24.08.2024, 19:20

    “O‘zbekiston qurol-yarog‘ ishlab chiqarishi, sotishi kerak”. Siyosatshunos bilan harbiy sanoat haqida suhbat

    05.09.2024, 20:57

    Amudaryoga xavf: “Tolibon” qurayotgan Qo‘shtepa kanali O‘zbekiston uchun falokatmi?

    06.09.2024, 11:05

    Farg‘onada uyining darvozasi oldida turgan erkakni avtomobil urib yubordi 

    07.10.2024, 22:30

    “Tolibon” nega qo‘shni davlatlarga tahdidli murojaatlar yo‘llamoqda. Unga ishonsa bo‘ladimi?

    18.10.2024, 11:15

    18-oktyabrning eng muhim xabarlari: Surxondaryoda gaz quvuriga urilgan avtomashina, qurilishi to‘xtatilgan Samarqanddagi talabalar yotoqxonasi, Qashqadaryoda sud r...

    18.10.2024, 22:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina va Rossiya asirlar ayirboshlashni yakunladi (foto)

    Dunyo | 25 may, 21:16

    Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 25 may, 20:49

    Braziliyada kolaga ruju qo‘ygan erkak organizmidan 35 ta tosh chiqdi (video)

    Dunyo | 25 may, 20:37

    Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

    Dunyo | 25 may, 19:15

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.