• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Amudaryoni og‘ir qismat kutyapti” — iqlimshunos O‘zbekistonda suv bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani haqida

    Amudaryoning O‘zbekistonga oqib o‘tuvchi qismidagi suvi hajmi kelgusi 20–30 yil ichida keskin kamayib ketishi mumkin. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev bilan suhbatda aytib o‘tdi.

    Foto: YouTube / Rasul Kusherbayev

    Bir yil sersuvlik, 3 yil qurg‘oqchilik

    Tahlillarga ko‘ra, joriy yilda Amudaryoda suv meʼyorida bo‘lishi kutilmoqda. Erkin Abdulahatov fikricha, bu Tinch okeani markazida suv haroratining meʼyoridan 3–4 daraja isib ketish hodisasi — “El Nino” bilan bog‘liq.

    “El Nino” yuzaga kelgan davrlarda (7–9 yilda bir marta) bizda sel-suv toshqinlari va suv omborlarimiz to‘lishi kuzatiladi. Masalan, bunday holat 1991, 1998, 2010, 2016 va 2024-yillarga to‘g‘ri keldi. Endi keyingi uch yillik “La Nino” (Tinch okeanida suv massasining sovishi) davri bo‘ladi. Bunda havodagi nam oqimlar kamayib, quruqlik ortadi. Kelgusi dastlabki ikki yilda suv kamayishi u qadar ko‘p bo‘lmasa-da, uchinchi yilga borib bu kamayish kuchayadi. Qish va kuz oylarida yog‘inlar juda ham kam yog‘adi, — dedi mutaxassis.
    Erkin Abdulahatov
    Foto: YouTube / Rasul Kusherbayev

    Amudaryoda suv kamayishi

    Erkin Abdulahatovning aytishicha, Amudaryoda 100 yillar davomida 34 kilometr kubdan 70 kilometr kubgacha suv shaklangan. 1960-yillarda Amudaryo suvining yarmi (50 km kubgacha) Orol dengiziga to‘g‘ridan to‘g‘ri oqib borgan.

    “O‘zbekistonning 70–80-yillardagi bir yillik suv isteʼmoli hajmi 60 km kubni tashkil qilgan. Hozir bu 40 km kubgacha kamaydi. Bunga Amudaryodan foydalanish, suv omborlarining bo‘g‘ilishi, tog‘larda qish va kuzda yog‘ingarchilik kam bo‘lishi va boshqa omillar ta’sir qildi. Kelgusida suv hajmi kamayib boraveradi. Masalan, isteʼmolimiz yiliga 30 km kubga pasayishi mumkin. Lekin biz qishloq xo‘jaligida yerlarni tomchilatib, yomg‘irlatib, turli innovatsion usullarda sug‘orishga o‘tsak, 30 km kub suv ham yetarli bo‘ladi”, — deya fikr bildirdi olim.

    Foto: LiveJournal

    Amudaryo suvini taqsimlash muammosi

    Iqlimshunosga ko‘ra, hozir mintaqada suv taqsimoti bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda. Jumladan, Afg‘oniston qurayotgan Qo‘shtepa kanali uchun 10 km kub suvni tortib ketadi. 

    “O‘zbekiston bir yilda Amudaryoning 20 km kub suvidan foydalanadi. Turkmaniston ham shunga yaqin hajmda suv oladi. Tojikiston esa 5-6 km kub qabul qiladi. Endi bu jarayonga Afg‘oniston 10 km kubni tortib olaman deb qo‘shilyapti. Agar Afg‘onistonni o‘ziga qo‘yib bersangiz, biz 10 km kub suvni agatlab sug‘organimiz kabi yo‘l tutadi. Huddiki, ular hozir Farg‘ona kanalini qurayotgandek. Biz ham 1945-yilda tomchilatib sug‘orishni hayolimizga keltirmaganmiz”, — dedi olim.

    Mutaxassis afg‘onlar irrigatsiya tizimini tomchilatib yoki yomg‘irlatib sug‘orish tarmoqlariga o‘tkazsa, ularga 3 km kub suv ham yetarli bo‘lishini aytdi.

    “Buning uchun O‘zbekiston va Turkmaniston afg‘onlarga zamonaviy sug‘orish texnologiyalarni qo‘llashga yordam berishi kerak. Agar shu ish amalga oshsa, jarayonni jilovlaymiz va barqarorlik yuzaga keladi”, — dedi tadqiqotchi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Agatlab sug‘orishga tezda chek qo‘yish zarur”

    Rasul Kusherbayev bilan suhbat davomida Erkin Abdulahatov O‘zbekistonda ekin yerlarini agatlab sug‘orish eng katta muammo ekanini aytdi. Olimning taʼkidlashicha, tarmoqlarga zudlik bilan zamonaviy sug‘orish texnologiyalari joriy etilmasa, suv tanqisligi bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashaveradi.

    “Zarafshon daryosi 100 yil oldin Amudaryoga quyilgan. Hozir Navoiy shahridan uyog‘iga o‘tmayapti. Amudaryoni ham shu qismat kutmoqda. 20–30 yildan keyin ahvol ancha yomonlashishi mumkin. Biz tezroq agatlab sug‘orishdan, tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orishga o‘tishimiz shart. Agatlab sug‘orishni “vahshiy sug‘orish” deb ta’riflashadi. Vaziyatni yaxshilash uchun yerlarni fermerning o‘ziga berishimiz, yaʼni xususiylashtirishimiz kerak. Chunki fermerlarimiz “bugun pul sarfladimmi, uni tezroq chiqarib olishim”, kerak degan tamoyil bilan ishlamoqda. Yer o‘ziniki emas, ular mustaqil bo‘lmagani uchun ham qo‘rqadi” — deb aytdi iqlimshunos.

    Suhbatda Erkin Abdulahatov Suv xo‘jaligi vazirligi mamlakat yil davomida o‘rta hisobda foydalanayotgan 40 km kub suvning 33 foizi shunchaki sizib, yerga singib, yo‘q bo‘lib ketayotganini maʼlum qilganini esladi.

    “Yaʼni biz hozir foydalanayotgan suv 30 km kubga ham bormayapti. Muammoni bartaraf etish, suv isrofini yo‘qotish uchun tezroq kanallarni betonlashtirishimiz kerak”, — deya taʼkidladi ekspert.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Qishda qo‘shni davlatlarga elektr eksport qila olishimiz kerak”

    Suhbatda Erkin Abdulahatov hozir O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar suv omborlarini to‘ldirish rejimiga o‘tayotganini aytdi.

    “Ular ham rivojlanyapti. Elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun ularda tabiiy resurslar yo‘q. Ko‘mir, gaz yo‘q. Tojikiston ham, Qirg‘iziston ham faqat gidroelektr stansiyasi qurishga kuch beryapti. Buning fonida biz ularga qishda elektr sotib, yozda ulardan sotib olsakkina barqarorlik bo‘ladi. Chunki elektr sotib olsak, ular elektr energiyasini suvdan olgani uchun suvni biz tomonga “qo‘yib yuborishadi”. Agar yozda suv tashlasa, bizda suv bilan bog‘liq barqarorlik yuzaga keladi. Bu tizim o‘zi 1992-yildan beri bor, lekin afsuski, ishlamayapti. Chunki ularga qishda, elektr kerak bo‘ladigan paytda o‘zimizda ham elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo yuzaga kelmoqda. Tezroq generatsiyalarimizni ko‘paytirishimiz kerak”, — dedi iqlimshunos.

    Amudaryoda suv kamayishi bo‘yicha xavotirlar

    Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqida yaqin 20 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foizga qisqarishi mumkinligini aytgan.

    “Keyingi 30 yilda mintaqamizda havo harorati bir yarim gradusga ko‘tarildi. Bu — dunyodagi o‘rtacha isishdan ikki karra ko‘pdir. Oqibatda muzliklar umumiy maydonining qariyb uchdan bir qismi yo‘qolib ketdi. Ushbu tendensiya saqlanib qolsa, yaqin 20 yilda mintaqamizdagi ikkita yirik daryo — Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foizga qisqarishi mumkin. Jon boshiga suv bilan taʼminlanish darajasi 25 foizga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga kamayishi kutilmoqda. Agar o‘z vaqtida taʼsirchan choralarni ko‘rmasak, ushbu muammolar oqibatlari mintaqamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka jiddiy putur yetkazadi, — degan davlat rahbari.

    Maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch yildagi qurg‘oqchilikning taʼsiri Amudaryoning quyi havzasidagi hududlarda yaqqol sezilmoqda. Mintaqada so‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi, qor va yomg‘irlarning kam bo‘layotgani, muzliklarning erishi natijasida yirik daryolar havzalarida, kichik daryo va soylarda suv sarfi kamayib bormoqda.

    Amudaryoning “Kerki” gidropostidan oqib o‘tgan suv oqimi miqdori oxirgi 10 yilda 5 foizga, Tuyamo‘yin suv omboriga kelgan suv hajmi 22,5 foizga kamaygan.

    Qo‘shni davlatlar tomonidan Amudaryo o‘zanida yangi kanal qurilishi oqibatida daryodan O‘zbekistonga keladigan suv hajmi 15 foiz kamayishi bilan bog‘liq xavf mavjud.

    The Economist prognoziga ko‘ra, agar Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurib bitkazilsa, mintaqaviy mojaro yuzaga kelishi mumkin.

    “Iqlim o‘zgarishi O‘zbekiston 15 foiz suv yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda. Agar kanal qurilishi ortidan yana 10 foiz suv yo‘qotilsa, mamlakat 25 foiz suv yo‘qotishi mumkin”, — deyiladi yana bir prognozda.

    “Tolibon” bosh vaziri Abdul–G‘ani Barodar 2023-yil mart oyida Qo‘shtepa kanali qo‘shni davlatlarning suvdan foydalanish huquqlarini buzmasligini aygan. U Amudaryo suvidan foydalanish nuqtayi nazaridan Afg‘oniston shimoliy qo‘shnilarga yo‘naltirilgan suv hajmlariga daʼvo qilmasdan, o‘z huquqlari doirasida qolishini taʼkidlagan.

    15.06.2024, 22:15   Izoh (0)   80927
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amudaryo suvi 2050-yilgacha 15 foizgacha kamayishi mumkin

    12.02.2023, 15:08

    “Tolibon” Amudaryo bo‘yida katta kanal qurmoqda: Turkmaniston va O‘zbekiston bundan xavotirda

    17.03.2023, 08:42

    “Amudaryo o‘zanida yangi kanal qurilishi oqibatida mamlakatimizga keladigan suv hajmi kamayishi xavfi mavjud” — Suv xo‘jaligi vazirligi

    03.06.2023, 12:50

    “Yaqin 20 yilda Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foizga qisqarishi mumkin” — Shavkat Mirziyoyev  

    20.09.2023, 11:03

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21.09.2023, 21:16

    “Havo harorati eng issiq davrga kirib boryapmiz” — iqlimshunos O‘zbekiston va dunyodagi iqlim o‘zgarishi haqida   

    14.06.2024, 16:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Erta hosil va qimmat narx: O‘zbekistonda gilos mavsumi boshlandi

    O‘zbekiston | 25 may, 12:15

    Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi. Legionerlarimiz qanday natija qayd etdi?

    Sport | 25 may, 12:01

    Tirnoqlarga nazar: agar sizda shunday belgilar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling

    Go‘zallik | 25 may, 12:00

    Yevropa Ukraina uchun AQSHdan qurol sotib oladi — Bloomberg

    Dunyo | 25 may, 11:37

    Sany power’dan Seer power’ga — yangi nom, yangi maqsadlar

    O‘zbekiston | 25 may, 11:31

    Anjelina Jolining muxlislari uning qo‘riqchisi sabab aktrisadan xavotirda

    Kino | 25 may, 10:51

    Rossiyada migrantlarga bittadan ortiq telefon raqamiga ega bo‘lish taqiqlanishi mumkin

    Dunyo | 25 may, 10:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.