Jinoyat sodir etib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan yashirinib yurgan farg‘onalik erkak qidirilmoqda. Bu haqda IIV xabar berdi.
Unga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan yashirinib yurgan, 1983-yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan G‘ofurov Zokirjon Jabarxonovich qidirilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Siz ushbu shaxs haqida biron-bir maʼlumotga ega bo‘lsangiz, zudlik bilan 102 yoki (71) 231-34-33, (97) 273-11-01 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz so‘raladi. Maʼlumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)