DXX Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona va Surxondaryoda o‘qishga kiritish va sertifikat olib berish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarni aniqladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shtepa tumanidagi maktab o‘qituvchisi Yozyovon tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroni Qirg‘iziston davlat universitetining Qadamjoy filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6600 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKDning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi Amudaryo tumanida yashovchi fuqaroni Urganch davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan uning sherigi — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutaxassisi ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘ga tushgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Termiz shahrida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining hamshahariga ingliz tili bo‘yicha C1 darajadagi til bilish sertifikatini olib berish evaziga 2400 dollar va 1 million 250 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Izoh (0)