Daryo

Uysizlik muammosini bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi Finlyandiya tajribasi asosida uysizlik muammosini hal qilish masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlagan

2 daqiqa o‘qish4 388 ko‘rishlar0 izoh0

Uysizlik muammosini hal qilish uchun “Uy-joy – ijtimoiy ko‘mak asosi” tamoyilini joriy etish lozim. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman
Agentlik Finlyandiya tajribasi asosida uysizlik muammosini hal qilish masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlangan. Loyihaga ko‘ra, Finlyandiyaning “Housing First” dasturiga muvofiq uy-joy bilan avvalo oilalilar, keyin yolg‘izlar va so‘ngra yotoqxonalarda yoki qarindoshlari bilan bir uyda istiqomat qiladiganlar ta’minlanadi. Dastur doirasidan beriladigan uylarning yer maydoni 35 kvadrat metr. Dastur shartlari oddiy: uy-joyga ega bo‘lish uchun ishga joylashish kerak.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy yotoqxona uyga ega bo‘lmagan barcha fuqarolarga ijara huquqi asosida vaqtinchalik taqdim etiladi. Ijtimoiy uylar ayollar, yoshlar va temir daftarlarga kiritilgan, noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zida (shu jumladan, oila a’zolarida) mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan (oxirgi bir yil davomida o‘ziga tegishli bo‘lgan turar joyni sotmagan yoki hadya qilmagan) xotin-qizlarga taqdim etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi takliflar tayyorlangan:

  • “Uy-joy – ijtimoiy ko‘mak asosi” tamoyilini joriy etish;
  • uylarni egalikka emas balki ijaraga berish bozorini rivojlantirish;
  • ijtimoiy uylar faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik asosida yoki xususiy tadbirkorlarga mavjud uylarni berish, bunda, qayta qurish, ta’mirlash va uyni keyinchalik boshqarish majburiyatini yuklash hamda fuqarolarga uzoq muddatda ijaraga arzonlashtirilgan narxda taqdim etishni yo‘lga qo‘yish (har bir hududda reytingni ijobiy bo‘lgan 1 tadan developerga ijtimoiy uylarni qurish buyurtmasini berish);
  • uylarga joylashtirishda talabgorning turar joyga muhtojlik darajasini baholash bo‘yicha aniq mezonlarni tasdiqlash, bunda fuqarolarni aniqlashda keys-menejment usulidan foydalanish;
  • talabgorlarni uylarga joylashtirish tizimini takomillashtirish maqsadida fuqarolarni onlayn navbatga olish elektron platformasini joriy qilish.

Ma’lumot uchun, 2021-yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan, xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun hokimliklar tomonidan 1 000 ta xonadon sotib olingan. Toshkent shahrida tajriba tariqasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” dagi fuqarolarga ijara xarajatlarining bir qismini qoplash uchun mahalliy byudjet mablag‘laridan olti oy davomida oylik ijara to‘lovining 50 foizi miqdorida to‘lash tizimi joriy qilingan.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar