• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sevgilisi Jorjina Rodrigesga unashtiruv marosimi munosabati bilan 366 ming dollardan ortiq qiymatdagi sovg‘alar taqdim etdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

    Foto: Daily Mail
    Foto: Daily Mail

    Hafta davomida eng ko‘p muhokama qilingan yangiliklardan biri — mashhur futbolchi va Jorjina Rodrigesning unashtirilgani bo‘ldi. To‘qqiz yildan ortiq vaqt birga bo‘lgan va besh nafar farzandni tarbiyalayotgan juftlik munosabatlarini rasman mustahkamlashga qaror qildi.

    Rodriges Instagram’da barmog‘iga taqilgan yirik brilliant uzuk tasvirini joylab, izohda: “Ha, birga bo‘lishni istayman. Hozirgi hayotimda ham, keyingisida ham”, deb yozdi va suratda Ronalduni belgiladi.

    Foto: Daily Mail
    Foto: Daily Mail

    OAV va blogerlar darhol uzukdagi yirik olmosni muhokama qila boshladi va uni “barcha ayollar orzusidagi taqinchoq” deb atadi. Ayrim manbalarga ko‘ra, olmos hajmi qariyb 35 karatni tashkil qiladi, qiymati esa 3 milliondan 5 million dollargacha baholanadi. Taqqoslash uchun, bu Jeff Bezosning rafiqasi Loren Sanchesning unashtiruv uzugidan besh karatga kattaroq.

    Bir tomondan Ronalduning saxiyligi va uzoq yillik kutishdan so‘ng nihoyat taklif qilgani olqishlansa, ikkinchi tomondan internetda uzuk hajmiga oid kulgili memlar tarqaldi.

    Foto: Daily Mail
    Foto: Daily Mail

    Ammo Jorjina uchun quvonchli lahzalar uzuk bilan cheklanib qolmadi. Futbolchi unga boshqa qimmatbaho sovg‘alar ham ulashdi. Ular orasida oq rangli Porsche Taycan elektromobili, Dior va Louis Vuitton kabi fransuz brendlaridan kiyim-kechak va sumkalar, shuningdek, hashamatli kosmetika, atir va soatlar bor.

    Foto: Daily Mail
     Porsche Taycan elektromobili
    Foto: Daily Mail

    Ronalduning aytishicha, u Jorjinani ilk bor 2016-yilda Gucci do‘konida uchratgan. Ayol u paytda sotuvchi-konsultant bo‘lib ishlagan. “Bu bir qarashdayoq sevgi edi”, deya eslaydi juftlik. Jorjina esa dastlab mashhur futbolchining yonida o‘zini juda tortinchoq sezganini intervyularida ko‘p marta aytib o‘tgan.

    2017-yilda ularning ilk farzandi — qizi Alana Martina dunyoga keldi. 2022-yilda ular egizak kuta boshladi, qiz farzand sog‘-salomat tug‘ildi, biroq o‘g‘il farzand hayotdan ko‘z yumdi. Shuningdek, juftlikning surrogat onalardan tug‘ilgan uch nafar farzandi ham bor.

    Ronaldu va Jorjina to‘y sanasi va unashtiruv tafsilotlari hozircha e’lon qilinmagan.

    16 avgust, 11:42   Izoh (0)   648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jizzaxda maktabga ishga qabul qilish uchun pora so‘ragan masʼul qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 13:58

    “Manchester Siti” Rodrigo bilan 5 yillik shartnoma tuzmoqchi

    Sport | 16 avgust, 13:35

    Xitoyda 75 yoshli pensioner sun’iy intellektda yaratilgan ayol tufayli xotini bilan ajrashmoqchi bo‘ldi

    Layfstayl | 16 avgust, 13:23

    Xitoy hukumati armiya haqida noqonuniy kontent joylashtirgan bir qator onlayn manbalarni aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 13:15

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.