• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    MIB Sardor Kariyevning uch nafar farzandi va ayoli yashab turgan uyni ham xatladi. Kariyeva bundan norozi bo‘lib sudga shikoyat qildi

    Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq direktori, “Dok-1 Maks” ishida aybdor deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Sardor Kariyevning farzandlari yashab turgan uy ham xatlandi. Bundan norozi bo‘lgan Kariyevning xotini sudga shikoyat qildi. 

    Mazkur ish 2024-yilning 21-oktyabr kuni Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida ko‘rib chiqilishi boshlandi. 

    Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimining sudda ma’lum qilishicha, byuro “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga sud tomonidan belgilangan salkam 76 milliard so‘mlik tovon pullarini undirish harakatini davom ettirmoqda. 

    “Shikoyat arizasini rad qilishingizni so‘rayman, sababi bizning qonunchiligimizda ko‘rsatilganki, agar o‘zining nomida bitta uy bo‘lsa, to‘g‘ri uni sotib yuborishimiz noto‘g‘ri bo‘lar edi. Hozir bu holatda Kariyevning nomida ikkita uy bor. Bundan tashqari, mulkiy ahvoli ham yaxshi. Undirish imkoni yo‘q deb qaytarishga asos ham yo‘q”, dedi sudda so‘z olgan MIB xodimi. 

    Kariyevlar oilasining advokatlaridan biri MIB xodimining bu gapiga e’tiroz bildirib, “Bitta uy bo‘lsa sotuvga chiqarish mumkin emas, lekin ikkita-uchta uy bo‘lsa hammasini olish kerak deganimas-ku?”, dedi. 

    “Kariyevning o‘zi 18 yilga qamaldi. Endi voyaga yetmagan uch nafar bolasi va oilasi ko‘chada qolishi kerakmi? Mulkiy ahvoli yaxshi deb, undiruvni xotiniga qaratishmoqchimi? Marhamat qamoqda ishlayotgan bo‘lsa, olayotgan oylik maoshiga qaratishsin”, deydi advokat shikoyat arizasini qo‘llab-quvvatlar ekan. 

    Kariyevlar oilasining yana bir advokati Sardor Kariyevning turmush o‘rtog‘i xatlangan mulklardan faqatgina o‘zi va bolalari yashab turgan uyni qoldirishni so‘rayotganini bildirdi. 

    “Mayli, Kariyevning nomidagi ofisni, viloyatdagi uyini xatlashingiz mumkin. Bunga e’tiroz yo‘q”, dedi advokat.

    MIB xodimi esa advokatga “unda pullarni qayerdan undiramiz?”, deya savol berdi. 

    Advokatning eslatishicha, “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilariga ayni kunga qadar faqat Kariyevning hisobidan uning onasi tomonidan to‘langan 2,5 milliard so‘m berilgan xolos. 

    “Bu ish bo‘yicha 22-23 kishi sudlangan. Hozir yana qo‘shildi. Kariyevdan boshqa birortasi hali tovon pulini to‘lamadi. Jabrlanuvchilarga boshqa hech kim yordam bergani yo‘q”, dedi u. 

    MIB xodimi bu savolga javoban sud qaroriga ko‘ra, jabrlanuvchilarga tovon pulini to‘lash sudlanuvchilarning 7 nafari zimmasiga yuklatilganini, undiruvni ayni paytda ochiqda qolgan 2 nafar sudlanuvchining oylik-maoshiga qaratishganini, uyidagi mol-mulklari xatlanganini ochiqladi. 

    “Kariyevning ayoli va bolalari yashab turgan uy xatlanib sotilsa, ular ko‘chada qolishi kerakmi?”, dedi advokat tomonlarga yuzlanar ekan. 

    Sudda jabrlanuvchilar ham so‘z olib, tovon puliga muhtoj ekanini, nogiron bo‘lib qolgan bolalarini davolatish uchun ayni kunda ularga pul kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirining jamoatchilikka aytgan gapi yolg‘on ekani, shu sabab ota-onalar vazir bilan ko‘rishib, gapiga aniqlik kiritishni so‘ramoqchiligini ma’lum qildi. 

    Sud 2024-yilning 5-noyabr kuniga qadar tanaffus e’lon qildi.

    23.10.2024, 22:54   Izoh (0)   52006
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #sud#Dok-1 Maks#Kariyev#vazir#dori#pul

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Dok-1 Maks” fojiasi: qachon boshlangandi va nimalar bo‘ldi? “Daryo” sud hukmi oldidan O‘zbekistonda ro‘y bergan sirop voqeasini yodga oladi

    26.02.2024, 11:42

    “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha yakuniy sud: aybdorlarga hukm o‘qildi, vafot etganlar uchun tovon puli undirilishi belgilandi 

    26.02.2024, 16:31

    “Dok-1 Maks”dan vafot etgan, ammo sud ro‘yxatida ko‘rinmagan bola masalasi ochiq qoladimi? Sudya aniqlik kiritdi

    26.02.2024, 23:13

    “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha yana bir mansabdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin 

    29.02.2024, 19:31

    “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha yana sud majlisi boshlandi. Dastlabki hukmdan norozilar sudga apellyatsiya kiritgan

    09.04.2024, 15:06

    “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha boshlangan sud advokatlardan biri kelmagani bois yana qoldirildi

    15.04.2024, 16:22

    Jurabek laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 3 yil ichida to‘lab berishga tayyorligini bildirdi 

    13.05.2024, 15:11

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    13.05.2024, 22:15

    O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchisiga ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, qidiruvda ekani ma’lum bo‘ldi

    20.05.2024, 16:40

    Gambiya hukumati “Dok-1 Maks” sabab 69 nafar bola vafot etgani uchun hindistonlik ishlab chiqaruvchilarni sudga bergani aytilmoqda

    21.05.2024, 17:45

    “Dastlab 7,5 mlrd so‘m, keyin oyiga har bir jabrlanuvchiga 25 va 50 mln so‘mdan”. Sardor Kariyevning onasi jabrlanuvchilarga qay tartibda tovon puli to‘lamoqchi? 

    07.06.2024, 17:33

    DXX qidiruvga bergan, sud qamoqqa olish haqida ajrim chiqargan: “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchisi qayerda?

    07.06.2024, 20:20

    “Hindiston dorilari importiga chek qo‘yish kerak”. Advokatlar qidiruvdagi “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchisini qo‘lga olish haqida 

    07.06.2024, 21:35

    “Daryo” dayjesti: 7-iyunning eng muhim xabarlari 

    07.06.2024, 22:30

    Sardor Kariyevning onasi sudda qatnashib, tovon pulini to‘lashni boshlashini aytdi. Jabrlanuvchilar Kariyevga uy qamog‘i qo‘llanishiga qarshimasligini ma’lum qildi...

    14.06.2024, 18:49

    “Istasangiz, barchasini ozod qiling, tovon puli berilsa bas”. “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilari Sardor Kariyevning onasini qo‘llab-quvvatlamoqda

    21.06.2024, 19:44

    “Daryo” dayjesti: 21-iyunning eng muhim xabarlari

    21.06.2024, 22:10

    Hindistonda ishlab chiqarilgan yo‘talga qarshi 300 dan ortiq sirop namunalari sifat sinovlaridan o‘ta olmadi

    23.07.2024, 17:27

    “Sudda qatnashish mumkin, ammo foto-videoga olish mumkinmas”. Sobiq vazir sudida jurnalistlar faoliyati cheklandi  

    06.09.2024, 23:00

    Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va 49 nafar sudlanuvchi ishi yopiq sudda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 

    12.09.2024, 12:40

    Yahyo Sinvarning murdasi yorib ko‘rildi

    20.10.2024, 18:53

    “Dok-1 Maks” dorilari sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatyapmiz” — sog‘liqni saqlash vaziri 

    21.10.2024, 17:34

    Farg‘onadai ikki avtomobil to‘qnashishidan er-xotin vafot etdi

    22.10.2024, 09:55

    O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi

    22.10.2024, 11:10

    Farg‘onada sudya blogerni ochiq suddan haydab chiqargani aytilmoqda

    22.10.2024, 14:17

    Tadbirkorlar eng ko‘p qaysi masalalarda biznes ombudsmanga murojaat etayotgani ma’lum qilindi

    22.10.2024, 15:10

    O‘gay ota 7 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgani aytilgan video yuzasidan ma’lumot berildi

    22.10.2024, 16:58

    Rossiyalik jurnalist Toshkentdagi mehmonxonada o‘lik holda topildi

    22.10.2024, 17:24

    Tramp Harris intervyusining tahrirlanmagan matni chop etilishini talab qildi  

    22.10.2024, 22:20

    22-oktyabrning eng muhim xabarlari: Samarqanddagi uylardan birida sodir bo‘lgan portlash, Toshkentdagi YTH oqibatida ikki kishining halok bo‘lishi, sifatsiz benzin...

    22.10.2024, 22:40

    Toshkentdagi mehmonxonada o‘lik holda topilgan rossiyaliklar jasadi yurtiga yuborildi 

    23.10.2024, 12:10

    Farg‘onada blogerni sud zalidan chiqarib yuborgan sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

    23.10.2024, 18:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00

    Saudiyada oilaviy zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 22:45

    Tramp Putin bilan muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi — FT

    Dunyo | 13 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.