• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Finlyandiyada uysizlik muammosining tub yechimi topildi

    Yevropaning ko‘pgina davlatlarida, AQShda va yana qator rivojlanayotgan davlatlarda uysizlik jiddiy muammo hisoblanadi. Yer, uy-joy qimmatligi bois minglab odamlar ko‘chada qolib ketmoqda. Finlyandiya poytaxti Xelsinkida ushbu muammoning yechimi topildi. “Daryo” shu haqdagi maqolani taqdim etadi.

    Finlyandiya Yevropa Ittifoqidagi uysizlar soni qisqarib borayotgan yagona mamlakatdir. Sir nimada? Odamlarni uy bilan ta’minlabgina qolinmayapti.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shu yozda Tartu Aynesmaa 32 yoshga to‘ladi.

    “O‘n yillar mobaynida birinchi marta o‘zimniki deb aytishim mumkin bo‘lgan uyim bor: Xelsinkining  daraxtlarga burkangan yo‘ldosh shaharchasining yaqinda ta’mirlangan dahasida keng ikki xonali kvartira”.

    “Bu mo‘jiza, – deydi u. – Men kommunalarda yashab ko‘rganman, lekin u yerda nashavandlar juda ko‘p edi, shu bois ketishimga to‘g‘ri kelgan. Men bir qiz bilan yashab ko‘rdim, munosabatlarimiz buzilgan edi, yana o‘sha eski ahvolda qoldim. Akamning  kvartirasidagi divanda yotib yurdim. Ko‘chalarda uxladim. Mening hech qachon o‘z joyim bo‘lmagan. Hozir bo‘lgan ish men uchun katta olg‘a qadam tashlashdir”.

    Pastdagi ikki qavatli blokda yorug‘, keng oshxona va mehmonxona, mukammal oshxona, sauna (Finlyandiyada sauna bo‘lishi shart) va mashqlar zali joylashgan.

    Yuqorida 21 ijarachi, ko‘pi  30 yoshga yetmagan erkak va ayollar yashaydi.

    Eski tizim ishlamayotgani hammaga ayon edi. Radikal o‘zgarishlar kerak edi.

    Muhim joyi shundaki, yashovchilar ijara haqi to‘laydi: har birida shartnoma bor va, zarur bo‘lsa, uy uchun  nafaqa so‘rab murojaat qilish mumkin. O‘z uyiga ega bo‘lish ijtimoiy siyosatning bir qismi bo‘lib, hozirgi vaqtda Finlyandiyani Yevropa Ittifoqining uysizlar kamayib borayotgan yagona mamlakatiga aylantirdi.

    Bundan o‘n yil avval bu siyosat ishlab chiqilayotganda to‘rt kishi – yepiskop, siyosatchi, vrach va jamiyatshunoslik o‘zlari o‘ylab topgan va hozirda “shartsiz uy” prinsipi nomi bilan mashhur bo‘lgan bu g‘oya haqidagi ma’ruzalarini Nimi Ovessa (nomingiz  eshikda) deb atagan edi.

    “Biz uyni shartsiz qilishga qaror qildik, – deydi Kaakinen. – Uy olishdan avval o‘z muammolaringni hal qilishing kerak, demaydigan bo‘ldik. Buning o‘rniga uy-joy muammolarini hal qilish uchun mustahkam tayanch bo‘lishi kerak”.

    Davlat, mahalliy hokimiyat va nodavlat tashkilotlari yordamida kvartiralar sotib olindi, yangi bloklar qurildi, eski boshpanalar doimiy, har taraflama qulay uy joylarga aylantirildi. Ular orasida hozirda Aynesma yashayotgan Xelsinkidagi Malminkartano ham bor.

    “Shartsiz uy” loyihasining dastlabki maqsadi 2 500 ta yangi uy bilan ta’minlash edi. Natijada 3 500 ta yangi uy qurildi. Bu ish 2008-yilda boshlanganidan beri mamlakatda uysizlar soni hozirga qadar 35 foizga qisqardi. Bu esa Xelsinkida ko‘chada yotish deyarli barham topishiga olib keldi. Qishki sovuq -20 darajaga tushadiganda jon saqlash uchun 50 ta koykasi bor tungi boshpanagina saqlab qolindi.

    Sanna shahri hokimining so‘zlariga ko‘ra, ilgari Finlyandiyaning ko‘plab park va milliy bog‘larida yuzlab odamlar tunab qolar edi. Hozirda bu vaziyat tubdan o‘zgargan.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    Bu borada rasmiy statistikaga ko‘ra, Angliyada uysizlarning kichik bir qismi – doimiy ko‘chada yotadiganlar soni 2010-yildagi 1 768 kishidan o‘tgan yili 4677 kishiga o‘sgan. Vaziyat esa bundan-da yomon bo‘lishi mumkin.

    Lekin “shartsiz uy” faqat yashash joyigina emas. Xelsinki meri Yan Vapaavuori fikriga ko‘ra, odamlarga psixologik yordam ham kerak. Ko‘pgina uysizlar psixologik, tibbiy muammolarga ega va ularga yordam berish lozim. Uysizlik ularning yagona muammosi emas.

    Rukillada 21 ijarachi va yetti nafar xodim bor. Boshqaruvchining yordamchisi Saara Xaapaning aytishicha, ularning ishi nafaqat hujjatlarni tiklash, ma’lumot olish, ishga joylashtirishda yordam berish, balki ovqat tayyorlash, uy-joylarni tartibga solish kabi hayotiy zarur malakalarni ham o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.

    Xaapaning so‘zlariga ko‘ra, odamlarga binoda yashashga moslashish uchun ham vaqt kerak. Ammo uch oylik sinov muddatidan so‘ng ijarachilarning shartnomalari doimiy bo‘lib qoladi, agarda ular belgilangan qoidalarni buzmasa (giyohvand moddalar iste’mol qilmasa, alkogol ichmasa), ijara haqini doimiy ravishda to‘lab borsa, ularni uydan chiqarib yuborish mumkin emas.

    Aynesmaa ikki yildirki yangi kasbni o‘rganmoqda. Uning aytishicha, shartsiz uy prinsipi uni qayta tarbiyaladi, unga hayotdagi o‘rnini topib berdi. Unda endi kasb ham, do‘stlar ham, egalik qilish mumkin bo‘lgan narsalar ham mavjud.

    Albatta, dastur pul turadi. Finlyandiya hukumati yangi uylar qurish uchun 250 million yevro mablag‘ sarfladi. Lekin yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Finlyandiya har bir uysiz uchun hisoblaganda huquqni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida dastur tufayli 15 ming yevro tejab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

    Finlyandiya tajribasi Fransiya, Avstraliya, Buyuk Britaniyada katta qiziqish uyg‘otdi. Britaniya hukumati Mersisaydda, Uest-Midlendsda, Katta Manchesterda shartsiz uy dasturini moliyalamoqda. Hattoki Manchester hokimi yoz mavsumida dastur bilan yaqindan tanishish uchun Xelsinkiga xizmat safari belgilagan.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    Uy-joysiz aholining yarmi istiqomat qiladigan Xelsinkida “shartsiz uy” dasturi muvaffaqiyatining siri bu kompleks uy-joy siyosatining natijasi ekanini ham unutmaslik joiz. Xelsinki shahri hokimiyati qo‘l ostida 60 mingdan ziyod ijtimoiy uy mavjud, xelsinkiliklarning har yetti nafaridan biri ijtimoiy uylarda istiqomat qiladi. Shahar o‘z atrofida 70 foizdan ko‘proq yerlarga egalik qiladi, shahar hokimiyatining o‘z xususiy qurilish shirkati bor va keyingi yili 7 000 uyni qurib bitkazishni rejalashtirmoqda. Shahar har bir hududda ijtimoiy tabaqalanishni oldini olish uchun qat’iy tizimni yo‘lga qo‘ygan. Hokimiyat, shuningdek, xususiy va ijtimoiy uylar o‘rtasida ulkan farq bo‘lmasligini ham talab qiladi hamda ijtimoiy uy ijarachilari uchun maksimal daromad darajasini belgilamaydi, bu davlatning ko‘proq qashshoq qatlamlari borasida g‘amxo‘rlik qilishidan dalolatdir.

    Shahar hokimiyati, shuningdek, uylarni qo‘ldan berish xavfi ostida qolgan vatandoshlar uchun maslahat va ko‘mak beradigan maxsus guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘ygan, uysizlik profilaktikasi uchun talaygina mablag‘ yo‘naltirilgan.

    Finlyandiyada ayni paytda 5 mingdan ziyod aholi uysiz qolmoqda. Uysizlik muammosini bartaraf etish jiddiy uy siyosatisiz amalga oshmaydi. Ammo shartsiz uy loyihasi davlatning rejalashtirish va jamoaviy harakati tufayli uysizlikni qisqartirishning sifatli tizimi ekanligini amalda isbotladi. Hali mahalliy hokimiyat oldida hal qilinishi kerak bo‘lgan ko‘pgina ishlar bor. Shunday bo‘lsa-da, ayni paytda Finlyandiya uysiz aholi sonini anchagina kamaytirdi.

    31.07.2019, 16:48   Izoh (0)   62046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40

    Yangiyo‘l tumani va Yangi Toshkent yaqinida yirik yuk stansiyalari barpo etilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 27 may, 21:39

    O‘zbekiston Superkubogi. “Nasaf” penaltidan urilgan gol evaziga “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 27 may, 21:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.