• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Otasiz, uysiz yashash oson emas”. Millati tojik, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan o‘zbekistonlik bloger Azoda bilan suhbat (foto)

    Keyingi paytlarda san’atda yangi sahifa ochilganga o‘xshaydi. Internet yulduzlari: vayner va blogerlar xuddi san’atkorlar kabi xalq orasida mashhur. Ular kichik ijodi orqali millionlab kuzatuvchilarga ega. Ana shunday blogerlardan biri Azodaning Instagram sahifasini ham bir million obunachi kuzatadi. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova Azoda bilan intervyu tashkillashtirdi.

    Millati tojik, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan o‘zbekistonlik bloger

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    —  Qozog‘istonda “o” harfni boshqacha talaffuz qilinadi. Meni O‘zoda deb chaqirishlari yoqmagani uchun ismimni Azodaga o‘zgartirishga qaror qilganman. Toshkentga kelib, san’at yo‘lini tanlaganimdan keyin ham xuddi shu ismni saqlab qolishni istadim. Chunki o‘zbek san’atida Ozoda ismli mashhur xonanda bor.Millatim tojik, 2020-yilgacha Qozog‘istonda yashaganmiz. Ammo bolalikdan o‘zbek tili va urf-odatlariga qiziqish kuchli bo‘lgan. Shu bois O‘zbekistonda ijod qilishni taklif qilishganda, jon deb rozi bo‘lganman.

    Klipga ko‘chgan hayot

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    — Bolaligimda dadam bilan onam oilaviy kelishmovchilik sabab ajrashib ketishgan. Uchta bolani yolg‘iz tarbiyalash va boqish onamga oson kechmagan. Dadam esa yangi oila qurib, o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib ketgan. 2012-yil oilamiz uchun nihoyatda og‘ir kelgan. Onamni gap-so‘zlar, tazyiqlar ezib qo‘ygan. O‘shanda onamni hech kim eshitmagan.Onamning qiynalayotganini ko‘rib, 12 yoshimdan unga yordamlashishga harakat qilganman. Bosh farzand baribir ota-onaga ko‘makdosh bo‘larkan. Biz shahardan chekkaroq joyda yashardik. Shu bois onam bilan tong saharda turib, markazga ishlash uchun kelardik. Fastfud yeguliklari va non sotadigan yerda ishlaganmiz. Tushgacha ishlab, keyin maktabga ketardim.

    Bolaligimdagi eng katta qiyinchilik uysizlik bilan bog‘liq. Haqiqatan ham u yerda uyimiz yo‘q edi. Ijara uyda yashash oson emas. Ammo u kunlarni qiyinchilik degim kelmaydi, chunki uyimiz bo‘lmagani bilan juda baxtli edik. Onam kamtarona bo‘lsa-da, baxtli oila muhitini yaratib bergan.

    Dadam haqida ko‘p so‘rashadi. Ammo shaxsiy hayotim haqida gapirgim kelmaydi. 12 yoshimda dadamdan qattiq ranjigandim. Onamning yonini olaverganim uchun jahl ustida menga “Sendek qizim yo‘q”, degan gapni aytgan. Bu gap ko‘nglimga juda og‘ir botgan.

    Uni san’at kollejiga qabul qilishmagan

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    — Maktabni tamomlagan yilim ham Toshkentga kelganman. Estrada sirk kollejining aktyorlik bo‘limiga hujjat topshirmoqchi bo‘lganman. Ammo hujjatlarimni qabul qilishmagan.Rostini aytsam, yaqinlarim ham san’atkor bo‘lishimga qarshi bo‘lgan. Qizlar uchun eng yaxshi mutaxassislik o‘qituvchilik deyishgan. Shundan keyin Qozog‘istondagi kollejda boshlang‘ich sinf o‘qituvchiligi mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiganman. Ammo institutda o‘qishga imkonim bo‘lmagan. Lekin bir muddat maktabda o‘qituvchilik qilganman.

    Unga omad O‘zbekistonda kulib boqdi

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    — Ko‘pchilik meni tiktoker deb biladi. Ammo 2017-yil blogerlikni boshlaganimda hali tiktok yaratilmagandi. Men asosan qozoq yoshlari bilan “KVN”larda ishtirok etardim. Ijtimoiy tarmoqlar uchun ham vaynlar olardim. Qozoq tilida bo‘lgani uchun o‘zbek kuzatuvchilari ularni ko‘rmagan bo‘lishlari tabiiy hol.2019-yil komik aktrisa Shahlo Zoirovani parodiya qilib, videoni Instagram’ga joylaganman. Ana shu video sabab omadim kelgan. Instagram’da o‘zbek kuzatuvchilarim soni ortganidan keyin O‘zbekistonga taklif etishgan. Uzoq oilaviy bahsdan so‘ng 2020-yilning 16-dekabr kuni O‘zbekistonga kelganman. Oilasidan uzoqda yashash juda qiyin. O‘shanda uydagilarni ham bu yerga olib kelaman, ukam bilan singlimni o‘qitaman, deb niyat qilgandim. Niyatimga yetdim.

    Firibgarlar uyning pulini “uxlatishgan”

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    — Yuqorida ijara uyda yashaganimizni aytib o‘tdim. Onam uy sotib olishimiz uchun Janubiy Koreyaga ishlagani ketgandi. Avval ham ishlagan pullarimizni to‘plab uy olmoqchi bo‘lganmiz. Ammo firibgar onamni chuv tushurib ketgan. Katta puldan ayrilganimiz oilamiz uchun stress bo‘lgan. Xullas, 2021-yil omadli keldi. Ishlagan pullarimni to‘plab onam uchun uy sotib oldim. Onamga qo‘ng‘iroq qilib, aytganimda quvonib ketdi.

    Bloger, aktrisa va endi xonanda

    — Ilgari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qishni istardim. Hozir bunga xohishim yo‘q. O‘qimoqchiman, ammo boshqa mutaxassislikni egallash niyatidaman. Menimcha, yaxshi aktyorga shogird tushib, aktyorlik sirlarini o‘rgansa bo‘ladi. Amaliyot esa ijodkorni pishitadi. Qo‘shiq aytishga bolaligimdan qiziqaman. Ammo bu bo‘yicha ham malakamni oshirishim kerak. Hozircha qo‘shiqlarim ko‘p emas. Ammo xalq talabi bilan xizmatlarda ishtirok etyapman.

    Azodaning Ozodda ko‘ngli bormi?

    Foto: Instagram / @liil.khuramov

    Foto: Instagram / @liil.khuramov

    — “Ozod Xurramovni sevasizmi?” degan savolni ko‘p berishadi. U yigitni taniganimda ikkimizning ham Instagram'dagi obunachilarimiz deyarli “o”ga teng edi. U bilan ijtimoiy tarmoq orqali tanishganmiz. Ammo shuncha yil davomida o‘rtamizda do‘stlikdan boshqa rishta bo‘lmagan. Hayotimiz bir-biriga o‘xshab ketadi, u ham katta qiyinchiliklar bilan bugungi darajaga erishgan. Uni hurmat qilaman, nafaqat ijodi bilan balki insoniyligi bilan ham men uchun qadrli.

    Mavzuga doir: 

    • “Qaynonamga san’atkor ekanim yoqmadi”. Bloger Xonzoda eri bilan yashamayotgani, bir oylik daromadi va seriallardagi rollarni sotib olishayotgani haqida
    • 15 soniya uchun 500 dollar. O‘zbekistonlik taniqli vaynerlarning Instagram’dagi reklama narxi qancha?
    • Instagram’dagi reklamasidan eng ko‘p pul topadigan mashhurlar (foto)
    • O‘zbek shou-biznesi vakillari Instagram’dan qancha pul topadi?

    29.06.2022, 16:56   Izoh (0)   79170
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Umidaxon yangi uyli, Odina To‘xtasinova mashinali bo‘ldi, Alisher Uzoqov kumiri bilan uchrashdi, Doston Ergashev YPX xodimining to‘yida bepul xizmatda b...

    28.06.2022, 22:42

    Kinodagi karyerasini bolaligidanoq boshlagan Bollivud yulduzlari (foto)

    28.06.2022, 21:46

    “Uylanamiz”, “Dadamning soyasida” va “O‘ylamadim” — birinchi ijrosidan ko‘ra ikkinchisi omadliroq chiqqan qo‘shiqlar (video)

    28.06.2022, 15:31

    Mashhur aktyor Xyu Jekman ajoyib interyerga ega Manxettendagi uyini sotuvga qo‘ydi (foto)

    28.06.2022, 13:29

    Instagram: Turmushi jar yoqasida turgan Muqaddas Sa’dullayeva, Dilfuza Ismoilovaga Mercedes sovg‘a qilishdi, Izzat Shukurovning nikoh oqshomidan reportaj

    27.06.2022, 22:09

    Abadiy yoshlik: yoshi katta bo‘lishiga qaramay bolalar va o‘smirlar rolini o‘ynagan aktyorlar (foto)

    27.06.2022, 20:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.