Toshkent metrosining Turon (13-bekat) – Qipchoq (14-bekat) bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishining Texnopark – Qipchoq bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.
Rejali profilaktik ishlar amalga oshirish uchun 8-iyundan ikkita bekat – Turon (13-bekat) – Qipchoq (14-bekat) bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
Shu vaqtda Qipchoq–Quruvchilar–Qipchoq metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.
“Toshkent metropoliteni” DUKka ko‘ra, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yo‘nalishlarida yer usti estakadalari va bekatlari ma‘lum muddat foydalangandan so‘ng rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.
Izoh (0)