• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Halovat”. Unutilgan dardlar haqida hikoya

    Insonlar hayotidagi o‘zgarishlar, siyosiy muloqotning faollashuvi va islohotlarning ildamlashi — bu mamlakatdagi muhim va dadil qadamlarning bo‘y ko‘rsatishidir. Farovonlik sari intilish shunchaki so‘zda emas, amalda isbotlanishi kerak. Shunda qo‘yilgan har bir qadam jamiyat uchun yaxshilik keltiradi.

    Muammolar o‘z-o‘zidan hal bo‘lmaydi. Bu — katta siyosiy iroda, sa’y-harakatlar, daxldorlik tuyg‘usi va ezgu maqsadlarga intilgan shaxslar orqali amalga oshiriladi.

    “Pasportni ko‘rsating!”

    O‘sha kunlarni bugun shunchaki kulib eslaymiz: Toshkent shahrida o‘ziga xos “qonunlar” ishlardi. Ustun tomonlari ham, mashaqqatlari ham bor edi uning. Poytaxtda tirikchilik qilishga, yuqori maqsadlarga erishishga imkon ko‘proq, elektrdan muammo yo‘q, hatto benzin narxi ham hududlardagidan ancha arzon edi. Ko‘pchilik poytaxtga intilardi, tabiiyki. Shungami, shaharning o‘z tartiblari bor edi. Yoningizda doim pasport bo‘lishi kerakligini ostonasini hatlamasdanoq bilardingiz, vodiyliklar-ku, bu hujjatsiz dovondan oshib o‘ta olishmasdi.

    “Daryo” kollaji

    “Oftobda toblangan” talabalar metroga tushishdan cho‘chir, “Sobir Rahimov” avtovokzaliga kelganlar, qimmatiga bo‘lsa ham, taksidan foydalanishni “tinchroq” bilishardi. Metro — go‘yo shahar transport vositasi emas, qo‘riqlanadigan obyektga o‘xshardi. Viloyatdan kelganing sezildimi, tekshirilasan: “Pasportni ko‘rsating!”

    “No foto, No video” — xorijliklar ham Toshkentning go‘zal metrosini tasvirga olisholmasdi. Rasmlarsiz, esdaliklarsiz sayohat. Tatiganmikin?!

    Eski “Jiguli”

    Poytaxtda yuqoriroq lavozimda ishlagan kishi “qo‘limdan keladigan eng katta yordamim shu”, deya qishloqdagi qarindoshlarini Toshkent propiskasiga o‘tkazib qo‘yadi. Bu endi o‘shanda salkam “grin karta” yutgandek gap — Amerikaga bemalol borib kelgandek, Toshkentda o‘z uyingdagidek yashay olasan. Ha deganda, uchastka noziri eshigingni qoqib, jarimaga solib ketmaydi. O‘z uyingda yurak hovuchlab o‘tirmaysan, ishingdan ayrilishdan qo‘rqmaysan, bolalaringni maktab-bog‘chaga joylash uchun tanish-bilish qidirishga hojat qolmaydi.

    Lekin... Qishloqda o‘z hayoti bilan yashab yurgan, amaldor ukasi tomonidan Toshkent propiskasiga o‘tkazib qo‘ygan kishi bir kuni shikoyat qilib qoldi: Eskiroq “Jiguli” olgandim, endi unga raqam taqish uchun Toshkentga haydab borishim kerak ekan. Bu zormonda u yoqqacha yetib bora olmaydi. Yaqinlarimning nomiga rasmiylashtiray desam, aksiga olib bolalarim ham, hatto turmushga chiqib ketgan qizimgacha “toshkentlik”. Kerakmidi, shu propiska?!

    Sun’iy cheklovlarning imtiyozlari qanchalik katta bo‘lmasin, uning foydasidan zarari ko‘p bo‘laverarkan.

    “Onamizning sog‘lig‘i yomonlashdi, tez yetib kel”

    Boysundan qo‘ng‘iroq bo‘lib qoldi. Opa ukasiga yig‘lab gapirdi: “Onamizning sog‘lig‘i yomonlashdi, tez yetib kel”. Toshkentda ishlaydigan yigit noxush xabardan shoshib qoldi. Ozroq yig‘ib qo‘ygan naqd pulini yaqinda ijara uchun to‘lagan, maoshi esa to‘liq plastik kartaga tushadi. Tanishlaridan surishtirdi, ularda ham naqd yo‘q. Boysunga esa naqd pulsiz yetib bora olmaydi.

    Safarga otlanish uchun uyidan chiqdi. “Chilonzor” metrosi yaqin, o‘sha yerda supermarketga kirdi. Aravachasiga ko‘proq mahsulot solayotgan xaridorlarni kuzatdi, ming xijolatda ular oldiga borib so‘radi: “Kechirasiz, mabodo naqd pulga savdo qilmaysizmi, menda plastik karta bor edi...”

    Bir necha kishidan surishtirdi. Ularda ham naqd pul yo‘q ekan. Balki ular ham shuning uchun dehqon bozoriga emas, supermarketga tushishgandir.

    Yigit supermarketdan xomush chiqarkan, tilla do‘koniga ko‘zi tushdi. Yalt etib miyasiga bir fikr keldi: “boshqa chora yo‘q!”

    Do‘konga kirib, tilla taqinchoq sotib oldi va “Chilonzor” bozori atrofida o‘tiradigan “tillachi” ayolga ancha arzoniga, lekin naqdga sotdi. O‘sha paytda pulini naqd qilishning boshqa chorasi yo‘q edi unda.

    “MRTga tushishingiz kerak”

    Qishloqda gilos terayotgan ayol daraxtdan yig‘ilib, umurtqasidan og‘ir jarohat oldi. Shifoxonaga hushsiz holda yetkazildi. Bir oy davolanib biroz o‘ziga keldi. Ammo hali ham qo‘l-oyoqlari yaxshi ishlamaydi, og‘riq kuchli. Davolayotgan shifokor yosh bo‘lsa ham, ancha bilimli edi. Ammo uning ham qo‘li kaltaligi bor. Bir kuni bemoriga aytdi:

    — Opa, sizni davolay olaman, ammo menga MRT tashxisi kerak.
    — Nima u?
    — U apparat sizning shikastlangan nervlaringizni aniqlashga yordam beradi, faqat Toshkentda bor. O‘sha yerga borib kelishlaringiz kerak.

    Yaqinlari ayolni poytaxtga olib kelishdi. MRT (magnit-rezonans tomografiya) apparati Toshkentning faqat uch muassasasida — eski ToshMI, DXXning (sobiq MXX) markaziy harbiy gospitali va MDS-Service xususiy klinikasida bor edi.

    Surishtirishdi: ToshMIdagi apparatga navbat 3 oy deganda keladi, harbiy gospitalga kirish imkonsiz. MDS-Service klinikasida ham navbat katta. Bemorni esa tezroq tekshiruvdan o‘tkazish kerak, kutib bo‘lmaydi. Vaziyat tushuntirilgach, xususiy klinika shifokori maslahat berdi: “Kelib navbat kutib o‘tirasizlar, ro‘yxatga yozilganlardan kimdir kelmay qolsa, o‘rniga kirishingiz mumkin bo‘ladi”. Ertalabdan joyidan jilmay kutgan bemor va uning yaqinlari keyingi kun tongida MRTga tushishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu o‘sha paytda katta baxt edi.

    ***

    Bu kabi voqealarni ko‘pchilik o‘z boshidan o‘tkazgan, og‘riqlarini tanasida his etgan. Qachondir yechim topishini tasavvur qila olmagan u muammolarimizni bugun yengilgina eslab qo‘yamiz.

    Hozir cho‘ntagida pasportini qo‘ymasdan solib yurgan kishini uchratmaysiz. Metroda rasm olish tugul, to‘g‘ridan to‘g‘ri video jo‘nata olasiz. Mobil aloqasi ham, internet ham ishlaydi. Propiska so‘zi hatto qonunchilikdan butunlay “o‘chirildi”. Naqd pul kerakmi, har burchakda bankomat bor, xohla — so‘mda, xohla — dollarda ol!

    Og‘ir bemorlar qaysidir tashxis apparatiga oylab navbat kutib, o‘lim bilan olishmaydi.

    Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishni istagan yoshlar kimningdir qosh-qovog‘iga qarab o‘tirmaydi, uyidan o‘tirib onlayn topshiradi: bir emas, bir nechta OTMga! Davlat ta’lim muassasasini tanlaydimi yoki xususiyni — ixtiyor o‘zida. Biliming va intilishing bo‘lsa, Garvard universiteti eshiklari-da ochiq senga!

    Bugun aholi o‘ziga nisbatan ham, hukumatga nisbatan ham talabchan. Bu ijobiy holat, albatta. Biroq bu talab — bizni behalovatlik, darg‘azablikka yetaklamasligi yoki mol-dunyo uchun musobaqalashishga burib yubormasligi kerak. Har qanday muammoga yechim topiladi. Avval bizni qiynab kelgan masalalar bugun unut bo‘lgani kabi, bugungi muammolarimiz ertaga albatta hal bo‘ladi.

    Qolaversa, halovat — buyuk ne’mat. Halovatini yo‘qotgan insonga hech narsa tatimaydi. Undagi bu kayfiyat atrofdagilarga, jamiyatga, hatto bolalarga yuqadi. Faqat negativ o‘y-fikrlar bilan yashab bo‘lmaydi, bu avvalo, uning o‘zini adoyi tamom qiladi. Farovon mamlakatlarda odamlarning eng katta boyligi — xotirjamlik va hayotdan mamnunlik. Axir tiriklikning mazmuni ham shu!

    Lutfulla Tursunov

    4 mart, 16:55   Izoh (0)   2905
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    4 mart, 16:13

    Toshkent viloyatidagi bog‘chada tarbiyachi bolalarning qulog‘idan tortib, bir necha marotaba urdi (video)

    4 mart, 16:00

    Toshkent va Yangiyo‘l o‘rtasida sarson fuqaro. Mas’ullar aybni bir-biriga to‘nkamoqda

    4 mart, 15:50

    “Bu juda og‘riqli holat va bu so‘zni aytishga ham qiynalyapman”. Yangihayot hokimi o‘rinbosari tumanda fohishalikka qarshi kurash haqida

    4 mart, 14:43

    Gruziya bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

    4 mart, 14:12

    O‘zbekistonda qurilish maydonida havoga chang ko‘tarilishini bartaraf etmaganlar endi jarimaga tortiladi

    4 mart, 13:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan munosabat bildirildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 09:45

    “Meni televideniyega chiqarilmasin, degan topshiriqni kim berganini bilmayman” — xonanda Xurshid Rasulov “zapret”ga tushgani haqida

    Musiqa | 28 iyun, 09:04

    Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 08:33

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.