Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlaridan birining eshigi ochilmadi mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent metropoliteni matbuot xizmati izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, 24-may soat 17:50 larda “Abdulla Qodiriy” bekatiga kirib kelgan 63-sonli harakat tarkibining vagon eshiklaridan biri ochilmagan. Shundan so‘ng harakat tarkibi “Bodomzor” bekatiga yetib kelganida mashinist tomonidan tekshirilganda, vagon eshigining ariqchasiga uning ochilishiga to‘sqinlik qiluvchi kichik buyum tiqilib qolgani aniqlangan.
Ushbu buyum eshik yo‘lagidan olib tashlangan va yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilgan.
“Hozirgi vaqtda ushbu harakat tarkibi soz holatda harakatlanmoqda”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)