Toshkentda metro poyezdi yo‘lovchilar hayotini xavfga qo‘yib, ochiq eshik bilan harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Metropoliten ma’muriyati holat yuzasidan izoh berdi.
Unda aytilishicha,1-fevral kuni soat 08:55 lar atrofida “Paxtakor” bekatidan harakatlangan 6-sonli harakat tarkibining vagon eshiklaridan birida nosozlik kuzatilgan.
Shu sababli harakat tarkibi keyingi bekatga yetib kelib, mashinist tomonidan tekshirilganda vagon eshigining ariqchasiga yo‘lovchilardan birining ruchkasi tushib qolgani aniqlangan va bu vagon eshiklari yopilishiga to‘sqinlik qilgan.
Hozirgi vaqtda ushbu harakat tarkibi soz holatda faoliyatini davom ettirmoqda.
Izoh (0)