Portugaliya terma jamoasi hamda “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ishtirok etmasligini tasdiqladi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano futbolchining so‘zlariga tayanib xabar berdi.

Ronaldu ko‘p takliflarga qaramay, mundialda qatnashmaslikka qaror qilganini aytgan.
“Muzokaralar, takliflar bo‘ldi... Lekin yakuniy qaror men tomonimdan qabul qilindi. Biz qisqa, o‘rta va uzoq muddatlarga ega bo‘lgan qarorni qabul qilishimiz kerak”, degan Ronaldu.
Maʼlumot uchun, klublar o‘rtasidagi JCH 15-iyundan 13-iyulga qadar o‘tkaziladi.
Izoh (0)