• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ravshan Ermatov: Orzuim — O‘zbekiston terma jamoasini JCh-2018’da ko‘rish

    12-may kuni Qozog‘iston va Burkina-Faso o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini boshqargan Ravshan Ermatov o‘yin oldidan qozog‘istonlik jurnalistlar bilan suhbatda bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Intervyu davomida Ermatov o‘yinlarni boshqarishda ularni toifalarga ajratmasligi, bahsli vaziyatlarda video-takrorlardan foydalanishga va mashhurlikka munosabati hamda orzusi haqidagi mavzularga to‘xtalib o‘tdi. Suhbat avvalida Ermatov bu uning uchun Qozog‘istonga ikkinchi tashrifi ekani, avvlroq Qozog‘iston-Ummon uchrashuvini boshqarganini eslab o‘tdi.

    “Biz hakamlarning ish grafigimiz juda tig‘iz. Masalan, men O‘zbekiston chempionati o‘yinlaridan tashqari FIFA va OFK tashkil etadigan uchrashuvlarni ham boshqaraman. Tez-tez xalqaro seminarlarda ishtirok etaman. Yana Qozog‘istonga tashrif buyurganimdan xursandman. Bu yerda ko‘plab do‘stlarim bor. O‘yin bahona ular bilan ham uchrashdik” – deydi Ermatov.

    O‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlarida ishlashning farqlari haqida gapirar ekan Ermatov o‘yinlarni toifalarga ajratmasligini aytib o‘tdi.

    “Hakamlar o‘yinlarni toifalarga ajratmasligi kerak. O‘rtoqlik uchrashuvimi, rasmiymi, buning ahamiyati yo‘q. Har bir o‘yinga o‘z kasbiga nisbatan talabchan va professional tarzda yondashish lozim. Shaxsan men shunday deb o‘ylayman va shu aqidaga amal qilaman. O‘zi boshqargan o‘yinga e’tiborsizlik bilan qarab, buning oqibatida muammolarga duch kelgan hakamlarni ko‘rganman. Shundan o‘zim uchun xulosa chiqarib, hamkasblarimning xatosini takrorlamaslikka harakat qilaman”.

    “Hamisha o‘z ustimda ishlayman. Futbol qanday tezlikda rivojlanayotganini ko‘ryapsiz. Tabiiykai biz hakamlar ham mos ravishda, zamon bilan hamnafas bo‘lishimiz kerak”.

    37 yoshli o‘zbekistonlik hakam mamlakatdagi hakamlik maktabi, Yevropa hakamlaridan kimga havas qilishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

    “Bilasizmi, o‘zbek hakamlik maktabi barcha davrlarda ham kuchli bo‘lgan. Bundan 10 yildan oshiqroq vaqt muqaddam O‘zbekistonga ko‘plab yevropalik instruktorlar taklif etilib, ular ishtirokida yosh hakamlarga xalqaro seminarlar tashkil qilingandi. Shuningdek, o‘zimda ham turli xalqaro seminarlarda ishtirok etish va tajribamni oshirib borish imkoniyatlari ko‘p bo‘ldi. 2003-yil FIFA referisi bo‘ldim. Yodingizda bo‘lsa, 2002-yilda bo‘lib o‘tgan Jahon Chemponati finalini Pyerluijji Kollina boshqargandi. O‘shanda men italiyalik mashhur hakamning o‘yinni boshqarish uslubini diqqat bilan o‘rgangandim. Maydonda turli xarakterga ega 22 nafar yulduz futbolchi o‘ynayotganiga qaramay, Kollina o‘zini menejerdek tutardi. U yulduzlarni qanday boshqarishni yaxshi bilardi. Maydonda shunday muhitni yaratib olardiki, futbolchilar uni chinakamiga hurmat qilishardi”.

    Futbolda yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarda video-takrorlardan foydalanish haqidagi savolga ham o‘z munosabatini bildirdi.

    “Futbol dunyoda birinchi raqamli sport turi. Uni millionlab emas, milliardlab insonlar tomosha qilmoqda. Xokkeyga o‘xshab o‘yin davomida video-takrorlarni tomosha qilishga vaqt sarflash futbolga xos emas. Bunday yangilikka qo‘l urilgan taqdirda, futbol o‘z jozibasini yo‘qotib qo‘yishi hech gap emas. Futbol xatolardan iborat. Murabbiylar, futbolchilar singari hakamlar ham xatolarga yo‘l qo‘yadi. Xatodan hech kim kafolatlanmagan. Hatto Messi va Ronaldu ham xatodan holi emas. Masalan bir o‘yinda 40 ta qoida buzilishi qayd etilsa, shundan 2-3 tasida hakam o‘zi istamagan holda noto‘g‘ri qaror chiqarishi tayin. Bu yuqori tezlikdagi katta futbol uchun normal holat, deb o‘ylayman. To‘p 50 metr masofaga ikki soniyada yetib boradi. Hakam ana shu tezlikka monand qaror qabul qilishi kerak. Aytib o‘tganimdek, futbol bugun juda tezlashib ketdi. O‘ylashimcha, futbolga aloqador har bir inson bir-birining mehnatini qadrlamog‘i lozim”, - deydi Ermatov.

    Jurnalistlar 2010-yildagi Jahon Chempionati, undagi ochilish uchrashuvi va boshqa muhim o‘yinlarni boshqarib borganidan keyin Ermatovning juda mashhur insonga aylanganini ta’kidlashgach, u mashxurlikka munosabati haqida ham gapirib o‘tdi.

    “Men bu holatga xotirjam yondashaman. O‘zimni yulduz deb hisoblamayman. Shunchaki o‘z ishimni bajaryapman. Balki shuning uchun natijalarim ijobiy bo‘lsa kerak. Dastxat so‘raydiganlarga hech qachon rad javobini bermayman. Menda yulduzlik kasali yo‘q”.

    “Ha, bu yerda ham ko‘pchilik dastxat so‘radi. Nafaqat bu yerda, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarida meni tanib qolib, dastxat so‘rashyapti. Yaqinda Yaponiyada bo‘lganimda ham shunday holat ro‘y berdi. Yer osti yo‘lidan o‘tayotganimda bir kishi ancha joygacha kuzatib bordi. Keyin yaqin kelib, men bilan suhbatlashdi. O‘zbekiston haqida so‘radi va yakunda esdalik uchun suratga tushdi. London metrosida ham shunga o‘xshash voqea bo‘lgandi”.

    Suhbat davomida O‘zbekistonda bolalar futboliga qaratilayotgan e’tibor, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari Jahon Chempionatlarida ishtirok etayotgani va milliy terma jamoaning istiqboli haqida ham mavzu ko‘tarildi.

    “Shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga e’tibor qaratilyapti va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilyapti. Klublar qoshida zamonaviy akademiyalar faoliyat ko‘rsatyapti. Biz barchamiz milliy terma jamoamizning ham Jahon Chempionatida ishtirok etishini xohlaymiz. Lekin hozircha biroz omad etishmayapti. Ayniqsa so‘nggi mundialdan bizni faqat to‘plar nisbatigina ayirdi.  Terma jamoamizni afsonaviy futbolchimiz Mirjalol Qosimov boshqarib boryapti. Shaxsan men bu murabbiyning terma jamoamizni Jahon Chempionati-2018ga olib chiqishiga ishonaman”.

    “Orzuim? 2018-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishlashni istayman. Buning uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. Tabiiyki, bu mundialga O‘zbekiston milliy terma jamoasining ham borishini xohlayman”.

    14.05.2015, 15:25   Izoh (0)   3135
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Belarusdagi xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik bokschilar 2 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi

    14.05.2015, 12:30

    Karlo Anchelotti ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

    14.05.2015, 08:13

    “Yuventus” Madridda “Real” bilan durang o‘ynadi va finalga yo‘l oldi

    14.05.2015, 08:09

    UEFA Yevro-2016 chiptalarini qo‘ldan qo‘lga sotishga rasman ruxsat berdi

    13.05.2015, 23:54

    FIFA va UEFA Ispaniyani xalqaro musobaqalardan chetlashtirishi mumkinligi haqida so‘nggi marta ogohlantirdi

    13.05.2015, 23:14

    Javohir Sindorov Tailandda shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

    13.05.2015, 08:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abbosbek Fayzullayev — “Bashakshehir” futbolchisi — manba

    Sport | 21 iyul, 14:02

    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

    Reklama | 21 iyul, 13:39

    Ilhom Aliyev: “Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan”

    O‘zbekiston | 21 iyul, 13:58

    “Superbakteriyalar millionlab odamlar o‘limiga sabab bo‘ladi” — ekspertlar

    Dunyo | 21 iyul, 13:50

    “Daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat” — Milliy tiklanish partiyasi raisi o‘rinbosari pivo festivaliga keskin munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 13:39

    Instagram: Turmushga chiqayotgan Maryam Tillayeva, nabirali bo‘lgan Ra’no Zokirova, Yulduz Turdiyeva oilasida judolik

    Madaniyat | 21 iyul, 13:38

    Pokiston va Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 13:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.