• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Real” navbatdagi afsonasiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi. Serxio Ramos va Florentino Peres o‘rtasidagi uzoq yillik “urush” haqida

    “Real” Serxio Ramosning ketayotganini rasman e’lon qildi. Mana shunday yakunni barcha kutgan edi, chunki sardor barcha shartnomalarni rad etdi va hattoki Peresga Messi bilan o‘ynash uchun “PSJ”ga ketishga va’da berdi.

    Albatta, bu amalga oshishi qiyin bo‘lgan narsa, lekin Ramos Madridni tark etayotgani haqiqat. “Real” Peres sababli sardoridan ayrildi. Oxirgi yillarda ular o‘rtasidagi munosabat juda qaltis bo‘lib qolgan edi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Qishda himoyachining Madridni tark etishi haqidagi xabarlar chiqdi. O‘zi umuman bularning barchasi qachon boshlangandi?

    Peres “Real” afsonalari bilan kelishib yashay olmaydi

    Florentino Peresning og‘riqli nuqtalaridan biri — doimiy hokimiyatga tashna bo‘lib turishidir.

    Peres super yulduzlarni xarid qilishni xush ko‘radi. U “Real”ga kelib, bu yerda to‘p surib, ishlari tugagach MLSga ketadigan futbolchilarni to‘g‘ri tushunadi. Lekin yulduzlarning “Real”da uzoq ushlanib qolishi Florentinoga yoqmaydi va iloji boricha undan qutulishga urinadi.

    Qayg‘uli fakt — Peres davrida faqatgina Zidan “Real”da faoliyatini yakunlagan.
    • Argentinalik futbolchi Fernando Redondo Peres prezidentligining birinchi transfer oynasidayoq “Real”ni tark etgandi. Afsona (6 yil “Madrid” sharafini himoya qilgan) prezidentga kerak emasligini ochiqchasiga tan olgan. Ispan nashrlari esa Peres Figuni sotib olish uchun Redondodan voz kechganini yozgandi.
    • Fernando Yerro Florentino Peresning transfer siyosatini jiddiy tanqid qilgandi: “Siz uchun futbolchilar aksiyalar bilan barobar”. 2002/03-yilgi mavsum so‘ngida 14 yil “Real”da o‘ynagan sardor yangi shartnoma taklif qilinmagani uchun Madridni tark etadi.
    • Mourinyo rejimining asosiy qurboni — Iker Kasilyas: futbolchi kiyim almashtirish xonasidagi xabarlarni tashqariga chiqarganlikda ayblangan (haligacha bu rostmi-yo‘qmi hech kim bilmaydi) va zaxira o‘rindig‘iga mixlab qo‘yilgandi. Darvozabon 2 yil zaxirada qolib ketdi, bu vaqtda Peres biror marta uni himoya qilmadi. Florentino allaqachon undan qutulmoqchi ekanligi haqidagi mish-mishlar ko‘paydi. Peres turli davrlarda Buffon va de Xeani sotib olishni istagan.
    • Ronaldu “Yuventus”ga o‘tdi va darhol Peresni aybladi: “Prezidentning men bilan munosabatlari o‘zgargandi. U men bilan dastlabki 5 yildagidek muomala qilmasdi. Men endi almashtirib bo‘lmas futbolchi emasdek tuyulardim. Shuning uchun ketish haqida o‘yladim”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu ro‘yxatga Raul (u jarohati sabab jamoadan ketishga majbur bo‘ldi) va Zidan (u 34 yoshida faoliyatini Madridda tugatgan) kirmay qoldi. 2002-yildayoq Peres bilan Raulning munosabatlari orasiga sovuqchilik tushgandi. UEFA Superkubogi oldidan ispaniyalik hujumchi prezident Fernando Moryentesni sotmoqchi ekanligini (Ronaldoni sotib olish maqsadida) bilib qoldi. Moryentes Raulning eng yaqin do‘sti edi. Shuning uchun Raul va Yerro Moryentes uchun kurashdi.

    Peresning Modrich bilan muammolari yo‘qligi hayratlanardi. Xorvat ham super yulduz va 9 yildan buyon “Real”da. Lekin prezident bilan munosabatlari yaxshi va yangi shartnomaga imzo chekishga tayyor.

    Ramos (Ronaldu bilan teng) — “Real”ning so‘nggi 10 yillikdagi eng asosiy futbolchilaridan biri. Mana shu Peres bilan munosabatlari yomonlashishiga sabab bo‘ldi.

    Birinchi muammolar Mourinyo sabab paydo bo‘ldi. Ramos Jozening iste’fosini atayin uyushtirdi va hokimiyat uning qo‘lida ekanligini bildirib qo‘ymoqchi bo‘ldi

    Avvallari Ramos va Peresning munosabatlari yaxshi edi.

    2004-yilda “Real”ning yangi texnik direktori Arrigo Sakki faxriy legionerlardan voz kechish payti kelganini aytdi. Bu paytda esa 18 yoshli Ramos, “Sevilya”ning o‘ng qanot himoyachisi, “Real” darvozasiga jarima zarbasidan gol urdi va Peresning e’tiboriga tushdi. Peres Serxioni o‘z uslubida xarid qildi: Ramosning shartnomada ko‘rsatilgan tovon pulini (27 million yevro) “Sevilya”ga to‘ladi va futbolchini xarid qildi.

    Ramos “Real”ga qaymoqrangli kostyumda tashrif buyurdi va darhol Peresning hurmatiga sazovor bo‘ldi: “Serxio ajoyib yigit. Kun kelib u sardor bo‘lishiga ishonaman. “Real”da ispaniyalik futbolchilar ko‘proq bo‘lishi lozim”. Oradan bir yil o‘tib Florentino “Real”dan ketdi va 2009-yilda qaytib keldi. Shundan so‘ng dastlabki muammolar paydo bo‘la boshladi.

    Ramos Joze Mourinyo sabab o‘z xarakterini namoyish qildi. Joze “Real”ning kiyim almashtirish xonasini psixologik jang qilishga tayyor askarlar armiyasiga aylantirib yubordi: “Real” va “Barsa” futbolchilari o‘rtasidagi nizolarga sabab bo‘ldi, Kasilyasni ma’lumotlarni tashqariga chiqarganlikda aybladi.

    Foto: AS

    Foto: AS

    2013-yilda “Real”ning yetakchi futbolchilari Peres bilan uchrashdi va ultimatum qo‘ydi, deb yozadi Marca. Hal qiluvchi so‘zni Ramos aytdi: “Florentino, iyun oyida yo biz qolamiz, yo Mourinyo”.

    Yozda Joze “Real” bilan xayrlashdi. Yetakchilarning ultimatumi sabab bo‘lganmi, yo‘qmi, aniq emas. Chunki o‘sha mavsumda “Real” sovrinlarsiz qolgandi.

    Mourinyo ketish oldi Peresga Kasilyas va Ramosni jamoadan haydash kerakligini maslahat bergan, deb yozadi Marca. “Ular juda katta hokimiyatga ega. Siz uchun juda ko‘p muammolar tug‘diradi”, — degandi Joze.

    Keyingi bir yarim yilda Peres Joze haq ekanligini tushunib yetdi. Kasilyasni bir amallab to‘xtatib qoldi, lekin Ramosning ta’sir doirasi kengayib borardi.

    Avvaliga, u Joze o‘rniga Antonio Konte kelishiga qarshilik qildi. Bu esa Peresga yoqmadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2014-yil may oyida Ramos Chempionlar Ligasi finalida “Atletiko” darvozasiga 93-daqiqada gol urdi. “Real” o‘ninchi YChL sovrinini qo‘lga kiritdi. Serxio yangi shartnomani kutardi. Lekin Peres jim turishni ma’qul ko‘rdi va kelasi mavsumda Ramos noroziligini bildirdi: fevral oyidagi “Atletiko”ga qarshi o‘yindagi 4:0 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Karlo Anchelottini himoya qilib chiqdi (Peres uni iste’foga chiqarmoqchi edi). Peresning jamoaviy yig‘ilishiga Ramos bormadi. Rasmiy manbalarda Serxio fizioterapevt bilan birga sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni hal qilyapti, deb yozilgan bo‘lsa-da, Peresning bundan jahli chiqqan.

    2015-yilda Ramos “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkin edi. Peres esa mediaurush tashkil qildi va himoyachining “Barsa”ga o‘tayapti degan gapni tarqatdi

    2015-yil may oyida Ramos yangi shartnoma taklif qilinmagach, “Manchester Yunayted”dan kelgan taklifni ko‘rib chiqmoqchi edi. Mankunianliklar van Gal uchun yangi jamoa tashkil qilayotgandi va transferlar uchun katta pul ajratgan edi. Ramosga yiliga 10 million yevro taklif qildi (Serxio “Real”da 6-7 million olardi). “Real” direktori Xose Anxel Sanches Ramos bilan qisqa suhbat o‘tkazdi. Prezident esa himoyachining ketish istagi borligini eshitdi va unga qo‘ng‘iroq qildi.

    “Suhbat juda asabiy tarzda bo‘lib o‘tdi. Peres Serxioni qo‘yib yubormasligini aytdi. Undan tashqari himoyachi ketish qarorini ommaviy e’lon qilmasligini so‘radi. Bu muxlislar bilan munosabatni yomonlashtirishi haqida ogohlantirdi”, — deb aytadi The Guardian eksperti Sid Lou.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Muammo shunda ediki, aynan 2015-yil yozida Peres Ramosni yo‘qotishi kerak emasdi. O‘sha yili Kasilyas jamoani tark etgandi. Og‘riqlarni bosish uchun Serxio yangi sardor va yetakchiga aylanishi zarur edi. Iker bilan xayrlashuv marosimida ham muxlislar “Ramos sotilmaydi” deb hayqirardi. Ramosning sotilishi unga qarshi zarba bo‘lishini Peres tushunib yetdi.

    Ko‘pchilik Madrid nashrlari “Real”ni qo‘llab-quvvatlaydi deb hisoblaydi. Lekin ba’zi nashrlar unday emas. Masalan, Marca oz bo‘lsa ham neytrallikni saqlaydi. AS esa asosan futbolchilar tomonida bo‘ladi — Ramos va Kasilyasning Mourinyo bilan nizolarida futbolchilarning tarafini olgandi.

    2015-yilda Madridning La Razon gazetasi Serxioga diqqatini qaratdi. Bu nashr Peresga juda yaqinligi haqida gap-so‘zlar yurardi. Iyulda chiqqan sonlarning birida sotqinlik haqidagi maqola bor edi:

    “Ramos Chempionlar Ligasi sovrinini “Real”ga olib bergan futbolchi sifatida tarixda qoladi. Lekin odamlar uni bir necha yevro evaziga o‘zini auksionga qo‘ygan inson sifatida ham eslaydi”.

    “Barselona” prezidentligiga nomzod Xordi Mayo Ramosni “saylovoldi aktiv” sifatida ishlatishni taklif qilishganini aytib o‘tdi (ya’ni Xordi prezident bo‘lsa, Ramos “Barselona”ga o‘tadi). Eng qizig‘i, Ramos variantini Mayo tanimaydigan uchinchi shaxslar taklif qilayotgandi. AS’ning yozishicha, bu shunchaki Madrid jamoasi tomonidan Ramosga o‘tkazilgan bosim bo‘lishi mumkin.

    Serxio va uning vakili bo‘lgan akasi Remi Ramos xotirjamlik bilan javob berdi. “Men “Real”ning qarorini kutyapman. Florentino Peres mening pozitsiyamni juda yaxshi biladi”, — dedi Serxio Sky Sports’ga bergan intervyusida.

    “O‘ylaymanki, Ramosning transferiga oid jarayonlar davom etadi”, — aytgan edi iyul oyida van Gal. Butun yoz ziddiyat davom etdi va bu avgust oyida Ramosning “Real” bilan shartnomaga imzo chekishi bilan yakun topdi. Himoyachi yiliga 12 million yevro oladigan bo‘ldi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Peres Ramosni olib qoldi, lekin munosabatlarga sovuqchilik tushdi. Shartnoma imzolash marosimida Serxio quyidagi gaplarni aytgandi.

    “Yangi shartnomani uzoq vaqt kutishimga to‘g‘ri keldi, lekin men qalban “Real” bilan edim. Men faoliyatimni shu yerda tugatmoqchiman, albatta, prezident qarshi bo‘lmasa”, — degan edi.

    2019-yilda yangi nizo kelib chiqdi: Ramos va Peres Chempionlar Ligasidagi mag‘lubiyatdan so‘ng kiyim almashtirish xonasida janjallashib ketdi

    2018-yilda Ronalduning ketishi Peres va Ramos o‘rtasidagi munosabatni yanada sovuqlashtirdi. Peres afsonalar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmasligiga Ramos yana bir bor amin bo‘ldi. 2018/19-yilgi mavsum davomida munosabatlar ziddiyati davom etdi.

    Ramos 2018-yilgi mundialdan keyin o‘zi uchun uzoq muddatli ta’til e’lon qildi. Lopetegi ruxsat berdi, lekin Peresga bu narsa yoqmadi.

    Serxioni ta’tilda ko‘ngilsiz yangilik kutib turardi. Peres yolg‘on gapirgandi: Ronalduning o‘rniga yangi superyulduz xarid qilinmadi. Jamoa yangi mavsumni Benzema, Beyl va Asensio uchligi bilan boshlashini ma’lum qildi. Serxio o‘zini aldangan his qildi.

    2019-yil mart oyi oxirida sardor va prezident o‘rtasidagi ziddiyat juda katta ekanligi oydinlashdi. Chempionlar Ligasi nimchorak finalida “Real” Amsterdamda “Ayaks”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. 89-daqiqada Ramos sariq kartochka oldi (ushbu musobaqada 3-sariq) va Madridda bo‘ladigan javob o‘yinida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ispaniyada bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida amsterdamliklar “Real”ni 1:4 hisobida tor-mor qildi. Peres futbolchilarni mas’uliyatsizlikda aybladi. Ramos esa Peresning transfer siyosatini tanqid qildi. Ronalduning o‘rniga futbolchi sotib olinmaganini ham aytib o‘tdi. Peres bunga javoban: “Sen bo‘shatilding”, — deb aytdi. Ramos ham jim o‘tirmadi: “Maoshimni bering, men ketaman. Bu jamoa uchun borimni berdim. Bu rangni himoya qildim, klubni ham, hatto, sizni ham”.

    Vaziyat jiddiylashib borardi. Marca’ning xabariga ko‘ra, Ramos prezident bilan gaplashmay qo‘ygan. U “Real”dan ketishni istardi, qo‘lida Xitoy jamoasidan kelgan yaxshi maoshli taklif ham bor edi. Ammo xitoyliklar futbolchining tovon pulini to‘lashni istamadi, Peres esa Ramosni tekinga qo‘yib yubormadi. Ispaniya radiostansiyasi Cadena SER prezident bilan sardorning dialogini e’lon qildi.

    “Tekinga ketish? Sen ketsang, men yangi himoyachi olishim kerak. Bu arzonga tushmaydi”, — aytdi Peres. “Siz Ronaldu ketganida ham shunaqa degan edingiz. Uning o‘rniga hech kim olib kelinmadi”, — javob berdi Ramos.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Iyun oyida ikkala tomon tasodifan kelishib oldi. Peres sardor haqida iliq fikrlar bildirdi:

    “Hozir eng katta shartnoma Ramosda. U — sardor, eng yaxshi futbolchi va bunga loyiq. Ramosni xuddi o‘g‘limdek yaxshi ko‘raman”.

    Oradan bir yarim yil o‘tib, bu mehr soxta ekani bilindi.

    Serxio Ramos “Real Madrid”da 16 mavsum ishtirok etib, 641 o‘yinda maydonga tushgan. Unda himoyachi 101 ta gol va 40 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

    Serxio “Qirollik klubi” bilan birga 5 ta La Liga, 4 ta Chempionlar Ligasi, 2 ta Ispaniya Kubogi, 4 ta Klublar o‘rtasidagi JCh, 4 ta Ispaniya Superkubogi va 3 ta UEFA Superkubogi (umumiy hisobda 22 ta sovrin) sohibiga aylangan.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    17.06.2021, 15:12   Izoh (0)   27391
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muxlislar tomonidan so‘roqqa tutilgan Abramovning yordamchisi, jangidan 3 kun o‘tib uylangan Shohjahon Ergashev va Yevro—2020 pley-off bosqichiga yo‘l olgan Italiy...

    17.06.2021, 09:01

    Yevro—2020. Italiya Shveysariyani tor-mor keltirib, guruhdan chiqish masalasini hal etdi

    17.06.2021, 01:58

    Rasman: Serxio Ramos “Real”dan ketdi

    17.06.2021, 00:49

    “Saloh — Allohning in’omi”. Nagrig qishlog‘idan bo‘lgan bolakayning futbol cho‘qqisiga qadar bosib o‘tgan yo‘li

    16.06.2021, 23:59

    Yevro—2020. 1-tur yakunlari va guruhlardagi holat

    16.06.2021, 23:14

    Yevro—2020. Beyl penaltidan gol urolmagan o‘yinda Uels Turkiyadan ustun keldi

    16.06.2021, 22:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.