• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Eng ayyor o‘yinchi, o‘zbek futboliga to‘g‘ri kelmagan Kuper va “yangi Shomurodovlar” haqida — Ravshan Ermatov bilan katta intervyu

    O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti va yaqin o‘tmishning eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov Rossiyaning “Sport-Ekspress” nashriga katta intervyu berdi. Ermatov unda hakamlik faoliyati, Jahon Chempionatlari, O‘FAdagi faoliyati, terma jamoa, futbolchilar va boshqa ko‘plab mavzularda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Daryo” mazkur intervyuni o‘quvchilar uchun o‘zbek tilida taqdim etadi.

    Ravshan Ermatov to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi hisoblangan Jahon Chempionatida uch marta hakam sifatida faoliyat yuritgan: JAR—2010, Braziliya—2014 va Rossiya—2018 da. JARda o‘tgan mundialda mezbonlar va Meksika o‘rtasida kechgan o‘sha mashhur ochilish o‘yinidan boshlanib, yarim final doirasidagi Urugvay — Niderlandiya bahsi bilan yakunlangan beshta uchrashuvni boshqargan. Bitta musobaqa davomida faqat ikki hakam bunday natijaga erishgan.

    Ermatovning mundiallardagi 11 uchrashuvi hakamlar uchun barcha davrlarning eng yaxshi natijasi hisoblanadi. Shuningdek, uning hisobida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkita finali va Osiyo Kubogi hal qiluvchi o‘yini ham bor.

    Foto: “Sport-Ekspress”

    Foto: “Sport-Ekspress”

    “Maqsadim Jahon Chempionati deganimda, ba’zilar meni aqldan ozgan deb o‘ylagandi”

    — Hakamlikni sog‘indingizmi?

    — Albatta, o‘zimni bag‘ishlagan sevimli ishimni sog‘indim. 18 yoshgacha futbol o‘ynaganman, keyin jiddiy jarohat olib, boshqa ish qilish kerakligini tushunganman. Yordamchi murabbiy bo‘lib ishlaganimda tasodifan bir o‘yinni boshqarib berishni so‘rashdi. O‘shanda uchta JChda ishlashimni tasavvur ham qila olmasdim. Lekin o‘z ustimda ishlashni boshladim, qoidalarni  o‘rgandim, o‘sishga erishayotganimni his qilganimda, maqsadim mundial ekanligini aytdim. O‘shanda ba’zilar meni aqldan ozgan deb o‘ylagandi.

    — Qaysi vaqtda Jahon Chempionatida ishlash mumkinligiga ishonchingiz komil bo‘ldi?

    — 2000-yillarning boshlarida. 1997-yilda hakamlik bilan yaqindan shug‘ullana boshladim va bir necha yil o‘tgach, o‘zimga ishonch paydo bo‘ldi. Chet tillarini o‘rganishni boshladim, chunki busiz hech narsa qilib bo‘lmasdi. Kattaroq hamkasblarimga Jahon Chempionatida hakamlik qilishimni aytdim. Hech kimdan kam emasmiz, nega bunday turnirlarni orzu qilmasligimiz kerak? 2002-yilda Koreya va Yaponiyada bo‘lib o‘tgan musobaqada hakamlar ishini diqqat bilan kuzatib bordim va bu ishni uddalay olaman degan his paydo bo‘ldi.

    Jahon Chempionatida va O‘zbekistonda hakamlik qilish bir-biridan tubdan farq qiladi degan tuyg‘u yo‘q edi. 2003-yilda FIFA referisi bo‘ldim, 2010-yilda esa JARda bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatiga bordim. O‘zimni uzoq vaqt parvozga tayyorgarlik ko‘rgan va nihoyat orzusini ro‘yobga chiqargan astronavtdek his qilardim. Keyin yana ikkita chempionatda ishladim. Bularning barchasini boshdan kechirganingizda, kasbda nimadir tugallanmagan deb o‘ylash noshukurlik bo‘ladi.

    — Shunga qaramay, JCh—2022 da ishlash istagingiz bo‘lmaganiga ishonmayman. Bunga har tomonlama to‘g‘ri kelardingiz. Buning ustiga tarixda hech kim to‘rtta JChda hakamlik qilmagan.

    — Ha, Rossiyada bo‘lib o‘tgan musobaqadan so‘ng oldimda navbatdagi maqsad: Qatar—2022 turgandi. Yoshim va tajribam borasida muammo yo‘q edi. Tayyorgarlikni 2019-yilda Osiyo chempionatida final bilan qo‘shib hisoblaganda beshta o‘yinni boshqarish bilan boshlagandim. Agar Osiyoda birinchi raqamli bo‘lsang, albatta, Jahon Chempionatiga chiqasan. O‘sha turnir bilan JCh—2022 litsenziyasini amalda qo‘lga kiritib bo‘lgandim, shunchaki saviyani saqlab qolishim kerak edi.

    Ammo keyin o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shish taklifi bo‘ldi. Bu katta mas’uliyat edi. Vatanparvarligimni hisobga olib, qaror qabul qilish qiyin kechdi. Tarozining bir tomonida faoliyatim va navbatdagi Jahon Chempionati, ikkinchisida esa ko‘p ishlar qilinishi kerak bo‘lgan o‘zbek futboli rivoji yotardi. Vatanga muhabbat shaxsiy vazifalardan ustun keldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    — Bu ikki rolni bir vaqtda olib borib bo‘lmasmidi?

    — Yo‘q. Agar siz milliy futbol federatsiyasida ishlasangiz, xalqaro o‘yinlarda qatnasha olmaysiz, chunki bu manfaatlar to‘qnashuvidir. Avvaliga buni qilish mumkin deb o‘ylagandim, afsuski, ilojsiz. Avvaliga kamida bir marta Jahon Chempionatiga chiqish va u yerda kamida bitta o‘yin o‘tkazishni maqsad qilganimni esladim. Orzularim ushaldi — 3 ta chempionat va 11 ta uchrashuv. Klublar o‘rtasidagi JCh, turli yosh toifasidagi xalqaro musobaqalar, London Olimpiadasi va Osiyo chempionatlarini ham qo‘shib hisoblasa, FIFAning 16 ta turnirida ishlaganman.

    — Aytishlaricha, yaqinda sizni Viktor Kashshai o‘rniga Rossiya hakamlik korpusi rahbarligiga taklif qilishgan.

    — Ha, shunday gap-so‘zlar bo‘lgandi, lekin assotsiatsiyada ish boshlaganim uchun ularni ko‘rib chiqmadim. Xorijdan bir nechta takliflar bo‘lgandi, lekin bu vatanimga nisbatan noto‘g‘ri ish bo‘lardi.

    “Hakam o‘yin qahramoni bo‘lmasligi kerak”

    — Jahon chempionati final bosqichining 11 ta o‘yinida na penalti belgilagansiz va na qizil kartochka ko‘rsatgansiz.

    — Futbolchilarga o‘ynashga qo‘yib berardim va doimo to‘g‘ri ishlashga harakat qilganman. Markazda hushtak chalgan narsamga jarima maydonchasida ham chalardim. Yengil qoidabuzarliklarga deyarli hech qayerda e’tibor bermasdim.

    — Qarorlaringizning to‘g‘riligi va JChlarda ko‘p o‘yinlarni boshqarganligingiz o‘rtasida bog‘liqlik ko‘rasizmi? Shikoyatlar ham bo‘lganmi?

    — Hakam o‘yin qahramoni bo‘lmasligi kerak. Uning vazifasi futbol jamoalariga sifatli xizmat ko‘rsatishdan iboratdir. Agar o‘yindan keyin siz haqingizda gapirishmasa, demak siz yaxshi baholagansiz. Hech kim hakamni maqtamaydi. Odatda hakam har bir uchrashuvda o‘rtacha ikki yuztacha o‘yin epizodlari bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak. Agar u kamida bitta jiddiy xatoga yo‘l qo‘ysa, hamma bu haqida gapiradi. To‘g‘ri qaror chiqarilgan 199 ta vaziyat esa shunchaki unutiladi. Shuning uchun hamisha epizodga yaqin bo‘lishga harakat qilganman, ko‘p harakat qilardim, to‘g‘ri pozitsiya tanlashga, o‘yin va futbolchilarning fikrlarini o‘qishga harakat qilganman.

    “O‘yindan oldin Robbenni simulyatsiya qilmaslik borasida ogohlantirganman. Tanaffusga esa bir-birimizning qo‘limizni siqqan holda chiqqanmiz”

    — Hakam sifatida duch kelgan eng bezori murabbiy kim?

    — Maradona bo‘lsa kerak. U jentlmen, shoumen va tajovuzkor ham bo‘lishi mumkin edi — bularning barchasi bir o‘yinda.

    — Siz ishlagan o‘yindan keyin u sizga minnatdorchilik bildirganmi?

    — Ha. Argentina JCh—2010 da Germaniyaga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin. Jamoasi yirik hisobda mag‘lub bo‘layotgan murabbiy hakamning oldiga kelib, qo‘l berib, hakamlikda hech qanday muammo yo‘qligini aytishi juda yoqimli holat.

    — Hakamlar simulyant futbolchilarni yoqtirmaydi. Bu borada siz uchun eng yoqimsiz futbolchi kim? Neymarmi?

    — Neymar va Aryen Robben. 2014-yilgi JChda Niderlandiya va Kosta-Rika o‘rtasida kechgan chorak final o‘yinida ishlaganimda Robben bilan shunday holat bo‘lgan. Niderlandlar o‘yinini tahlil qildim va Robben tez-tez simulyatsiya qilishga uringanini ko‘rdim. U buni juda mukammal amalga oshirardi, hakamlar aksariyat hollarda unga ishonardi. O‘yindan oldin tunnelda unga shunday dedim: “Aryen, oldingi o‘yinlaringni ko‘rdim, ularning har birida bir-ikki marta simulyatsiya qilibsan. Sen top futbolchisan, seni yoshlar kuzatyapti. Kel, bugun busiz ishlaylik”.

    O‘yin davomida uni diqqat bilan kuzatdim, doimo unga yaqin masofada bo‘lishga harakat qildim. Birinchi bo‘lim tugagach, Robben yuzida tabassum shunday javob berdi: “Ref, bir necha marta mug‘ombirlik qilishga harakat qildim, lekin har safar yonimda ekanligingizni ko‘rdim”.  Hattoki, biz qo‘l berib, quchoqlashib, kulishib maydondan chiqib ketayotganimizda olingan surat ham bor. Qolgan vaqtda esa u biror marta ham simulyatsiya qilishga urinmadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    — JCh—2010 da yarim final, JCh—2014 da chorak finalga qadar yetib borgansiz. Nega JCh—2018 da faqat guruh bosqichidagi ikkita o‘yinda ishlagansiz?

    — O‘sha chempionatda yordamchim jarohat olgandi, uning o‘rnini bosadigan hech kim bo‘lmagan. Albatta, achinarli holat. Jahon Chempionatining har bir o‘yini bir umrga siz bilan qoladi. Ammo 2018-yilgi JChdan keyin 2019-yilgi Osiyo chempionatida ishlaganmiz, u yerda ham yorqin xotiralar qolgan.

    — Hakam sifatida xayrlashuv uchrashuvini boshqarganmisiz?

    — Hali ulgurmadim. Lekin buni amalga oshirish mumkin. Assotsiatsiyada yuqori saviyada o‘ynagan, shuningdek, xayrlashuv uchrashuvlarini tashkil etmagan bir qancha sobiq futbolchilar ishlaydi. 2022-yilda o‘zbek futboli 110 yoshga to‘ladi. Ushbu tadbir uchun o‘yin tashkil qilmoqchimiz, bu bir paytlar O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynagan ko‘plab sobiq futbolchilarning xayrlashuv uchrashuvi bo‘ladi. Balki unda men ham qatnashib, hushtak bilan rasman xayrlasharman. Ammo hozircha bularning barchasi muzokaralar bosqichida.

    — Hakam sifatida nima bilan faxrlanasiz?

    — Maydonda “militsioner” bo‘lmaslikka harakat qilardim, futbolni yaxshilashga yordam beradigan odam bo‘lishni istaganman. Esingizda bo‘lsa, avvallari tajovuzkor, jahldor hakamlar ko‘p bo‘lardi. Men esa doim tabassum bilan ishlashga harakat qildim. Butun ko‘rinishim bilan shunday demoqchi bo‘lardim: “Do‘stim, sariq kartochka sen uchun ma’lumotdir. Ehtiyot bo‘l”. Hakamlikka yondashuvni va futbolchilarning hakamlarga bo‘lgan munosabatini biroz o‘zgartira olganimdan faxrlanishim mumkin. O‘zaro ishonch va hurmat bor edi, chunki biz birgalikda futbolni yaxshilashni xohlaymiz.

    “Abdusalom Azizov yuqori lavozim va ish bilan band bo‘lishiga qaramay, deyarli har kuni futbolga vaqt ajratadi”

    — Hakamlikdan funksionerlikka o‘tishdagi eng qiyin va ehtimol, yoqimsiz narsa nima?

    Buni yoqimsiz deb aytmagan bo‘lardim. Eng qiyini, avvallari, faqat o‘z ishim uchun mas’ul bo‘lsam, endi hamkasblarim bilan birgalikda mamlakatimiz futboli rivoji uchun. Bu juda katta mas’uliyat. Shunday bo‘ladiki, jamoa mag‘lub bo‘lgach, muxlislarning e’tirozlarini eshitishga to‘g‘ri keladi (JCh—2022 saralash bosqichi boshida Falastindan safarda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng hatto Ermatov yurak xurujiga uchragani aytiladi — “Sport-Ekspress”). O‘zbekiston chempionatida hakamlar xatoga yo‘l qo‘ysa ham, tanqidga sabab bo‘ladi. Lekin biz doimo bunga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga harakat qilamiz, o‘z ishimizni tahliliy va tizimli ravishda rivojlanishga yo‘naltiramiz. Futbolda hamma xato qiladi, asosiysi o‘sha xatolarni takrorlamaslik.

    — Dunyoda hakamlar yetakchilik qiladigan boshqa federatsiyalar ham bormi?

    — Ha, masalan, Shvetsiya va boshqa bir qancha davlatlar. Oktabr oyida ular bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik, Shvetsiya federatsiyasi prezidenti bilan tanishdik. U, shuningdek, sobiq FIFA referisi hamdir. Hakamlar tartibli, intizomli insonlar bo‘ladi, bunday ishlarda bu sifatlar qadrlanadi.

    — Nega tanlov sizga tushgan?

    — Xalqimiz futbolni sevadi, futbol bizning birinchi raqamli sportimiz. Ko‘p narsalarni professional darajaga qo‘yish kerak. Zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, murabbiylar malakasini oshirish, bolalar futbolini tizimli rivojlantirishga jiddiy yondashishimiz kerak. Balki futbol jamoatchiligimiz buni amalga oshirishni aniqlash uchun xalqaro va mahalliy darajada tajriba hamda aloqalarga ega ekanligimni bilgandir. O‘z zimmasiga olmaslik va yuksak ishonchni oqlashga urinmaslik ilojsiz edi.

    — Siz birinchi vitse-prezidentsiz, barcha operativ faoliyat uchun javobgarsiz. Assosiatsiya prezidenti, O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov bu ishga qanchalik yaqin?

    — Yuqori lavozim va ish bilan band bo‘lishiga qaramay, deyarli har kuni futbolga vaqt ajratadi. U futbolni juda yaxshi ko‘radi va tushunadi, o‘z vaqtida “O‘zbekneftgaz” rahbari sifatida “Mash’al” klubida mamlakatdagi birinchi futbol akademiyasini tashkil etgan, uning tarbiyalanuvchilaridan biri Eldor Shomurodovdir. Abdusalom Abdumavlonovich klubni rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqqan.

    Asosiy masalalarda doimo uning fikrini tinglayman. Yana bir vitse-prezidentimiz — Odil Ahmedovni ham Rossiya futbolida hamma biladi. Har doim aytganman, jamoa yaxshilanishni istasa, eng yaxshi o‘yinchilarni oladi. Shunday bo‘lganidek, assosiatsiyamiz Odil Ahmedov bilan kuchaydi. Uning Rossiyadan Xitoygacha bo‘lgan ko‘plab mamlakatlardagi ulkan tajribasi bizga asqatadi. Bundan tashqari, Ahmedovning bolalar akademiyasi mavjud bo‘lib, u maktabida ham zamonaviy professional ishlarni olib boradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    — Bir paytlar “o‘zbek Messisi” deb atalgan, “Lokomotiv Moskva”ga o‘tishi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Jasur Jaloliddinov holati qanday?

    — Jasur haqiqatan ham juda iqtidorli futbolchi, lekin nazarimda, u ham jismonan, ham ruhiy jihatdan kuchli bo‘lishi kerak edi. Rossiyadagi futbol o‘zi o‘rganganidan boshqacharoq, ancha qattiq va zich. O‘tgan mavsumni “Andijon”da o‘tkazgan bo‘lsa, hozir Olmaotaning “Qayrat”ida Qurbon Berdiyev qo‘l ostida o‘ynamoqda. Murabbiy unga ishonmoqda, u haqida ijobiy fikrlar bildirmoqda. Hozircha har doim ham asosiy tarkibga tushayotgani yo‘q. U ulkan salohiyatga ega, faqat o‘zini ayamasdan ishlashda davom etishi zarur.

    — Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu Toshkentga kelgan ekan. Bu qanday sodir bo‘lgan?

    — Bu O‘zbekistonda futbolni ommaviylashtirish uchun qilingan ishlar edi. Messi, Ronaldu va boshqa ko‘plab jahon futboli yulduzlari bu yerda mahorat darslarini o‘tkazgan. Yigitlarimiz ularning ham oddiy odam ekanligini, futbolda hamma narsaga erishish mumkinligini his qilishlari uchun federatsiya bu tadbirlarni tashkil qilgan. Ular bilan uchrashuvlarda yoshlar jamoalari ham bo‘lgan, matbuot anjumanlari tashkil etilgan, akademiyalarda yulduzlar yosh futbolchilarimiz bilan uchrashgan.

    — “Bunyodkor”ga Ziko va Skolari murabbiylik qilgan, Rivaldo o‘ynagan davrlardan farqli o‘laroq, hozirgi o‘zbek futbolini boy deb bo‘lmaydi.

    — Bunday demagan bo‘lardim. Ammo pul bo‘lganda ham undan oqilona foydalanish kerak. Birinchidan, infratuzilmani tartibga solish, murabbiylar malakasini oshirish, bolalar futbol akademiyalarini rivojlantirishga sarmoya kiritish kerak. Shunda o‘sish bo‘ladi, barqarorlik va natijalar keladi. Agar pul faqat kattalar jamoalariga sarflansa, unda “pastdagilar”ning rivojlanishi uchun mablag‘ yetmay qoladi. Hamma narsani to‘g‘ri tashkil qilishimiz kerak, shunda qandaydir musobaqalarga tasodifan chiqib qolib, keyin yana 25 yilga g‘oyib bo‘lib qolmaymiz.

    “Bizda o‘nlab Qosimovlar, Ahmedovlar, Shomurodovlar bo‘lishi kerak”

    — O‘zbekiston terma jamoasi JCh saralashida uzoq vaqtdan beri ilk marta uchinchi bosqichga chiqa olmadi. Nima bo‘ldi o‘zi?

    — Futbol assotsiatsiyasi bu qoniqarsiz natija javobgarligini o‘z zimmasiga oladi. Jarohatlar yoki boshqa sabablarni ro‘kach qilib bo‘lmasligini yaxshi tushunamiz. Tan olish kerak, uzoq yillardan buyon shunday natijaga qarab kelayotgandik. Afsuski, terma jamoaga o‘yinchilar tanlash imkoniyati cheklangan. Katta o‘yinchilarning yetishmasligi sifatli murabbiylarning yetishmasligidan, yuqori malakali murabbiylarning yetishmasligi esa o‘z navbatida, sifatli murabbiylik ta’limining yo‘qligi natijasidir.

    O‘zbekistondek davlatda terma jamoadagi har bir o‘rin uchun kamida 5—6 nafar futbolchi kurash olib borishi kerak. Afsuski, futbolchilar o‘rtasida yetarlicha raqobat yo‘q. Shu bois nafaqat murabbiylar shtabida o‘zgarishlar qildik, balki chuqurroq narsalarda – murabbiylik ta’limi, bolalar futboli, umuman, tashkiliy jihatdan ko‘p narsani qayta ko‘rib chiqdik.

    Mavzuga doir: “Natija ko‘rish uchun kamida 10–15 yil kutish kerak”. O‘FA 2022-yilgi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi
    — Terma jamoani saralash bosqichida boshqargan Vadim Abramov o‘rniga sloveniyalik Srechko Katanes tayinlandi. Nega aynan u?

    — Biz Katanesni yaxshi o‘rganib chiqdik. U katta tajribaga ega – Sloveniyani Jahon va Yevropa chempionatlariga olib chiqqan, Osiyo futbolini yaxshi biladi, BAA va Iroq terma jamoalariga ustozlik qilgan. Juda prinsipial va talabchan murabbiy, chinakam professional shtabga ega — yordamchilardan tortib to fizioterapevtlargacha. Nomzodlar ko‘p edi, lekin murabbiylar kengashi uni tanlashga qaror qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    — Abramovga qadar terma jamoani argentinalik mashhur Ektor Kuper boshqargan. U jamoani Osiyo chempionatining 1/8 finaliga olib chiqqandi. 2022-yilgi JCh saralashning birinchi o‘yinida, O‘zbekiston Falastindan mag‘lub bo‘lgach, ishdan bo‘shatildi.

    — Murabbiylar kengashimizga ko‘ra, Kuper terma jamoaga qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘yin o‘zbek futboli mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydi. Futbolchilarga uning talablariga moslashish qiyin bo‘ldi. Aksariyat uchrashuvlarda Kuper o‘yinni himoyadan qurishga harakat qildi. Bu jamoatchilikka, mutaxassislarga, futbolchilarning o‘ziga ham yoqmadi. Shu bois, murabbiylar kengashi taklifiga ko‘ra, u bilan shartnomani bekor qilishga qaror qilindi.

    — Eng mashhur futbolchingiz Eldor Shomurodov terma jamoada qanday o‘yin ko‘rsatadi?

    — Yaxshi. Albatta, Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridan birida to‘p surgan birinchi futbolchimiz terma jamoa va uning muxlislarining umidi, u har doim bizning qutqaruvchimiz bo‘la oladi. Muntazam ravishda terma jamoa safida gol urib kelmoqda – yaqinda o‘tkazilgan “Navro‘z Kubogi”da Qirg‘iziston va Ugandaga qarshi ikkita o‘yinda to‘rtta gol urdi. Murabbiylar shtabi va jamoatchilik undan mamnun.

    — “Yuventus”dan 3:4 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyoning Shomurodovni shaxsan tanqid qilgani sizni xafa qildimi?

    — Ha. Murabbiy o‘z o‘yinchilarini oshkora tanqid qilishi tarafdori emasman. Menimcha, bu jamoaning ichida ro‘y berishi kerak.

    — Shomurodov yo‘lini takrorlay oladigan o‘zbek yigitlari bormi?

    — Ularning soni ko‘p, lekin nomlarini aytmoqchi emasman. Hamma maqtovni yaxshi ko‘radi, lekin maqtov bir qulog‘idan kirib, ikkinchisidan chiqib ketishi kerak. Agar kallada qolib ketsa, unda bu oyoqlarning yerdan uzilishiga olib keladi. Shuning uchun buni juda ehtiyotkorlik bilan qabul qilaman. Haqiqatan ham biror narsaga erishganlarida maqtashga vaqtimiz bo‘ladi.

    O‘zbek futbolining salohiyati bo‘yicha bizda o‘nlab Qosimovlar, Ahmedovlar, Shomurodovlar, Masharipovlar bo‘lishi kerak. So‘nggi yillarda bolalar va yoshlar bilan ishlashni shunday yo‘lga qo‘yishga harakat qilyapmizki, besh yildan so‘ng yuqori ligalarda O‘zbekistondan ko‘plab futbolchilarni ko‘rasiz. Hozirda Eldor haqida hujjatli film suratga olyapmiz, bu ko‘plab yosh futbolchilarimizga ilhom berishi kerak.

    — Yosh iqtidor egalaridan biri Oston O‘runov “Spartak”da o‘ynab keta olmadi. Bunga nima sabab deb o‘ylaysiz?

    — O‘runov hali yosh va o‘ylaymanki, kattalar darajasidagi Rossiya chempionati unga jangchi xarakterini shakllantirishga yordam beradi. Yengil jarohati bor ko‘plab futbolchilar jamoaga kerakligini tushunib, maydonni tark etmaydi. O‘ylaymanki, vaqt o‘tadi va Oston unga katta umid bog‘langanini tushunadi. Biroq qator jarohatlar unga doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishga imkon bermayapti.

    O‘zbekistonlik yosh futbolchilarga yetishmaydigan yana bir jihatga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Shaxsan men ruhshunoslar bilan ishlashni zarur deb bilaman. Jahon Chempionatlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan hakamlar doimo shunday qiladi. 2010-yilda bizga ispaniyalik ikki malakali ruhshunos juda katta yordam berdi. Ochilish o‘yiniga tayyorgarlik jarayonida ular bilan nihoyatda qizg‘in ish olib borganmiz.

    — Federatsiyaga, O‘zbekiston terma jamoasiga ruhshunosni jalb qilmoqchimisiz?

    — Terma jamoaga kelsak, buni doim murabbiylar shtabi hal qiladi. Agar bosh murabbiy ruhshunos zarur deb topsa, qidiramiz, albatta. Yoshlar darajasida hozir bizda ruhshunoslar ishlamoqda. Yana bir narsa shundaki, malakali sport psixologlari juda kam. Bunday mutaxassis o‘yinchi, hakam o‘yin oldidan o‘zini qanday his qilishini, hayajon qo‘rquvga aylanib qolmasligi uchun uni qanday yengish kerakligini tushunishi kerak. Bizda iqtidorli, ammo psixologik jihatdan beqaror futbolchilar ko‘p. Shuning uchun ham xalqaro maydonda hech narsani ko‘rsata olmaymiz.

    17.04.2022, 23:22   Izoh (0)   55427
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Chelsi” London derbisida g‘alaba qozonib, Angliya Kubogi finaliga chiqdi (video)

    17.04.2022, 22:25

    La Liga. Bir o‘yinchi kam qolgan “Atletiko” 90+10-daqiqadagi gol evaziga g‘alabani ilib ketdi (video)

    17.04.2022, 21:36

    Bundesliga. “Bavariya” autsayder ustidan yirik g‘alabaga erishdi (video)

    17.04.2022, 20:35

    Futboldan chetlatilishi mumkinligi aytilgan “Yuventus” va “Napoli” prezidentlari sud tomonidan oqlandi

    17.04.2022, 18:10

    Yurgen Klopp Gvardiola jamoasini 10-marta mag‘lub etdi. Bunday natijaga hech qaysi murabbiy erisha olmagan

    17.04.2022, 17:09

    “Milan” klubi bahraynliklar qo‘liga o‘tishi mumkin

    17.04.2022, 16:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    A Seriya. “Roma” Turinda g‘alaba qozondi. Shomurodov 72 daqiqa o‘ynadi (video)

    Sport | 26 may, 07:52

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.