• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Oltin to‘p”—2021 ga kim haqliroq? Yilning eng muhim sovrini uchun kurashdagi 5 favorit

    “Oltin to‘p”—2021 uchun da’vogarlar e’lon qilindi va ko‘pchilik mutaxassislar unda kimga ovoz berishini ham aytishga ulgurdi. Fransiyaning L’Equipe nashri 30 nafar nomzoddan sovrinni qo‘lga kiritish borasida boshqalarga qaraganda yaxshiroq imkoniyatlarga ega bo‘lgan besh futbolchini taqdim etdi. Nashrga ko‘ra, sovrin uchun asosiy kurash aynan ular orasida kechadi.

    2018-yilda Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning uzoq yillik “hukmronligiga” Luka Modrich chek qo‘ygandi, shunday keyin 2019-yilda Messi o‘zining oltinchi “Oltin to‘p”ini qo‘lga kiritdi. 2020-yilda esa sovrin na Messi, na Ronaldu va boshqa futbolchiga nasib etdi, bunga koronavirus pandemiyasi yo‘l qo‘ymadi. “O‘zga sayyoraliklar” bu yilgi nomzodlar qatoridan ham joy olgan, biroq bu safar ularning raqobatchilari juda jiddiy.

    Karim Benzema

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Real” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi ayni damda sovrin uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. U nafaqat klub safida, balki terma jamoada ham birdek ajoyib o‘yin namoyish etmoqda va gol urishda hech kimdan “uyalib” o‘tirgani yo‘q. Uning yaqinda UEFA Millatlar Ligasi finalida Ispaniyaga urgan goli va jamoa bilan musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritgani ham buning tasdig‘i bo‘lishi mumkin.

    Shu ketishda Benzema 33 yoshida “Oltin to‘p”ni Fransiyaga qaytarishi mumkin, 1998-yilda Zinedin Zidan qo‘lga kiritganidan keyin mamlakat futbolchilari orasida hech kim mazkur sovringa ega chiqmagan. Karim bundan oldin o‘n marta mukofotga nomzodlar qatoriga kiritilgan va uning eng yaxshi natijasi 2014-yilda 16-o‘rinni egallagani bo‘lgan.

    Alohida ta’kidlash kerak bo‘lgan jihat, hech bir futbolchi 2021/22-yilgi mavsumda Karim Benzemadan (10 ta gol va 7 ta golli uzatma) yaxshiroq sermahsullik ko‘rsata olgani yo‘q. Shuningdek, bunga Millatlar Ligasida Belgiya va Ispaniya darvozasiga urilgan gollarni ham qo‘shish lozim. Millatlar Ligasidagi g‘alaba Benzema uchun terma jamoadagi ilk sovrin bo‘ldi. Benzema “Valbuena ishi” tufayli 2015-yildan 2021-yilgacha “uchranglilar” safida o‘ynay olmagandi.

    Lionel Messi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Argentinalik daho “Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi hisoblanadi (2019-yil). Messi, shubhasiz, yana bir muvaffaqiyatni kutmoqda va uning umidlari asosli: 2021-yilda Leo Argentina bilan Amerika Kubogini qo‘lga kiritdi va qit’a chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Biroq “Barselona”da o‘tgan mavsum u uchun terma jamoadagi kabi omadli kelmadi, shunga qaramay u kataloniyaliklar bilan Ispaniya Kubogiga ega chiqdi va shaxsiy to‘plamiga navbatdagi Pichichi (Marca nashri tomonidan Ispaniya chempionatida mavsum to‘purariga beriladigan mukofot) sovrinini ham qo‘shib qo‘ydi.

    Shuningdek, 2021-yil Leo uchun o‘zgarish yili va yangi sinov bo‘ldi. Yozda u “Barselona”dagi faoliyatini yakunlab, “PSJ”ga ko‘chib o‘tdi.

    Robert Levandovski

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Bavariya” va Polsha terma jamoasi hujumchisiga nisbatan o‘tgan yili unchalik ham adolatli qaror chiqarilmadi. 2020-yil, albatta, uning yili bo‘lgandi, “Oltin to‘p”ga undan-da loyiqroq nomzod yo‘q edi. Afsuski, France Football sovrinni berishdan bosh tortdi va Levandovski o‘zi munosib bo‘lgan e’tirofsiz qoldi.

    Robert bu yili ham taslim bo‘lmadi va yana sovrin uchun asosiy da’vogarlar qatoridan joy oldi. Bu yil u “Bavariya” bilan uchta sovrinni qo‘lga kiritdi — Bundesliga, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va Germaniya Superkubogi. “Shaxsiy front”da ham polyakning ishlari yaxshi rivojlandi: Germaniya chempionatida 29 uchrashuvda 41 ta gol urib, Gerd Myullerning abadiy rekordini yangiladi. Bunday samaradorlik bilan Levandovski o‘z faoliyatida birinchi marta “Oltin butsi”ni qo‘lga kiritdi.

    Jorjinyo

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Asli kelib chiqishi braziliyaliklarga borib taqaladigan italyan g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan yana biridir. Va bu shunchaki havodan olib aytilayotgan gaplar emas: Jorjinyo 2021-yilda “Chelsi” bilan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi, keyin Italiya terma jamoasi safida Yevropa chempioni bo‘ldi va shundan so‘ng yana “aristokratlar” bilan birgalikda UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. London klubi safida ham, terma jamoa safida ham u asosiy ijrochi sifatida boshqalardan ajralib turadi, Jorjinyosiz ikkala jamoaning ham yarim himoyasini tasavvur qilish mushkul.

    “Biz orzular bilan yashaymiz. Ochig‘ini aytaman: hammasi siz tanlagan mezonlarga bog‘liq. Agar iste’dod haqida gapiradigan bo‘lsak, dunyodagi eng zo‘ri emasligimni tushunaman. Agar sovrinlarga qarab ovoz bersangiz, bu mavsumda hech kim mendan ko‘proq sovrin yutgani yo‘q”, — degandi Jorjinyo bir necha oy oldin bergan intervyusida.

    Krishtianu Ronaldu

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va shu yilning avgust oyidan buyon “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilayotgan Ronalduni hisobdan chiqarishga hali erta. Uning besh karra “Oltin to‘p” sohibi ekani ham Ronalduga alohida maqom berib turadi. Ronaldu o‘tgan mavsumda “Yuventus” safida juda ajoyib mavsum o‘tkazmaganiga qaramay u A Seriyaning 33 o‘yinida 29 ta gol urib, mavsum to‘purari bo‘ldi. Qolaversa, 36 yoshli futbolchi “keksa sinyora” bilan Italiya Kubogida zafar quchdi.

    Portugaliya terma jamoasida esa u o‘z vazifalarini bekam-u ko‘st bajarmoqda. Krishtianu beshta gol bilan Yevro—2020 da Patrik Shikni (Chexiya) ortda qoldirib, musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Bundan tashqari JCh—2022 saralashi doirasidagi o‘yinlarni ham golsiz tark etayotgani yo‘q.

    Yozgi transferlar oynasida Ronaldu “Yuventus”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tdi. Va uning “Old Trafford”ga qaytishi ham o‘zi kabi aql bovar darajada o‘tdi: u birinchi o‘yinidayoq dubl qayd etdi.

    17.10.2021, 21:50   Izoh (0)   82669
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bundesliga. “Bavariya” 8 daqiqa ichida 4 ta gol urib “Bayer”ni tor-mor etdi, Levandovski va Gnabrida dubl

    17.10.2021, 20:30

    Superliga. “Navbahor” o‘z uyida poytaxt jamoasini yengdi, “Lokomotiv” so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    17.10.2021, 19:10

    A Seriya. “Milan” 5 ta gol urilgan o‘yinda super kambek amalga oshirdi, “Inter” Rimda “Latsio”dan 3 ta to‘p o‘tkazib yubordi

    17.10.2021, 02:10

    APL. “Chelsi” musobaqa debyutanti ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi

    16.10.2021, 23:53

    OChL. “An-Nassr” BAA klubini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi, Masharipovdan dubl va assist

    16.10.2021, 22:32

    APL. “Manchester Yunayted” 6 ta gol urilgan o‘yinda “tulkilar”ga yengildi, “Manchester Siti”da ishonchli, “Liverpul”da esa yirik g‘alaba

    16.10.2021, 21:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10

    “Vodiydan Toshkentgacha bo‘lgan barcha metan zapravkalar to‘liq quvvatda ishlamoqda”. Energetika vazirligi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:00

    Qahva antibiotiklar ta’sirini kamaytirib, zararli bakteriyalarga yordam beradi — tadqiqot

    Ilm-fan | 5 avgust, 20:50

    IBA prezidenti Umar Kremlyov o‘zbekistonlik murabbiy bilan bog‘liq mojaroga munosabat bildirdi

    Sport | 5 avgust, 20:43

    O‘zbekistonda jazirama rekordi: iyulda qaysi hudud havosi 48 daraja isidi?

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.