“Daryo”da Qashqadaryo viloyatida bir qarzdorlik uchun ikkita ijro varaqa chiqarilgani, taraflardan biri bunga norozi ekani aytilgan maqola e’lon qilingandi. Viloyat sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati ijro varaqa dublikatini bekor qildi.
ATB “Agrobank” Chiroqchi tuman filiali 2024-yil 20-sentyabr kuni 6662-sonli ariza bilan murojaat qilib, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 4-1801-2203/1242-sonli hal qiluv qaroriga asosan berilgan ijro varaqa dublikatini so‘ragan. Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi 2024-yil 15-oktyabrda arizachining arizasini qanoatlantirgan va 4-1801-2203/1242-sonli indeks-2 ijro varaqa dublikatini bergan.
2024-yilning 21-noyabr kuni ushbu masalani viloyat sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudya Tursunov raisligida sudyalar Bozorov va Xo‘jaqulovlar ishtirokida appelyatsiya tartibida ko‘rib chiqib, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 15-oktyabrdagi ajrimini bekor qildi. Appelyatsiya instansiyasi qarori bilan bankning 4-1801-2203/1242-sonli indeks-2 ijro varaqasi dublikatini berish haqidagi arizasi rad qilindi. Ijro varaqasining dublikati bekor qilindi, deydi bu haqda “Daryo”ga bildirgan MCHJning ishonchli vakili.
Murojaatchi Qashqadaryo viloyat sudi mas’ullariga tashakkur izhor etmoqda.
Sudda haqiqat qaror topdi. Bu davlatimiz rahbarining so‘nggi yillarda sud-huquq tizimida adolat o‘rnatish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosining yorqin misoli. Adolatli sudyalar tomonidan bunday qarorlarining qabul qilinishi insonlarning ayniqsa tadbirkorlik subyektlarining davlatga, amaldagi qonunlarimizga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradi, deydi Ulug‘bek Choriyev.
Izoh (0)