• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Muhrsiz, imzosiz qalamda yozilgan qog‘oz sabab uyimiz buzib tashlandi”. Qashqadaryolik fuqaro sudni adolatsizlikda ayblamoqda

    Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro Ravshan Sattorov 2017-yil sud qaroriga ko‘ra, yashab turgan xonadoni MIB tomonidan majburiy tartibda buzib tashlanganini, sudning bu qaroriga muhri, imzosi bo‘lmagan qog‘ozdagi ma’lumotlar asos bo‘lganini aytmoqda.

    Uy-joyimiz 2017-yil sud qaroriga ko‘ra, majburiy ijro tomonidan buzdirib tashlandi. Uyda 7-8 nafar oila a’zolarimiz yashardi. Uyimiz buzilishiga marhum amakimning turmush o‘rtog‘i sudga shikoyat qilgani sabab bo‘ldi, — deydi murojaatchi Ravshan Sattorov.

    Ravshan Sattorov.

    Ravshan Sattorov.
    Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov
    Fuqaroning bildirishicha, marhum amakisining turmush o‘rtog‘i ularga tegishli yerga uy-joy qurib olganini aytib, sudga davo kiritgan.
    Bizda 6 sotixdan 12 sotixli ikkita uchastka bor edi. Biri amakimniki edi. Amakim vafot etgach, uning ayoli bizga tegishli yerga uy qurib olgansizlar deb, uyimizni buzdirishni so‘rab sudga murojaat qildi. Mazkur ishni ko‘rib chiqqan sud qalam bilan yozilgan, na muhri va na imzosi bo‘lgan bir parcha qog‘ozni asos qilib, uyimizni buzish to‘g‘risida qaror chiqardi. Achinarlisi bu qog‘ozdagi ma’lumotni na arxitektura na kadastr tasdiqlagan. Kimningdir uyidan topib olingan qog‘ozda qalam bilan yozilgan ma’lumotlar biz yashab turgan uyning buzilishiga asos bo‘ldi. Sud bu haqda qarorida ham yozib, o‘sha qog‘ozni uy sxemasi sifatida qabul qilgan, — deydi uyi buzib tashlanganini aytgan murojaatchi.

    Buzib tashlangan uy.

    Buzib tashlangan uy.
    Foto: Ravshan Sattorov

    Ravshan Sattorov sudda ularga tegishli uy 1994-yilda qurib bitkazilganini aytganini, ammo sud da’vogarning mazkur uy 1997-yil da’vogar tomonidan qurilgan poydevor ustida barpo etila boshlanganini aytgan gapiga ishonganini ta’kidlamoqda.

    Buzib tashlangan uy.

    Buzib tashlangan uy.
    Foto: Ravshan Sattorov
    Men sudga uyimiz 1994-yilda qurib bitkazilganini isbotlovchi namunaviy shartnomani taqdim qildim. Ammo sud da’vogarning hech qanday hujjat taqdim qilmasa-da, bu uy ular tomonidan 1997-yilda qurilgan poydevor ustida barpo etilgani haqidagi gapiga ishondi va uning da’vosini qo‘llab-quvvatladi, — deydi u.
    Ravshan Sattorov “Daryo” jurnalisti bilan suhbatida bu haqda shikoyat qilib, hatto Oliy sud raisi qabuliga ham kirganini ham ma’lum qildi.
    Shu masala yuzasidan 2022-yilning 19-oktabr kuni Oliy sud raisi qabuliga ham kirdim. Kulgilisi, mas’ullar, raisning o‘zi emas, u tomonidan chaqirilgan sudyalar ham qo‘lda yozilgan, hech qanday imzo yoki muhri bo‘lmagan bir parcha qog‘ozni hujjat sifatida qabul qilishlari mumkinligini aytib, menga ters gapirishdi. “Nega bir necha yillardan beri tinchimaysan, kelishsang bo‘ladi-ku”, deya menga dakki ham berishdi, — deydi Ravshan Sattorov.

    Buzib tashlangan uy.

    Buzib tashlangan uy.
    Foto: Ravshan Sattorov

    Murojaatchi Oliy sud mas’ullaridan ham hafsalasi pir bo‘lganini, biroq Oliy sud raisining shaxsan o‘zidan umidi borligini ta’kidlamoqda.

    Oliy sud mas’ullari, sudyalari hech qanday imzosi yoki muhri bo‘lmagan bir parcha qog‘ozni hujjat sifatida qabul qilishlarini, shu bir parcha qog‘oz bilan uylar buzib tashlanishini oqlashlarini aytishgach, biz dardimizni kimga aytaylik. Shumi sudning adolati? Shumi xalq ishonch bildirgan Oliy sud?, — deydi u.
    Shahrisabzlik Ravshan Sattorovning aytishicha, mazkur adolatsizlik Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi Jamol Hamrayev tomonidan amalga oshirilgan.

    Ravshan Sattorov.

    Ravshan Sattorov.
    Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov
    Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi Jamol Hamrayevning adolatsizligidan shikoyat qilib, boshqa joyga murojaat qildik. Eng kulgilisi biz ustidan shikoyat qilgan sudyaning o‘zi yana shu ishni qayta ko‘rdi. Jamol Hamrayev bizning uchta ishimizni o‘zi ko‘rdi. Biz bundan norozi bo‘lib, sudya almashtirilishi kerakligini so‘rab, iltimosnomalar kiritdik. Ammo foydasi bo‘lmadi. Ko‘pchilik “endi foydasi yo‘q, boisi sudyalar qarori O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqadi, agar bu qaror bekor bo‘lsa, uyni qayta qurib berish sudya zimmasiga tushib, mablag‘ davlat budjetidan qoplanishini inobatga olishadi va barcha sudya bunga qarshi turadi”, deyishyapti balki shu gaplarda jon bordir, — deydi murojaatchi.
    Ravshan Sattorov marhum amakisiga tegishli yer hamon bo‘sh turganini, ayni kunga kelib buzib tashlangan uy ham xaroba holga kelib qolganini, da’vogar ayni kunda ham yerga hech qanday uy qurmaganini aytib, “hech qanday asoslarsiz, yashab turgan uyimiz buzib tashlanib, biz ko‘chada qoldik”, demoqda.
    Oliy sud raisining qabuliga kirganimda rais ikki nafar sudyani chaqirdi. Ular faqat menga qarshi gapirib, birinchi sud chiqargan qarorni ro‘kach qilishmoqda. Men ularga sudya qaroridan tashqari ish hujjatlari bilan ham tanishib chiqdingizmi, nega faqat sudya qarorini o‘qib, xulosa qilyapsiz”, deb savol berdim. Savolimga javob berishni ham lozim topishmadi, — deydi fuqaro.

    Buzib tashlangan uy.

    Buzib tashlangan uy.
    Foto: Ravshan Sattorov
    Murojaatchi mustaqil O‘zbekiston sudyalari qalam bilan chizilgan bir parcha qog‘ozni asos qilib, odamlarning uyini buzib tashlayversa, odamlar haqiqatga ishonmay qo‘yishini aytmoqda.
    O‘sha uyda yashab fermerlik qilardik. Sudyalar bir parcha qog‘ozni asos qilib, uyimizni buzishgach, ayni kunda u yerda yashab ham bo‘lmaydi. Fermerlik faoliyatimiz tugadi, uyimiz buzilib, ko‘chada qoldik. Achinarlisi mustaqil O‘zbekiston sudyalari qalam bilan chizilgan bir parcha qog‘ozni asos qilib, odamlarning uyini buzib tashlayversa, odamlar haqiqatga ishonmay qo‘yadi-ku?, — deydi Ravshan Sattorov.
    Murojaatchining qo‘shimcha qilishicha, da’vogar suddan keyin ularga murojaat qilib, 300 million so‘m pul berishsa, uyni buzdirish talabidan voz kechishini aytgan.
    Sudda uyni qurgan ustalarni ham olib keldik. Ammo sud bularni inobatga olmadi. Da’vogarga uyni qurgan ustalarni ko‘rsatib, qay birini taniysiz, qaysiga pul bergansiz degan savollarni berdik. Tanimadi. Ayol kishi ekanini, qurilish ishlariga aralashmaganini aytdi. Eng achinarlisi, suddan so‘ng bizdan 300 million so‘m talab qildi. Shu pulni bersak, uyni buzdirish talabidan voz kechishini aytdi, — deydi uyi buzilganini aytayotgan murojaatchi.

    Buzib tashlangan uy.

    Buzib tashlangan uy.
    Foto: Ravshan Sattorov

    Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov “Daryo” so‘roviga javoban murojaatchi Ravshan Sattorov Oliy sud raisi qabuliga kirib chiqqach, mazkur ishga doir hujjatlar Oliy sudga chaqirilganini va o‘rganilayotganini aytmoqda. Uninf aytishicha, o‘rganish natijalari haqida ma’lumot beriladi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    23.11.2022, 18:10   Izoh (1)   18262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 583216079@telegram.org / 28.11.2022, 11:06

      Судда шунчалик саводсизлик мухрли имзосиз хужжатни фаркига бормаса бундан чикди хохлаган одам хохлаган кулёзма оркали хохлаган иморатини буздирил мумкин булса инсонни кадр киммаьи йукми

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda tramvay tizimini fransuz kompaniyasi loyihalashtiradi

    23.11.2022, 18:05

    Foto: O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi va “O‘zmilliybank” Parijning Ferrandi instituti bilan hamkorlik qiladi

    23.11.2022, 17:51

    Tanzila Norboyeva: “Majburiy mehnat – biz ayovsiz kurashayotgan sovet o‘tmishining qoldig‘idir”

    23.11.2022, 17:49

    Andijonda oyoqlari kombaynga kirib ketgan fuqaro jonlantirish bo‘limida vafot etdi

    23.11.2022, 17:40

    O‘zbekiston Fransiyadan 800 mln yevroga 17 ta Airbus va ATR samolyotini xarid qiladi

    23.11.2022, 17:35

    O‘zbekistonning uchta hududida dori vositalarining noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yildi

    23.11.2022, 17:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.