• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Qashqadaryo

    Qashqadaryoda qudalar o‘rtasidagi sud mojarosi kadastr xodimlari kirdikorini fosh qildi

    Qashqadaryo viloyati sudining kassatsiya instansiyasida ko‘rilgan qudalar mojarosi kadastr xodimlari kirdikorlarini fosh qildi. Natijada sudlov hay’ati prokuraturaga xabarnoma yuboradigan bo‘ldi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

    Qashqadaryo viloyat sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilgan qudalar mojarosida Qamashi tumanida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar kadastr xodimlari tomonidan qonuniylashtirib berilgani ma’lum bo‘ldi. Sudlov hay’ati raisi sudya Aqanov bu haqda prokuraturaga xabarnoma yuborishini bildirdi. 

    Da’vogar Laziz Shohliyevning sudda ma’lumot berishicha, u ukasining qaynotasi, ya’ni qudasi Baxtiyor Choriyev bilan sheriklikda ish qilishga kirishgan. O‘ziga tegishli 6 sotix yer-maydonidagi yashab kelgan uyini buzib, o‘rnida to‘yxona qurilishiga qarshilik bildirmagan. Evaziga qudasidan foizga olganini aytgan 2000 dollar pulning foizini qaytarmagan.  

    2021-yilning noyabr oyida foizga olingan pulni 3000 dollar qilib qaytarishim kerak edi. Ammo imkoniyatim bo‘lmagach, o‘sha olingan pulni ya’ni 2000 dollarni qaytardim. Qolgan 1000 dollarni qaytarolmaganim sabab, qudamizning shartiga ko‘nib, anchadan beri yashab kelayotgan uyimning buzilishi va o‘rnida to‘yxona qurilishiga rozilik bildirdim. Evaziga qudamizning rasmxona, do‘kon va aptekani menga berishiga kelishdik. Aslida yer mening nomimda edi, qudamiz kredit olish uchun yer mening nomimda bo‘lishi kerak degan vaj bilan yerni o‘zining nomiga o‘tkazib oldi. Buni Qamashidagi notariusda o‘zim tasdiqlab, imzo qo‘ydim, dedi u sudda bu haqda gapirar ekan. 

    Laziz Shohliyev yerning 2022-yil tuzilgan oldi-sotdi shartnomasida narxi ataylab pasaytirib ko‘rsatilganini, aslida kelishuv og‘izaki bo‘lganini aytmoqda. 

    Yerning oldi-sotdi shartnomasida uning narxini 5 million so‘m deb ko‘rsatdik. Sababi og‘zaki kelishuv bo‘yicha to‘yxona yonidan quriladigan rasmxona, do‘kon va apteka menga tegishi kerak edi. Lekin qudamiz va’dasida turmadi. To‘yxona qurilgach, faqat rasmxonani ishlatdim. Do‘konni o‘zimimiz ta’mirlab oldik. Lekin qizini ega qilib qo‘ydi. Keyinchalik esa to‘yxona-yu, rasmxonani biz qurgan do‘kon bilan qo‘shib sotdi, deydi u. 

    Sudda javobgar sifatida qatnashgan Baxtiyor Choriyev da’vogarning gaplarini rad etdi va yolg‘on deb atadi. Shuningdek, unga berilgan pulni qarzga berganini, foiz talab qilmaganini qo‘shimcha qildi. Uning aytishicha, u qurgan to‘yxona haqiqatan ham Laziz Shohliyevning qonuniy va noqonuniy egallangan yerida qurilgan. To‘yxona ishga tushgach 253 ta to‘y o‘tkazgan. To‘yxona ichidagi rasmxonani Laziz Shohliyevga bergan. Shuningdek, to‘yxona yonidagi do‘kon ham qudalariga berilgan. 

    Har doim urush janjal bo‘lib, tinch tadbirkorlik qilolmaganimdan so‘ng, to‘yxonani ham sotib yubordim, deydi sudda ko‘rsatma bergan javobgar. 

    Javobgarning aytishicha, u va da’vogar Laziz Shohliyev qonuniy hujjati bo‘lgan 6 sotix yer-maydoni va noqonuniy egallab olingan hududda to‘yxona va do‘kon qurgan. 

    Rasmxonani berdim, har bir to‘ydan kamida 100 ming so‘mdan ishlashdi. Biror bir ijara to‘lov yoki soliqqa yordam beringlar demadim. Sof daromad qilishdi. Do‘konni berdim. Ishlatishdi. Yana pul talab qilaverishgach, sotib yubordim,  dedi taraflar savoliga javob bergan javobgar. 

    Javobgarning aytishicha, to‘yxona va do‘kon aslida 40 sotix maydonga qurilgan bo‘lib, shundan 6 sotix yer-maydonning qonuniy hujjati bo‘lgan. Qolgan yerlar esa o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar bo‘lib, unga Qamashi tuman kadastr xodimlari tomonidan qonuniylashtirib berilgan.

    Sudda so‘z olgan guvoh To‘ra Karimov ham qudasi Baxtiyor Choriyev ularni aldaganini, va’da qilingan do‘kon, rasmxona va dorixonani ularga bermaganini shuningdek, o‘zlari yashab kelgan uy uchun ham pul to‘lamaganini ma’lum qildi. 

    Sudda da’vogar Laziz Shohliyevning advokati Lazizga tegishli Qamashi tumani O‘rta chim qishlog‘i “O‘rta Chim” MFY Chinorli ko‘chasi 110-uyni sotish bo‘yicha 2022-yil 10-mart kuni Qamashi tumanidagi xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Mardon Mamatov tomonidan rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasini Fuqarolik kodeksining 123-124-moddalari asosida haqiqiy emas deb topishni so‘radi. Javobgar advokati esa da’vo talabini rad etishni so‘radi.

    Sudya Aqanov boshchiligidagi sudlov hay’ati qaror qabul qilar ekan, da’vo talabini rad etib, birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz qoldirib, 2022-yil 10-mart kuni tuzilgan oldi-sotdi shartnomani haqiqiy emas deb topishni rad qildi. Shuningdek, to‘yxonaning 40 sotix yer-maydonga qurilishi va qonuniy hujjati bo‘lgan 6 sotix yerdan tashqari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer-maydonlari va uni qonuniylashtirib bergan kadastr xodimlari harakati yuzasidan prokuraturaga xabarnoma yuborilishini ma’lum qildi.

    04.11.2024, 17:45   Izoh (0)   20449
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #yer#sud#sudya#Qashqadaryo#Aqanov#murojaat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uyi buzilishga tushgan ayol Qashqadaryo prokuraturasi oldida o‘zini yoqib yubordi

    19.02.2020, 22:48

    Qishloq xo‘jaligi vaziri uni sudga bergan Sulton Tex Group korxonasi atrofidagi vaziyatga izoh berdi

    21.07.2020, 17:37

    Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi jurnalistga xususiy ajrim chiqarganini aytdi, ko‘p o‘tmay aytgan gapidan ham qaytdi

    30.07.2020, 20:41

    Qarshi shahar hokimi vafot etgan fuqaroga yer berdi. Marhumga 10 kunda hujjatlarni rasmiylashtirish vazifasini yukladi

    13.08.2020, 13:18

    Andijonda MIB xodimini pichoq bilan jarohatlagan fuqaro uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    16.06.2022, 23:35

    Andijonlik fermerlar yeri noqonuniy tortib olinayotganini aytmoqda. Hokimlik esa ular shartnoma shartlarini bajarmaganini bildirmoqda

    14.09.2022, 13:13

    Moskva qabristonida bir-birini portlatgan afg‘on urushi qatnashchilari, Afrikadan qaytishni istamagan Livingston va Yasnaya Polyanadan qochib ketgan Lev Tolstoy. K...

    10.11.2022, 09:30

    “Muhrsiz, imzosiz qalamda yozilgan qog‘oz sabab uyimiz buzib tashlandi”. Qashqadaryolik fuqaro sudni adolatsizlikda ayblamoqda

    23.11.2022, 18:10

    Yunusoboddagi metro fojiasiga 3 yil to‘lsa-da, yaralar bitmagan, va’dalar bajarilmagan (foto va video)

    18.12.2022, 15:22

    “Sigir so‘yishni to‘xtatish kerak”. Hindiston sudi Yer yuzidagi barcha muammolarga yechim taklif qildi 

    23.01.2023, 12:50

    AQSHda josusligi uchun qatl etilgan er-xotin Rozenberglar, Misr prezidenti Husni Muborakning ag‘darilishi va 27 yillik qamoqdan ozod etilgan Mandela. Kun xronologi...

    11.02.2023, 09:31

    Siyosat, futbol, mafiya. “Milan”ni raqobatbardosh klubga aylantirgan afsonaviy prezident Silvio Berluskoni haqida (video)

    13.06.2023, 23:42

    Rossiyalik “qonundagi o‘g‘ri” umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi 

    10.06.2024, 22:35

    MIB traktorini noqonuniy olib qo‘yib, 355 mln so‘m zarar yetkazgan qashqadaryolik fermer ishi Samarqandda ko‘rib chiqilmoqda 

    24.07.2024, 22:25

    Toshkent viloyatida adolatsiz qaror chiqargan sudya 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    26.07.2024, 15:05

    Sudda fermer jarima noto‘g‘ri hisoblanganini isbotladi, sudya mutaxassis javobi bilan buni tasdiqlatdi. Biroq qarorda baribir bank manfaati ustun keldi

    19.08.2024, 18:35

    Hokimning o‘g‘liga ozodlik, oddiy fuqaroga 2,5 yil bergan Namangan viloyati sudyalari taqdirlandi

    13.09.2024, 18:59

    O‘zbekistonda modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi 

    16.09.2024, 11:05

    “Muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyormiz”. Eron Isroildan qo‘rqyaptimi?

    26.09.2024, 21:20

    Qashqadaryoda yoqib yuborilgan sobiq “zamhokim” va uning sherigi 56 gektar sug‘oriladigan yer maydonini uy-joy qurish uchun fuqarolarga berib yuborgani ma’lum bo‘l...

    03.10.2024, 21:22

    “Men metan zapravka ochganim yo‘q, ikki oyda shuncha gazni ishlatib bo‘lmaydi-ku” — Davron Kabulov Bosh prokuratura bayonotiga munosabat bildirdi (video)

    07.10.2024, 16:16

    “Daryo” dayjesti: 7-oktyabrning eng muhim xabarlari

    07.10.2024, 22:45

    13 yil “zapret”da bo‘lgan va so‘nggi yillarda tashqi ko‘rinishi tubdan o‘zgargan Ozoda Nursaidova 50 yoshda (foto, video)

    10.10.2024, 13:40

    O‘zbekistonda yerni noqonuniy egallab olish bo‘yicha qo‘llanilgan jazo choralari ma’lum qilindi

    14.10.2024, 15:58

    O‘zbekistondagi iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi

    15.10.2024, 09:59

    Tadbirkorning binosini buzib tashlagani uchun Toshkent shahar hokimligidan 1 mlrd so‘m undirildi

    16.10.2024, 11:40

    Tadbirkorlar eng ko‘p qaysi masalalarda biznes ombudsmanga murojaat etayotgani ma’lum qilindi

    22.10.2024, 15:10

    “Bu yerga 8 ta tuman, 3 ta shaharning ertangi kuni qanday bo‘ladi, degan savolga javob topish uchun keldik” — prezident Yangi Navoiy shaharchasi qurilishi bilan ta...

    31.10.2024, 20:27

    Samarqandda fermer xo‘jaligi tomonidan 382 mln so‘mlik qum-shag‘al aralashmasi qazib olingani aniqlandi 

    01.11.2024, 23:10

    Chorsu mehmonxonasi buziladi. O‘rnida qiymati 170 mln dollardan ortiq bo‘lgan mehmonxona, biznes markazi va turar joylar quriladi (foto)

    03.11.2024, 13:01

    O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdori ma’lum qilindi

    03.11.2024, 11:24

    Toshkentda isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi

    04.11.2024, 11:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.