• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Zooparkka qaragandek 80 ta ko‘z baqrayib turadi, hojatga chiqayotgan kelinlarimiz boshiga lagan kiyib boradi”. Qarshiliklar hovlisiga qaragan “novostroyka” derazalaridan shikoyat qilmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi “Komilon” mahallasi Universitet ko‘chasida yashovchi aholi vakillari hududdan olti qavatli mehmonxona qurilgani va bu mehmonxona derazalarining ular yashayotgan xonadon hovlisiga qaraganidan norozi bo‘lmoqda.

    Yangi qurilgan binoning 21 ta derazasi va ikkita eshigi bizning hovlimizga qaragani sabab, hovlimizdan tashqariga emin-erkin kirib chiqolmaymiz. Kelinlarimiz bor, yosh qizlarimiz bor. Qishda hovlimizga quyosh tegmaydi. Hammasi mayli, ammo bino derazasining aynan bizning hovlimizga qarashi bizga noqulaylik tug‘dirmoqda. Yopib berishsin, — deydi holatdan norozi bo‘lgan xonadon egasi Maryam Ko‘charova.
    Odamlar yashayotgan hovli va yangi qurilgan mehmonxona.
    Foto: “Daryo”

    Uning turmush o‘rtog‘i Ibrohim Yoqubov xonadoni xuddi zooparkdek tomosha maydoniga aylanganidan shikoyat qilmoqda.

    Foto: “Daryo”
    Katta kelinimiz farzandli bo‘lgach, bu yerdagi vag‘ur-vug‘urdan bezor bo‘lib, bolasini uxlatolmay ketib qoldi. Soat kechasi 12 gacha bolgarka ishlaydi, ovozidan bezor bo‘ldik. Xuddi zooparkka qaragandek, 80 ta ko‘z bizning hovlimizga qarab o‘tiradi. Nos tuflaydi. Hojatxonaga chiqmoqchi bo‘lgan kelinlarimiz boshiga lagan yopib o‘tyapti, tosh tushmasin deb. Shiferimizning yarmi yo‘q. Hojatxonamiz suvga to‘ldi, — deydi mazkur holatdan norozi bo‘lgan xonadon egasi Ibrohim Yoqubov.

    Shu hududda joylashgan noturarjoy bino mulkdori Dilfuza Qodirova ham mazkur bino derazalari noturarjoy obyekti tomon qaraganidan noroziligini aytmoqda.

    Dilfuza Qodirova.
    Foto: “Daryo”
    Bu bino derazalari noturarjoy binomizning hovli tomoniga qaragan. Mazkur holat bo‘yicha masʼul tashkilotlarga murojaat qildim. Qurilish boshqarmasidagilar ham bu bino qurilishidan avval qo‘shnilardan rozilik olinishi kerakligini, derazasi hovlimiz tomonga qarashidan ogohlantirib, biz bilan kelishib qilishi lozimligini aytmoqda. Biroq, bizdan bu bo‘yicha so‘ralmagan, kelishilmagan. Demakki, qonunga zid harakat qilinyapti. Shu sabab quruvchiga murojaat qilib, bu holatni bartaraf etishini so‘radik. Ammo natija yo‘q. Bu bo‘yicha murojaat qilmagan joyimiz, tashkilotimiz qolmadi. Qurilish boshqarmasi esa sudga berishni tavsiya qilmoqda, — deydi mulk egasi.

    Dilfuza Qodirova noturar binodan hovli sifatida ham foydalanishini, mulkidan foydalana olmayotganini aytmoqda.

    Quruvchi olti qavat emas, xohlasa o‘n qavatli bino qursin. Bunga eʼtirozimiz yo‘q. Lekin bizning hovlimiz tomon ko‘rinishini cheklashlarini, derazalarini yopishlarini so‘raymiz. Biz hovlidan foydalana olmayapmiz. Yoz kunida hovlida o‘tirishimiz bor, emin-erkin yurolmaymiz. Ustalari qarab o‘tiradi, balki biror nima tashlashlari mumkin. Xavfsizligimiz ham taʼminlanmaydi bu holatda, — deydi u.
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchining aytishicha, bu ish bo‘yicha sudga ham murojaat qilingan.

    To‘rt marta sud bo‘ldi. Ikki marta sud majlisida qatnashgandim. Sudya “Bizda hozircha hujjatlar yetarli emas. Biz sudyamiz, quruvchi yoki mutaxassis emas, bizga arxitektura qanday xulosa bersa, shunga qarab xulosa qilamiz”, deyishgandi. Lekin oxirgi sudda bizni ham chaqirmay, murojaatimizni rad qilishgan. Sudga pochta orqali chaqiruv qog‘ozini yubordik deyishdi. Lekin yuborishmagan ekan. Sud bizning ishtirokimizsiz o‘tkazilgan va shikoyatimizni rad qilishgan, — deydi Dilfuza Qodirova.

    Murojaatchilarning aytishicha, quruvchi ularning hovlisini sotib olishga ham uringan.

    Quruvchi bizga dallol yuborib, somsachilarni yuborib, uyingizga uy beraylikmi yoki sotib olaylikmi deb, bizga derazasini yopib berishsin, boshqa hech narsa kerak emas, — deydi Ibrohim Yoqubov.
    Foto: “Daryo”

    O‘zini Otabek Murodov deb tanishtirgan xonadon egasi ham mazkur bino derazalarining hovlisiga qarashi ayoli va onasiga noqulaylik tug‘dirayotganini aytmoqda.

    Uyda ayolim va onam bilan birga yashaymiz. Ular erkin kirib chiqolmaydi. Kechasi shovqin-suron ham bezovta qilyapti, — deydi Otabek Murodov.

    Xonadon egalari binoda qurilish ishlari ketayotgani sabab, nabiralari hovlida emin-erkin o‘yin o‘ynagani ham qo‘rqib qolganini aytmoqda.

    Qurilish ishlari ketayotgani bois, nabiralarimiz hovlida o‘ynashga qo‘rqadi. Shumi haqiqat? Bizga yordam bering, iltimos, — deydi fuqaro.

    “Daryo” mazkur holat bo‘yicha aholi eʼtiroziga sabab bo‘layotgan mehmonxona quruvchisi Oybek Olimov bilan ham suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo”
    Ayni paytda qurilish ishlari yakun bo‘lgan. Shovqin-suron bo‘lmaydi. Binomizni qurishdan avval barcha tashkilotlardan ruxsat olganmiz. Barchasi qonuniy. Bizga hech kim binoni qurishdan avval aholi bilan kelishasan, ularning roziligini olasan deyishmagan. Shu sabab mehmonxona va savdo kompleksimizni qurib bitkazdik, — deydi quruvchi.
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchilarning bu haqidagi shikoyatiga javob bergan Qashqadaryo viloyati Qurilish bosh boshqarmasi masʼullari “Qutlug‘ qadam” MCHJ binoni qurishdan avval ular bilan kelishishi kerakligini maʼlum qilgan. Mutasaddilarning javob xatida “Har qanday bino qurilishi qo‘shni uchastka egalari bilan kelishilishi, turar joy uyi va xo‘jalik binolarining qo‘shni uchastkalardan ko‘rinish panaligi taʼminlanishi kerak”, — deb javob qaytargan.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    21.07.2023, 23:52   Izoh (0)   34917
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: “Har bir insonga munosib sharoit yaratish maqsadimiz va burchimiz”

    21.07.2023, 22:08

    “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali o‘z faoliyatini boshladi

    21.07.2023, 20:50

    Marg‘ilonda respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi tashkil etildi

    21.07.2023, 20:24

    Shavkat Mirziyoyev: “Yashil hududlarni ko‘paytirish, odamlar dam olishi uchun sharoit tashkil qilish kerak”

    21.07.2023, 19:44

    “Chiroqlarni o‘chiring, ruxsat so‘rashim lozim, boshlovchi kerak emas” — Statistika agentligi direktori Bahodir Begalovning “Daryo” studiyasidagi injiqliklari haqi...

    21.07.2023, 19:22

    Antikorrupsiya agentligi Yakkasaroy hokimini “tadbirkorlik bilan shug‘ullanyapti”, dedi. Hokimlik buni rad etmoqda

    21.07.2023, 19:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ekspertlar Putin qo‘riqchisining “sirli quroli”ni o‘rgandi (video)

    Dunyo | 29 iyul, 13:21

    Pekinda kuchli suv toshqinlari oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 29 iyul, 12:55

    Yozda konditsionersiz xonada uxlab qolishga yordam beradigan 7 layfhak

    Maslahatlar | 29 iyul, 12:52

    “OKMK” futbolchisi Nodirbek Abdurazzoqov faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 29 iyul, 12:52

    AQSHda 32 yil qamoqda nohaq o‘tirgan erkak oqlandi

    Dunyo | 29 iyul, 12:28

    “Arsenal” Uilyam Saliba bilan shartnomani uzaytiradi

    Sport | 29 iyul, 12:20

    Andijondagi kanalga korxonadagi avariya sabab neft oqib ketdi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 12:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.