• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Taqiqlangan joyda to‘xtagan taksichilar ham jarimaga tortiladimi? Ochiq qolayotgan savollar

    Toshkent shahrida to‘xtash qoidalarini buzgan haydovchilar 750 ming so‘m miqdorida jarimaga tortila boshladi. Bu esa litsenziya asosida yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarda qator savollar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. “Daryo.uz” taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yurtdoshlarimiz bilan bog‘lanib, ularni o‘ylantirayotgan asosiy savollarni jamladi.

    Jarimalar kutilmaganda kela boshlagan

    13-noyabrdan Toshkent shahrida 3.27 hamda 3.28 yo‘l belgilari o‘rnatilgan hududlarda to‘xtagan haydovchilarga jarimalar kela boshlagani haqidagi xabarlarga ko‘zingiz tushgandir. Ijtimoiy tarmoqlar ayni mazmundagi foto hamda videolar bilan to‘lib-toshdi.

    Poytaxtdagi yo‘l yuzida joylashgan masjid, yemakxona, bozorlar qarshisida to‘xtab turgan yoxud taqiqlovchi yo‘l chizig‘i yoki belgisi taʼsiridagi hududda avtomobilini qoldirgan haydovchilar jarimaga tortilgani haqida pochtadan xat olishgan yoki Road24 ilovasi orqali xabar topishgan.

    Haydovchilar “Daryo” muxbiri bilan suhbatda garchi taqiqlovchi yo‘l belgilari taʼsir doirasidagi hudud bo‘lsa-da, mashinasini masjid, yemakxona, bozorlar qarshisida qoldirishgani uchun shu paytgacha javobgarlikka tortilishmaganini aytishmoqda.

    Ularning so‘zlariga ko‘ra, jarimalar kutilmaganda kela boshlagan. IIV YHXXning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoxud boshqa axborot manbalarida qaysi sanadan 3.27 hamda 3.28 yo‘l belgilari taʼsiridagi joylarda qoldirilgan avtomobillarning haydovchilarga jarima qo‘llash boshlanishi haqida ogohlantirish berilmagan.

    “To‘g‘ri, qoidani buzganmiz, buni tan olamiz. Lekin shu paytgacha mashinalarimizni o‘sha joyda qoldirganimizda jarimaga tortilmaganmiz. Agar falon sanadan qoidabuzarlarni javobgarlikka tortish boshlanadi deb ogohlantirishganida balki qoidani buzmaslik choralarini ko‘rgan bo‘larmidik.

    Bozorlar, masjidlarning avtoturargohlari sig‘imi juda kichik. Majburligimizdan yo‘l chetida mashinalarimizni qoldiramiz. Agar mana shu muammo bartaraf etilsa, turargohlar pulli bo‘lgan taqdirda ham shu joyga mashinalarimizni qo‘yib ketardik. Bu katta miqdorda jarima to‘lagandan ko‘ra arzonga tushadi baribir”, deydi poytaxt masjidlarining yonida qoidani buzgani uchun jarimaga tortilgan haydovchilardan biri.

    Yo‘lovchini tushirishga to‘xtagani uchun 750 ming so‘m jarima

    Foto: Madina Nurman

    Taqiqlovchi yo‘l belgilari taʼsiridagi joylarda mashinasini qoldirganlarni yoppasiga javobgarlikka tortish boshlangani litsenziya asosida yo‘lovchi va yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarda qator savollarni yuzaga keltirgan.

    Jarimaga tortilganlar orasida 3.27 hamda 3.28 yo‘l belgilari taʼsiridagi joylarda onlayn agregator orqali taksi chaqirgan mijozlarni tushirish va mashinaga chiqarish uchun atigi bir, bir yarim daqiqa atrofida to‘xtab turgan haydovchilar ham bor.

    “Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyam bor. Soliq organida o‘zi-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganman, aks holda taksi agregatorlardan buyurtma ololmayman. Demoqchimanki, faoliyatim qonuniy. Faqat mashinamga yo‘nalishsiz taksilar uchun ko‘zda tutilgan yagona tanish belgilari o‘rnatilmagan. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida bir nechta taksi agregatoridan buyurtmalar olib ishlaganim uchun avtomobilimga ulardan hech birining brendi yopishtirmaganman.

    Menga jarima yozilgan kuni ham taksi agregatorining ilovasida belgilangan joyga borib mijozni olaman va ko‘rsatilgan manzilga eltib qo‘yaman. Jarimaga tortilgan kunim ham mijoz ilovada belgilangan nuqtaga borib, uni biroz kutib turdim. Taxminan bir yarim daqiqacha turib, mijoz chiqqach, joyimdan qo‘zg‘aldim. Jarima qog‘ozida ham 62 soniya turganimdan”, deya voqea qanday ro‘y berganini hikoya qiladi Abdulfattoh ismli taksichi.

    Uning aytishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXBga shaxsan borib, masʼullarga uchrashgan. Vaziyatni tushuntirib, jarimani bekor qildirish imkoni bor-yo‘qligi bilan qiziqqan.

    “U yerga borganimning foydasi bo‘lmadi, ochig‘i. Litsenziyam borligi, faoliyatim qonuniyligini tushuntirib berdim. Men bilan suhbatlashgan masʼul xodim faqatgina mijozni olish uchun to‘xtashim mumkinligi, lekin 3.27 yo‘l belgisi taʼsiridagi joyda mijozni kutib tura olmasligimni aytdi.

    Bundan tashqari, jarimaga tortilmaslik uchun faqat litsenziya olganimning o‘zi kifoya qilmas ekan. Litsenziya bilan bir qatorda mashinasining tepasiga to‘q sariq rangli fonarga “TAXI” tanish belgisi o‘rnatilgan, avtomobilining yon eshiklarida shaxmat tartibida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat bo‘lgan kompozitsiya va “T” harflari bo‘lgan kirakashlargina to‘xtash taqiqlangan joyda to‘xtab mijozni kutgani uchun jarimaga tortilmas ekan.

    Shunda ham to‘xtash qoidalarini buzgan haydovchilar javobgarlikka tortilmasligi kafolatlanmagan ekan. Poytaxt IIBB YHXB masʼulining taʼkidlashicha, litsenziya va taniqlilik belgilariga ega kirakashlar jarimaga tortilgan taqdirda uni faqatgina sud orqali bekor qilish mumkin ekan”, deydi suhbatdoshimiz.

    Taksilar 10 daqiqagacha to‘xtab turishi mumkin emasmi(di)?

    Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish)ga – to‘xtash, transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatishga – to‘xtab turish deb taʼrif berilgan.

    Biroq “Daryo”ga murojaat qilgan kirakashlar yo‘lovchilarni tushirish yoki mashinaga chiqarish jarayoni ikki daqiqaga ham bormagan holatlarda ham ularga nisbatan jarima yozilganini aytishmoqda.

    Foto: Madina Nurman

    “Gohida belgilangan joyga borganimizda mijozni 3 daqiqa davomida bepul kutishga majburmiz. Shu vaqt ichida chiqmasa pulli kutishga o‘tiladi. Ba’zan bu jarayon 5-10 daqiqadan juda kam holatlarda bo‘lsa-da yarim soat, bir soatgacha cho‘zilishi mumkin. Agar kameralar shaqillatib jarima yozishda davom etadigan bo‘lsa, kirakashlikni yig‘ishtirib boshqa ish qidirishimizga to‘g‘ri keladi.

    Aslida masalaning yechimi bor. Hammamiz bugungi kunda litsenziya asosida faoliyat yuritamiz. Aks holda taksi agregatori buyurtma bermay qo‘yadi. Litsenziya olish uchun OneID tizimidan foydalanamiz. Ko‘pchiligimiz litsenziyani Yagona darcha orqali olganmiz. Demoqchi bo‘lganim, barcha maʼlumotlarimiz raqamlashtirilgan.

    Bugungi kunda davlat tashkilotlarining aholiga xizmat ko‘rsatuvchi platformalari ham OneID tizimi bilan integratsiya qilinganini hisobga olsak, jarimalarni saralovchi xodimlar birrov bazadan litsenziyamiz bor-yo‘qligini tekshirsa olam-guliston. Litsenziya bo‘lmasa jarimaga tortishsa bu boshqa gap. Ham soliq to‘lab, ham maʼlum bir mablag‘ evaziga litsenziya sotib olganimizdan keyin ham jarima to‘lab yurishimiz g‘irt mantiqsizlik-ku”, deydi To‘lqin Nazarov.

    Muammoning yana bir yechimi

    “Daryo” bilan suhbatda yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar muammoning yechimi sifatida yana bir taklifni bildirishdi.

    “Bugungi kunda ishlab turgan taksi agregatorlariga tegishli ilovalardan foydalanuvchi yurtdoshlarimiz 3.27 hamda 3.28 yo‘l belgilari taʼsiridagi joylarga taksi chaqirishlari mumkin. Buning oqibati esa otning kallasiday jarima bilan tugayapti. Ro‘zg‘orini tebratish uchun 5-6 so‘m topish ilinjida ko‘chaga chiqqan kirakashlar aksincha chiqimdor bo‘lib qolishyapti.

    Aslida boshqa davlatlarda buning yechimi topilgan. Masalan, Rossiyada yo‘lovchilar taksi chaqirishda to‘xtashga ruxsat etilgan joylarni tanlashga majbur. Ilovada to‘xtash taqiqlangan hududni belgilash imkoni yo‘q, vaholanki bilmasdan shunday joyni belgilamoqchi bo‘lishsa, nuqta avtomat ravishda to‘xtash ruxsat etilgan joyga o‘zgarib qoladi.

    Bizda ham xuddi shu narsa joriy etilishi kerak. Agregatorlar faoliyatini nazorat qiluvchi idoralar haydovchilar manfaatini himoya qilib o‘z ilovalariga shu yangilik joriy qilishlarini talab qilishsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Qolaversa, ayni paytda yurtimizda eng ommabop bo‘lgan taksi agregatori aynan Rossiyaniki va ularda bu tajriba begona emas”, deydi Farhod Aliyev.

    Boshqa qoidabuzarliklar uchun jarimalar

    O‘zbekistonlik haydovchilar nafaqat to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzganligi, balki o‘tgan haftadan eʼtiboran xavfsizlik kamarini taqmay harakatlangani, maktab va bog‘chalar joylashgan hududlardan soatiga 30 kilometrdan yuqori tezlikda mashina boshqargani uchun ham jarimaga tortila boshlagan.

    Ilgari ayni turdagi qoidabuzarliklarni qayd qiluvchi kameralar o‘rnatilgani xabar berilgan bo‘lsa-da, ular qachondan ishga tushishi aytilmagandi. Shunday ekan, barcha haydovchilarni bundan buyon yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy rioya etishga chorlab qolamiz.

    Shuning barobarida “Daryo” nashri kirakashlarni qiynayotgan, yuqorida batafsil ochib berilgan muammoga oqilona yechim topilishi, davlatga belgilangan tartibda soliq va boshqa yig‘imlarni to‘lagan holda qonuniy faoliyat yuritayotgan taksi haydovchilari haqligini isbotlash uchun sudma-sud sarson bo‘lib yurishining oldi olinishi, jarimalarni saralovchi xodimlarning ozgina eʼtiborli bo‘lishi orqali masalani ijobiy hal qilish tarafdori ekanini bildiradi. Tahririyat rasmiy izohlar va qarshi fikrlar uchun hamisha ochiq.

    22.11.2024, 19:58   Izoh (0)   11035
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #taksi#kirakash#yo‘lovchi tashish#jarima#kamera#yo‘l belgisi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda endi jismoniy shaxslar YTT ochib, taksichilik qilishi mumkin

    06.05.2021, 17:22

    Toshkentdagi tirbandliklar shaxsiy transport va taksilarning ko‘pligi bilan izohlandi

    07.09.2021, 09:28

    Toshkentda taksi haydovchisi yo‘lovchi qizning yuziga musht tushirdi. Holat bo‘yicha IIBB ma’lumot berdi

    10.09.2021, 07:21

    Qarshida taksi haydovchilari avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Ular xavfsizlik kamari taqmagani sabab yozilgan jarimalardan norozi bo‘lmoqda (video)

    26.05.2022, 16:44

    O‘zbekistonda endi taksichilar ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatoriga kiritiladi

    07.07.2022, 17:31

    Toshkent aeroportida taksi xizmati bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi

    09.08.2022, 23:35

    Toshkent xalqaro aeroportida noqonuniy taksichilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi

    16.09.2022, 17:55

    Samarqandda bolani itlar hamlasidan qutqarib qolgan taksi haydovchisi taqdirlandi

    12.07.2023, 08:48

    Farg‘onada erkak telefoniga javob bermagan taksi haydovchisi mashinasiga g‘isht otdi (video)

    02.08.2023, 11:02

    O‘zbekistonda endi kamera qayd etgan jarimaga avtomobil egasi javobgar bo‘lmasligi mumkin

    12.09.2023, 19:53

    Toshkent viloyatida taksi haydovchisi o‘ldirilib, mashinasi yoqib yuborildi (video)

    04.10.2023, 16:53

    O‘zbekistonda taksi xizmati uchun naqd pul orqali to‘lov qilinganda chek berilishi taʼminlanadi

    07.12.2023, 14:23

    Raqobat qo‘mitasi Yandex Go taksi xizmatining O‘zbekistondagi ustun mavqeini tan oldi

    09.12.2023, 10:14

    Toshkentda taksi haydovchisini o‘ldirgan 24 yoshli yigit 18 yilga qamaldi 

    23.01.2024, 21:10

    Toshkentda taksi narxlari keskin ko‘tarildi

    16.02.2024, 18:07

    Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi

    23.04.2024, 13:16

    O‘zbekistonda rasmiy taksi haydovchilari qancha daromad olmoqda?

    18.08.2024, 13:15

    “Jarimalarni fuqarolar daromadiga qarab qo‘llash tarafdorimiz” — “Adolat” partiyasi vakili

    04.10.2024, 18:45

    Irkutskda migrantlarga taksi, savdo va ta’lim sohalarida ishlash taqiqlandi

    15.10.2024, 22:20

    O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni ikki baravar oshdi

    24.10.2024, 12:55

    Toshkentda Lacetti va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    11.11.2024, 23:20

    Radarsiz yo‘llar, kamerasiz chorrahalar, arzon benzin va signal chalmaydigan haydovchilar. Kuala Lumpurda bir kun

    19.11.2024, 07:00

    Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

    21.11.2024, 12:20

    Taksi haydovchilari litsenziyasi ikki barobarga qimmatlashdi

    22.11.2024, 17:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.