• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    “Sudda qatnashish mumkin, ammo foto-videoga olish mumkinmas”. Sobiq vazir sudida jurnalistlar faoliyati cheklandi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida sudya Sardor Sodiqov raisligida sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va 49 nafar sudlanuvchi ishi ko‘rib chiqilayotgani xabar berilgandi. Sudning 6-sentyabr kuni davom etgan navbatdagi majlisida OAV vakillarining faoliyati cheklab qo‘yildi. Ularga sud majlisida foto, video va audiomaterial olish taqiqlandi. 

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” jurnalistining xabar berishicha, OAV vakillari shundan so‘ng sud zalini tark etgan. 

    “Advokat Abduraimov sudga jurnalistlarni kiritmaslik haqida iltimosnoma berdi. Bu iltimosnoma bir nechta advokatlar va sudlanuvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Biroq hamma advokatlar ham buni qo‘llamadi. Biz shu paytda jurnalistlarga ham so‘z berilib, ularning ham fikri eshitiladi deb o‘ylagandik. Ammo bizga navbat berilmadi. Maslahatxonaga kirgan sudya advokatlar iltimosnomasini qisman qanoatlantirganini aytib, sud majlisida jurnalistlarning foto, video va audiomateriallar olishini taqiqladi. Sudyaga ko‘ra, jurnalistlar sud majlisida ishtirok etib, ma’lumotlarni qo‘lyozma tarzida yozib olishi va shu tarzda yoritishi mumkin”, deydi “Kun.uz” internet nashri jurnalisti Baxtiyor To‘xtayev. 
    Baxtiyor To‘xtayev
    Foto: “Daryo”

    Jurnalist sudning ayni paytdagi harakati OAV vakillari faoliyatini cheklaganini aytmoqda.

    “Sudda so‘z berishsa, sud tergovi paytida faoliyatimizni qisman cheklab, ayni paytdagi jarayonlar — sudlanuvchilarning shaxsiga aniqlik kiritilishi, ayblov xulosasining o‘qib eshittirilishi bilan bog‘liq holatlarda audio, foto va videoga ruxsat berishlari kerakligini tushuntirmoqchi edim”, — deydi jurnalist. 

    “Gazeta.uz” nashri muxbiri Mirolim Isajonov rasmiy axborotlarda ochiq sud deya bong urilayotgan sud yopiq suddan farqli bo‘lmayotganini aytmoqda. 

    Mirolim Isajonov
    Foto: “Daryo”
    “Rasmiy bayonotlarda ochiq sud deyilyapti. Lekin ichkaridagi holatni ko‘ryapsiz. Bunaqa tartibda yoritgandan yoritmagan ma’qul. Chunki biz jurnalistlarga fakt kerak. O‘tgan sud majlisini yozgan jurnalistlarni bo‘rttirib yozdi deyishyapti, ertaga audio yoki videofakt bo‘lmasa bizga ham shunday tamg‘ani qo‘yishi, sudlashishgacha borishlari mumkin. Shu uchun bunga qarshiman va sud majlisidan chiqib ketdim”, deydi jurnalist. 

    Mirolim Isajonovning bildirishicha, bugunga qadar bo‘lib o‘tgan Nukus voqealari va “Dok-1 Maks” sudlarida jurnalistlarga hech qanday to‘siq qo‘yilmagan. Ushbu sud majlislarini bugungi sudyalarga namuna qilib ko‘rsatsa bo‘ladi. 

    “Masalan Nukus voqealari ishi, shuningdek, “Dok-1 Maks” aybdorlari ishi ko‘rib chiqilgan sud majlislarida dastlab sudlanuvchilar va advokatlar OAV ishtirokiga qarshi bo‘lsa-da, sudya bu ishlar jamoatchilik nazoratida ekanini, shuningdek, sudning shaffofligini ta’minlash uchun ham majlislarda jurnalistlar ishtiroki muhim deya, bizning ishlashimiz uchun zamin yaratgandi. Nukus voqealari sudi “Gazeta.uz” sayti orqali onlayn yoritib borilgandi”, deydi suhbatdosh. 

    “Gazeta.uz” jurnalistining qo‘shimcha qilishicha, bugungi sud majlisida sudya Sardor Sodiqov telefon o‘ynab o‘tirgan. Jurnalist bu holatni suratga olmoqchi bo‘lganida Milliy gvardiya xodimlari jurnalistga qarshilik ko‘rsatib, sudya ruxsatisiz sud zalida suratga olish mumkin emasligini aytgan. 

    “Qalampir.uz” jurnalisti Hulkar Murtazoyevaning aytishicha, bugungi sudda davlat ayblovchisi ham jurnalistlarning suddan chiqarib yuborilishini so‘ragan. 

    Hulkar Murtazoyeva
    Foto: “Daryo”
    “Sudga kirish mumkin ekan, ammo yoritish mumkinmas, yozib olish mumkin, diktofon ishlatish mumkinmas, kimlar ko‘rsatma berganini yozish mumkin, lekin nima deb ko‘rsatma berganini yozish mumkin emas ekan. Unda biz qanday ishlaymiz?”, deydi Hulkar Murtazoyeva. 

    “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi jurnalisti Mo‘tabar Nurmuhammedovaning aytishicha, sudya Sardor Sodiqov ochiq sudni yopiq sudga aylantirish uchun advokatlardan qurol sifatida foydalangan.

    Mo‘tabar Nurmuhammedova
    Foto: Mo‘tabar Nurmuhammedova shaxsiy arxividan
    “Bu sudda ishtirok etayotgan advokatlarning aksariyati jurnalistlarni tanimas, bilmas ekan. Shunday bo‘lsa-da, bizni huquqiy bilimsizlikda ayblashgani shaxsan meni xafa qildi. Aynan shu sudga raislik qiluvchi sudya bizning faoliyatimizni yaxshi bilardi. Advokatlar bizning kasbiy mahoratimizga ishonmasa sudyadan so‘rashlari mumkin edi. Mening nazarimda sudya ochiq sudni yopiqqa aylantirish uchun aynan advokatlardan, ularning fikrlaridan qurol sifatida foydalandi”, deydi Mo‘tabar Nurmuhammedova.  

    “Sevimli” telekanali muxbiri ham sudya Sardor Sodiqov sud majlisida telefon o‘ynab o‘tirganini tasdiqladi.

    “Sudda bizga foto, video va audio olishga to‘siq qo‘yilgach, chiqib keta boshladik. Shunda sudlanuvchilarning yaqinlari va ayrim advokatlar telefon raqamlarimizni so‘rashdi. Nega desak, agar sudning qarori adolatsiz bo‘lsa, ularni qoniqtirmasa bizga murojaat qilishlarini aytishdi. Eng yomoni advokatlar va sudlanuvchilar OAVdan qurol sifatida foydalanishmoqchi bo‘lyapti. Bugungi sud majlisini yoritishga kelganda esa yovqarash qilib, erkin faoliyatimizga to‘siq bo‘lishmoqda”, deydi jurnalist. 

    Avvalgi sud majlislarida sudda so‘z olgan advokatlardan biri Temur Rahmatov internet nashrlarining birida sobiq vazir Aziz Voitov ishi sudda ko‘rib chiqilgani va 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingani yozilganini aytib, jurnalistlarni noto‘g‘ri axborot tarqatayotganlikda ayblagandi. Shuningdek, sudda so‘z olgan va ism-sharifini aytmagan yana bir advokat sudda qatnashayotgan jurnalistlar xorijliklar agenti bo‘lishi mumkinligini aytib, shu bois ularga sudni yoritishni taqiqlash kerakligini taklif qilgandi.

    06.09.2024, 23:00   Izoh (0)   15907
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” dayjesti: 6-sentyabrning eng muhim xabarlari

    06.09.2024, 22:35

    Jizzaxda o‘zganing nomiga 20 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlandi 

    06.09.2024, 22:10

    Toshkentdagi savdo do‘konida aksiz marka bilan yelimlanmagan alkogol mahsulotlari aniqlandi 

    06.09.2024, 21:35

    Andijonda MIB tadbirkorga kredit mablag‘ini berishdan bosh tortgan bankdan 200 mln so‘m undirib berdi  

    06.09.2024, 21:05

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi BMTning yordam pulidan qimmatbaho mashina sotib olgani yuzasidan izoh berdi 

    06.09.2024, 20:24

    Ohangaron va Namanganda elektrdan noqonuniy foydalanganlar davlatga 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi

    06.09.2024, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya yadroviy kallak tashuvchi qanotli raketani sinovdan o‘tkazadi

    Dunyo | 14 avgust, 15:05

    Nursulton Ro‘ziboyevning raqibi o‘zbekistonlik muxlislarni haqorat qildi (video)

    Sport | 14 avgust, 15:01

    O‘zbekiston nega AQSHdan paxta import qilmoqchi?

    O‘zbekiston | 14 avgust, 14:58

    Avstriyada jarroh 12 yoshli qiziga bemor bosh suyagini teshtirdi

    Dunyo | 14 avgust, 14:40

    Toshkentda bo‘lib o‘tadigan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?

    Madaniyat | 14 avgust, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.