• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12354.65
    • RUB153.93
    • EUR14384.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Eronning Isroil va uning ittifoqchilari bilan nizosi ikki yilgacha davom etishi mumkin. Bu haqda nomi oshkor qilinmagan Eron amaldoriga asoslanib, CNN telekanali xabar bermoqda.

    Foto: Getty Images
    “Eronning baholashicha, urush ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin va Tehron voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor turmoqda”, deyiladi xabarda.

    Telekanal manbasining ta’kidlashicha, Eronda vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga bo‘lgan chaqiriqlar Islom Respublikasining mojaroni davom ettirishga tayyorligini sinab ko‘rish uchun urinish sifatida baholanmoqda.

    Qayd etilishicha, Eron tomoni urushga tayyor, biroq ular AQSH hukumatidan o‘z harakatlari uchun javobgar bo‘lishni va “Isroilning ortida yashirinmaslikni” talab qilmoqda.

    “Eron hukumati AQSHning Isroilni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga urush uchun bevosita to‘lov qilishini xohlamoqda”, deyiladi xabarda.

    Eron va Isroil urushi

    Isroil 13-iyun kechasi Eronni maxfiy harbiy-yadroviy dasturni amalga oshirishda ayblab, unga qarshi operatsiya boshladi. Havo hujumlari va diversiya guruhlarining reydlari nishonlari atom obyektlari, generallar, mashhur yadro fiziklari, aviabazalar, havo hujumidan mudofaa vositalari, “yer-yer” raketalari bo‘ldi.

    Eron o‘z atom loyihasining harbiy maqsadlarga yo‘naltirilganini rad etmoqda. MAGATE bosh direktori Rafael Grossi 18-iyun kuni ma’lum qilishicha, agentlik inspektorlari Eronning yadro quroli yaratish dasturini amalga oshirayotgani haqida aniq dalillarni ko‘rmagan. AQSH razvedka hamjamiyati prezident Donald Tramp va Isroil bayonotlariga qarama-qarshi o‘laroq, Eron yadro qurolini yaratishga intilmagan, deb hisobladi.

    Eron Isroilning harakatlariga raketa zarbalari va hujumchi uchuvchisiz apparatlar bilan javob qaytarmoqda, harbiy obyektlarga zarba berayotganini ta’kidlamoqda. Har ikki tomondan ham turar joy binolariga zarar yetkazish va tinch aholi orasida qurbonlar soni ortib bormoqda.

    Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 220 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, kamida 2,8 ming kishi jarohatlangan. Shu bilan birga, Eronning Rossiyadagi elchisi Kazem Jaloli 300 ga yaqin tinch aholi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Isroilda Eron zarbalari oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘lgani, 1,2 mingdan ortiq kishi yaralangani aytildi.

    Isroil va Eron kuniga bir necha marta o‘zaro zarbalar bermoqda. Isroil hukumati Eron yadro dasturi yo‘q qilinmaguncha kampaniyani davom ettirish bilan po‘pisa qildi. Tehron esa, o‘z navbatida, Isroil bombardimonni to‘xtatmaguncha o‘qqa tutishni davom ettirishini bildirmoqda.

    AQSHning Eronga hujumi

    AQSH 22-iyunga o‘tar kechasi Erondagi uchta yadroviy obyektga zarba berdi. Soat 2:30 atrofida Amerikaning B-2 samolyotlari tog‘ ichida joylashgan Fordodagi uranni boyitish markaziga hujum qilib, unga kamida o‘nlab 13 tonnalik GBU-57 bunkerga qarshi bombalarini tashladi.

    Bir vaqtning o‘zida suvosti kemalari Natanz va Isfahondagi obyektlarga 30 ga yaqin Tomahawk qanotli raketalarini uchirdi. Tramp nishonlar “to‘liq yo‘q qilinganini” e’lon qildi. Shu bilan birga, Oq uydagi yuqori martabali amaldorning The Wall Street Journal’ga ma’lum qilishicha, zarbalar Erondagi rejimni o‘zgartirishga qaratilmagan “bir martalik operatsiya” bo‘lgan.

    Eron harbiylari AQSH hujumiga javoban Isroilga ballistik raketalar uchirdi va birinchi marta 2 ming kilometr masofaga uchadigan eng yangi Kheibar modelini qo‘lladi. Natijada Tel Aviv, Nes Sion va Hayfa shaharlarida bir nechta uylar vayron bo‘ldi, 86 kishi jarohatlandi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Isroil mudofaa armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron jami 30 ga yaqin raketa uchirgan.

    Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Istanbulda turib matbuot anjumani o‘tkazdi. U mojaroga diplomatik yechim ko‘rmayotganini aytib, Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga borishini ta’kidladi. Aroqchi AQSH prezidenti “nafaqat Eronga, balki o‘z xalqiga ham” xiyonat qilganini aytdi.

    23 iyun, 23:20   Izoh (0)   5253
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Eron#Isroil#AQSH#urush

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    6 iyun, 16:00

    Isroilning Eronga hujumi sabab neft narxi oshadimi?

    13 iyun, 15:50

    “Netanyaxu AQSHni urushga tortmoqda” — amerikalik senator

    14 iyun, 14:30

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    Putin va Erdo‘g‘on Isroil mudofaa kuchlarining Eronga qarshi harakatlarini qoraladi

    16 iyun, 19:30

    Eron AQSH va Isroildan zudlik bilan hujumlarni to‘xtatib, muzokara boshlashni so‘radi — OAV

    17 iyun, 08:39

    Isroilning Eron zarbalaridan himoya qiluvchi mudofaa raketalari tugamoqda — WSJ

    18 iyun, 16:35

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    AQSH Eronning uchta yadroviy obyektiga zarba berdi

    22 iyun, 09:20

    Eron yadro obyektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

    22 iyun, 10:54

    Eron yadroviy obyektlari AQSH hujumidan oldin evakuatsiya qilingan — OAV 

    22 iyun, 13:07

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    22 iyun, 16:24

    Husiylar AQSHning Eronga hujumi sabab urushga qo‘shilganini e’lon qildi 

    22 iyun, 16:55

    Medvedev bir qator davlatlar Eronga “yadroviy o‘q-dorilar” berishga tayyorligini aytdi

    22 iyun, 18:19

    AQSH Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorlanmoqda — NBC

    22 iyun, 20:02

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    22 iyun, 22:06

    AQSH Eronga 75 ta bomba tashlagan: hujum tafsilotlari e’lon qilindi   

    22 iyun, 20:44

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi? 

    22 iyun, 21:28

    Isroil 33 nafar falastinlikni o‘ldirib, G‘azodagi 3 nafar asirning jasadini qaytarib oldi

    23 iyun, 10:20

    “AQSH hujum uchun javob olishi kerak” — Eron prezidenti

    23 iyun, 08:41

    AQSHda “Hizbulloh”ga aloqadorlikda gumonlanayotganlarni ta’qib qilish boshlandi

    23 iyun, 14:28

    Merkel: “Eronga berilgan zarbalarni Ukrainadagi urush bilan solishtirib bo‘lmaydi”

    23 iyun, 10:35

    Zelenskiy AQSHning Eronga hujumlarini qo‘llab-quvvatladi

    23 iyun, 16:05

    Isroilni tark etmoqchi bo‘lganlar uchun parvozlar yo‘lga qo‘yildi

    23 iyun, 12:38

    AQSH hujumidan oldin Eron boyitilgan uran zaxirasining katta qismini yashirishga ulgurgan — Reuters

    23 iyun, 14:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport

     

    Tavsiya etamiz

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    26 avgust, 20:10

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qonda ushlangan 11 ta “valyutchik” qamaldi

    O‘zbekiston | 27 avgust, 00:10

    Farg‘onada ona-bola giyohfurushlar qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:55

    Suriya prezidenti o‘zini ISHIDning asosiy qurboni deb atadi

    Dunyo | 26 avgust, 23:40

    Toshkent viloyatida xotinini tosh bilan urib o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:31

    Banklarda muammoli kreditlar ulushi bir yilda 1,7 trln so‘mga ko‘paydi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:30

    Turkiya transport vaziri 225 km/soat tezlikda mashina haydagani uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 22:55

    Xiaomi ovozli boshqaruvga ega “aqlli” suv isitgichni taqdim etdi

    Dunyo | 26 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.