• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    Qadimgi Yunoniston nafaqat ilm-fan, balki harbiy sohada ham taraqqiyotga erishgan edi. Og‘ir qurollangan piyoda askarlar, boshqacha aytganda, goplitlar jamiyat iyerarxiyasida yuksak o‘rinlarda tutgan. Ayniqsa, Sparta goplitlari o‘zining temir intizomi, chidamliligi bilan qolganlardan alohida ajralib turgan.

    Sparta goplitlari

    Goplit nafaqat harbiy xizmat, balki butun umrlik hayot tarzi edi. Boisi bunday jangchilar odatda 7 yoshidan boshlab oilasi bag‘rini tark etgan. Davlat ularni qaramog‘iga olib, maxsus lagerlarda tarbiyalagan. Bo‘lajak goplitlarga quroldan foydalanishdan tashqari, yugurish, kurash tushish, suzish, gimnastika va boshqalar o‘rgatilgan. Qolaversa, og‘riq va ochlikka chidamlilik, qatʼiy tartib-intizom ko‘nikmalari ham mustahkamlangan. Ajablanarlisi, Sparta yoshlari o‘g‘rilik qilishga rag‘batlantirilar, biroq jinoyat ustida qo‘lga tushganlar jazolanar edi. Bu ularning hushyorligi, uddaburonligini oshirishga qaratilgan maqsadli harakat edi.

    Goplitlar bolaligida butunlay davlat qaramog‘ida bo‘lgan bo‘lsa, 30 yoshdan so‘ng ularga to‘liq fuqarolik berilib, harbiy-siyosiy majburiyatlar yuklangan. Qurollanish masalasiga kelganda, askarlar 80 sm diametrli aspis (hoplon) qalqonlardan foydalangan. Ular yog‘och va bronzadan yasalgan bo‘lib, tananing yarimini to‘sgan. Qolgan yarmi esa chap tomondagi safdoshini himoya qilgan. Shunday qilib, har bir jangchi o‘zini va yonidagi sherigini bir vaqtda xavfdan saqlashi mumkin edi. Shu bois qalqonni tashlab qochish goplitlar uchun isnod hisoblangan.

    S
    Sparta goplitining manbalarga ko‘ra tiklangan ko‘rinishi
    Foto: Art Station

    Asosiy qurol sifatida esa goplitlar 2,1–2,7 metr uzunlikdagi bronza va temir nayzalardan foydalangan. Bunga qo‘shimcha tarzida, jangchilar o‘zlari bilan xiphos (kaltaroq qilich) yoki kopis (egri pichoqli qilich) olib yurgan. Ular yaqin masofadan janglarda asqatgan. Qolaversa, goplitlar tanasining turli qismlari zirh bilan himoyalangan.

    Sparta jangchilari qon dog‘ini ko‘rsatmaslik yaʼni va ruhiy taʼsirdan saqlanish uchun qizil plash taqishgan. Qolaversa, jasorat timsoli sifatida sochlarini o‘stirib, tarab yurishgan. Jangchilar asosiy taktik birlik sifatida 8–12 qatordan iborat devor – Falangaga birlashgan. Yurish vaqtida esa qatʼiy intizom bilan musiqaga hamohang tarzda harakatlanib, mustahkam mushtga aylangan.

    Shoh Leonidning shaxsiy gvardiyasi hisoblangan hamda tarixga 300 spartalik nomi bilan kirgan askarlar ayni shu goplitlar edi. Ular Fermopil va Plateya janglari, shuningdek Peloponnes urushida hal qiluvchi kuchlardan edi.

    Yunon goplitlarining falanga tuzilishi
    Yunon goplitlarining falanga tuzilishi
    Foto: Medium

    Tarixiy manbalarga ko‘ra, Makedoniya shohi Filipp II Spartaga “Agar men shahringizga bostirib kirsam, uni yer bilan yakson qilaman”, degan mazmunda xat yuboradi. Goplitlar esa unga qisqacha qilib, “Agar” so‘zi bilan javob qaytarishgan.

    Fors o‘lmaslari

    Ahamoniylar imperiyasi o‘zining qudrat cho‘qqisida uchta qitʼaning bepoyon hududlarini nazorat qildi. Saltanat, avvalambor imperatorning xavfsizligini taʼminlash, qolaversa dushmanlar qalbiga qo‘rquv solish uchun “O‘lmaslar” qo‘shinini tuzdi. Ulardan biri janglarda safdan chiqsa, o‘rnini boshqasi to‘ldirar edi. “O‘lmaslar” nomi mana shundan kelib chiqdi.

    Doro I saroyida ishlangan kamonchilar frizi, miloddan avvalgi taxminan 510-yil. Ba’zilar bu jangchilarni “O'lmaslar” dan biri deb hisoblashadi.
    Foto: Britannica

    Mazkur qo‘shin haqida ilk bor mil. avv. 522–486-yillarda yashab o‘tgan Doro I davrida qayd etilgan bo‘lib, soni muntazam ravishda 10 ming kishini tashkil qilgan. Uning safiga askarlar imperiyaga bo‘ysunuvchi turli xalqlardan maxsus saralab olingan. Manbalarga ko‘ra, jangchilar asosan fors, maday va elam millatlariga mansub bo‘lgan.

    Antik davr tarixchilarining yozib qoldirishicha, “O‘lmaslar” asosan qisqa nayza va kamonlar bilan qurollangan. Qolaversa, ularning ixtiyorida temirdan yasalgan kalta qilichlar (akinak) ham bo‘lgan. To‘qilgan savatcha shaklidagi yengil qalqonlar va bronza bezakli zirh esa askarlarni zarbalardan himoya qilgan. Ular doimo hashamatli liboslari, oltin va kumush bilan bezatilgan jihozlari bilan ajralib turgan. Shu bois ham yunonlar ularni “saroy askarlari” deya atashgan.

    Fors “O‘lmaslari” jang maydonida nafaqat harbiy kuch, balki imperiyaning qudrat ramzi ham edi. Ular yunon goplitlariga qaraganda yengilroq qurollangan, asosan nayza, kamon va qilichlardan foydalanar edi. Bundan tashqari, o‘lmaslar markaziy safga joylashib, asosiy zarbdor qo‘shin vazifasini bajargan.

    Assasins Creed o‘yini uchun ishlab chiqilgan “O‘lmaslar” obrazi
    Foto: Ubisoft

    Imperiyaning elita askarlari mil. avv. 480-yili Kserks boshqaruvi ostida 300 spartalik va yunon ittifoqchilariga qarshi jang qilgan. Gerodotning yozishicha, jang tor darada bo‘lib o‘tgani bois forslar o‘z son ustunligidan foydalana olmagan. Biroq yunonlardan chiqqan xoin Efialt forslarga tog‘ so‘qmog‘i haqida maʼlumot bergach, “O‘lmaslar” bo‘linmasi bu yo‘ldan o‘tib, yunonlarni qurshab olgan va mahv etgan.

    Miloddan avvalgi 479-yili “O‘lmaslar” fors qo‘shinlari safida yana jangda qatnashgan. Biroq bu gal yunonlar g‘alaba qozonib, dushmanni ortga chekinishga majbur qilgan.

    Temir intizomli va qo‘rqmas jangchilardan iborat qo‘shin imperiya bilan birgalikda quladi. “O‘lmaslar” miloddan avvalgi 331-yili Aleksandr Makedonskiyga qarshi hal qiluvchi Gaugamela jangida qatnashdi. Ular Ahamoniylar armiyasining markazida turib kurash olib bordi. Biroq imperiyaning saralangan askarlari yunon-makedon falangasi va g‘arbdan kelgan sarkardaning mahoratidan ustun kela olmadi. Natijada qo‘shin imperiya bilan birga tarix qariga ko‘mildi.

    Yanicharlar

    Usmonli saltanati o‘zining bir necha asrlik hukmronligi davomida saroy qoidalari, davlatchilik anʼanasi va ijtimoiy sohalarda o‘z qadriyatlariga asos soldi. Biroq shunday qudratli imperiya harbiy sohada ham alohida maktab yaratmasligi mumkin emasdi. Yanicharlar bunga misol bo‘la oladi.

    Usmonli yanicharlari qal’a qamalida
    Usmonli yanicharlari qal’a qamalida
    Foto:WeaponsandWarfare.com

    Yanicharlar (turkcha: Yeniçeri) “yangi askar” maʼnosini anglatadi. Ular XIV asr o‘rtalaridan XIX asrning birinchi choragigacha faoliyat ko‘rsatgan. Tuzilma saltanatning eng nufuzli va intizomli piyoda korpusi edi. Dastlab ular markaziy qo‘shin yadrosini tashkil etib, aksar janglar taqdirini hal qilgan. Qolaversa, sulton hokimiyatining harbiy tayanchi, poytaxt va saroy xavfsizligining kafolati sanalgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan korpus siyosiy va iqtisodiy hayotga aralasha boshladi. Bu esa 1826-yilga kelib ularning tarqatib yuborilishiga sabab bo‘ldi.

    Manbalarga ko‘ra, mazkur korpus sulton Murod I (1362–1389) davrida tuzilgan. Boisi Usmonli davlati, tez bilan kengayib borayotganiga qaramay, atrofi dushmanlar bilan to‘la edi. Bu esa hukmdordan shaxsan o‘ziga sodiq doimiy armiya tuzishni taqozo qildi. “Sulton qo‘shini” sifatida ularga poytaxt va saroyni himoya qilish, yirik janglarda oldingi safni ushlash, qamal va shahar hujumlarida “kalit roli”ni bajarish yuklatildi.

    Yanicharlar safiga askarlar “Devshirme” tizimi orqali jalb etilgan. Yaʼni asosan Bolqonda yashovchi nasroniy bolalar tanlab olinib, turk tili va saroy odobi o‘rgatilardi. Qolaversa, ular islom dinini ham qabul qilishgan. Davlat tarbiyasi va homiyligi bo‘lajak yanicharlarni bevosita sultonga bog‘lagan, ular esa hukmdorga sadoqat ruhida ulg‘ayar edi. Isteʼdodli yoshlarda saroyning Enderun maktabiga o‘tib, boshqaruv elitasi tarkibiga kirish imkoni ham bo‘lgan.

    Aholi yanicharlar liboslarida
    Foto: Pikabu

    Korpusni sulton nomidan Yanicharlar og‘asi (Yeniçeri Ağası) boshqargan. Maʼnaviy-ideologik jihatdan esa qo‘shin asosan Bektoshiylik tariqatiga bog‘langan edi. Bu esa askarlar orasida ruhiy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilgan. Yanicharlar dastlabki davrda nayza, kamon va qalqonlar vositasida jang qilgan. XV asrdan boshlab esa korpus musketlardan muntazam foydalanishni boshladi. Bu ularga Usmonli artilleriyasi bilan uyg‘unlikda qudratli kuchga aylanish imkonini berdi.

    Usmonli imperiyasi elita qo‘shini bir necha manbalar orqali daromad ko‘rgan. Birinchi navbatda, ularga sulton g‘aznasidan har uch oyda bir maosh to‘langan. Marosimda hukmdorning shaxsan o‘zi ishtirok etgan. Bundan tashqari, har safar yangi sulton taxtga o‘tirganda, o‘z hokimiyatini mustahkamlash va yanicharlarning sadoqatini sotib olish maqsadida ularga katta miqdorda pul tarqatgan. Qolaversa, muvaffaqiyatli harbiy yurishlardan so‘ng yanicharlar ham qolgan askarlar qatori o‘ljalarga ega bo‘lishgan.

    The Janissaries - The Elite Soldiers of the Turkish Empire | by Peter  Preskar | Short History

    Biroq yanicharlarga oila qurish va boshqa ishlarga ruxsat berilgan keyingi XVII-XVIII asrlarda jangchilarning intizomi pasayib, siyosiy va iqtisodiy hayotga ham faol aralasha boshladi. Baʼzi manbalarga ko‘ra, yanicharlar o‘z qudratidan foydalanib, savdogar va hunarmandlarga “soyabon” xizmatini taklif qilib, shu orqali daromad topishga ham kirishib ketdi. Natijada harbiy majburiyat ular uchun keyingi darajali vazifaga aylanib qoldi.

    Yanicharlar siyosiy kuchga aylangach, saroyga bosim o‘tkaza boshladi. 1622-yili ularning ta’sirini kamaytirish uchun yangi qo‘shin tuzmoqchi bo‘lgan sulton Usmon G‘oziy yanicharlar qo‘zg‘olonida qatl etildi. 1790-yillarda esa korpus saltanatda islohotlar o‘tkazish tashabbusiga faol qarshilik ko‘rsatdi. Natijada 1826-yilga kelib davlat darajasidagi maxsus amaliyot bilan yanicharlar kazarmalari tozalandi. Korpusning o‘zi esa tugatilib, Bektoshiylik takkalari yopildi.

    Samuraylar

    Ularning nomi or-nomus, shaʼn va sadoqat kabi so‘zlar bilan birga keladi. Samuraylar shunchaki jangchi emas. Ular Yaponiyaning o‘rta asr va yangi davr boshida davlat boshqaruvi, yer-soliq tizimi, madaniyat va urush qoidalarini belgilab bergan ijtimoiy qatlam edi.

    Samuraylar turli afsona va rivoyatlar bilan uyg‘unlashgan qatlam hisoblanadi
    Foto: Adobe Stock

    Samuray so‘zining ildizi “saburau” feʼlidan kelib chiqqan bo‘lib, “xizmat qilish” maʼnosini anglatadi. Ular avvaliga zodagonlar yer-mulklarini himoya qiluvchi jangchilar edi. Biroq vaqt o‘tishi bilan yerga egalik, soliq yig‘ish, mahalliy boshqaruv va harbiy yurishlarda qatnashish kabi vakolatlarga ega bo‘lishdi.

    XII asr oxirida Minamoto no Yoritomo g‘alabasi bilan Kamakura syogunati paydo bo‘ldi. Shu davrdan boshlab samuraylar nafaqat jang maydonida, balki davlat boshqaruvida ham hukmron sinf maqomini oldi. Markaziy hokimiyat zaiflashgan keyingi asrlarda feodallar urushlari avj oldi. XV–XVI asrlarni qamrab olgan bu davrda yuzlab kichik davlatchalar o‘zaro raqobatlashar, samuraylar esa yollanma piyoda dehqonlar bilan birga ular manfaatlariga xizmat qilar edi.

    Samuraylar uchun bushido (jangchi yo‘li) markaziy ahamiyatga ega edi. U qatʼiy kodeks sifatida yozib qoldirilmagan, biroq asrlar davomida shakllangan axloqiy meʼyorlar majmuasi edi. Bushido xo‘jayinga va jamiyatga sadoqat, adolat va vijdon amri, sabr, vafo hamda shaʼn kabilarni ustuvor qo‘yar edi. Uning taʼsirida samuraylar nafaqat jangchi, balki boshqalarga o‘rnak ziyoli sifatida ham shakllangan.

    Japanese warrior

    Kundalik mashg‘ulotlar ro‘yxatida jismoniy mashqlar va harb ishidan tashqari, xattotlik, sheʼriyat, choy marosimi, bog‘bonlik estetikasi va Zen meditatsiyasi ham bo‘lgan. Ayniqsa, sanab o‘tilganlarning oxirgisi samurayning hushyorligi hamda vaziyatni baholash qobiliyatlarini kuchaytirishiga ishonilgan.

    Samuraylar tarbiyasi erta davrdan boshlangan. Zodagon oilalar farzandlari bolalikdan ot minish, kamondan o‘q uzish, qilichbozlik va nayzabozlik ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan. Bunda ularga ustoz-shogird anʼanalari hamda ryu deb ataladigan maktablar asqatgan.

    Qurollanish masalasiga kelsak, bu butun boshli evolyutsiya bo‘lib, samuraylar tarixini tushunishga yordam beradi. Ular dastlabki davrlarda tachi qilichini beldan pastga osiltirib yurar edi. Keyinroq katana qilichining ahamiyati ortib ketdi. Biroq 1543-yilga kelib, Yaponiya tarixida keskin burilish yasagan voqea sodir bo‘ldi. O‘sha yili Xitoyga ketayotgan portugal savdogarlari bo‘ron sabab kunchiqar mamlakat janubidagi Tanegasima oroliga kelib qoldi. Yevropaliklar o‘zlari bilan olib kelgan arkebuza miltiqlarini orol hokimiga namoyish etishdi. Uning imkoniyatlarida hayratga tushgan hokim ikkita arkebuza sotib olib, o‘z muhandislariga ham xuddi shunday miltiqlar yasashni buyurdi.

    Yaponiyaga ilk o‘tochar qurollar Portugaliya savdogarlari orqali kirib keldi
    Foto: Reddit

    Yapon qurolsozlari Portugaliya mahsulotini qisqa vaqtda o‘zlashtirish bilan bir qatorda, “tanegasima” nomli o‘z modellarini ham ishlab chiqishdi. Natijada XVI asr oxiriga kelib, Yaponiya dunyodagi eng ko‘p o‘qotar qurol ishlab chiqaruvchi davlatlardan biriga aylandi. Biroq samuraylar bilan jarayon bu qadar tez kechmadi. Ularning yuqori martabali vakillari qilich va kamonni “samurayning ruhi” deb bilib, yangi qurolga nisbatan ishonchsizlik bilan qarashdi. Natijada musketlar asosan quyi tabaqadagi piyoda askarlarga berildi. Ammo 1575-yilgi Nagasino jangi bu naqadar katta xato bo‘lganini ko‘rsatib qo‘ydi.

    O‘shanda sarkarda Oda Nobunaga o‘zining musketlar bilan qurollangan 3000 piyoda askarini Takeda klanining otliq samuraylariga qarshi jangga tashladi. Natijada dushman kuchlari butunlay tor-mor etildi. Yaponiyaning elita jangchilari zamonaviy qurollarga ega piyodalarga qarshi jang qilish tugul, ularning yaqiniga ham kela olmadi. Shunday qilib, mazkur voqea anʼanaviy samuray otliqlarining o‘qotar qurollar oldida ojiz ekanligini isbotlab qo‘ydi.

    Nagasino jangi munosabati bilan o‘tkazilgan festivalda olingan surat
    Foto: jhistories.com

    XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Meiji islohotlari davrida samuraylik institutiga munosabat butunlay o‘zgardi. Markazlashgan qurolli kuchlar va umummilliy harbiy majburiyat joriy etildi. Avvaliga samuray sinfi o‘z moliyaviy manbalaridan mahrum bo‘ldi. 1876 yildan boshlab esa ularga jamoat joyida qilich ko‘tarib yurish ham taqiqlandi. Bundan norozi samuraylar 1877-yili isyonga turdi. Ammo muvaffaqiyatsizlikka uchrab, siyosiy va harbiy kuch sifatida tarix sahnasidan tushdi.

    Biroq ularning merosi kitoblar, filmlar va qadriyatlar shaklida hanuz yashab kelmoqda. Ayniqsa “seppuku” turli bahs-munozaralar markazida turadi. Unga ko‘ra, samuray shaʼnini asrash uchun o‘z joniga namoyishkorona tarzda qasd qilishi kerak edi. Ammo bunday amaliyotlar tarixiy-madaniy kontekstga xos bo‘lib, har doim ham qo‘llanmagan.

    Kozaklar

    XV–XVI asrlarda paydo bo‘lgan bu qatlam o‘zining chidamliligi, mohir jangchi ekani, ayniqsa, chavandozligi bilan mashhur. Kozaklar Ukraina, Janubiy Rossiya va Don-Dnepr bo‘ylarida shakllangan erkin jamoalardir. Ularning nomi turkiycha “qozak” so‘zidan kelib, “erkin odam, sarguzashtchi” maʼnosini bildiradi. Kozaklar dastlab beqaror hududlarda yashab, qisman talon-taroj va o‘ljalar hisobiga hayot kechirgan.

    Zaporojye kozaklarining Usmonli sultoniga javob maktubi yozish jarayoni 
    Foto: Rassom Ilya Efimovich Repin

    Dnepr bo‘yida istiqomat qilgan Zaporojye kozaklari hamda Don daryosini o‘ziga maskan tutgan Don kozaklari mazkur toifaning eng mashhurlari edi. Ular Polsha-Litva Hamdo‘stligi, Moskoviya knyazligi, Usmonli imperiyasi va Qrim xonligi bilan doimiy ravishda jang qilgan, o‘rni kelganda esa ittifoqlar tuzishgan. 

    Kozaklarning o‘ziga xos hayot tarzi bor edi. Ular jamoaviy boshqaruv asosida yashagan. Muhim qarorlar harbiy-demokratik yig‘inlar, aniqroq aytganda, rada yoki kruglarda qabul qilingan. Don kozaklarida eng yuqori lavozim ataman, Zaporojye kozaklarida esa hetman hisoblangan. Hukmdorlar saylov orqali iqtidorga kelar va shu bois jamoa oldida javobgar hisoblanar edi.

    Kozaklar uchun erkinlik va tenglikdan muhimroq qadriyat bo‘lgan. Tabiatan mohir jangchi va chavandoz hisoblangan bu kishilar vaziyat taqozo qilganda, ijtimoiy statusidan qatʼiy nazar birgalikda saf tortib, jangga kirishgan.

    Kozak jangchisi
    Foto: Flames of War

    Kozaklar o‘zlarining harbiy mahorati bilan shuhrat qozongan. Ot ustida yoydan o‘q otish, nayza uloqtirish kabilarni ular ortiqcha qiyinchiliklarsiz bajarishgan. Zaporojye kozaklari asosan Usmonli imperiyasi va Qrim xonligiga qarshi janglari bilan mashhurlikka erishgan. Don kozaklari esa Moskoviya bilan munosabatlar o‘rnatib, saltanatning janubiy chegaralarni himoya1qilgan, lekin baʼzida markaziy hokimiyatga qarshi qo‘zg‘olonlar ham bo‘lib turgan.

    1648-yilda Bogdan Xmelnitskiy boshchiligida Zaporojye kozaklari Polsha-Litva hukmronligiga qarshi yirik qo‘zg‘olon ko‘tardi va Ukraina hududida mustaqil hetmanlik davlatiga asos soldi. Bu davlat keyinchalik Rossiya bilan ittifoq tuzdi. Xmelnitskiyning mazkur qarori hanuzgacha munozaralar uchun mavzu hisoblanadi. Biroq Don kozaklari boshqa yo‘ldan ketdi. Ular rus boshqaruviga qarshi isyon ko‘tarishdi.

    Kozaklarning fotokamera orqali olingan kam sonli suratlaridan biri
    Kozaklarning fotokamera orqali olingan kam sonli suratlaridan biri
    Foto: Russia Beyond

    XIX asrga kelib ular maxsus imtiyozli harbiy tabaqa sifatida Rossiya imperiyasiga xizmat qila boshladi. Yer berilishi, soliqdan ozod qilish va boshqa imtiyozlar evaziga chegaralarni qo‘riqlash va urushlarda qatnashish kabi majburiyatlarni olishdi. Napoleon bosqini, Qrim muhofazasi, hatto Birinchi jahon urushida ham kozak otliqlari Rossiya armiyasining eng jangovar kuchi bo‘lib xizmat qildi. Biroq XX asr boshida bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi ortidan kozaklar erkin tuzilma sifatida tugatildi. Shunday qilib, ular jasorat, erkinlikka tashnalik, sadoqat va sarguzashtsevarlik timsoli sifatida tarixda qoldi.

    Gurhalar

    Himolay etaklaridan chiqqan nepallik jangchilar ikki asrdan beri Britaniya qirollik tojiga, 1947-yildan buyon esa Hindiston manfaatlariga xizmat qilib keladi. Inglizlar ularning jangovar mahoratiga ilk bor Anglo-Nepal urushi (1814-1816) paytida guvoh bo‘lib, hayratga tushdi. Shundan so‘ng Ost-Indiya kompaniyasi gurhalarni o‘z xizmatiga yollay boshladi. Ular dastlab kompaniya qo‘shinlari safida xizmat qilgan bo‘lsa, keyinchalik bevosita ingliz qo‘mondonligi nazoratiga o‘tdi va qirollik armiyasi tarkibida alohida guruh bo‘lib shakllandi.

    Gurha jangchilari Ikkinchi Jahon urushida
    Gurha jangchilari Ikkinchi Jahon urushida
    Foto: X

    Tog‘ farzandlari o‘zlarining jismoniy imkoniyatlari, temir intizomi, jasorati va o‘ziga xos jangovar ruhi bilan shuhrat qozongan. Gurhalarni Britaniya armiyasiga saralash jarayoni eng qiyin va talabchan sinovlardan biri hisoblanadi. “Doko poygasi” bunga yaqqol misol. Unga ko‘ra, nomzodlar 25 kg og‘irlikdagi tosh bilan to‘ldirilgan savatni (doko) peshonasiga bog‘lab, tik tog‘ yonbag‘ri bo‘ylab 5 km masofaga yugurib chiqishi kerak. Buning uchun ularga 40 daqiqa beriladi.

    Bundan tashqari, nomzodlar Britaniya armiyasi harbiy shifokorlari tomonidan chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Eng kichik muammo, masalan, tishdagi kichik kariyes, yassi oyoqlilik yoki eshitishdagi arzimas nuqson ham arizaning rad etilishiga sabab bo‘ladi.

    Ammo bo‘lajak gurhalar faqat jismoniy sinovlar bilangina cheklanmaydi. Nomzodlardan matematika va ingliz tili bo‘yicha testlar olinadi. Qolaversa, ofitserlar har bir talabgor bilan alohida suhbat o‘tkazib, dunyoqarashi va umumiy bilim darajasini tekshiradi. Talablar nihoyatda yuqori bo‘lgani bois 10 minglab nepallik yigitlarning atigi 200-300 tasi Britaniya armiyasining elita qo‘shini safida xizmat qilishga muvaffaq bo‘ladi.

    Britaniya armiyasi safida jang qilayotgan gurhalar
    Foto: Business Insider

    Gurha qismlari ikki asrdan beri Britaniya manfaatlariga xizmat qilib keladi. Shu kunga qadar ular qirollikning eng oliy unvoni hisoblangan Viktoriya Xochi bilan 26 marotaba taqdirlangan. Gurkha jangchisi jasorat ko‘rsatgan holatlar bisyor. Masalan, Ikkinchi Jahon urushi yillarida Birma frontida jang qilayotgan Lachximan Gurung xandaqda yolg‘iz qolib ketadi. Shunda uning pozitsiyasiga 200 dan ortiq yaponiyalik hujum qiladi. Gurung o‘ziga tashlangan ikkita granatani uloqtirib yuborishga ulguradi.

    Biroq uchinchisi uning o‘ng qo‘lida portlab, jangchini mayib qilgan. Shunga qaramay, gurha askari qurolni chap qo‘liga olib, kurashni to‘rt soat davom ettiradi. U har o‘q uzganida “Kel, gurha bilan jang qilib ko‘r!” deb qichqirgan. Tong otgach esa uning pozitsiyasi atrofida 31 nafar yapon askarining jasadi topiladi.

    Birma frontida yuz bergan yana bir holatda uning quroldoshi Bhanbhagta Gurung snayper o‘qi ostida qolgan bo‘linmasini qutqarish uchun hayotini xavf ostiga qo‘yadi va yaponiyalik merganni otib tashlaydi. Shundan so‘ng u bir o‘zi beshta dushman askari joylashgan xandaqqa hujum qilib, birinchisini nayzasi bilan, keyingi ikkitasini esa granata bilan o‘ldiradi. O‘q-dorisi tugab qolgani bois to‘rtinchi yaponiyalikni tosh bilan “tinchitadi”. Beshinchisi esa gurhalarning ramzi hisoblangan “kukri” pichog‘idan vafot topadi.

    Gurhalarning mashhur “kukri”pichog‘i
    Foto: Russia Beyond

    Gurhalarning jangovar mahoratiga yaqin tarixdan ham misollar bor. 2010-yili NATO kontingenti doirasida Afg‘onistonga yuborilgan serjant Dipprasad Punning nazorat punktiga “Tolibon” kuchlari hujum qiladi. Ularning soni 15 nafardan, 30 kishigacha borar edi. Gurha serjanti sarosimaga tushmasdan, bir o‘zi jangni qildi. Dipprasad Pun taxminan 17 daqiqa davom etgan kurashda o‘z pulemyotidan 400 dan ortiq o‘q uzib, 17 ta granata va bitta “Claymore” piyodalarga qarshi minasidan foydalandi. Shundan so‘ng serjant Britaniyaning eng oliy mukofotlaridan biri “Jasorat Xochi”ga loyiq ko‘rildi.

    Hozirgi kunda qirollik armiyasida taxminan 4000 nafar gurha xizmat qiladi. Ularning asosiy qismi Angliyaning Folkeston shaharchasida joylashgan. Bundan tashqari, Hindiston ham umumiy soni 30-40 ming atrofidagi 7 ta gurkha polkini tasarruf qiladi. Dehli ularni Jammu va Kashmir, Sikkim, Arunachal-Pradesh kabi strategik hududlarga joylashtirgan. Ammo bu hammasi emas. Gurhalarning jangovar imkoniyatlarini yuqori baholagan Singapur ham ulardan iborat taxminan 2000 kishilik kontingent tuzgan.

    Fransuz Xorijiy legioni

    Odatda istalgan davlat qurolli kuchlariga faqat o‘z fuqarolarini oladi. Biroq 1831-yili Fransiya qiroli Lui-Filip tomonidan tuzilgan fransuz elita bo‘linmasi sizning qayerda dunyoga kelganingiz, umuman olganda, o‘tmishingiz bilan qiziqmaydi. Uning tarkibida hozir 140 dan ortiq millatga mansub qariyb 10 ming askar xizmat qilsa-da, jangchilarning bari Fransiyaga sadoqat bildirib, qasamyod qilgan.

    F
    Fransuz Xoriy legioni askarlari
    Foto: Britannica

    Legion yollanma qo‘shin sifatida tuzilgani bilan, qatʼiy intizom va fransuz armiyasining rasmiy qoidalari asosida harakat qiladi. Legionerlar ko‘pincha mazkur tuzilmaga yangi hayot boshlash, muammoli o‘tmishdan qochish, harbiy sarguzashtlarni boshdan kechirish yoxud Fransiya fuqaroligi uchun qo‘shiladi.

    Legion xizmatchilari Fransiya manfaatlari muhofazasi uchun so‘zsiz javobgardir. Xizmat davri yakunlangach, legionerlar fransuz fuqaroligini olish imkoniga ega bo‘ladi. Ammo uning saflariga qo‘shilish oson emas. Qolaversa, tuzilma o‘zining og‘ir sharoitdagi mashg‘ulotlari bilan mashhur. Shu bois talabgorlar jismoniy sinovlar, ruhiy va tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi kerak. Buni muvaffaqiyatli bajarganlar Kastelnaudaridagi markaziy o‘quv lagerida mashaqqatli tayyorgarlikdan o‘tadi. Legionerlar bu yerda “yangi hayot” boshlaydi. Ko‘pincha ularga yangi ism va shaxsiy hujjatlar beriladi.

    Fransuz Xorijiy legioni mashg‘ulotlaridan
    Foto: Pinterest

    Xorijiy legion tashkil etilganidan buyon Fransiyaning deyarli barcha urushlarida qatnashgan. Jazoir, Marokash va boshqa Afrika davlatlariga mustamlakachilik yurishlari, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari va boshqalar shular jumlasidan. XXI asrda esa legion Afg‘oniston, Mali, Chad, Kot-dʼIvuar, Liviya va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi turli amaliyotlarda ishtirok etdi.

    Legion bugungi kunda ham Fransiya armiyasining eng elita korpusi bo‘lib qolmoqda. Uning tarkibida piyoda, muhandislik, artilleriya, desant va zirhli bo‘linmalar ham mavjud.

    POTD: French Foreign Legion at Sea with HK416F and FN Minimi

    Legionerlar yuksak jasorat ko‘rsatgan holatlar bisyor. Misol uchun, 1942-yili Legionning 3700 nafar askari Liviyaning Bir Hakeim vohasini general Rommelning nemis-italyan qo‘shma kuchlaridan himoya qilgan. Ular o‘zlaridan o‘n barobar ustun bo‘lgan dushman kuchlarini 16 kun davomida to‘xtatib turgan. Bu ittifoqchi inglizlarning 8-armiyasiga chekinish va qayta guruhlanish uchun imkon bergan.

    26 avgust, 20:10   Izoh (0)   1946
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ahamoniylar sulolasi#Sparta goplitlari#Yanicharlar#gurhalar
    Humoyun Tojiddinov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    26 avgust, 20:10

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida xotinini tosh bilan urib o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:31

    Banklarda muammoli kreditlar ulushi bir yilda 1,7 trln so‘mga ko‘paydi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:30

    Turkiya transport vaziri 225 km/soat tezlikda mashina haydagani uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 22:55

    Xiaomi ovozli boshqaruvga ega “aqlli” suv isitgichni taqdim etdi

    Dunyo | 26 avgust, 22:40

    Donald Tramp Vladimir Putinga bosim o'tkazadigan vaqt keldi — WSJ

    Dunyo | 26 avgust, 22:25

    Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.