Daryo

Qo‘qonda ushlangan 11 ta “valyutchik” qamaldi

Ularga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

1 daqiqa o‘qish5 116 ko‘rishlar0 izoh8

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida qo‘lga tushgan 11 nafar noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullangan shaxslarga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

2025-yilning 26-avgust kuni Qo‘qon shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Yangibozor hududida noqonuniy valyuta ayirboshlash va firibgarlik bilan shug‘ullanib kelayotgan 11 nafar shaxs qo‘lga olingan va ularga nisbatan maʼmuriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Shundan so‘ng to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudida ko‘rib chiqilib, ushbu shaxslarning har biriga 10 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shu kabi holat Buxoro va Qoraqalpog‘istonda ham kuzatilib, 4 nafar shaxs qo‘lga olingandi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar