• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    Eronda hokimiyat almashganidan ko‘p o‘tmay mamlakat misli ko‘rilmagan sanksiyalar girdobida qoldi. Bu ham yetmagandek, Saddam Husayn boshlagan urush sabab Iroq bilan 8 yil qonli janglar olib borildi. Shunga qaramay, mamlakat qisqa vaqt ichida o‘z raketa dasturini yo‘lga qo‘yib, 1400 km uzoqlikdagi Isroil uchun real tahdidga aylandi. Hozir eronliklarga jang qilish imkonini bergan narsa qariyb 40 yillik mehnat natijasidir. 

    1979-yili Eronni boshqarib kelayotgan sulola ag‘darilib, hokimiyat inqilobchilar qo‘liga o‘tdi. Quvg‘inda yurgan diniy ulamo Oyatulloh Humayniy hokimiyatni konsolidatsiyalashtira olgani bois mamlakatning yangi rahbariga aylandi. Biroq AQSH elchixonasiga hujum va qatag‘onlar sabab monarxiya o‘rniga kelgan kuch dunyo e’tirofiga tushmadi. Aksincha, misli ko‘rilmagan sanksiyalarga yuzlashdi. 

    Eronda yuz bergan inqilob aholisining katta qismi shialardan iborat Iroqqa ham yoyilishidan qo‘rqqan Saddam Husayn 1980-yili qo‘shni davlat hududiga bostirib kirdi. Biroq eronliklar kuchli qarshilik ko‘rsatdi. Ma’lum nuqtadan so‘ng quruqlikda janglar stagnatsiya bosqichiga kirdi. Ammo Iroq kuchlari havo ustunligidan foydalanib, Eron shaharlari bombardimon qilar, zich joylashgan havo mudofaa tizimlari bois munosib javob qaytarib bo‘lmasdi.

    Eron-Iroq urushi
    Eron-Iroq urushi
    Foto: War History

    Biroq eronliklar uchun muammo shu bilan yakunlanmasdi. Iroq armiyasi Sovet Ittifoqidan sotib olingan, aniqligi past, biroq vayronkor Scud ballistik raketalarini qo‘lladi. Ana shu vaqtlar Eronda bu tahdid uchun munosib javob umuman yo‘q edi. Bu Tehronni xuddi shunday Scud ballistik raketalariga ega Damashq tomon yuzlanishga majbur qildi. Biroq Suriya o‘z ixtiyoridagi ballistik raketalar Moskvadan turib qat’iy nazorat qilishini aytib, ularni sota olmasligini bildirdi. Shundan so‘ng Tehron umid ilinjida Liviyaga burildi. Muammar Qazzofiy ularning iltimosini qanoatlantirdi. Raketalarni boshqarish uchun texnik personalni esa Suriya o‘qitib beradigan bo‘ldi. 

    1984-yili Hasan Tehrani Moqaddam boshchiligida guruh Suriyaga yuborildi. Biroq uning o‘zi kelgusida “Eron raketa dasturining otasi” degan nomga muyassar bo‘lishini bilmasdi. Eronliklar harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotgan vaqtda Liviya 8 ta raketadan iborat dastlabki partiyani yetkazib berdi. 1985-yilning mart oyida Erondan Iroqqa ilk ballistik raketa uchirildi. Dastlabki nishon Kirkukdagi neft inshooti bo‘ldi.

    Scud ballistik raketa tizimi
    Foto: The National Interest

    Liviya 1988-yilga qadar Eronga taxminan 20 ta raketa yetkazib berdi. Biroq Tehronning islom tamoyillariga asoslangan siyosiy tizimini o‘zi uchun tahdid sifatida ko‘rgani bois Sovet Ittifoqi qo‘llov ko‘rsatmadi. Ammo Shimoliy Koreya yangi ittifoqchi topishidan mamnun edi. Pxenyan 1987–1989-yillar oralig‘ida 70 dan ortiq Scud-B va 100 dan ziyod Scud-C raketalarini Yaqin Sharq davlatiga yetkazib berdi. Bu bilan eronliklar 300-500 km masofadagi nishonlarga zarba berish imkoniga ega bo‘ldi. Ammo aniqlik ko‘rsatkichi pastligi bois ular asosan yirik shaharlarga uchirilardi. Tarixga “shaharlar urushi” nomi bilan kirgan raketa almashinuvi shu tariqa boshlandi. 

    1988-yili tomonlar sulh bitimi imzoladi. Biroq Eron kelgusi agressiyalardan saqlanish uchun kuchli tiyib turish vositasiga muhtojligini his qilar edi. Hasan Tehrani Moqaddam Scud raketalarida qo‘llangan texnologiyani o‘rganib, mahalliy tizimlarni ishlab chiqarish taklifini berdi. Aslini olganda, bu borada ishlar urush davrida ham davom etgan. Misol uchun 1985-yili Xitoyning Typ-83 tizimida qo‘llaniladigan raketa mahalliylashtirilib, Oghab nomi bilan Basraga uchirildi. Biroq uning jangovar radiusi atigi 35-45 km edi. 

    Oghab raketasi 3D modeli
    Oghab raketasi 3D modeli
    Foto: Tarmoqdan

     

    Eron o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga mustaqil erisha olmasligini bilar edi. Shu bois Xitoy va Shimoliy Koreya bilan texnik hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Bu, oradan ko‘p o‘tmay, o‘z natijasini berdi. 1988-yili Eron Scud texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan Shahab-1 tizimini namoyish qildi. U ham xuddi Sovet raketasi kabi 300 km masofaga parvoz qilishi, 100 kg og‘irlikdagi jangovar kallak tashish mumkin edi. Ular urush tugagunga qadar Iroqning Bag‘dod, Basra va boshqa shaharlarga qarshi ishlatilgan.

    Biroq eronliklar shu bilan to‘xtab qolmadi. 1998-yilga kelib Shahab-2 ballistik raketasi sinovdan o‘tkazildi. Dastlabki modeldan farqli, u Scud-C modeliga asoslangan edi. Shu bois raketa 500 km uzoqlikdagi nishonlarga zarba bera olgan. Biroq sun’iy yo‘ldoshlar emas, nisbatan primitiv inertial navigatsiya tizimiga asosan yo‘nalish olgani bois aniqligi yuqori hisoblanmagan. U nishondan 500–1000 metrgacha og‘ishib ketishi mumkin edi. Shunga qaramay, mazkur ikki model Eron raketasozligi uchun poydevor vazifasini bajarib berdi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Eron ixtiyorida ulardan taxminan 300 ta bor. 

    Shahab-1 va Shahab-2 raketalari
    Shahab-1 va Shahab-2 raketalari
    Foto: Tarmoqdan

    Eronliklar, shuningdek Shahabning 3-modelini ham ishlab chiqdi. U 2003-yili xizmatga kirgan bo‘lib, 1200 kg jangovar kallak tashiydi. 1600 km jangovar radius bilan u nafaqat Yaqin Sharq, balki Yevropaning Gretsiya, Bolgariya, Ruminiya kabi davlatlarini ham nishonga olishi mumkin. 

    2020-yili Eron Islom qo‘riqchilari korpusi sobiq qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban Qo‘shma Shtatlarning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujumda ayni shu turdagi raketalar bilan zarba berdi. Natijada 110 nafar amerikalik turli darajada jarohatlangan edi. 

    Eronning Qo‘shma Shtatlar harbiy bazasiga raketa zarbasi oqibatlari
    Eronning Qo‘shma Shtatlar harbiy bazasiga raketa zarbasi oqibatlari
    Foto: Tarmoqdan

    Biroq Scud va Shahab oilasiga mansub raketalar suyuq yoqilg‘ida parvoz qilgan. Bu esa ularni saqlash uchun alohida mikroiqlim sharoiti yaratishni taqozo qilar, qolaversa raketalar parvoz vaqti yonib ketishi ham hech gap emas edi. Bundan tashqari, suyuq yoqilg‘i bilan uzoq masofaga parvoz qilishda muammolar mavjud edi.

    2008-yili Sijjilni taqdim etish bilan, Eron raketasozlik sanoatini yangi bosqichga olib chiqdi. Boisi u qattiq yoqilg‘ida (solid fuel) parvoz qiladi. Bu uni jangovar shay holatga keltirish uchun talab etiladigan vaqtni qisqartiradi. Qolaversa, mazkur turdagi raketalarning mobilligi Shahab’larga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi. U 2008-yili ilk bor sinovdan o‘tkazildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa 2000 km masofaga parvoz qila oladi. Jangovar kallak vazni esa 500–750 kilogramni tashkil etadi. Biroq Sijjil ham standart turdagi inertial navigatsiya tizimlaridan foydalanadi. Shu bois u nishondan 500 metrgacha og‘ishib ketishi mumkin. 

    2009-yilga kelib, modernizatsiyadan o‘tkazilgan Sejjil-2 modeli namoyish etildi. Bu orqali raketaning parvoz masofasi 2500 kilometrga yetkazilib, aniqlik ko‘rsatkichi oshirilgan. Qolaversa korpusni tayyorlashda metalldan farqli, kompozit materiallardan foydalanilgan.

    Sejjil-2 ballistik raketasi
    Sejjil-2 ballistik raketasi
    Foto: CSIS

     

    Eron 2015-yili yo‘nalishni sun’iy yo‘ldosh orqali belgilaydigan ballistik raketani ilk bor sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu bilan mamlakat qurolli kuchlarining asosiy zarbdor elementida aniqlik ko‘rsatkichi oshdi. Emad suyuq yoqilg‘ili raketa bo‘lib, 1700 km masofadagi nishonlarga zarba bera oladi. Ta‘kidlash joiz, Eron Qo‘shma Shtatlarning GPS texnologiyasidan foydalana olmaydi. Shu bois uning muqobili, masalan ruslarning GLONASS, Xitoyning BeiDou tizimlariga murojaat qilingan bo‘lishi mumkin. Ba’zi manbalarning yozishicha, Eron raketalari mahalliy Tolou yoxud Fajr tizimlari yordamida yo‘nalish oladi. 

    Qariyb yarim asrlik izolyatsiga qaramay, Eron aerokosmik texnologiyalar sohasida qator yutuqlarga erishgan. Mamlakat 2009-yili Umid deya nomlangan ilk sun’iy yo‘ldosh tizimini muvaffaqiyatli uchirdi. Hozir Eron fazoda turli maqsadlar, jumladan harbiylar uchun xizmat qilayotgan jami 25 ta sun’iy yo‘ldoshga ega.

    Mana shunday ilg‘or texnologiyalar sharofati bilan Emad raketasining aniqlik ko‘rsatkichi 50 metrgacha yaxshilandi. Biroq bu hammasi emas. Eron rasmiylariga ko‘ra, raketa fazoga ko‘tarilgach, nishonni o‘zgartirishi, shuningdek havo mudofaa tizimlariga chap berish uchun manyovr qilishi mumkin. Bunga u raketasozlikda reentry deb nomlanadigan yondashuv orqali erishadi. Soddaroq aytganda, bu turdagi ballistik raketalarning jangovar kallagida qanotchalar bor. 

    Ochiq mannabar asosida tayyorlandi
    Ochiq mannabar asosida tayyorlandi
     
    Foto: “Daryo”

    2023-yili Eron raketasozlik dasturi yana bir daraja yuqoriga ko‘tarildi. Boisi o‘sha yilning 6-iyun kuni mamlakat ilk gipertovushli raketasi – Fattah’ni namoyish etildi. Eron rasmiylariga ko‘ra, u o‘z tezligini 16 000 km soatgacha oshirishi, 1400 km uzoqlikdagi nishonga zarba berishi mumkin. Soddaroq aytsak, Fattah bir deganda 4,5 km masofani bosib o‘tadi. Erondan Isroilga yetib borish uchun atigi 5 daqiqa sarflaydi. Qolaversa, raketa qattiq yoqilg‘ida uchuvchi ikki bosqichli dvigatelga ega. Aerodinamik tuzilishi sabab manyovr qilishi mumkin. 

    O‘sha yilning o‘zida Fattah 2 ham namoyish etildi. U dastlabki modeldan 3000 km/soatga tezroq parvoz qilishi aytiladi. Jangovar radiusi ham Fattah 1 dan yuz kilometrga yuqoriroq. Raketa 200 km og‘irlikdagi jangovar kallak tashiydi. G‘arb razvedkasi Fattah modeli kelgusida o‘zi bilan yadroviy kallak ham tashishi mumkinligi haqida xavotirlarini bildirgan. 

    Fattah 2 ballistik raketasi
    Fattah 2 ballistik raketasi
    Foto: Eron manbalari

    Biroq Eron raketa dasturi bu bilan cheklanmagan. Mamlakat arsenalida Zolfaghar, Qiam 1, Ghadr-110, Xurramshahr-4, Haj Qosim kabi ballistik raketalar hamda Huvayza, Nasir, Paveh, Zafar kabi qanotli raketalar mavjud. Bu ikki turdagi raketalar uchish trayektoriyasi bilan farq qiladi. Qolaversa, ularning ayrimlari kemaga qarshi raketalar hisoblanadi. 

    Masalan “Hizbulloh” 2006-yilgi urushda Eronning Kavsar oilasiga mansub raketalar bilan Isroil harbiy kemasiga zarba berib, ekipajning 4 nafar a’zosini o‘ldirgan edi. 

    “Hizbulloh”
    “Hizbulloh” raketa zarbasi natijasida shikastlangan Isroil harbiy kemasi, 2006-yil
    Foto: Eron manbalari

    Eron kemaga qarshi raketalarga urg‘u bergani bejiz emas. Ular birinchi navbatda Qo‘shma Shtatlarning mintaqadagi harbiy dengiz kuchlariga qarshi turish, shuningdek Hormuz bo‘g‘ozini yopib, xalqaro savdoga bosim o‘tkazish uchun zarur. Agar Qo‘shma Shtatlar hozir davom etayotgan mojaroga qo‘shilsa, Tehron mazkur ssenariyga murojaat qiladi. Natijada neft narxi 120 dollargacha qimmatlashi mumkin. 

    Endi asosiy savol, Eronda qancha raketa bor? G‘arb razvedka xizmatlari mamlakatning ballistik raketalar arsenalini 2-3 mingga baholaydi. Ularning aksariyati yuk mashinasiga asoslangan uchirish platformalari orqali ishga tushiriladi. 

    Mamlakat o‘zining Isroilga talafot yetkaza oladigan, qolaversa, AQSHning mintaqadagi aktivlariga xavf tug‘diradigan asosiy qurollarini yer ostida saqlaydi. Ularning aksariyati bir necha o‘n, ehtimol yuzlab metr pastda, tog‘larni o‘yib tayyorlangan omborlarda saqlanadi. Isroil ixtiyorida mavjud qurollar ularga qadar yetib bora olmaydi. 

    Eron yer osti raketa omborlaridan biri
    Eron yer osti raketa omborlaridan biri
    Foto: Videodan kadr

    Bunday mustahkamlangan inshootni yo‘q qilishga faqat Qo‘shma Shtatlar qodir. AQSH kuchlari xalq tilida “bunker teshuvchilar otasi” deb nomlangan GBU-57 bombasini qo‘llash bilan 60 metrgacha betonni yorib kirishi mumkin. Bomba og‘irligi 13,6 tonnani, uzunligi esa 6,2 metrni tashkil qiladi. Shu bois uni faqat B-2 Spirit strategik bombardimonchisi havoga ko‘tarishi mumkin. 

    B-2 strategik bombardimonchisi GBU-57 bombasini tashlamoqda
    B-2 strategik bombardimonchisi GBU-57 bombasini tashlamoqda
    Foto: US Air Force

    Eron 2024-yilning aprel va oktyabr oylarida Isroilga keng ko‘lamli raketa hujumlari uyushtirdi. Isroilning harakatlariga javob hisoblangan amaliyotlarga “Haqiqiy va’da 1” va “Haqiqiy va’da 2” nomlari berildi. Joriy yilning 14-iyun sanasidan boshlab mazkur amaliyotning uchinchi to‘lqini boshlandi. Biroq Eron dastlabki kunlarda yuzdan ortiq raketa uchirgan bo‘lsa, hozir har bir to‘lqinda zarbalar soni 10-20 tani tashkil qilmoqda. 

    Bunga asosiy sabab sifatida ikki taxminni keltirish mumkin. Birinchidan, Eron Isroil bilan uzoq davom etadigan urushga tayyorlanib, o‘z arsenalini asramoqda. Agar har safar yuzlab raketa uchiraversa, zaxiralar uzog‘i ikki haftada tugaydi. Ikkinchi taxmin esa eronliklar foydasiga emas. Isroil havo kuchlari va Mossadning Erondagi diversantlari raketa uchirish platformalarining katta qismini safdan chiqargan bo‘lishi mumkin. Isroil rasmiylari mana shu uchun xizmat qiluvchi launcherlarning yarimi yo‘q qilinganini ta’kidlamoqda. Qolaversa, uchirish platformalariga zarbalar aks etgan tasvirlar ham e’lon qilindi. Agar ularning barchasi safdan chiqarilsa, Eron, zaxirasida qancha raketa bo‘lishidan qat’i nazar, birortasini ham uchira olmay qoladi. 

    Eron raketa uchirish platformasi Isroil qiruvchilari tomonidan yo‘q qilinishidan soniyalar oldin
    Eron raketa uchirish platformasi Isroil qiruvchilari tomonidan yo‘q qilinishidan soniyalar oldin
    Foto: IDF

    Biroq boshqa tomondan, Isroilda ham ballistik trayektoriyadagi nishonlarni tutib olishga qodir Arrow mudofaa tizimi uchun raketalar tugab borayotgan bo‘lishi mumkin. Bu Eronning har bir hujumi oldingisiga nisbatan og‘riqliroq bo‘lishini anglatadi.

    18 iyun, 20:05   Izoh (0)   6156
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Isroil#raketa#Eron#gipertovushli
    Humoyun Tojiddinov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.