APEX mobil ilovasi — shaxsiy moliyani boshqarish uchun zamonaviy va ishonchli yechim. U orqali hisob holatini ko‘rish, pul o‘tkazmalari, xizmatlar uchun to‘lovlar hamda kreditlarni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. Bularning barchasi tez, qulay va xavfsiz tarzda amalga oshiriladi.
APEX bilan kundalik moliyaviy masalalarni bir necha marta bosish orqali — navbatsiz va bankka bormasdan hal qilish mumkin.
APEX ilovasining imkoniyatlari:
· 100 mln so‘mgacha onlayn kredit olish
· Virtual kartani onlayn buyurtma qilish
· Kartadan kartaga (P2P) pul o‘tkazmalari
· Visa APEX BANK kartalari o‘rtasida komissiyasiz pul o‘tkazish
· Qulay shartlarda omonat ochish
· Kommunal xizmatlar va internet uchun to‘lovlar
· “Vaqf” orqali xayriya mablag‘larini yuborish
· Davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish
Intuitiv interfeys, qulay navigatsiya va zamonaviy dizayn APEX bilan ishlashni oson va yoqimli qiladi. Ilova foydalanuvchi ehtiyojlari inobatga olingan holda yaratilgan — moliyaviy vazifalarni bemalol hal qilib, undan foydalanishdan zavq olasiz.
Xavfsizlik va firibgarlikdan himoya. APEX shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun ilg‘or xavfsizlik choralarini qo‘llaydi va barcha moliyaviy operatsiyalarning ishonchliligini ta’minlaydi.
Asosiy xavfsizlik funksiyalari:
· Biometrik autentifikatsiya — barmoq izi yoki yuzni aniqlash orqali tez va xavfsiz kirish
· Kartani bloklash — ruxsatsiz foydalanishga shubha tug‘ilganda kartani darhol muzlatish
· Tezkor xabarnomalar — har qanday shubhali harakatlar haqida real vaqt rejimida xabar berish
Tez orada yangi bo‘limlar:
- “Mening avtomobilim” — jarimalar va texnik xizmatlar uchun to‘lov
- “Sug‘urta” — sug‘urta mahsulotlarini rasmiylashtirish va boshqarish
APEX mobil ilovasi foydalanuvchining barcha ehtiyojlariga mos keluvchi qulay funksiyalar va yuqori darajadagi xavfsizlikni taklif etadi. Istalgan vaqtda va joyda moliyaviy boshqaruv — sizning qo‘lingizda.
Telefon: 1881
Sayt: apexbank.uz
Instagram: @apexbank.uz
Linkedin: APEX BANK
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)