Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan ayol va uning qizi qo‘lga olindi. Bu haqda “Milliy” telekanalida xabar qilindi.
Tergov hujjatlarida keltirilishicha, Qo‘qon shahrida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan ayol giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanib, bu ishdan o‘zining 2010-yilda tug‘ilgan qizidan yetkazib beruvchi sifatida foydalangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ayol va uning qizi xaridorga 3 gramm giyohvand moddani sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Fuqaroning uyi tekshirilganida esa uning 15 yoshli qizining qo‘lidagi yelim idishda ham kelgusida sotish uchun saqlab kelingan, 26 bo‘lakka bo‘lingan gashish borligi aniqlanib, dalil sifatida olingan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)