O‘zbekistonliklar Rossiyaga maoshi 1000 dollarlik ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar Rossiyadagi yirik savdo tarmog‘iga qadoqlovchi-yig‘uvchi (“komplektovshik”) vazifasiga ishga taklif etiladi. Nomzodlar uchun talablar:
rus tilida erkin muloqot;
20-40 yosh oralig‘i;
jismoniy yuklamalarga tayyorlik.
Rossiya va O‘zbekiston migratsiya masalalarini birgalikda hal qilishga, muhojirlarni oldindan tayyorlashga kelishib oldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin nutqida aytib o‘tdi.
Rossiyadagi reydda o‘zbekistonliklarga jismoniy kuch ishlatilgan
8-iyun kuni Moskvada o‘tkazilgan reydda mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan OMON jismoniy kuch qo‘llagandi. Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lsa, jumladan, ularga tan jarohatlari yetkazilgan, huquqlari buzilgan yoki boshqa muammolarga duch kelgan bo‘lsa, murojaat qilishni so‘ragandi.
Muhojirlarga nisbatan shafqatsiz munosabat ortidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga nota yuborgandi. Unda holatga izoh berish, kuch ishlatar tashkilot vakillarining harakatlariga huquqiy baho berish so‘ralgan.
Shundan so‘ng Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova nota diqqat bilan o‘rganilishini aytgandi. U o‘zbekistonlik hamkorlarning tegishli so‘rovi vakolatli organlarga yetkazilganini bildirgan. Olingan obyektiv ma’lumotlar belgilangan tartibda Toshkentga yuborilishini ta’kidlagan.
2025-yil aprel oyi oxirlarida Rossiyada o‘zbek migrantlari huquqlariga rioya etilishi nazorati kuchaytirilishi ma’lum qilingandi. Ikki davlat Bosh prokuraturalari migrantlarning huquqlariga rioya etilishi ustidan nazorat va kuzatuvni kuchaytirish majburiyatini olgandi.
Izoh (0)