O‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, fuqarolar Rossiyaning “OKN Servis” korxonasiga ishga taklif etiladi. Ish turi: yuk ortuvchi (gruzchik). Ish haqi — 70 ming rubldan ortiq (10 million so‘mga yaqin). Shartnoma muddati: kamida 12 oy.
Aviachipta va yotoqxona ish beruvchi hisobidan. Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yilgan:
- 18 yoshdan 45 yoshgacha;
- tajribaga ega bo‘lish;
- rus tilini suhbat darajasida bilish;
- sudlanmaganlik;
- O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.
Izoh (0)