• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yoshlarimizni Rossiyaga yubormay, o‘zimizda olib qolishga nima xalaqit beradi?

    2025-yilda 5 mln 200 ming nafar kishini daromadli mehnat bilan ta’minlash, 1 mln 400 ming kishini esa doimiy ishga joylashtirish belgilandi. Bu juda katta raqamlar. Nimaning hisobiga bunday ko‘rsatkichlarga erishmoqchimiz? “Daryo” shu mavzuda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bosh mutaxassisi Sayidjon Rajabov va tarix fanlari doktori, professor Anvar Yo‘ldoshev bilan suhbatlashdi.

    Sayidjon Rajabov, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bosh mutaхаssisi:

    Foto: “Daryo”

    — Buning ichida doimiy ish o‘rni asosida mavsumiy ishlar bor. Shuningdek, birinchi yo‘nalish — investitsiya loyihalarini ishga tushirish orqali 290 ming fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga band qilish belgilanyapti. Ikkinchi yo‘nalish — mahallalarda tijoriy bank xodimi lavozimini joriy etish. 3,6 foiz aholini ishga joylashtirish, tadbirkorlikka jalb qilish masalalar Markaziy bankka yuklatilyapti.

    Uchinchi yo‘nalish — qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘lib, 1 yilda 1 mln 200 ming aholini ham doimiy, ham mavsumiy ishlarga jalb qilish reja qilingan. To‘rtinchi yo‘nalish bu — qurilish. U orqali 168 ming odamni ham doimiy, ham vaqtinchalik ishlarda bandligini ta’minlash belgilangan. Mana shu 5,2 million aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar tahlili va uni monitoring qilib borish Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yuklatilgan. Bu raqamlarni onlayn monitoring qilib borish maqsadida yangi www.mehnat.uz platformasini ishga tushirganmiz.

    Bu platforma Soliq qo‘mitasining elektron bazasiga integratsiya qilingan, yangi ishga qabul qilingan fuqarolarning soliq to‘lashdagi shaffofligini ta’minlash maqsadida, shuningdek, tegishli vazirlik idoralar ham o‘sha elektron bazalarga integratsiya qilindi.

    Anvar Yo‘ldoshev, tarix fanlari doktori, professor:

    Foto: “Daryo”

    — Bitta ish o‘rni yaratish davlatimizga qanchaga tushadi, degan ma’lumot bormi? Masalan, Germaniyada 100 mingdan 200 ming yevrogacha, AQSHda 50 mingdan 200 ming dollargacha tusharkan. Nimaga? Buning ichida sohani aniqlash, binoni topish, uskunalarni olish, xodimga oylik to‘lash, ijtimoiy himoya paketi va h.k. bilan hisoblaganda shunga boradi. Yangi ish o‘rni yaratish bilan bandlikni ta’minlash — ikki xil narsa.

    Bu qanchalik obyektiv? Biz 2000-yillarda 1 million ish o‘rni yaratildi deyilganda, tekshirganimizda 150 ming o‘rin chiqqan. Tumanlar, viloyatlar sohalar beradi ish o‘rinlarini, to‘g‘rimi? Yana ikkinchi masala: biz o‘qitayotgan mutaxassisliklar bugungi kun talabiga qanchalik javob beradi?

    Ma’lumotlarga ko‘ra, 50 foizdan ortiq mutaxassislar bugungi kun talablariga javob bermaydi va ular hech kimga kerak emas; bu o‘n yoki yigirma yil oldingi mutaxassisliklar. Kechagi yig‘ilishda ham yangi kreativ sohalar bo‘yicha mutaxassislar, masalan, brend menejer, startap menejer, dizaynerlik kabi yangi-yangi sohalar haqida so‘z bordi.

    Sayidjon Rajabov:

    — Bundan to‘rt-besh yil oldin ham ish o‘rni haqida gapirganda, 400 yoki 500 ming doimiy ish o‘rni haqida gap ketardi. Oxirgi yillarda esa fuqarolarimizni mavsumiy ishlarga jalb etish masalalari ko‘tarilmoqda. Masalan, qishloq joylarida fuqarolar bandligini ta’minlash uchun pillachilik sohasida 1 mln fuqaro mavsumiy ishlarga jalb etildi. Bu asosan 2-3 oy davom etadi, ammo qurilish sohasi misolida, binoni qurib bitirgandan keyin yana ishsiz bo‘lib qolishi mumkin. O‘sha nuqtayi nazardan olib qaraganda, yana qayta ishga joylashtirish masalasi mavjud. O‘zini o‘zi band qilish haqida ko‘p aytilmoqda.

    Anvar Yo‘ldoshev:

    — Biroq o‘zini o‘zi band qilish to‘laqonli ish degani emas-ku. Ularda himoya paketi, masalan, mehnat ta’tiliga chiqaman desa, betob bo‘lib qolsa, tibbiyot varag‘i ochiladimi? Yo‘q, ochilmaydi.

    Sayidjon Rajabov:

    — Har yili 700 mingga yaqin bitiruvchi mehnat bozoriga kirib kelyapti. Ularning turmushga chiqib yoki chet elga ketganini hisobga olmasa, 500 mingning bevosita 5 mln 200 ming aholiga ta’siri bor.

    Anvar Yo‘ldoshev:

    — Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus maktablarni bitirganlarning 45 foizi ishsiz qolgan. Bu rasmiy ma’lumotlar Mehnat vazirligi tomonidan taqdim etilgan. Biz ish o‘rinlari yaratmoqdamiz, lekin yoshlarimizga yetarli darajada ish o‘rinlari yaratib bera olyapmizmi yoki yo‘qmi?

    Sayidjon Rajabov:

    — Mana shu 45 foiz ishsiz haqida gapirsak. Buning birinchi sababi — ish o‘rinlarining yetishmasligi. Oylik maoshlarning qoniqtirmasligi esa ikkinchi muammo. Uchinchi masala — bitiruvchilarni mavjud ish beruvchilarning talabidan kelib chiqib o‘qitishdir. 

    — Tabiiy savol tug‘iladi: Xo‘sh, shuncha ish o‘rni yaratilayotganida shuncha odam daromadli mehnat bilan band bo‘lyaptimi? Misol uchun, ko‘plab yurtdoshlarimiz Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun chiqib ketmoqda. O‘zimizda ish topib ishlash mumkin emasmi?

    — Menimcha, bunga javob sifatida oylik maoshidan qoniqmaslik bo‘lishi mumkin. Siz tayyor ish o‘rni taklif qilyapsiz, ammo odamlar chet elga migrant bo‘lib ketishyapti. Taklif qilingan ish o‘rinlaridan qancha daromad olinishi haqida ham ma’lumot bera olamizmi? Dasturda yangi yo‘nalishlar va yondashuvlar mavjud. Masalan, obodonlashtirish sohasida yoki dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha ham ish taklif qilinyapti.

    Sayidjon Rajabov:

    — Yagona milliy mehnat tizimi – www.t-ish.mehnat.uz orqali har bir fuqaro o‘ziga mos, daromadi qoniqtiradigan ish topish imkoniga ega. Tadbirkorlik subyektlari mavjud bo‘sh vakansiyasini kiritgandan so‘ng unga munosib oylik maoshini ham ko‘rsatadi. O‘rtacha oylik maoshini 4,5-7 milliongacha ko‘rsatgan tadbirkorlar bor.

    Foto: “Daryo”

    — Dasturda aytilyaptiki, 126 trln so‘m va qariyb 2,5 mlrd dollar kreditlar jalb etiladi. Buni agar yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari 5 mln 200 mingga bo‘lsak, 29 mln so‘mdan tushyapti. G‘arb davlatlarida SOS paketi bilan 50-100 ming yevrogacha tushadi, dedingiz. Bizda hech qanday SOS paketsiz ancha arzonga tushyapti.

    Sayidjon Rajabov:

    — Dasturda 266 ming kishini kasb-hunarga o‘qitish nazarda tutilyapti. Lekin vazirlikka ularni ishga joylashtirish vazifasi ham qo‘yilgan. Buning uchun nima qilamiz? Yana o‘sha eskicha o‘qish tizimini emas, balki 12 turdagi yangi o‘quv yo‘nalishlarini ochamiz. Misol uchun, fotoelektr stansiyalari, ya’ni quyosh panellarini o‘rnatish, kambag‘al oilalarga yordam ko‘rsatish kabi yo‘nalishlar mavjud. Va bu kooperatsiya asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, liftyorlar yoki elektromobillarni ta’mirlash kabi yangi sohalarga o‘qitiladi. Bundan tashqari, vaucher tizimi joriy qilinyapti. Bandlik bo‘limlari fuqaroga xohlagan yo‘nalishga yo‘llanmalar beradi va o‘qish xarajatlarini qoplaydi.

    — 2,5 mlrd dollar xorij kreditlari mavjud. Biz hozir ko‘proq qaysi davlatdan qarz olyapmiz?

    Anvar Yo‘ldoshev:

    — 2024-yilda O‘zbekiston asosiy pulni — 13,7 mlrd dollarni Xitoy investitsiyalari orqali oladi. Hozir vazifa qo‘yildi qirq ikki milliard dollar xorijiy investitsiya kiritish masalasida. Xorijiy investitsiya kiritadigan davlatlar ichida Xitoy, Rossiya, Jahon banki, Yaponiya, Janubiy Koreya va Turkiya bor. Qarz — qarz, uni qaytarish masalalarini ham inobatga olish kerak, baribir.

    — Ishsizlik nafaqasi degan tushuncha bor-da dunyoda. O‘zbekistonda ham bor, uni to‘lash tartibi: qancha, qachon va kimlarga to‘lanadi va qachon bu to‘xtatiladi? Shu haqda ham maʼlumot bera olamizmi?

    Sayidjon Rajabov:

    — Mehnat organlariga murojaat qilib kelgan ishsiz fuqaroga “maqbul ish o‘rni” degan tushuncha bor. Maqbul ish, yaʼni uyiga yaqin bo‘lishi, oylik maoshi yetarli bo‘lishi, mutaxassisligiga to‘g‘ri kelishi kerak. Bandlik bo‘limlarimizga murojaat qilgan ishsiz fuqarolarning hammasiga ham maqbul ish topib bera olmasligimiz mumkin. Shunda biz ishsiz shaxs sifatida ro‘yxatga olamiz va maʼlum vaqt davomida, yaʼni ish topilgunga qadar ishsizlik nafaqasini to‘lab turamiz.

    — O‘zbekistonda qancha ishsiz bor, shuni ayta olamizmi?

    — O‘zbekistonda oxirgi raqamlarga eʼtibor qaratganimizda, ishsizlik darajasi 5,7 foizni tashkil qilgan. Bu — Xalqaro mehnat tashkilotining talablari asosida har chorakda xonadonma-xonadon yurib aniqlangan ishsizlik darajasi.

    Anvar Yo‘ldoshev:

    — Nima uchun Markaziy bank maʼlumoti bilan Mehnat Vazirligi yoki Bandlik vazirligining maʼlumoti bir-biriga mos kelmaydi? Ishsizlik darajasini 6,8 dan 5,8 ga tushirdik deb aytildi. O‘tgan yili dekabr oyida Markaziy bank brifingida ishsizlik darajasi 8,1 ga tushirildi, deb aytildi. Qaysi biriga ishonsak bo‘ladi?

    Sayidjon Rajabov:

    — Markaziy bank maʼlumotini birinchi marta sizdan eshitdim. Aslida ishsizlik ko‘rsatkichini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Soliq qo‘mitasi va Statistika qo‘mitasi bilan birgalikda yuritadi.

    Anvar Yo‘ldoshev:

    — Eʼtibor bering, juda qiziq holat. Bandlikni taʼminlash bizda yiliga 1,1 foiz amalga oshirilyapti. Lekin aholimizning o‘sish soni 2,1 foiz. Aholining o‘sish surʼati tez. Bandlikni taʼminlash esa 2 baravar kam.

    — Yechim nimada?

    — Biz faqat hozir o‘zimizda ish o‘rinlari yaratish haqida gapiryapmiz. Shaharlarning urbanizatsiya darajasini ko‘tarish kerak, tashqi mehnat migratsiyasini inobatga olishimiz kerak. Tashqi mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish masalasi juda faol amalga oshirilmoqda. Oldin faqat Rossiya, Janubiy Koreya va Turkiyaga yuborilgan bo‘lsa, hozir yigirmadan ortiq davlatlar ish taklif qilyapti.

    Natijada O‘zbekistonga mehnat muhojirlarimizdan kelayotgan pulning qiymatini qarang: 2022-yilda 87 foiz Rossiyadan kelgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 78 foiz edi. Umumiy hisobda Markaziy bank maʼlumotlariga qaraganda, 16 milliardcha pul tushgan, shulardan 12 milliard so‘m Rossiyadan tushgan. Lekin umumiy tushgan pulning o‘zi 78 foizni tashkil etadi.

    — Bandlik vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga, yaʼni 719 ming kishiga kamaygan. Nimaning hisobiga kamaytirdik?

    — Moliyaviy instrumentlarning ko‘payishi hisobiga. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 252-sonli qaroriga ko‘ra, ishsiz fuqarolarni kooperatsiya asosida ishga qabul qilganlarga subsidiya ajratish, 7-10 mlngacha subsidiyalar berish mexanizmlari joriy qilindi. Moliyaviy instrumentlar oxirgi uch-to‘rt yil ichida 20 tadan 30 tagacha ko‘paydi.

    — Soyadan chiqarish, degan ibora ishlatiladi.

    Anvar Yo‘ldoshev:

    — Masalan, kafeda ishlayotgan xodimga xo‘jayini konvertda maosh beradi. Nima bo‘lganda ham, bu ish o‘rni mavjud va u yerda amalga oshirilayotgan jarayonlar bo‘yicha ish o‘rnidan soyadan chiqmoqda. Lekin yangi ish o‘rni paydo bo‘lmaydi. O‘sha odam o‘sha joyda ishlashda davom etadi, bu holat 5 mln 200 yangi ish o‘rni qatoriga kirsa, yangi ish o‘rni yaratildi, degan tushuncha noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, chunki norasmiy hech qachon soliq to‘lov sifatida hisobga olinmaydi.

    Sayidjon Rajabov:

    — Vazirlar Mahkamasi qarorida ish o‘rnini hisobga olish bo‘yicha metodologiya mavjud bo‘lib, unda soliq to‘lovchi bo‘lgandagina (yaʼni ish haqi olib, daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda) ish o‘rni deb hisoblanadi.

    Bu holatni yashirin iqtisodiyot desa ham bo‘ladi. Bu yil vazirlikka norasmiy sektordagilarni rasmiylashtirish topshirig‘i berildi. Joylardagi huquq inspektorlarimiz tomonidan xavfni tahlil qilish tamoyili asosida ish yuritamiz. Mijozlariga ega bo‘lgan korxonalarni bevosita monitoring qilish, yaʼni mehnat qonunchiligiga rioya qilish bo‘yicha Markaziy bank tomonidan nazorat o‘tkazilishi lozim. Barcha xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida norasmiy ishlar ulushi yuqori. Hozirda monitoring ishlari boshlangan, bu umumiy statistika qanchalik to‘g‘ri chiqishiga yordam beradi.

    Olimjon Safoyev suhbatlashdi.

    24 fevral, 15:43   Izoh (0)   5374
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #ishsizlik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Xabi Alonso bilan 3 yillik shartnoma imzoladi — manba

    Sport | 12 may, 17:16

    Olimlar koinot tugashiga qancha qolganini hisoblab chiqdi

    Dunyo | 12 may, 17:15

    Maxachkala—Toshkent bo‘yicha parvozlar bir oy davomida kechikishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 may, 17:00

    Qatar elchixonasi Trampga “uchar saroy” sovg‘a qilinishiga munosabat bildirdi

    Dunyo | 12 may, 16:50

    Kredit va qarzlar aslida ruhiyatingizga qanday taʼsir qiladi?

    Layfstayl | 12 may, 16:40

    BAAda “sun’iy intellekt” fani joriy etiladi

    Dunyo | 12 may, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.