• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Yulduz Usmonova, Rayhon va Shahzoda. Birgina qo‘shiq sabab buzilgan munosabatlar

    Hamkasblari bilan duet tarona kuylash aslida yangilik emas. Chunki bunday hamkorlik har bir xonandaning ijodida topiladi. Ammo bitta qo‘shiq sabab nizoga uchragan va munosabatlari yomonlashgan holatlar ham bo‘lgan.

    Shahzoda “Jonim” bilan ko‘tarilishni istamaganmi?

    1999-yili tashkil etilgan “Jonim” guruhi o‘z davrining eng hit qo‘shiqlarini yaratgan va qisqa muddatda muxlislar ko‘nglidan joy olgan. Aziza Nasriddinovaning fikricha, duetdoshi Zilola Musayeva guruh bilan “ko‘tarilishni” istamagan. Hatto unga birgalikda kuylangan qo‘shiqlarni aytishni ham taqiqlashgan.

    Foto: Instagram / @aziza_jonimofficial

    — Guruhning tarqatilishiga Zilola Musayeva sababchi bo‘lgan. “Qarama ko‘zlarimga” qo‘shig‘i hit bo‘lganidan keyin 2001-yilning 1-yanvar kuni bir dugonam qo‘ng‘iroq qilib, “Tinchlikmi? Nega bunday qilyapsan? Taniqli guruh bo‘lgandi-ku” deb so‘ragan. Keyin bilsam, ular radioga yakkaxon xonanda bo‘lib guruhni tark etganim haqida intervyu berishgan ekan. Bu xabarni eshitib “shok”ka tushdim. Sababini so‘rasam, kulib “Bu hayot” deb javob berishgan. U paytlari yosh qiz edim, shartnomani aniq o‘qimay qo‘l qo‘yganman. Xullas, guruhning barcha mualliflik qo‘shiqlari, nomi kompaniyaga tegishli degan bandi bor ekan. “Axir qo‘shiqlarning yaratilishiga pulni men tikkanman-ku”, deb so‘raganimda “Bu hayot”, deb kulib javob berishgan.

    To‘g‘ri tushunaman, prodyuserlik kompaniyalari isteʼdodli bo‘lgan xonandalarga pul tikadi, shu orqali foyda oladi. Ziyoda, Oybek Nigora, “Bojalar” ham prodyuserlik kompaniyasi orqali “ko‘tarilishgan”. Ammo shartnoma muddati tugagach, qo‘shiq, klip va sahna liboslari ham ularning o‘zida qolgan. Mana bu haqiqiy mardlik. Bizda esa hamma narsani o‘zlarida olib qolib, qo‘pol qilib aytganda yalang‘och haydab solishgan. O‘z pulim evaziga yaratilgan qo‘shiqlarni ham aytish huquqidan mahrum qilishdi. “Aytsang jarima to‘laysan”, deyishganidan keyin juda yomon ahvolga tushganman.

    “Jonim” guruhidan keyin ikkita albom yozdim. Ammo ularni ommaga chiqarish imkoni bo‘lmadi. “Nega ishlamagansiz, qo‘shiqlaringizni eshitmaganmiz”, deb ko‘p so‘rashadi. Hamma yerga “zapret” qo‘yishganidan keyin qanday qilib ishlayman. Shoira Otabekova va “Setora” guruhi ham xuddi shunday vaziyatga tushgan.

    Mana shu voqeadan keyin 3-4 oy o‘zimga kelolmay, ko‘chaga ham chiqmay qo‘ydim. Shu vaziyatda bastakor Shahnozning yordami katta bo‘ldi. Ichimdagi dardlarim asosida qo‘shiqlar yaratib berdi.

     

    O‘sha vaziyatda konsert yoki radioga borsam, “Uzr, sizni chiqarolmaymiz, ishdan ketgimiz kelmayapti”, deb tushuntirishadi. Litsenziya bor, qo‘shiq bor va ommaga chiqishga ruxsat bo‘lmagan, deydi xonanda Aziza Nasriddinova.

    Rashid Xoliqov: “Sevara meni ranjitdi”

    Rashid Xoliqov va Sevara Nazarxon ijrosidagi “Bir kam dunyo” taronasi ham eng muvaffaqiyatli duetlardan biri hisoblanadi. Afsuski, bu hamkorlikdan keyin ijodkorlarning munosabati yomon tomonga o‘zgargan. Rashid Xoliqov va Sevara Nazarova bir-biri bilan gaplashmaydi.

    Foto: Instagram / @rashidkhalikov

    — Sevaraxon bu qo‘shiqning qanday yaratilganini ham bilmaydi. Biz qo‘shiq muallifi Shuhrat Zokirov bilan kechalari o‘tirib, ayrim joylarini o‘zgartirib, mehnat qilganmiz. Bu qo‘shiq yillar davomida sevimli bo‘lib qoladigan qo‘shiq bo‘ldi. Hatto u o‘zbek tilini bilmaydigan chet elliklarga ham yoqqan.

    Sevara esa bu qo‘shiqni studiya yoziladigan kuni yoki undan bir kun avval eshitgan. Boshida qo‘shiqni bir o‘zim ijro etishim kerak edi. Biroq serial rejissyori Madina Mo‘minova qo‘shiqni Sevara Nazarxon bilan kuylashimizni taklif qildi. Shunday qilib “Bir kam dunyo” duetga aylandi. Xalqqa juda manzur bo‘ldi bu qo‘shiq. Oradan yillar o‘tib Sevaraning konsertlarda, tadbirlarda bu qo‘shiqni bir o‘zi aytayotganini eshitdim.

    Shuhrat bu qo‘shiqning muallifi, men esa prodyuser va buyurtmachiman, Sevara esa bu qo‘shiqni bir o‘zi kuylayapti. To‘g‘risini aytsam, bu holat meni biroz ranjitdi. Nimagaki Shuhrat menga “Rashid aka, menga telefon qilib shu qo‘shiqning muallifligini so‘rashdi” dedi. Shuncha yildan beri men so‘ramaganman bu qo‘shiqning muallifligini, deydi Rashid Xoliqov.

    Rayhon: “Dj Piligrim inson sifatida hurmatini yo‘qotdi”

    Xonanda Rayhon Dj Piligrim bilan birga “Muhabbat” nomli duetni ijro etgandi. Ammo qo‘shiq ommalashmay, xonanda Rayhon duetdoshidan ranjigani haqida aytib o‘tdi. Eng qizig‘i, undan keyin duetdoshlar masalasi ichki ishlar organlarida ham o‘rganilgan. Bunga sabab Rayhonning roziligini olmay, duetdoshi qo‘shiqni ommaga chiqarib yuborgan. Rayhon esa intervyusidan bundan ranjigani haqida aytgan. Turgan gapki, bu Dj Piligrimga yoqmagan.

    Foto: Instagram / @rayhonganiyeva

    — Rostini aytsam, bu inson ko‘z o‘ngimda ham inson, ham xonanda sifatida shunchalik hurmatini yo‘qotdiki, men u haqda umuman gapirishni istamasdim. U tomondan shu qadar past ishlar bo‘ldiki, bu haqiqiy erkaklarning ishi emas, nafaqat haqiqiy erkaklarga, balki insonlarga yarashmaydigan harakatlar. Men uning qaysi dinga eʼtiqod qilishini bilmayman, lekin biz, alhamdulillah, musulmonmiz. Bu holatda uni Ollohga topshirdim, insof bersin unga!”, deydi Rayhon.

    Keyinchalik Rayhonni ichki ishlar organiga chaqirishgan va Ilhom Yo‘lchiyev uni shaxsiyatga tegadigan gaplarni aytib haqorat qilgani haqida eʼtiroz bildirgan. To‘rt tildagi jumlalar aralashmasidan yaratilgan qo‘shiqqa klip suratga olinmadi. Dj Piligrimning o‘zi qo‘shiqni qayta ijro etib, ommaga taqdim etdi. Ammo natijalar u qadar yaxshi bo‘lgani yo‘q.

    Mansur Agaliyev: “U qo‘shiq biz uchun o‘ldi”

    O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Xasta” qo‘shig‘i sabab javobgarlikka tortilgani va mualliflik huquqining buzilishi ortidan shoirga tovon puli to‘lagandi. Bu voqeaga xonandaning turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Mansur Agaliyev quyidagicha munosabat bildirgandi.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev bilan kelishib olindi. Ammo sudda ishlaydiganlarni unchalik tushunmadim. Jinoyat ishlari bilan shug‘ullanadigan sudning mediaga nima aloqasi bor? Bu soha vakillari qo‘shiqni ijodkordek tushunishmaydi-ku. Shoir bilan kelishdik, “Bu qo‘shiq biz uchun o‘ldi!” dedim. Shu bilan birga u yigit ham ijodini o‘ldirgandek bo‘ldi. Chunki ommaga chiqib, “Sheʼr uchun pul bermadi”, deyishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bitta konsertda ishtirok etadigan orkestr uchun 300-400 million pul berayotgan odam sheʼr uchun 200-300 AQSH dollarini berolmaymanmi? Menimcha, dushman bilan urishgandan foyda yo‘q. Uni yaxshilik qilib uyaltirish kerak. Ammo Yulduz opangiz bo‘lgan ishlardan qattiq xafa bo‘ldi. Chunki sud ishi boshlanganidan keyin 4 oygacha unga bildirmaslikka harakat qildik.

    Ammo bir kuni yo‘lda ketayotgan “uchastkavoy” to‘xtatdi. “Nima muammo menga ayting”, desam “Opani o‘zlari bilan gaplashishim kerak”, dedi. Dabdurustdan “Opa sizni ustingizdan ariza tushgan”, degandi Yulduz yig‘lab yubordi. Shunga ham yig‘laysizmi, deb uni yupatdim, ammo u xafa bo‘ldi.

    Aslida bu qo‘shiqning yaratilish tarixi bor. Konsert arafasida “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyidagi kassani bahoriy qilib bezatishga qaror qildim. Saroy kassasi qanchalik sovuq va zax ekanini ko‘pchilik biladi. Qishda esa yanada sovuq bo‘ladi. Dizayn tayyor bo‘lgunicha o‘sha yerda turib, tobim qochib qoldi. Qiynalayotganimni ko‘rgach, yig‘lab o‘sha sheʼrni qayerdandir topib qo‘shiq qilgan. Ammo sheʼrda “Kasal bo‘lma, Mohinur” deb yozilgandi. Qo‘shiq chiroyli chiqishi va musiqaga mos bo‘lishi uchun “xasta” so‘zi bilan bog‘liq naqarotni yozgan.

    Shoir yomon bola emasdi. Nima jin urdi, bilmayman birdan o‘zgarib qoldi. Balki, haqiqatan ham pulga muhtoj bo‘lib qolgandir, bilmayman. Olgan pulini yaxshi kunlariga ishlatsin, deydi Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev.

    Xonanda qo‘shiqqa yangi sheʼr yozdirib, uni qaytadan ijro etdi. Ammo natija avvalgisidek bo‘lgani yo‘q.

    “Nargiz Zokirova ishonchga kirgan oddiy o‘g‘ri”

    Rossiyalik bastakor, prodyuser Maksim Fadeyev xonanda Nargiz Zokirovaning Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsertida mualliflik huquqi buzilishi ehtimoli bo‘yicha O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga xat yo‘llagan. Bastakor Instagramʼdagi sahifasiga xonandaning “o‘g‘ri” ekanini taʼkidlab, mualliflik huquqining buzilishiga yo‘l qo‘ysa, uni sudga berishini aytgan.

    Foto: Instagram

    — Nargizning o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan konsertining barcha tashkilotchilariga murojaat qilib shuni maʼlum qilmoqchimanki, bu xonanda birovning musiqasidan foydalanish o‘g‘rilik ekanligini tushunmaguncha, biz murojaat yo‘llashda davom etamiz.

    Mening huquqlarimni buzgani haqidagi faktlarini yozib boramiz va har bir konsert o‘tkazilgan joyni sudga beramiz. Vaqtni ham, resurslarni ham ayamaymiz. U 27-iyul kuni Toshkentda konsert o‘tkazishni rejalashtiryapti, xatimiz zudlik bilan u yerga yuborildi, deydi bastakor.

    2019-yilda xonanda va Fadeyev o‘rtasidagi shartnoma bekor qilingan va unga bastakor tomonidan yozilgan qo‘shiqlarni ijro etish taqiqlangan. Rossiyaga qarshi bayonotlaridan so‘ng, Fadeyev Nargiz Zokirovaga nima sababdan qo‘shiqlarini aynan shu tilda ijro etishda davom etayotgani haqida savol bergan. Nargiz Zokirovaning sobiq prodyuseri xonanda mualliflik huquqini buzgan holda pul topadigan, konsert o‘tkazadigan barcha joyni sudga bermoqchiligini aytgan.

    Fadeyevning so‘zlariga ko‘ra, u bilan Nargiz o‘rtasidagi mojarolarga bastakorning xonandaga “sochi qirib tashlangan boshini yopish” uchun bosh kiyim kiyishni maslahat bergani bilan bog‘liq. Xonanda O‘zbekistonga qaytgach, dastlab o‘zini o‘zgartirishi haqida gapirgan bo‘lsa-da, bu ishni davom ettirmoqda. Prodyuser xonandaning “ishonchga kirgan oddiy o‘g‘ri” ekanligini aytib, u uzr so‘rash o‘rniga bir necha yillardan beri o‘z uyi bo‘lgan davlatga va ko‘p pul topadigan joyiga “tuhmat qilishda” davom etayotganini ham taʼkidlagan.

    Avvalroq xonanda sobiq prodyuseri Maksim Fadeyev tomonidan yozilgan bir nechta qo‘shiqni O‘zbekistondagi tadbirlardan birida ijro etgani, bu esa muhokamalarga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

    “Nargiz Zokirova O‘zbekistondagi tadbirlarda Maksim Fadeyevning qo‘shiqlarini kuylab, pul ishlashda davom etmoqda. Aslida bu qo‘shiqlar Nargizga mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha taqiqlangan”, deb yozadi rossiyalik jurnalist Alyona Jigalova.

    Munisa Rizayeva: “Shohrux bilan kelisholmagach, Konstani tanladim”

    Konstaning va Munisa Rizayeva ijrosidagi “O‘ylamadim” dueti ham avval boshqa ijodkor bilan kuylangan. Negadir Munisa Rizayeva dastlabki duetdoshi sobiq “Ummon” guruhi xonandasi Shohrux bilan birga ijro etilgan qo‘shiq variantidan voz kechgan. 

    Foto: Instagram

    — Meni yaxshi ko‘rgan yoki men yaxshi ko‘rgan inson qo‘shiqni tarqatibdi. Bu qo‘shiq Konsta bilan ijro etildi, Shohrux bilan aytilmadi. Bu qo‘shiqni haqiqatan ham Shohrux bilan ijro etmoqchi edik. Lekin kelisholmaganimiz uchun qo‘shiqni Konstaga berishga qaror qildim. Ammo Shohrux bilan aytilgan variantini kimdir ommaga chiqarib yuborgan, deydi xonanda Munisa Rizayeva.

    17 iyun, 21:30   Izoh (0)   49441
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #qo‘shiqchi#musiqa#xonanda#Yulduz Usmonova#Sevara Nazarxon#Rayhon

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yulduz Usmonovaga raddiya, qo‘riqchi yigitlarga dakki, shlyapa kiygan mezbon. Jahongir Otajonovning konsertidan fotoreportaj

    17.03.2017, 21:00

    Sardor Rahimxon klipi orqali tanilgan, Rafet El Romanning nazariga tushgan Faridam: Xonanda hozir qayerda va nega san’at yo‘lidan ketishni istamadi? (foto)

    29.10.2021, 12:21

    “Mualliflik huquqini talab qilganimda men millioner bo‘lib ketardim”. Yulduz Usmonova “Xasta bo‘lma” bilan bog‘liq mojarolardan so‘ng qo‘shiqqa yangi she’r yozdi (...

    21.01.2022, 21:44

    “Yaratganim, o‘zingga shukr”. Nurzidaning otasi o‘zi, oilasi va dunyoga tanilayotgan qizining kelajagi haqida (video)

    20.08.2023, 21:45

    O‘zbekistonlik xonandalar orasida eng ko‘p “zapret”ga tushgan, biznesi “hujjatli mafiya” tomonidan sindirilgan “Muhabbat kuychisi” — Anvar Sanayev 55 yoshda (foto,...

    16.11.2023, 16:06

    “Setora” dan “Sahar”gacha: Toshkentda kutilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi? 

    21.11.2024, 17:49

    Mashhur ota-onasining yordami bilan emas, o‘z iste’dodi bilan muvaffaqiyat qozongan yulduzlar (foto)

    17 fevral, 17:11

    Ular 30 ga ham kirmagan edi: hayotdan bevaqt ko‘z yumgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto, video) 

    19 fevral, 14:43

    Bir necha yil oldin butun dunyoga mashhur bo‘lgan yulduzlar hozir qanday ko‘rinishga ega?

    27 fevral, 17:08

    Janubiy Koreyaning eng badavlat aktrisalari: ularning orasida Tangem va Yujin ham bor 

    6 mart, 14:07

    Gollivudning mashhur “tansoqchisi” Kevin Kostner hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    12 mart, 11:55

    Xonanda Beyonse boshqa hech qachon filmlarda suratga tushmaslikka qaror qildi

    14 mart, 19:45

    “Undan ko‘ra shu pulni boshqa ehtiyojingizga ishlating, deyman”. Toshpo‘lat Matkarimov uni to‘yga chaqiradiganlarni bu fikrdan qaytarishga urinishi haqida gapirdi

    25 mart, 09:56

    Musiqa sabab fizikani tashlagan, “turk Oskari”ni qo‘lga kiritgan va turmushi uzoqqa cho‘zilmagan: Nahide Babashli haqida nimalarni bilamiz?  

    24 mart, 11:53

    Chiqindixonadagi motivator, qurumsoq oshiq: kinokastinglardan o‘ta olmagan Bobur Mansurov qanday qilib mashhur vaynerga aylandi?

    29 mart, 17:04

    Doramalar davri qanday boshlangandi? Dunyo tomoshabinlarini ekran qarshisiga mixlagan eng mashhur seriallar

    3 aprel, 16:52

    Avtohalokat, qotillik va og‘ir kasallik tufayli hayotdan bevaqt ko‘z yumgan o‘zbekistonlik mashhurlar

    14 aprel, 18:55

    Yosh qizga uylangani sabab oilasi bilan janjallashib, yurak xurujini boshdan kechirgan mashhur turk aktyori — O‘zjan Denizning serqirra hayoti

    7 aprel, 08:20

    Hind kinosidagi mashhur aka-uka va opa-singillar 

    10 aprel, 08:20

    Selena Gomes kimga havas qiladi: jahon yulduzlarining sevimli kumirlari

    10 aprel, 07:40

    Amerikaning eng boy aktrisasi kim? Juliya Roberts esa oxirgi o‘rinda

    10 aprel, 12:56

    Kardi Bi, Kardashyan, Rianna: jahon shou-biznesida shov-shuvga sabab bo‘lgan sudlashuvlar

    11 aprel, 09:00

    Kinoga tasodifan kirib kelgan va olamshumul mashhurlikka erishgan Gollivud yulduzlari

    11 aprel, 17:01

    Yulduzlarning qiyofadoshlari: Beyonse, Eminem va Rianaga “egizaklar” nimaga kerak? 

    7 may, 13:10

    Sahna va mashhurlikni yoqtirmaydigan odamovi yulduzlar

    14 may, 12:16

    2000-yillarning mashhur fransuz yulduzlari hozirda nimalar bilan band?

    10 may, 11:31

    Barchaga sevimli turk seriallarida yangragan eng mashhur 8 ta qo‘shiq

    11 may, 11:00

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    11 may, 16:35

    Million dollarlik aksessuar: mashhurlar faqat bir marta taqqan qimmatbaho taqinchoqlar

    13 may, 15:40

    Hande Erchelning unashtiruv marosimi, Kerem Bursinning orzusidagi roli va tergov qilinayotgan Feyza Jivilek: turk seriallari yangiliklari

    12 may, 14:40

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    16 may, 23:05

    Ham san’atda, ham biznesda omadi chopgan o‘zbek shou-biznesi vakillari

    21 may, 13:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.