“Real Madrid” yarim himoyachisi Dani Sebalyos jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan munosabati yomonlashgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, futbolchi klublar o‘rtasidagi JCHda “Al-Hilol”ga qarshi o‘yinda (1:1) asosiy tarkibdan zaxira o‘rindig‘ida qolgan yagona sog‘lom futbolchi bo‘lib qolganidan xafa bo‘lgan.
Xabi Alonso 28 yoshli yarim himoyachidan kutilmalari yuqori emas va shu bois Sebalyos jamoani tark etishi mumkin.
Maʼlumot uchun, ispaniyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Izoh (0)