• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda chet elda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha bepul kurslarni tashkil etish taklif qilindi

    O‘zbekiston Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari mahallalarda ingliz tilini bepul o‘rgatishni kurslarini tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Shu orqali o‘zbekistonliklar e’tiborini ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar mehnat bozoriga qaratishi mumkin va bu bilan Rossiyaga qaramlikni kamaytirish osonroq bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2021-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonga o‘tkazilgan pul mablag‘lari hajmi 8,1 milliard dollarni tashkil qilgan. Buning 70 foizi yoki 5,6 milliard dollari Rossiyadan o‘tkazilgan. O‘sha yili Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soni (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra) 1 036 305 kishini tashkil qilgan. 2021-yilda har bir mehnat muhojirining oylik o‘tkazmasi 453 dollarni tashkil qilgan.

    “Emigratsion tuzoq mamlakatning iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan muhojirlar o‘tkazadigan pul mablag‘i, binobarin o‘sha mamlakatning migratsion siyosatiga bog‘liq bo‘lgan bir vaziyatni tavsiflaydi. Muhojirlarni uyga qaytishga majbur qiluvchi har qanday iqtisodiy bo‘hron mamlakatdagi ishsizlar sonini keskin oshiradi va pul mablag‘larining kelmay qolishi kambag‘allikni yanada kuchaytiradi”, — deyiladi tahlilda.

    PMTI ekspertlari muhojirlar oqimiga ta’sir qiluvchi tashqi omillarni inobatga olgan holda tashqi mehnat muhojirligi imkoniyatlarini baholash bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.

    Tahlil natijasida quyidagi asosiy xulosalar chiqarilgan:

    • ingliz tilini bilish, diplomatik vakolatxonaning mavjudligi, aviachiptalar narxi, shuningdek, borayotgan mamlakatda YIMning aholi jon boshiga ulushi mehnat muhojirligi uchun muhim omillar ekanligi ma’lum bo‘ldi;
    • donor mamlakatda diplomatik vakolatxonaning mavjudligi mehnat muhojirlarining ketishini 16 foizga oshiradi;
    • donor mamlakatlardagi ingliz tilini bilish talabi O‘zbekistondan ketayotgan mehnat muhojirlari oqimini 55 foizga kamaytiradi;
    • imkoniyat 8 foizdan 80 foizgacha bo‘lgan Polsha, Bolgariya, Litva, Chexiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun eng maqbul yo‘nalishlar bo‘lishi mumkin;
    • Singapur, Saudiya Arabistoni va Yaponiya kabi mamlakatlar 4 foizdan 49 foizgacha imkoniyatga ega. Ozarbayjon va Belarus Respublikasi MDH mamlakatlari orasida eng katta imkoniyatga ega ekani ma’lum bo‘lgan.

    “Ko‘p jihatdan Rossiyadagi mehnat muhojirlari o‘tkazadigan pul mablag‘lariga bog‘lanib qolish nafaqat mehnat bozori, balki butun respublikadagi vaziyatni yanada chuqurlashtiradi. Shu sabablar tufayli ayni chog‘da ishchi kuchini eksport qilish uchun yangi imkoniyatlarni ko‘rib chiqish zarur. Shuni qayd etish joizki, O‘zbekistondan asosan malaka darajasi yuqori bo‘lmagan, o‘rta-maxsus ta’limga ega ishchilar ketmoqda. Ular asosan qishloq xo‘jaligi, qurilish va qisman xizmat ko‘rsatish (sotuvchilar, bemorga qarovchilar, farroshlar va boshqalar) sohalarida mehnat qilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston dunyodagi 27 ta mamlakat bilan mehnat bitimlariga ega. Shunga qaramay, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari yo‘l olayotgan asosiy mamlakatlar bo‘lib qolmoqda”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

    PMTI ekspertlari tashqi mehnat muhojirligi imkoniyatlaridan foydalanishni baholash uchun xalqaro miqyosda ishchi kuchining ketishi (dunyodagi 40 ta mamlakat bo‘yicha 2017-2019-yillarga oid ma’lumotlar) gravitatsion model qo‘llanilgan. Bunda mehnat bitimlari, diplomatik vakolatxonalarning borligi, inflyatsiya, ishsizlik darajasi, o‘rtacha oylik maosh, aviachiptalar narxi, savdo sherikchiligi, vizalarning mavjudligi, Toshkent va boshqa davlatlarning poytaxtlari orasidagi masofa, inson salohiyatini  rivojlantirish indeksi, ingliz tilini bilish indeksi, umumiy din kabi ko‘rsatkichlardan ham foydalanilgan.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, donor mamlakatlarda YIMning aholi jon boshiga nisbatan 1 foiz o‘sishi O‘zbekistondan mehnat muhojirlarining ketishini 0,7 foiz oshiradi. Aviachiptalar narxining 1 foizga oshishi, mehnat migratsiyasini 1,35 foizga pasaytiradi. Donor mamlakatlarda diplomatik vakolatxonalarning borligi mehnat muhojirlarining ketishini 16 foizga oshiradi. Donor mamlakatlardagi ingliz tilini bilish talabi O‘zbekistondan mehnat muhojirlarining ketishini 55 foizga kamaytiradi.

    Mehnat muhojirlarining ketish modeli asosida bundan keyin xalqaro mehnat migratsiyasini rivojlantirishning ancha istiqbolli bo‘lgan bozorlari aniqlangan. Gravitatsiya modeli bo‘yicha bu imkoniyat Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining an‘anaviy asosiy donor mamlakatlarida qo‘shimcha 8 foizdan 80 foizgacha deb baholanmoqda. Polsha, Bolgariya, Litva, Chexiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar mehnat migratsiyasini rivojlantirishning eng maqbul yo‘nalishlaridir.

    Singapur, Saudiya Arabistoni va Yaponiya kabi mamlakatlar 4 foizdan 49 foizgacha imkoniyatga ega. Ozarbayjon va Belarus Respublikasi MDH mamlakatlari orasida eng katta imkoniyatga ega ekani ma’lum bo‘lgan.

    PMTI ekspertlari amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijasida chora-tadbirlar va mexanizmlarni tatbiq etish bo‘yicha shunday takliflarni ishlab chiqqan:

    • Xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik, xususan, ishchi kuchini eksport qilish sohasidagi kelishuvlarni kengaytirish, mehnat shartnomalarini tuzish va mehnat qilayotgan muhojirlarning huquqlarini himoya qilish;
    • Maktabdan boshlab xorijiy tillarni, ayniqsa, ingliz tilini o‘rgatishni sifat jihatidan yaxshilash. Mehnat muhojirligiga jo‘nash istagida bo‘lgan ko‘psonli fuqarolarni ingliz tili kurslari bilan qamrab olish, mahallalarda ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha bepul kurslarni tashkil etish;
    • Aviachiptalarni xarid qilishda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi yordamida chipta bahosining 50 foizini to‘lash yo‘li orqali mehnat muhojirlariga imtiyozlarni taqdim etish;
    • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat muhojirlarini jo‘natish uchun muhim, deb hisoblangan mamlakatlarning mehnat bozorini muntazam ravishda chuqur tahlil qilib borishi zarur;
    • O‘zbekistondan chiqib ketayotgan mehnat muhojirlari haqidagi rasmiy hisobotni takomillashtirish zarur (chunki alohida vazirliklarning raqamlarida tafovut mavjud);
    • Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ishga jo‘natuvchi xususiy bandlik agentliklari uchun litsenziya olishni soddalashtirish.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekiston va boshqa markaziy osiyolik mehnat muhojirlari Rossiyani tark etishga tayyormi?
    • Rossiyada migrantlarning mamlakatdan chiqib ketishi kuzatilmoqda. Endi nima bo‘ladi?

    25.04.2022, 18:57   Izoh (0)   10424
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda eski maktab binosini buzishga ruxsat berish uchun tadbirkordan 5,4 ming dollar olgan XTB mas’uli ushlandi

    25.04.2022, 18:33

    Toshkent viloyatida kuchli yog‘ingarchilik Cobalt’ni avtomobil yo‘lidan surib chiqardi

    25.04.2022, 18:21

    Andijonlik raislar odamlarni piyoda yurishga majburlagani uchun hokimiyat hisobidan Dubayga dam olishga boradi

    25.04.2022, 17:56

    O‘zbekistonda endi nikohlanuvchi shaxslar molekulyar-genetik testdan o‘tkaziladi

    25.04.2022, 17:26

    Andijonda 90 mingga yaqin fuqaro eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirmagani ma’lum bo‘ldi

    25.04.2022, 16:29

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

    25.04.2022, 16:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.